Ijodiy jarayonda xayolning tutgan o‘rniga ortiqcha baho berish qiyin. Ijod barcha psixik
jarayonlar,
shuningdek, xayol bilan ham uzviy bog‘langan. Xayolning rivojlanganlik
darajasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari ijodkorlik uchun tafakkur rivojlanganligi
darajasidan kamroq ahamiyatga ega emas.
Ijodkorlik psixologiyasi uning aniq turlari: kashfiyotchilik, ilmiy, adabiy, badiiy va
boshqalarda namoyon bo‘ladi. Ijodkorlik imkoniyati inson qobiliyatlari bilan
mustahkamlangan bilimlari bilan ta’minlanadi, va insonning sobitqadamligi bilan
rag‘batlantiriladi. Ijodkorlikning muhim sharti ijodiy faoliyatga emotsional tus beruvchi
ma’lum kechinmalarning mavjudligi hisoblanadi.
Ma’lum bir insonga ijod qilish imkoniyatini yaratuvchi , boshqalardan esa bu imkoniyatni
darig‘ tutuvchi nima ekanligi haqidagi masala mashhur olimlarni o‘tmishdan qiynab keladi.
Xuddi shunday, fransiyalik psixolog T. Ribo tomonidan asoslab berilgan ijodiy jarayonda
algoritmlashtirish va uni o‘qitishning imkoniyati mavjud emasligi haqidagi nuqtai
nazariuzoq vaqt hukmron fikr hisoblangan. Uning yozishicha: «Kashf etish metodlari»ga
keladigan bo‘lsak, haqiqatda ular mavjud emas, buning aksi bo‘lganida edi, u holda
kashfiyotchini hozirda mexanik va soatsozlarni ishlab chiqargandek, ishlab chiqarish
mumkin bo‘lar edi». Lekin asta-sekin bu nuqtai nazar shubha ostiga olina boshladi. Birinchi
o‘ringa ijodkorlikka bo‘lgan qobiliyatni rivojlantirish mumkinligi gipotezasi ko‘tarildi.
Ingliz olimi G. Uolles ijodiy jarayonni tadqiq etishga harakat qilib ko‘rdi. Natijada u ijodkorlikda
to‘rt bosqichni ajratishga muvaffaq bo‘ldi, bular: I –
tayyogarlik (g‘oyaning yaratilishi); II –
Dostları ilə paylaş: