Reja: a Ketma-ket balansli kuchaytirgichlar



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə3/5
tarix22.05.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#111882
1   2   3   4   5
AVTOTRANSFORMATORLAR. ALMASHTIRUV SAEMASI VA UNING PARAMETRLARI

RC-генератор
Ko‘p radioelektronika masalalarini hal qilishda chastotasi gersning bo‘laklaridan bir necha yuz kilogersgacha yetadigan past chastotali garmonik tebranishlar generatori zarur bo‘ladi. Tabiiyki, bunday chastotali tebranishlarni LC - generatorda hosil qilish mumkin emas. Chunki generatsiya chastotasini kichraytirish uchun nagruzka konturining L va C elementlarini kattalashtirish kerak. Bu bir tomondan, qurilmani qo‘pollashtirib - narxini orttirsa, ikkinchi tomondan, konturning aslligini pasaytiradi va uning chastota tanlash qobiliyatini yomonlashtiradi. Natijada tebranishlarning stabilligi va garmonikligi kamayadi. Shuning uchun past chastotali generatorlarda tebranish konturi o‘rniga R va C elementlardan tashkil topgan sistemalar qo‘llaniladi. Bunday generatorlar RC - generator deb ataladi. RC - generator musbat teskari bog‘lanishli RC - kuchaytirgichdan iboratdir (1-rasm).
Ma’lumki, RC - kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsiyenti o‘tkazish sohasi oralig‘ida kam o‘zgaradigan kattalikdir. Bu oraliqda kirish va chiqish kuchlanishlari orasidagi faza farqi deyarli o‘zgarmas bo‘ladi. Shuning uchun generatorda uyg‘onadigan tebranishlarning shakli, asosan, teskari bog‘lanish zanjiri bilan xarakterlanadi. Masalan, teskari bog‘lanish zanjirining chastotaviy va fazaviy xarakteristikasi shunday bo‘lsaki, (1) generatsiya shartlari kuchaytirgichning o‘tkazish sohasiga to‘g‘ri keladigan biror chastota uchun bajarilsa, u bir vaqtda н va в chastotalar sohasi uchun ham so‘zsiz bajariladi. Shuning uchun generatorda uyg‘ongan tebranishlar garmonik bo‘lmaydi, chunki bir vaqtda bir necha garmonik tebranish hosil bo‘ladi. Demak, garmonik tebranish hosil qilish uchun generatsiya shartlari faqat  = 0 chastota uchun bajarilishi kerak. Buning uchun teskari bog‘lanish zanjirining fazaviy xarakteristikasi shunday bo‘lishi kerakki, u teskari bog‘lanishni faqat bitta chastotada musbat qilsin. Boshqacha qilib aytganda, generator garmonik tebranishlar ishlab chiqarishi uchun teskari bog‘lanish zanjiri kuchaytirgichdagi faza siljishlarini juft  ga to‘ldiradigan bo‘lishi kerak.
Kuchaytirgichning fazaviy xarakteristikasi faqat reaktiv elementlarda hosil bo‘ladigan faza siljishi bilan emas, balki kuchaytiruvchi elementlar hosil qiladigan faza siljishlari bilan ham xarakterlanadi:
k = m + ()
Bunda m = 1, 2, 3...- kuchaytirish kaskadlarining soni.



Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə