Reja: Chizma geometriya faninig qisqacha tarixi



Yüklə 1,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/13
tarix26.01.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#99410
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Maruza №1

a
nuqtadan H ga 
a'
nuqtadan esa V ga perpendikulyar ko‘tarish lozim. Bu perpendikulyarning kesishuv 
nuqtasi izlanayotgan A nuqtaning o‘zi bo‘ladi. Bunday jarayon epyurni o‘qish 
deyiladi. 


6-rasm. 
7-rasm. 
Proeksiya tekisliklari cheksiz katta sirtlardir. Shuning uchun epyurda ularning 
faqat kesishuv chizig‘i (OX) ko‘rsatiladi (8-rasm). 8-rasmdagi nuqtaning epyurini 
o‘qish uchun, xuddi 7-rasmda tasvirlangan epyurni o‘qiganimizdek, 6-rasmdagi 
fazoviy chizmani ko‘z oldimizga keltirishimiz kerak. 
 
Proeksiyalar tekisliklariga nisbatan turli vaziyatda joylashgan nuqtalarning 
epyurlari 
Nuqtaning fazodagi o‘rniga qarab, uning gorizontal va frontal proeksiyalari 
epyurda proeksiyalar o‘qiga nisbatan turlicha joylashadi. 
EPURE (epyur) fransuzcha bo‘lib, o‘zbekcha ma’nosi tekis chizma 
demakdir. 
Bunday hollar to‘qqizta: 
1. A nuqta fazoning birinchi choragida V ning oldida, H ning ustida (6, 7, 8-
rasmlar). Epyurda bunday nuqtaning gorizontal proeksiyasi OX o‘qining ostida, 
frontal proeksiyasi esa OX o‘qining ustida va gorizontal proeksiyasi ham, frontal 
proeksiyasi ham o‘qqa nisbatan bitta perpendikulyarda joylashadi. 


8-rasm. 
9-rasm. 
2. 9-rasmda fazoning ikkinchi choragida turgan B (b, b') nuqta tasvirlangan, 
tekisliklarning boshqa chorakdagi qismlari uzib qo‘yilgan. Bu nuqta frontal 
tekislikning orqa tomonida, H
1
ning ust tomonida turibdi. Shuning uchun nuqtaning 
gorizontal proeksiyasi H
1
ga, frontal proeksiyasi esa V ga tushadi va epyurda ikkala 
proeksiya OX o‘qining yuqori tomonida joylashadi. Agar ikkinchi chorakda turgan 
nuqta H
1
va V tekisliklardan teng masofada bo‘lsa, uning ikkala proeksiyasi epyurda 
bir nuqtada bo‘ladi (10 -rasm). 
3. 11-rasmda ko‘rsatilgan C nuqta fazoning uchinchi choragida olingan. 
Epyurda bunday nuqtaning gorizontal proeksiyasi OX o‘qining yuqori tomonida, 
frontal proeksiyasi esa OX o‘qining ost tomonida joylashadi. 
10-rasm. 
11-rasm. 


12-rasm. 
13-rasm. 
4. 12-rasmdagi D nuqta fazoning to‘rtinchi choragida olingan. Epyurda 
bunday nuqtaning ikkala proeksiyasi OX o‘qining ost tomonida kelib chiqadi. Agar 
bu D nuqta H va V
1
tekisliklardan teng masofada turgan bo‘lsa, uning ikkala 
proeksiyasi epyurda bir nuqtada bo‘ladi (13-rasm). 
5. E nuqta birinchi va ikkinchi choraklar chegarasida — V tekislikda yotibdi 
(14-rasm). Bunday nuqtaning frontal proeksiyasi o‘zi turgan joyda, gorizontal 
proeksiyasi OX o‘qida bo‘ladi; epyurda esa 
e'
o‘qning yuqori tomonida bo‘ladi. 
6. F nuqta ikkinchi va uchinchi choraklar chegarasida — H
1
da yotibdi. 
Nuqtaning gorizontal proeksiyasi o‘zi turgan joyda bo‘ladi, frontal proeksiyasi OX 
o‘qiga tushadi (14-rasm); epyurda esa nuqtaning gorizontal proeksiyasi f o‘qning 
yuqori tomonida bo‘ladi. 
7. G nuqta uchinchi va to‘rtinchi choraklar chegarasida — frontal proeksiyalar 
tekisligining V
1
yarmida yotibdi (14- rasm). Epyurda bunday nuqtaning frontal 
proeksiyasi OX o‘qining ost tomonida bo‘ladi, gorizontal proeksiyasi esa o‘qqa 
tushadi. 
8. I nuqta birinchi va to‘rtinchi choraklar chegarasida — H da yotibdi (14-
rasm). Epyurda nuqtaning gorizontal proeksiyasi OX o‘qining ost tomonida, frontal 
proeksiyasi esa OX o‘qida bo‘ladi. 


14-rasm. 
9. K nuqta proeksiyalar o‘qida yotibdi, uning ikkala proeksiyasi ham o‘zi 
turgan joyda bo‘ladi (14-rasm). 
Shunday qilib, nuqtalarning gorizontal va frontal proeksiyalarining epyurda 
OX proeksiyalar o‘qiga nisbatan joylashuviga qarab, shu nuqtalar turgan joylarni 
aniq ko‘rsatish mumkin. 

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə