Reja: a Ketma-ket balansli kuchaytirgichlar


Ikki kaskadli RC - generator



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə4/5
tarix22.05.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#111882
1   2   3   4   5
AVTOTRANSFORMATORLAR. ALMASHTIRUV SAEMASI VA UNING PARAMETRLARI

Ikki kaskadli RC - generator
Ikki kaskadli RC - generator musbat teskari bog‘lanishli ikki kaskadli RC - kuchaytirgichdan iboratdir. Unda teskari bog‘lanish zanjiri vazifasini R va C elementlardan tashkil topgan Vin ko‘prigi bajaradi Unda faqat 0 chastotada faza siljishlari hosil bo‘lmaydi va uzatish koeffitsiyenti eng katta qiymatga erishadi. Xususiy holda, agar R1 = R2 = R va C1=C2=C bo‘lsa, ifodalar soddalashib, quyidagi ko‘rinishga keladi:
(2)

Bu ikki kaskadli generatorda (3-rasm) garmonik tebranishlash hosil bo‘lishi uchun uning kuchaytirish koeffitsiyenti K  3 bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadi. Lekin amalda К=К1К2 bo‘lgani uchun u hamma vaqt uchdan katta miqdordir. Kuchaytirish koeffitsiyentini K  3 tartibiga keltirish uchun sistemaga qo‘shimcha manfiy teskari bog‘lanish zanjiri kiritiladi. U yana sistemadagi chiziqli bo‘lmagan buzilishlarni ham kamaytiradi.





3-rasm. Ikki kaskadli RC – generatorning tarkibiy sxemasi

4-rasmda manfiy teskari bog‘lanishli RC- generatorning prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan. Unda manfiy teskari bog‘lanish Rэ rezistor yordamida joriy bo‘ladi. Uning chuqurligi esa, o‘zgaruvchan R rezistor bilan boshqariladi. Manfiy teskari bog‘lanish zanjiri faqat  uzatish koeffitsiyentiga ta’sir etadi va



ko‘rinishda aniqlanadi. Tebranish chastotasi esa o‘zgarmaydi va (2) ifoda bilan xarakterlanadi.
Demak sxemaga manfiy teskari bog‘lanish zanjirining kiritilishi generatorning amplitudalar shartining bajarilishini yaxshilaydi, chunki К qancha katta bo‘lsa, bo‘lib boradi.
Sxema elementlarini tanlash bilan ikki kaskadli RC-generatorda chastotasi bir necha gersdan, to bir necha yuz kilogersgacha o‘zgaradigan garmonik tebranishlarni hosil qilishi mumkin. Chastotaning kattaligi С1 va С2 yoki R1 va R2 elementlarni bir vaqtda o‘zgartish bilan bajariladi. Unda chastota va amplitudaning stabilligi qoniqarli bo‘ladi.
Ikki kaskadli RС - generatorning asosyy kamchiligi sxemasining murakkabligidir. Undagi kuchaytirgichning ikkinchi kaskadi faqat faza siljishi hosil qilish uchungina xizmat qiladi.



Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə