Reja: Axborot xavfsizligi tushunchasi va samaradorligi ko’rsatkichi



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə1/3
tarix26.05.2022
ölçüsü3,18 Mb.
#88029
  1   2   3
mustaqil ish


Reja:
1.Axborot xavfsizligi tushunchasi va samaradorligi ko’rsatkichi.
2. Axborot xavfsizligi muammolari axborotlarni himoyalashning tarkibiy qismlari va usullari.
3.Mintaqaviy va global kompyuter tarmog‘i va uni himoyalash.
4. Kompyuter viruslari va virusdan himoyalash usullari.
5.Xulosa.
1.Butun dunyoda globallashuv jarayonining tezkor rivojlanishi, jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarining keng qo‘llanilishi insoniyatning ma’lumot olish darajasini amalda cheksiz oshirish imkoniyatini yaratdi. Shu bilan bir qatorda Internet tizimida konfidensial ma’lumotlaring oshkor etilishi ham oshib bormoqda. Masalan, 2015-yilda jahonda 1,5 mingdan ziyod, ya’ni oldingi yilga nisbatan 7,8 foizga ko‘p yashirin ma’lumotlaming oshkor bo‘lishi kuzatildi. Ushbu ko‘rsatkich, jumladan, AQSHda 859 ta, Rossiyada 118 ta va Buyuk Britaniyada 112 tani tashkil etdi. Bunga asosiy sabab sifatida inson omili va tashqi tajovuzlar e’tirof etiladi. Tashqi tajovuz natijasida ko‘plab ma’lumotlar olib ketilsada, eng qimmatbaho ma’lumotlarning chiqib ketishini shaxsiy manfaatdorlik asosida ofis xizmatchilar tomonidan amalga oshirilmoqda.

Keltirilgan diagrammadan kо‘rinib turibdiki, ma’lumotlar eng ko‘p yo'qotilgan sohalar jumlasiga yuqori texnologiyalar, sanoat va transport sohalari kirmoqda. 2015-yilda ushbu sohalarda asosiy yo'qotish internet tizimi orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, ta’lim, moliya va bank sohalarida inson omili 25 - 30 foizni tashkil qilmoqda. 90% hollarda to‘lov va shaxsiy ma’lumotlar tashqariga chiqib ketishi aniqlandi.
Axborotni muhofazalash bu ma’lumotlarni o‘g‘irlash, yo‘qotish, soxtalashtirish, qalbakilashtirsh, ruxsatsiz foydalanish va ko‘paytirishning oldini olishga yo‘naltirilgan tadbirlar majmuasidir.
Kompyuter tizimlarida axborotni muhofazalash tushunchasi bilan bir qatorda axborot xavfsizligi atamasi ham keng tarqalgan.
Axborot xavfsizligi - foydalanish talablari asosida ma'lumotning yashirinligi, yaxlitligi va foydalanuvchanligini ta’minlashdir.
Umuman olganda, axborotga tahdid ikki xil bo‘lishi mumkin; ma’lumotni ochish yoki uning mazmunini o‘zgartirish.
Ma’lumotni ochish - tasadifan yoki xusumatli harakatlar natijasida begona shaxsga axborotning mazmuni ruxsatsiz oshkor etilishdir.
Agar ma’lumotlar biror firmaning e’lon etilmagan yangiligi yoki korxo- naning ko‘p yillar davomida to'plagan va biror yirik muammoni hal etishga yo‘naltirilgan tajribalar natijasi bo‘Isa, ushbu tajovuzdan kelayotgan zarar keskin oshib ketishi mumkin.
Ma’lumotlar mazmunini o‘zgartirish axborot xavfsizligi uchun katta tahdid hisoblanadi. Bank va iqtisodiyot tizimida muomaladagi to‘lov xabarnomasi yuborilayotgan huquqiy manzil aniq ko'rsatilgan ochiq ma’lumot si­fatida harakatlanadi. Ommaviy axborot vositalarining ma’lumotlariga ko‘ra, biror yo‘l bilan bank hujjatlari mazmunini, shaxsiy manfaatdorlik asosida qasddan soxtalashtirishdan banklarga va tashkilotlarga kelayotgan zarar kes­kin oshib ketmoqda. Ushbu ko‘rinishdagi xurujlar davlatlar chegarasidan chiqib, dunyo miqyosida amalga oshirilmoqda. Masalan, Sankt-Peterburglik dasturchi V. Levin, 1994-yilda o‘zining kompyuteri yordamida internet orqali London shahridagi “Siti bank of Amerika”ning muhofaza tizimini buzib, dunyoning turli mamlakatlaridagi bank mijozlarining hisob raqamlaridan 10 million dollar miqdoridagi mablag'ni noqonuniy o'zlashtirib, o'zining turli mamlakatlardagi hamtovoqlari hisobiga o‘tkazadi.
Ushbu holat bo‘yicha AQSH federal qidiruv byurosi tezkor-qidiruv harakatlarini amalga oshirib, jinoyatchilar to‘dasini bir vaqtning o‘zida hibsga oldi. Jinoyatchilar 400 dollardan tashqari barcha mablag‘ni bank hiso­biga qaytarishdi va turli muddatga ozodlikdan mahrum etildilar.
Bank amaliyoti sohasida ma’lumotning yaxlitligi asosiy shart hisoblansa, ommaviy turdagi ma’lumotlar uchun foydalanuvchanlik darajasining yuqori bo‘lishi qadrlanadi. Davlat xavfsizligiga oid hujjatlar uchun uning yashirinligini ta’minlash asosiy mezon hisoblanadi.
Ma’lumotning yashirinlik xususiyati uni ruxsat etilmagan shaxslar uchun tushunarsiz holatda lokal, mintaqaviy va global tarmoqlarida uzatilishidir. Ma’lumotlarni ruxsatsiz o‘zgartirishdan saqlash axborotning yaxlitlik xusu­siyati deb yuritiladi.
Foydalanuvchanlik xususiyati ma’lumotdan istalgancha, hech qanday to'siqlarsiz foydalanish imkoniyatini belgilaydi va u ochiq turdagi axborotlar uchun o‘rinlidir.

1 - Elektromagnit to‘lqin. 2 - Parametrik to‘lqm. 3 - Tebranma tovush to‘lqin. 4 - Elektr signali.
Yuqoridagi rasmlarda axborotdan ruxsatsiz foydalanishning mumkin bo'lgan kanallari tasvirlangan. Keyingi sxematik rasmda kompyuter tarmoqlarida axborot tashuvchi vositalar sxematik ko'rinishda tasvirlangan:

Ushbu sxemadan aloqa tizimining ixtiyoriy qismida ruxsatsiz kirish imkoniyati mavjud ekanligi yaqqol ko‘rinmoqda. Shu sababli, axborot xavfsizligini ta’minlash uchun foydalanuvchilami identifikatsiyalash. autentifikatsiyalash, avtorizatsiyalash zarur bo‘ladi.
Identifikatsiya - foydalanuvchini tizimga o‘zini tanitish jarayoni bo‘lib, unda mijozning maxsus shaxsiy kartalaridan yoki uning biometrik xususiyatlaridan foydalaniladi.

Axborot xavfsizligini ta’minlash uchun shaxsning, masalan, barmoq izi, ovoz tahlili, ko‘z qorachig'i, yuz tuzilishi va boshqa biometrik belgilaridan foydalaniladi.
Autentifikatsiya - foydalanuvchining to‘g‘riligi tekshiriladi va uning asosida tizimda faoliyat olib borishi mumkinligi yoki mumkin emasligi belgilanadi.
Avtorizatsiya – foydalanuvchiga tizim tomonidan berilgan huquqlar majmuasidir.
Axborot xavfsizligini ta’minlash tarkibiga ma’lumotlar resurslari barqarorligi hamda jamiyat va shaxsning axborotdan foydalanishdagi qonuniy huquqlari ta’minlanishi kiradi.
Axborot xavfsizligi quyidagi bosqichlami o‘z ichiga oladi:

  • himoyalash zarur bo‘lgan axborot va texnik resurslami aniqlash;

  • axborotlarga tahdidlar va maxfiylikni buzish mumkin bo‘lgan tuynuklarning to‘la to'plamini belgilash;

  • axborot xavfsizligining zaifligi va xatarlaming darajasini baholash;

  • muhofaza tizimiga qo‘yilgan talablami aniqlashtirish;

  • muhofazalash tizimining yaxlitligi va boshqarilishini nazoratga olish.



2. XXI asming birinchi o‘n yilligiga kelib axborotning ahamiyati keskin oshib ketdi. Ma’lumotning qimmatbaholigi faqat davlat sirlarini qo‘riqlash nuqtai nazaridangina emas, balki tijorat rivoji sababli ham oshib bormoqda, chunki axborotga ega bo‘lgan mamlakat jahonni boshqaradi.
Yangi innovatsion texnologiyalami loyihalashtirish jarayoniga sarf qilinayotgan vaqt iqtisodi, telekommunikatsion tizimlar va qurilmalar bozoridagi sobitqadam sifat o‘zgarishi natijasida raqobatbardoshlik talablari oshib bormoqda. Demak, har qanday tashkilot o‘zini “chaqirilmagan kuzatuvchilardan xalos qilishi zarur bo‘ladi.
Axborot xavfsizligi tahdidlari turli belgilar orqali tavsiflanishi mumkin:

  • axborot yashirinligini buzish, asosan inson omili yoki muhofaza apparat ta’minoti faoliyatini izdan chiqarish;

  • ma’lumotlar mazmunini o‘zgartirishga doir ruxsatsiz faoliyatlar orqali axborot yaxlitligiga zarar yetkazish;

  • axborot foydalanuvchilariga kompyuter viruslari orqali tahdidlar;

  • axborot xavfsizligiga ichki va tashqi tahdidlar;

  • axborot xavfsizligi buzilishida global, hududiy va lokal tarmoqlar tah­didlari.

Axborotlarni himoyalashda awalo tashqi tahdidga e’tibor qaratilishi kerak. Quyidagi rasmda axborotdan beruxsat foydalanish mumkin bo‘lgan kanallar ko‘rsatilgan:

Axborot xavfsizligini ta’minlash uchun tashkiliy, texnik va dasturiy vo­sitalardan foydalaniladi.
Tashkiliy vositalar tarkibiga texnik-tashkiliy va huquqiy-tashkiliy tadbirlarni kiritishimiz mumkin. Texnik-tashkiliy tadbirlarda xavfsizlik choralarini ta’minlash uchun ofis xonasidagi kompyuter, telefon, televizor, radio, signalizatsiya va shunga o‘xshash axborot chiqish ehtimoli bo‘lgan barcha vosita­lar ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Texnik vositalar elektron, elektromexanik va boshqa qurilmalardan iborat bo’lib, tizimlami texnik himoyalashda bevosita foydalaniladi. Keng imkoniyatli (0,01 -1000 MHz) elektromagnit generatorlari kompyuter va bosh­qa uskunalardan chiquvchi qo‘shimcha to‘lqinlarini sezdirmaslik vazifasini o‘taydi.
Axborotni yashirin olishga mo‘ljallangan mobil aloqa telefonlarini aloqadan uzish, elektr tarmog‘idan ma’lumot chiqmasligini ta’minlovchi filtrlar, diktofonlami kuchli elektromagnit to‘lqinlar bilan ishdan chiqaruvchi vositalar qo‘llaniladi.
Dasturiy vositalar tarkibiga axborot xavfsizligi, foydalanuvchilar shaxsini identifikatsiyalash, kirish nazoratmi o'matish, ma’lumotlami yashirin ko'rinishga keltirish kabi vazifalami bajarishga mo‘ljallangan maxsus dasturiy vositalar tizimi kiradi.
Axborotni himoyalovchi dasturiy vositalaming tarkibi quyidagilardan iborat:

  • bir necha fayl yoki jildlami yig‘ish orqali ulaming hajmini keskin kamaytirib tashqi ta’sirlardan himoyalash dasturlari;

  • kompyuter tizimiga beruxsat kirishdan himoyalash dasturlari;

  • tizimni viruslardan himoyalashga mo ‘ljallangan antivirus dasturlari;

  • ma’lumotlar yashirinligini ta’minlovchi kriptografik dasturlar.

1-mashq. Windows 7 operatsion tizimini himoyalash.
Bajarish:

  1. Пуск tugmasini faollashtirish orqali Панель управления bo‘limidan Учетные записи пользователей и сем... qismiga kiriladi va u yerdan Учетные записи пользователей bandi faollashtiriladi;

  2. Внесение изменений в учетную запись пользователя oynasidan Изменение своего пароля muloqot darchasiga kiriladi;

  3. Agar kompyuterga oldin parol qo‘yilgan bo‘Isa, Текущей пароль qatoriga oldingi parol kiritilib, so‘ngra Новый пароль va Подтверждение пароля qatoriga yangi parol kiritiladi:

  4. Ushbu ketma-ketlik bajarilgandan so‘ng, kompyuter ishga tushirilganda yangi parol bilan kirish zarur bo’ladi.

2-mashq. MS Excel 2010 elektron jadvalida ma’lumotlanii himoyalash. Bajarish:

  1. MS Excel 2010 ning menyusida Рецензирование tasmasi faollashtiriladi;

  2. Tasmaning Защитить лист bandi bosiladi. Natijada ekranda Защита листа muloqot oynasi paydo bo'ladi. Hosil bo‘lgan oynaning Пароль для отключения защиты листа qatoriga parol kiritiladi.

Himoyalangan varaqdagi ma’lumotlami o’zgartirish uchun MS Excel 2011 ning menyusidan Рецензирование tasmasi faollashtiriladi. Tasmaning Изменение qismidan Снять Защитить листа bandi tanlanadi. Natijada Снять Защитить листа muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Ushbu hosil bo'lgan oynaning ma’lumot kiritish qatoriga oldin himoyalangan parol kiritiladi.

3-3.mashq. MS Excel 2010 da yaratilgan faylni himoyalash.
Bajarish:

  1. Файл—Сохранить как—»Сервис—>Общие параметры...

ketma-ketligi tanlanadi;

  1. Hosil bo‘lgan oynadan Пароль для открытия qatoriga parol kiritilib, va OK tugmasi bosilib, navbatdagi oynaga o'tiladi;

  2. Oynaning Введите пароль еще раз qatoriga yuqoridagi parol qayta kiritilib, OK tugmasi bosiladi;

  3. Yaratilgan faylga nom berib Сохранить tugmasi bosiladi.

4-mashq. Fayllami ko‘rinmas qilish.
Bajarish:


  1. .Total Commander dasturidagi biror jildni tanlab, ichidagi fayllar guruhi belgilanadi;

  2. . Fayl menyusiga kirib Изменить атрибуты tugmasi bosiladi va bosil bo‘lgan muloqotli darchadan fayllarga Скрытый belgisi o‘natiladi va OK tugmasi bosiladi.

Natijada Скрытый taqvimidagi barcha fayllar ko‘rinmas holga keladi.
5-mashq. Ma’lumotlami arxivlash.
Bajarish:

  1. Arxivlanadigan fayl belgilanib, sichqonchaning chap tugmasi bosiladi va arxivlash bo‘limidan Добавить в архив bandi faollashtiriladi;

  2. Hosil bo‘lgan arxivlashtirish darchasidan faylni ixchamlashtirish usuli tanlanib, OK tugmasi bosiladi.


Arxivlashdan asosiy maqsad fayllami viruslardan himoyalash va ixchamlashtirishdan iborat.


3. O‘tgan asming 50-yillarida ishlab chiqilgan kompyuterlar qimmatbaho va chekli miqdorda bo‘lib, ular o‘ta muhim vazifalarni bajarish uchungina xizmat qilar edi.
Keyinchalik arzon va yuqori samarali protsessorlarning paydo bo'lishi bilan kompyuterlar tizimi vujudga kelaboshladi va ular lokal kompyuter tarmoqlari (LKT) (inglizcha - LAN Local Area Network) deb nomlandi. Lokal tarmoqqa bog'langan har bir kompyuter maxsus plata-tarmoq adapteriga ega bo‘lishi zarur.
Korxona va tashkilotga tegishli bo'lgan lokal kompyuter tarmog'i shahar yoki viloyat miqyosida foydalanuvchilar uchun hamkorlikda aloqa o‘rnatish imkonini bermaydi. Ushbu muammo Mintaqaviy kompyuter tarmog‘i (MKT) yordamida amalga oshiriladi.
MKTga misol sifatida respublikamizdagi bank va soliq sohasidagi yagona avtomatlashtirilgan tizimlari, shaharlardagi dorixonalaming ma’lumot beruvchi kompyuter tizimlarini keltirishimiz mumkin.
Masofaviy kompyuterlar telefon tarmoqlari orqali modem vositasida bog‘lanadi. Natijada foydalanuvchilar yuqori unumdorli superkompyuterlar orqali o‘zlari uchun ajratilgan resurslarga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu superkompyuterlar bir tizimga birlashishi natijasida MKT paydo bo‘ladi.
Modem- telefon stansiyalari vositasida kompyuterdagi axborotlarni uzatish va qabul qilish uchun ikkilik sanoq tizimidagi ma’lumotlarni elektr signalariga aylantirish va asliga qaytarish vazifasini o‘taydi.
Bir necha 10 kilometrli masofalarda LKTdan ma’lumot jo'natish uchun tezligi 100 bit/s va tashqi muhit ta’sir etmaydigan koaksial kabellar ishlatiladi.
Hozirgi paytda keng qo‘llanilayotgan optik tolali kabellar nur o'tkazuvchanlik xususiyati bilan farqlanadi. Optik tolali kabellarda plastmassa yoki kremniydan yasalgan tolalar nur o'tkazmaydigan tashqi qobiq bilan o'ralgan bo‘ladi. Ushbu aloqa vositasida elektr signallari nurga aylantirilib ma’lumot jo‘natiladi va teskarisi bajarilib axborot qabul qilinadi. Ushbu kabelda signal jo‘natish tezligi 3 Gbit/s ni tashkil qiladi.
Dunyo hamjamiyati tomonidan to'plangan barcha bilim manbalaridan to‘la foydalanish, kurrai zaminimizda ro‘y berayotgan voqea va hodisalardan hamda ilm-fan yangiliklaridan tezkor xabardor bo‘lish yoki ogoh etish uchun Global hisoblash to‘ri (GHT) dan foydalaniladi.
GHT (WAN-Wide Area Network) bir necha 10 va 100 kv. km maydon hududlarni birlashtiradi. GHT ichida axborot almashish - telekommunikatsiya (grekcha tele - “uzoq” va lotincha communicate - “aloqa”) deb ataladi.
Internet millionlab kompyuterlar vositasida lokal, hududiy va korporativ tarmoqlami birlashtirgan kommunikatsiyali to‘rdir.
Zamonaviy kommunikatsiya vositalari tarkibiga yer usti radiorele uzatuvchi stansiyalari va koinot sun’iy yo‘ldoshlari yordamida radioto‘lqinlar orqali amalga oshiriluvchi simsiz ma’lumot uzatish va qabul qilish qurilmalari kiradi. Tekislikdagi radioto‘lqinlami ko‘rish chegarasida har 50 km masofada signallami kuchaytirish uchun retranslyatsiya stansiyalari orqali juda uzoq masofaga ma’lumotlar uzatiladi. Sun’iy yo'ldoshlar o‘ta yuqori chastotali radioto‘lqinlar bilan ish ko‘radi. Turli darajali orbitadagi kosmik stansiyalar guruhlaridan keluvchi signallar yer yuzidagi parabolik antennalarda qabul qilinadi va kerakli manzillarga yuboriladi.
Internet tizimida telekommunikatsiyaviy uzatish turli darajalarda amalga oshiriladi va foydalanuvchilaming o‘zaro aloqalari protokollar bilan tartibga solinadi.
Internet Protokol (IP) - to‘rlararo munosabatni tartibga soladi va aloqa uzatishda “yagona muloqot tili” standartini aniqlaydi.
IP адрес - Internet tizimiga ulangan har bir kompyuter uchun belgilangan 32 bitli takrorlanmas manzil.
Simple Mail Transfer Protocol (SMTP) - Internet tizimida pochta uzatilish me’yorlarini tartibga soluvchi protokol.
User Datagram Protocol (UDP) - qabulini tasdiqlamagan holatda ma’lumot paketlarini jo‘natishni tashkil qiladi.
Transmission Control Protocol (TCP) - virtual bog‘lanishlami hosil qilib, axborotlami kerakli manzilga aniq yetib borishini ta’minlovchi protokol.
Telnet - Internet tizimidagi ixtiyoriy kompyuter bilan ishlash imkonini yaratadi.
Bu kabi protokollar to‘r konfiguratsiyasini talab darajasida saqlab turish uchun xizmat qilib, oddiy foydalanuvchi ulaming mavjudligini sezmaydi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, TCP/IP protokollaridan foydalanuvchi Internetning bir bo‘lagiga aylanib qoladi.
TCP/IP protokollari turli parametrlar bilan xarakterlanadi, ularni bilish internet tizimidagi bog‘lanishlarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan nosozliklardan himoyalash muhimdir.
Hozirgi paytga kelib har bir foydalanuvchi o‘z shaxsiy kompyuteri vositasida lokal va mintaqaviy tarmoqlar hamda internet tizimi yordamida butunjahon hamjamiyati bilan aloqa qiladi, ma’lumotlar uzatadi va qabul qila­di. Lekin internet tizimida oxirgi paytlarda kompyuter jinoyatchiligi haddan ziyod avj olayotganligi bois, axborot xavfsizligini ta’minlash alohida muhim vazifalardan biriga aylandi.
Tarmoq xavfsizligini ta’minlashni brandmauer tizimi amalga oshiriladi.
Brandmauer - ikki va undan ortiq qismlarga ajratilgan tarmoqdagi qismlar orasida axborotlar paketini o‘tish qoidalari yaratilgan majmuaviy tizimdir.
Odatda, ushbu chegara lokal tarmoq bilan internet orasida qo‘yiladi. Brandmauer kelayotgan barcha ma’lumotlami qaysi birini o‘tkazish yoki o‘tkazmasligini hal qiladi.
Barcha brandmauerlarni ikki xil turga ajratish mumkin:

  • marshrutizator filtri orqali IP paketlarni saralab o‘tkazuvchi vositalar;

  • lokal tarmoqda aniqlangan himoya strategiyasi doirasida axborotlar paketining o'tishini ta’minlovchi amaliy darajali serverlar.

Axborot xavfsizligini ta’minlashning eng samarali usullaridan biri, bu ma’lumotlami shifrlashdir. Kriptologiya - (Kriptos - yashirin, logos - fan) ma’lumotni himoya qilishni asrlar davomida yig'ilgan manbalari va usullariga xos qonuniyatlarni o‘rganadi.

Gay Yuliy Sezar Eramizdan oldingi 100-44 yillar
Kriptologiya fani kriptografiya va kriptotahlil tarkibiy qismlaridan tashkil topgan.
Kriptografiya boshlang’ich matnni yashirish, ya’ni shiftlash orqali maxfiy kо‘rinishga keltirish, (shifrogrammalar hosil qilish) usullari bilan shug‘ullanadi.
Kriptotahlil maxfiy ma’lumotlami ruxsat etilmagan vaziyatlarda ham ochish imkoniyatlarini, boshqacha qi­lib aytganda, deshifrogrammalar olish usullarini o’rganadi.
Shifrlash tizimlari. Buyuk Rim imperatori Gay Yuliy Sezar choparlari orqali jo'natilayotgan xabanoma mazmunini yashi­rish uchun quyidagi shiftlash tizimidan foydalangan: abcdefghijklmnopqrs- tuvwxyz 26 lotin alifbosi ketma-ketligini, masalan, 5 ta harf o‘ngga surib yangi shifrlash alifbosi fghijklmnopqrstuvwxyzabcde ni hosil qilgan va ularni ostma-ost joylashtirgan:

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13


Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə