Reja: Boshqaruv hisobida xarajatlar haqida tushuncha va ularni turkumlash



Yüklə 33,49 Kb.
səhifə1/2
tarix09.05.2023
ölçüsü33,49 Kb.
#109303
  1   2
Topshiriq 1 Mustaqil ish


Mavzu: Boshqaruv hisobida xarajatlarning tasniflanishi va mazmuni
Reja:

  1. Boshqaruv hisobida xarajatlar haqida tushuncha va ularni turkumlash

  2. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va tannarxni kalkulyatsiya qilish

  3. Ishlab chiqarish zahiralarini hisobga olish va boshqarish



  1. Boshqaruv hisobida xarajatlar haqida tushuncha va ularni turkumlash

Ishlab chiqarish xarajatlarini to’g’ri hisobga olish boshqaruv buxgalteriya hisobi oldidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Odatda, ishlab chiqarish xarajatlari mahsulot ishlab chiqarishni tayyorlashdan boshlab, uni tayyor mahsulot holida omborga qabul qilingungacha bo’lgan xarajatlar yig’indisidan iborat bo’ladi va ular mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi va ishlab chiqarishning xususiyatiga qarab har hil bo’ladi.
Xarajatlarning salmog’i ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga, tannarx esa korxonaning daromadiga ta'sir qiladi. Shu sababli ularni to’g’ri hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda xarajatlarning tarkibi va turlarini bilish zarur.
Hozirgi vaqtda Respublikamizning hamma xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining faoliyatini hisobga oluvchi asosiy Xujjat - "Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga qo’shiladigan, uni ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarning tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqidagi” Nizom hisoblanadi. Bu Nizomga asosan boshqaruv hisobida tannarxga qo’shiladigan xarajatlar tarkibi quyidagi maqsadlar uchun aniqlanadi:

  • buxgalteriya hisobi schyotlarida bevosita mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonida yuzaga keladigan xarajatlar haqida to’liq va aniq ma'lumotlar to’plash;

  • korxonalar faoliyati rentabelligini hisoblash;

  • raqobatbardoshligini aniqlash;

  • soliqqa tortish asosini to’g’ri belgilash.

Ushbu vazifalarni yechish uchun xarajatlar quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  • mahsulotni ishlab chiqarish tannarxiga qo’shiladigan xarajatlar;

  • davr xarajatlari tarkibida hisobga olinadigan va asosiy faoliyat foydasini aniqlashda e'tiborga olinadigan xarajatlar;

  • korxonaning umumiy faoliyatidan keladigan foyda yoki zararni aniqlashda hisobga olinadigan moliyaviy faoliyat xarajatlari;

  • soliqqa tortishdan oldingi foyda yoki zararni aniqlashda hisobga olinadigan favqulodda ko’zda tutilmagan zararlar yoki foyda. Suv xo’jalik korxonalarida qurilish montaj ishlarini bajarishda qatnashadigan xarajatlarni guruhlarga to’g’ri va aniq bo’lish buxgalteriya hisobi ma'lumotlarining sifatini oshiradi. Qurilish ishlarini bajarish xarajatlari o’z navbatida bir necha ko’rsatkichlari bo’yicha guruhlarga ajratiladi.

Korxonalarda xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat xarajatlari va favqulodda (ko’zda to’tilmagan) xarajatlarga bo’linadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari o’z vazifasiga qarab elementlari va kalkulyatsiya moddalariga bo’linadi. Elementlari bo’yicha guruhlash ishlab chiqarish xarajatlarini ularning iqtisodiy mazmuniga ko’ra aniqlash va tegishli smetalar tuzish uchun xizmat qiladi. Kalkulyatsiya moddalari bo’yicha guruhlash esa mahsulot tannarxini hisoblash uchun kerak bo’ladi.
Korxonalarda xarajatlar ishlab chiqarishda qatnashishiga qarab ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlarga bo’linadi. Ishlab chiqarish xarajatlariga bevosita mahsulotni tayyorlash va qayta ishlash bilan bog’liq xarajatlar, ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlarga esa madaniy-maishiy ob'ektlar xarajatlari kiradi.
Korxonalarda mahsulot tannarxiga qo’shilishiga qarab xarajatlar to’g’ri va egri xarajatlarga bo’linib, to’g’ri xarajatlarga mahsulotni tayyorlash va qayta ishlash bilan bevosita bog’liq bo’lgan material, ish haqi va boshqa xarajatlar kiradi. Egri xarajatlarga esa mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan xarajatlar, masalan, boshqaruv xarajatlari, asbob-uskunalarni saqlash va foydalanish xarajatlari va boshqalar kiradi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbatan o’zgarishiga qarab xarajatlar o’zgaruvchan va doimiy xarajatlarga bo’linadi. O’zgaruvchan xarajatlarga miqdori mahsulot ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi bilan o’zgaradigan xarajatlar, masalan, xom ashyo, texnologik maqsadlar uchun mo’ljallangan yoqilg’i, energiya va boshqalar kiradi. Doimiy xarajatlarga esa miqdori mahsulot ishlab chiqarish hajmi o’zgarishi bilan o’zgarmaydigan xarajatlar kiradi. Unga boshqaruv xodimlarining ish haqi, boshqaruv binolarini saqlash xarajatlari va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Korxonalarning o’ziga xos hususiyatiga ko’ra, xarajatlar tayyorlov va qayta ishlash xarajatlariga bo’linadi. Tayyorlov xarajatlariga xom ashyoni sotib olish, saqlash, jo’natish va boshqa xarajatlar kirsa, qayta ishlash xarajatlariga esa mahsulotni qayta ishlab mahsulotlar olish bilan bog’liq xarajatlar kiradi.
Yuqorida ta'kidlanganlar boshqaruv hisobi tizimida xarajatlar turli xil yo’nalishdagi maqsadlar uchun guruhlanishidan dalolat beradi. Bu narsani amaliyotda keng joriy etish boshqaruvchilarga ishlab chiqarishni boshqarish borasida asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini beradi.
Davr xarajatlariga boshqaruv xarajatlari, mahsulotlarni sotish bilan bog’liq xarajatlar, umumxo’jalik xarajatlari, ishlab chiqarishni o’zlashtirish xarajatlari kiradi. Bu tur xarajatlar ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga kiritilmaydi va fonda hisobidan qoplanadi.
Korxonalarda moliyaviy faoliyat xarajatlariga bank krediti bilan, ijara bilan bog’liq, xorijiy valyuta jarayoni va boshqa moliyaviy faoliyat bilan bog’liq xarajatlar kiradi.
Favqulodda xarajatlarga korxonalarda tabiiy ofatdan ko’riladigan zararlar kiradi. Bu tur zararlar korxonalarda, masalan, yong’in natijasida mahsulot nobud bo’ladi. Shuning uchun boshqaruvchilar bunday zararlarga yo’l qo’ymaslik chora- tadbirlarini ko’rishlari lozim. Ishlab chiqarish va davr harajatlarining ajratilishi moddiy ishlab chiqarish zaxiralari qoldiqlari qiymatini aniqlash uchun zarur bo’lib, davr hara-jatlari tegishli bo’lgan hisobot davrida hisobdan chiqariladi va sotilmagan mahsulot, tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig’ida kelgusi davrlarga o’tkazilmaydi. Bu narsa korxonada baho siyosati sohasida asoslangan qarorlarni qabul qilishda muhim ahamiyatga egadir. Bundan tashqari ishlab chiqarish tannarxi va davr xarajatlarining alohida ajratib ko’rsatilishi:

  1. korxonaning ishlab chiqarish faoliyati;

  2. ma'muriy va ishlab chiqarishdan tashqari faoliyati oxirgi natijaga qanday ta'sir ko’rsatganligini baholash imkonini beradi.

Mahsulot (ish xizmat) ishlab chiqarish tannarxiga paxta zavodlarida paxtani qayta ishlash jarayonida qilinadigan harajatlarning qiymati kiradi.
Boshqacha so’z bilan aytadigan bo’lsak, mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish tannarxi uni qayta ishlash bilan bevosita boqliq bo’lgan xarajatlardan iborat bo’ladi.
Ularga:

  • bevosita va bilvosita material xarajatlari;

  • bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;

  • ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan ustama xarajatlari kiradi.

Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish tannarxini tashkil etuvchi xarajatlar
iqtisodiy mazmuniga ko’ra quyidagi elementlar bo’yicha guruhlanadi:

  • ishlab chiqarish material xarajatlari (qaytarilgan chiqindilarning qiymati ayirib tashlangan holda);

  • ishlab chiqarish harakteridagi mehnatga haq to’lash xarajatlari;

  • ish haqiga nisbatan ajratilgan ijtimoiy sug’urta ajratmalari;

  • ishlab chiqarish ahamiyatidagi asosiy fondlar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiya ajratmalari;

  • boshqa xarajatlar.

Keltirilgan ma'lumotlardan ko’rinib turibdiki, xarajat elementlarida pul xarajatlari boshqa xarajatlar elementida aks ettirilishi ko’zda tutilgan. Korxonalarning pul xarajatlari, hozirda va keyinchalik katta o’rin egallashini hisobga olib, ularni alohida element qilib chiqarish maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Bunday guruhlash "Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qo’shiladigan xarajatlar" umumiy ko’rsatkichini hisoblash uchun zarurdir.
Bu ko’rsatkich 21-BHMS schyotlar rejasida 2010, 2310, 2510-schyotlarida hisobga olinadigan xarajatlar quyidagi turkumlardan tarkib topadi.

  1. Material xarajatlari.

  2. Mehnatga haq to’lash xarajatlari.

  3. Ijtimoiy sug’urta xarajatlari.

  4. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amarti-zatsiya ajratmalari.

  5. Pul xarajatlari.

  6. Boshqa to’g’ri xarajatlar.

Bu schyotlar tegishli ishlab chiqarish ahamiyatidagi xarajatlarni to’plash uchun mo’ljallangan. Korxonalarning boshqaruvchilari bozor iqtisodiyoti sharoitida xarajatlar va ularni maqsadi haqida aniq ma'lumotlarga ega bo’lishi kerak. Faqat bu ma'lumotlar asosidagina mahsulot (ish, xizmat) ni sotishdan keladigan foyda to’g’ri hisoblanishi, rentabellik to’g’ri aniqlanishi, sotilayotgan mahsulot bahosining asosli ekanligi tahlil qilinishi va umuman tanlangan xo’jalik siyosatining to’g’ri ekanligi baholanishi mumkin. Alohida bo’limlar (sexlar, ishlab chiqarishlar) xarajatlari haqidagi aniq ma'lumotlarga ega bo’lingandagina, ular rentabelli yoki zararlimi, u erga qo’shimcha mablaq ajratish kerakmi yoki mutaxassisni almashtirish kerakmi yoki bo’lmasa butunlay yopish kerakmi degan masalalarni xal qilish mumkin.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda, yuqorida berilgan elementlardan tashqari, xarajatlarning moddalari bo’yicha ham hisob yuritish muhim ahamiyatga ega.
Masalan, suv xo’jalik qurilish tashkilotlarida bajarilgan ishlarni quyidagilar bo’yicha kalkulyatsiya qilish mumkin:

  1. Er ishlarining tannarxi.

  2. Beton ishlarining tannarxi.

  3. Qurilish mashinalarining bajargan ishining tannarxi.

  4. Erdagi ishlab chiqarish mahsulotlarini tannarxi.

Ma'muriy boshqaruv xarajatlari 21-BHMS schyotlar rejasida 9400 «Davr xarajatlari» schyotida hisobga olinadi va hisobot yilining oxirida korxonaning olgan daromadi hisobidan qoplanadi.
Xarajatlarni kalkulyatsiya moddalari bo’yicha hisobga olish, u yoki bu xarajat turi qanday maqsadlarga sarflanayotganligini bilish, mahsulotning ayrim turlari tannarxini kalkulyatsiya qilish imkonini beradi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, korxonalarning boshqaruvchilari bozor iqtisodiyoti sharoitida xarajatlar va ularni maqsadi haqida aniq ma'lumotlarga ega bo’lishi kerak. Faqat ma'lumotlar asosidagina mahsulot (ish, xizmat)ni sotishdan oladigan foyda to’g’ri hisoblanishi, rentabellik to’g’ri aniqlanishi, sotilayotgan mahsulot bahosining asosli ekanligi tahlil qilinishi, umuman tanlangan xo’jalik siyosatining to’g’ri ekanligi baholanishi mumkin.

  1. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va tannarxni kalkulyatsiya qilish

Material xarajatlari mahsulot tannarxida salmoqli o’rinni egallaganligi va tannarxning asosiy elementlaridan biri bo’lganligi sababli ularni to’g’ri hisobga olish va tahlil qilish juda muhimdir. Chunki materiallar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlab chiqarish xarajatlarining asosini tashkil etadi. Ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil etish va me'yorida amalga oshirish uchun uni materiallarning sifatli va zarur turlari bilan o’z vaqtida hamda kerakli miqdorda ta'minlab turish kerak. Shuning uchun korxona moddiy texnika rejasining bajarilishi ustidan nazorat qilib borish va raxbar xodimlarning moddiy-texnika ta'minotida ro’y berayotgan kamchiliklar to’g’risida o’z vaqtida xabardor bo’lib, kerakli tadbirlar ko’rishini ta’minlash materiallar hisobining eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobi ayni paytda tayyorlanayotgan materiallar uchun qilinayotgan xarajatlar va mol yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan olib boriladigan hisob-kitob ustidan ham nazorat yuritadi. Bunda u moddiy xarajatlarni tejab-tergab sarflash uchun har bir mahsulot turiga sarflanadigan materiallar me'yoriga rioya qilinayotganligini kundalik nazorat qilib turishi kerak. Buning uchun materiallar hisobi aniq, tezkor bo’lishi, materiallar sarfini xujjatlashtirish, xarajatlar ustidan doimiy nazorat yuritish va ulardan unumli foydalanish imkoni yaratilishi lozim.
Shuningdek, buxgalteriya hisobi yordamida moddiy xarajatlarning me'yoridan oshib ketishi va mahsulot birligiga qilinadigan moddiy xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlari aniqlanishi kerak.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda xom ashyo tovar transport yuk xati bilan keladi. Kelib tushgan xom ashyoning sifati tekshirilgach, tegishli daftarga natijalari yozib qo’yiladi.
Kelib tushgan materiallar haqidagi ma'lumotlar sifat ta'rifi (tavsiflash) bilan birgalikda xom ashyoning tayyorlov bahosini va mahsulot ishlab chiqarishda xom ashyoning me'yor asosida sarflanishini aniqlash uchun qimmatli ma'lumot bo’lib hisoblanadi.
Ombor mudiri kirim-chiqim hujjatlari asosida xom ashyoning turlari va topshiruvchilari bo’yicha hisob yuritadi. Bu narsa xom ashyo tayyorlanishi rejasining bajarilishi haqida kunlik tezkor hisobot tuzish imkonini beradi.
Tayyorlangan xom ashyo umumiy buxgalteriyada xarid bahosi bo’yicha 1510-"Materiallarni tayyorlash va sotib olish" schyotining debeti va 6010-"Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitob" schyotining kreditida olib boriladi. 1510-“Materiallarni tayyorlash" schyotida tayyor-lanayotgan xom ashyoning xarid bahosiga barcha uni tayyorlash bilan bevosita bog’liq xarajatlar qo’shilgan holda haqiqiy tannarxi aniqlanishi lozim. Boshqaruv hisobida bu schyotni kreditidan tayyorlangan xom ashyo hisob (me'yoriy) baholarda hisobdan chiqarilib 1010-1090-"Materiallar" schyotiga kirim qilinadi. Tayyorlangan xom ashyo bilan bevosita bog’liq bo’lmagan xarajatlar (boshqaruv ma'muriyatining ish haqi xarajatlari, punktlarni saqlash xarajatlari va x.k.) 1510-schyotda to’planib, 9400-"Davr xarajatlari" schyoti orqali foyda hisobidan qoplanishi buxgalteriya hisobi ma'lumotlarini analitiklik darajasini orttirib boshqaruv talabiga javob beradi.
Ushbu taklif bir tomondan tayyorlangan xom ashyoni umumiy to’liq qiymatini aniqlash, tayyorlash jarayoni faoliyatiga baho berish, davr xarajatlarini hisoblash imkonini beradi. Bunda tayyorlangan xom ashyoning xarid bahosi yozib boriladigan 1510-"Materiallarni tayyorlash va sotib olish" schyoti bo’yicha analitik hisob mahsulotning kelib tushishi manbalari bo’yicha, ularning ichida esa xom ashyo turlari bo’yicha yuritilishi lozim.
Xom ashyo va materiallarni ombordan berilishi limit zabor kartalari, bir marta qo’llaniladigan talabnomalar va materiallarning korxona ichidagi harakatini aks ettiradigan yuk xatlar orqali amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda qo’llanilayotgan limit-zabor kartalarining eng asosiy kamchiligi shundaki, ularda sifat ko’rsatkichlari aks ettirilmaydi. Bu kamchilikni bartaraf etish uchun xom ashyoning ishlab chiqarishga berilishini maxsus qaydnomalar bilan rasmiylashtirish lozim. Bu qaydnomalarda miqdor va qiymat ko’rsatkichi birga aks ettirilishi kerak. Sifat ko’rsatkichining o’zgarishiga qarab miqdor ko’rsatkichiga tegishli o’zgartirishlar kiritish lozim bo’ladi. Bu narsa sifat ta'sirida xarajatlarning me'yordan chetga chiqishi haqida tezkor ravishda ma'lumot olish imkoniyatini beradi.
Xom ashyo va materiallar xarajatlarining me'yordan chetga chiqishi ularning almashtirilishi, bahoning o’zgarishi, yaroqsiz mahsulotlarning bo’lishi, texnologiyaning buzilishi natijasida ham yuz beradi. Bu narsani aniqlashning signalli xujjatlashtirish, inventar, hisob-kitob va partiyali usullari mavjuddir. Suv xo’jaligi korxonalarida xom ashyo va materiallarning me'yordan chetga chiqishi inventar usuli yordamida aniqlanadi. Bu usul asosida chetga chiqishlar ishlab chiqarish jarayonida emas, balki smena tugagandan so’ng aniqlanadi va xom ashyo va materiallarning haqiqiy sarfi me'yoriy sarf bilan solishitiriladi. Haqiqiy sarf boshlang’ich qoldiqqa kirimni qo’shib, oxirgi qoldiqni ayirish yo’li bilan aniqlanadi.
Bu usul qulay bo’lishi bilan birga, bir qator kamchiliklarga ham egadir. Avvalo, chetga chiqishlar tezkor tarzda emas, balki hisobot davri (smena) tugagandan so’ng aniqlanadi. Bu davrga kelib ma'lumotlarning qiymati yo’qolgan bo’ladi. Undan tashqari, bu usul qo’llanilganda, qaysi partiyadagi material ishlatilayotganda yoki qaysi topshiriq bajarilayotganda chetga chiqishlar yuz berganligini aniqlashning imkoni mavjud emas. Umumiy qilib aytganda, bu usulni qo’llaganda ishlab chiqarishni tezkor tarzda boshqarish, salbiy holatlarni bartaraf etish va ijobiy holatlarni mustaxkamlash tadbirlarining samaradorligi pasayadi.
Inventar usulida chetga chiqishlarni sex bo’yicha va hisobot davri tugagandan keyin emas, balki uchastkalar, brigadalar, ish joylari bo’yicha o’z vaqtida tezkor tarzda aniqlash lozim.
Haqiqiy xarajatlar hisob-kitob yo’li bilan emas, balki yo’qlama qilish ma'lumotlari asosida aniqlanishi kerak. Bunday holatda, bizningcha, ishlab chiqarish va materiallar sarflanishini nazorat qilishda inventar usulining tezkorligi ortadi.
Xom ashyo va materiallar ishlatilishi darajasi ustidan nazorat qilish, sabablarni tahlil qilish, salbiy chetga chiqishlarni bartaraf va ijobiylarini mustahkamlashga qaratilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun chetga chiqishlar sabablari va aybdorlarni ko’rsatgan holda xom ashyo va materiallar xarajatlarining me'yordan chetga chiqishini maxsus xujjat ko’rinishida hujjatlashtirish kerak.
Baho o’zgarishini qurilish materiallariga bo’lgan ta'sirining yuqori ekanligini hisobga olib, uni tayyorlash bilan bevosita bog’liq xarajatlarni tayyorlangan xom ashyo qiymatiga dastlabki o’tkazishni e'tiborga olgan holda bu o’zgarishni baholar bo’yicha chetga chiqishlar haqidagi bildirishnoma bilan rasmiylashtirish lozim.
Chetga chiqishlar haqidagi bildirishnomalar ma'lumotlari asosida xom ashyo va materiallar bo’yicha chetga chiqishlarni hisobga oluvchi jamg’aruv qaydnomalari yuritilishi lozim. Bu qaydnoma ma'lumotlari asosida aniqlangan chetga chiqishlar umumlashtiriladi, o’sib boruvchi holda tahlil qilinadi, sabablari va aybdorlari bo’yicha o’rganiladi hamda asoslangan, kelajakka yo’naltirilgan boshqaruv qarorlari qabul qilinadi. Bu ma'lumotlar asosida material xarajatlari haqiqiy tannarxining hisob-kitobi tuziladi va ularning moliyaviy natijalarga ta'siri taxmin qilinadi. Hozirgi kunda yana bir masalaga e'tiborni qaratish lozim. U kam bo’lsa, material xarajatlari rentabelligini hisoblashdir. Ushbu masalani yechish uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin:

Yüklə 33,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə