Reja : pisa tadqiqotlari haqida umumiy ma'lumotlar



Yüklə 359,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix23.05.2023
ölçüsü359,76 Kb.
#112398
  1   2   3   4   5
Reja pisa tadqiqotlari haqida umumiy ma\'lumotlar



TA‟LIM SIFATI MONITORINGINI TASHKIL ETISH VA 
O‟TKAZISHDA XALQARO PISA BAHOLASH DASTURIDAN 
FOYDALANISH 
Reja : 
1. PISA tadqiqotlari haqida umumiy ma'lumotlar 
2. PISA tadqiqotining o‘ziga xos xususiyatlari 
3. PISA dasturining o‘ziga xosligi 
4.PISAni boshqarish 
5.Qaysi tashkilot yoki jamoalar PISA ortida turadilar? 
6.Tadqiqotni o‘tkazish jarayoni 
 
 
Bugun mamlakatimizda ta'lim sifatini baholashda yangicha 
monitoring tizimini xalqaro baholash dasturlari yordamida aniqlash va 
qiyoslashga asoslangan tizim shakllanmoqda. Ta'lim sifatini baholash 
bo„yicha xalqaro tajribalarni o„rganish, mavjud tizim bilan qiyosiy va 
har tomonlama tahlil qilish, tegishli yo„nalishdagi xalqaro va xorijiy 
tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan 
hamkorlik qilish, ta'lim sifatini baholash bo„yicha xalqaro loyihalarni 
joriy qilish, zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash 
tizimini takomillashtirish muhim sanaladi. 
Xalq ta'limi tizimidagi muammolardan biri o„quvchilar bilimini 
baholash tizimi yo„qligidir. Shu bois ta'lim sifatini aniqlash uchun bir 
necha tashqi manbalar ma'lumoti o„rganilib, xalqaro tajribalar 
amaliyotga joriy etilgan holda shaffof hamda ob'ektiv baholash 
mezonlari yaratilmoqda. 
Shuni ta'kidlash lozimki Avstraliya ta'lim tadqiqotlari kengashi 
PISA uchun yangi mamlakatlar, shu jumladan O„zbekiston uchun 
qo„shimcha metodik va konsul'tativ ko„mak berish, PISA tadqiqotlarini 
amalga oshirishni qo„llab-quvvatlash, so„rovlarni amalga oshirish, 
imkoniyatlarni tahlil qilish, salohiyatni oshirish va loyihani amalga 
oshirish rejalari, milliy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda 
ko„maklashish, milliy sifat nazorati va dasturlarini qo„llab-quvvatlash 
maqsadida IHTT tomonidan biriktirildi hamda ushbu tashkilot bilan 
hamkorlik aloqalari yo„lga qo„yildi.
PISA 2021 tadqiqotlarini tashkil etishga oid faoliyat doiralari
baholash instrumentlari, o„quvchilarni yetkazib berish tizimining 
integral dizayni, namunalar olish, tarjima va lingvistik sifatni ta'minlash, 


savolnomalarni moslashtirish, so„rovnomalar o„tkazish, ochiq-oydin 
javoblarni kodlashtirish, ma'lumotlarni boshqarish umuman olganda
2019 yilda sinov materiallari ishlab chiqildi, 2020yil sinov 
materiallarini moslashtirish ishlari olib boriladi, unga tayyorgarlik 
holatini tahlil qilish maqsadida milliy darajada baholashlar, 2020 yil 
PISA sinov baholashlari va 2021 yilda asosiy baholash tadqiqotlari 
bo„lib o„tishi belgilangan. Mazkur yillardagi olingan tahlillar natijalari 
2022 yilda yakunlanadi va xalqaro hisobotlar tayyorlanadi. 
Umumiy o„rta ta'lim maktablari xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik 
darajasini o„rganish va amaliy tavsiyalar berish maqsadida, Malaka 
oshirish instituti tomonidan 2020 yil davomida xalqaro tadqiqotlarga 
mos, o„quvchilarning ijodiy fikrlash salohiyatlarini aniqlashga qaratilgan 
sinov materiallari bazasini shakllantirilmoqda va Respublikamiz 
hududlaridagi 
maktablarda 
tayyorgarlik 
sinovlarini 
o„tkazish 
rejalashtirilmoqda. Mazkur sinovlar kamchiliklarimizni tahlil qilish va 
ularni yaxshilash bo„yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish imkonini 
berdi.
PISA tadqiqotlarining grafigiga binoan, sinov bosqichi 2020 yilda 
mart-iyun' oylarida 6 hafta yoki 42 kalendar' kuni oralig„ida o„tkazilishi 
belgilangan bo„lib, unda Milliy markaz xalqaro pudratchilar bilan 
hamkorlikda 28 ta maktablardan 71-72 nafardan jami kamida 1992 nafar 
o„quvchilar tasodifiy tanlanib, tadqiqotlarga qamrab olinishi 
rejalashtirilgan edi. 

Yüklə 359,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə