Reja: a Ketma-ket balansli kuchaytirgichlar



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə2/5
tarix22.05.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#111882
1   2   3   4   5
AVTOTRANSFORMATORLAR. ALMASHTIRUV SAEMASI VA UNING PARAMETRLARI

LC- generator
LC - generator yuqori chastotali generator bo‘lib, musbat teskari bog‘lanishli rezonans kuchaytirgichdan iborat. Uning tuzilish sxemalari xilma-xil bo‘ladi va turli belgilar asosida bir-biridan farqlanadi. Masalan, teskari bog‘lanish zanjirining ulanish usuliga qarab generatorlar sig‘im, induktiv va koninduktiv bog‘lanishli generatorlarga ajratiladi. Manbaning nagruzka konturi bilan bog‘lanishiga qarab generator sxemasi ketma-ket va parallel manbali deb ataladi. Ketma-ket manbali sxemada kollektor yoki stok tokining o‘zgarmas tashkil etuvchisi nagruzka konturidan o‘tsa, parallel sxema bundan mustasno bo‘ladi. Unda o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tashkil etuvchilar bir-biridan ajratilgan bo‘ladi.



2-rasm. Tranzistorli LC-generatorning prinsipial sxemasi.

2-rasmda LC-generatorning soddalashtirilgan prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan. U teskari bog‘lanish zanjiri transformator bog‘lanishli (L1 g‘altak) ketma-ket manbali sxemadir. Unda hosil bo‘ladigan tebranishlar, asosan, nagruzka konturining parametrlari bilan xarakterlanadi.


Rezonans vaqtida kontur sof rezitiv qarshilik tabiatiga ega, chunki к=0. Shuning uchun konturning aslligi yetarli bo‘lsa, fazalar sharti kuchaytirgichning boshqaruvchi elementidagi va teskari bog‘lanish zanjiridagi faza siljishlari orqali ifodalanadi. Kuchaytiruvchi elementdagi faza siljishi к = , teskari bog‘lanish zanjiridagi faza siljishi esa, L1 va L g‘altaklarning o‘ramlari yo‘nalishiga bog‘liq. U «0» yoki «» ga teng bo‘lishi mumkin. Agar o‘ramlar yo‘nalishi  =  bo‘ladigan qilib tanlansa, fazalar sharti bajariladi va generator rezonans chastotaga yaqin chastotali tebranish ishlab chiqaradi. Uning garmoniklik darajasi konturning tanlash qobiliyati bilan belgilanadi. Konturning tanlash qobiliyati yetarlicha katta bo‘lsa, 0 chastotadan chetlashish bilan konturning to‘liq qarshiligi tez kamayadi va faza siljishlari vujudga keladi. Demak, generatorda hosil bo‘ladigan tebranishlar garmonik bo‘lishi uchun konturning aslligi katta, teskari bog‘lanish zanjirining uzatish koeffitsiyenti kichik bo‘lishi kerak. Aks holda (1) generatsiya shartlari chastotalar sohasi uchun bajarilib, tebranishlar garmonik bo‘lmay qoladi.
Generatorning 2-rasmda ko‘rsatilgan sxemasida sodir bo‘ladigan tebranish jarayonlarining tabiati deyarli bir xil bo‘ladi. Lekin tranzistorlarning parametrlari turlicha bo‘lishi ularda ayrim o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Bipolyar tranzistorli sxemada nagruzka konturi unipolyar tranzistorli sxemadagidan kuchliroq shuntlanadi. Bu tranzistorning kirish qarshiligi (emitter — baza) kichik bo‘lishiga bog‘liq. Bundan tashqari, nagruzka konturi kollektor zanjirida bo‘lganda generator katta o‘zgaruvchan kuchlanishda ishlasa, kollektor — baza kuchlanishi tebranish davrining ayrim qismida teskari kuchlanishga ega bo‘lib qoladi. Natijada kollektor o‘tishi ochiq (to‘g‘ri ulanishda) bo‘lib, kontur nisbatan kichik qarshilik bilan shuntlanib qoladi. Bu hosil bo‘ladigan tebranishlar shaklining buzilishiga olib keladi. Bundan tashqari, bipolyar tranzistorlar nisbatan katta inertlikka ega. Bu asosiy bo‘lmagan tok tashuvchilarning bazada sust harakat qilishi bilan belgilanadi va emitter — baza kuchlanishi bilan kollektor toki orasida kechikishni, ya’ni qo‘shimcha faza siljishini hosil qiladi. U fazalar shartiga ko‘ra ta’sir etadi va generatsiya chastotasining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Binobarin, bipolyar tranzistor konturning aslligini unipolyar tranzistorga nisbatan ko‘proq o‘zgartiradi.



Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə