Reja: Elektr xafsizligi fanining asosiy maqsadi



Yüklə 195,36 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix01.06.2023
ölçüsü195,36 Kb.
#114994
1-Mavzu-2



Mavzu: Kirish 
Reja: 
1. Elektr xafsizligi fanining asosiy maqsadi. 
2. Elektr eneriyasidan keng ko’lamda foydalanishdagi bo’lgan bahtsiz omillar 
3. Shahsiy va jamoa muhofaza tizimlarining o’rnatish. 
Elektr tokni insonga ta’sirini XVII asrni oxirgi choragida aniqlangan. Baland voltli 
elektrkimyo kuchlanishlarini manbaini xatarliligini birinchi bo’lib V.V.Petrov aniqlagan. 
Ishlab chiqarishdagi elektr jarohatlarini ancha keyin: 1863 yilda o’zgarmas va 1883 yilda 
o’zgaruvchan tokni ta’siri yozilgan. 
Sanoatda elektr energiyasidan keng qo’lamda foydalanish yo’lga qo’yilganligi sababli 
elektr toki tasirida ro’y berisi mumkin bo’lgan bahtsiz xodisalar va ulardan saqlanish 
muhim masalalar qatoriga kirib ormoqda. Elektr toki tasirining eng xavfli tomoni 
shundaki, bu xavfni oldinroq sezish imkoniyati yoq. 
Shuning uchun ham elektr toki xavfiga qarshi tashkiliy va texnik chora-tadbirlar belgilas, 
to’siq vositalari bilan taminlash, shaxsiy va jamoa muhofaza tizimlarini o’rnatish 
nihoyatda muhim. 
Umuman elektr toki tasiri faqat birgina biologik tasir bilan chegaralanib qolmasdan, balki 
elektr yoi tasiri, magnit maydoni tasiri va statik elektr tasirlariga bo’linadiki, bularni bilish 
har bi kishi uchun kerakli va zaruriy malumotlar jumlasiga kiradi. 
1. Inson tanasiga elektr tokini ta’siri 
Umumiy baxtsiz xodisalar ichida, elektr tokidan jarohatlanish taxminan 5% tashkil qiladi. 
Lekin, elektr jarohatlanish ichida og’ir turli, ayniqsa o’lim bilan tugaydigan xodisalar 70-
75% tashkil qiladi. Elektr xodisalarni asosiy soni, kuchlanishi 1000V gacha bo’lgan elektr 
uskunalarga to’g’ri keladi. Buni sababi kuchlanishi 1000V gacha bo’lgan elektr uskunalar 
keng tarqalgan bo’lib, ularni ishlatadigan xodimlarni elektr texnikaviy tayyorlanishi past 
darajada. Kuchlanish 1000 V dan ortiq bo’lgan elektr jarohatlarni soni ancha kam, va 
ularga xizmat qiladigan xodimlar mahsus o’rgatilgan va tayyorlangan, sababli baxtsiz 
xodisalar ham deyarli kam sodir bo’ladi. 
Elektr tok ta’siri natijasida inson tanasini shikastlanishi elektr jarohat deb ataladi. Elektr 
tokning xatarligi shuki, inson o’z sezguvchi organlari bilan, kuchlanishni bor-yo’qligini 
aniqlamaydi. Odam faqat elektr kuchlanish ostida qolgandan keyin himoyalovchi 
reaksiyasi kechikib ishga tushadi. 
Insonni elektr tokidan jarohatlanishi sabablari quyidagicha: 
izolyasiya qilinmagan tok o’tkazuvchi qismlarga tasodifan tegib ketishi; izolyasiyasi lat 
yegan sababi metal qismlarga tokni o’tib ketishi; kuchlanish ostida qolgan metalmas 
buyumlardan, qadamli kuchlanishdan va elektr yoyi orqali. 
Inson tanasidan o’tayotgan tok: termik, elektrolitik, biologik ta’sirini va mehanik 
jarohatlanish 
olishi 
mumkin. 
Termik ta’siri - teri to’qimasining hujayrasini qizishidan kuydirishigacha olib kelishi 
mumkin. 
Elektrolitik ta’siri - organizmning suyuqliklari parchalanishi natijasida qonning va 
hujayralarning 
kimyoviy 
va 
fizik 
hususiyatlari 
o’zgarilishi 
kuzatiladi. 
Biologik ta’siri - tanani bioenergetik jarayonini buzilishi, ya’ni tirik hujayralarni 
to’lqinlanishi va mushaklarni keskin qisqarishiga olib keladigan holat. 
Elektr tok bilan shikastlanishni ikki turini ko’rsatish mumkin: elektr jarohat va elektr 
zarb. 


Elektr jarohatlanishi - insonni tanasini ayrim joylarini shikastlanishi, elektr kuyishi, 
elektr belgilari va terini metallanishini ko’rinishlariga ega. 
Inson tanasidan tok o’tishi natijasida tanani qizishi - elektr kuyish deb ataladi. Tanani 
ichki va tashqi qismi kuyishi mumkin. Jarohat olish sharoitlariga ko’ra kontakt, yoyi va 
aralash kuyishlarga ajratiladi. 
Inson 
tanasidan 
tok 
o’tishi 
natijasida 
tanani 
elektr 
kuyishi 
Teri yuzasidagi kul yoki oq-sariq rangli dog’lar elektr belgilar deb ataladi. Shu dog’lar 
tanani elektr o’tkazgich qismlar bilan tutashgan joylarda hosil bo’ladi. Ular ko’pincha 
og’riqsiz bo’ladi, vaqt o’tishi bilan o’tib ketadi. 
Yashin shakldagi elektr belgili ko’rinishi 
Tok ta’sirida metallarni zarrachalari bo’g’lanib, teri yuzasini qoplab oladi. Lat yegan 
qismini yuzasi g’adir-budir bo’lib qoladi. Shu holat elektr metallanish deb ataladi. Bu 
holat inson tanasi uchun xatarli emas, lekin ko’zni metallanishi xavfli bo’ladi. 
Tok ta’sirida ter yuzasini elektr metallanishi 
Yuqorida aytilgandan tashqari mehanik shikastlanishlar va elektroftalmiya ham elektr 
jarohatlanishiga kiradi. Tok o’tishi vaqtida mushaklarni keskin qisqarishi natijasida terini, 
qon tomirlarini va nervlarini yorilishiga, suyaklarni sinishiga va tobiqlarni chiqishiga 
sabab bo’ladi.Yoydan chiqayotgan ultra-binafsha nurlari natijasida ko’zni 
shamollashini еlektroftalmiya deb aytiladi. 
Elektr tokni ta’siri natijasida tirik to’qimalarni to’lqinlatib mushaklarni keskin 
qisqartirishiga olib keladigan holat elektr zarb deb ataladi. Odamni tok urish xolati to’rt 
darajada baholanadi: 
darajada odam hushidan ketmagan holda yeqilib tushish, mushaklarni qisqartirishiga 
olib keladi
– darajada odamning nafas olishi va yurak faoliyatiga ta’sir etilmagan holda hushdan 
ketish; 
– darajada nafas va yurak faoliyatiga ta’sir etilgan holda hushdan ketish; 
– darajada elektr shok, qon aylanishi va nafas olish to’xtab, klinik o’limyuz beradi. 
Klinik o’lim-bu odamni tirik va o’lim orasidagi holat, shu holatida yurakni faoliyati va 
nafas olishi to’xtaydi, insonda hech qanday hayot alomatlari sezilmaydi. Klinik holati 6-8 
minut davom etadi. Shu davrida hech qanday yordam bermagan taqdirda miyani 
hujayralari 
parchalanib 
qaytarilmas-biologik 
o’limiga 
o’tib 
ketadi. 
2. Inson tanasini elektr tokiga ko’rsatayotgan qarshiligi 
Inson tanasidan o’tayotgan tok, eng kichik qarshilik ko’rsatadigan yo’lidan boradi. Shu 
holatida tanani qismlari har xil solishtirma qarshiligiga ega bo’lgani bilan tushuntiriladi. 
Inson terisining ko’rinishi (kesmada) 
а) epidermis – terning tashqi qatlami; б) derma - terning ichki 
qatlami; 1) yuqori qatlami; 2) usish qatlami; 3) yog' qatlami; 4) ter bezi; 5) yog’ bezlari; 
6) qil; 7) qon tomiri; 8) sezgi asab uchlari 
O’zgaruvchan tokni solishtirma hajm qarshiligi quyidagicha: 
Ko’rinib turibdiki teri eng katta solishtirma qarshiligiga ega, ayniqsa eng yuqori qatlami. 
Inson tanasini qarshiligi ikki yo’nalishidan iborat: kontakt joyidagi terini qarshiligi va 
ichki organlarni qarshiligi. Inson tanasini faol va hajmli yo’nalishlarini qarshiliklari bir yuz 
pikofaradan bir necha mikrofaradgacha bo’lishi mumkin. 
Inson tanasini elektr tokiga ko’rsatayotgan qarshiligi: 
a) qarshiligni o’lchash sxemasi; b) Inson tanasini qarshiliging ekvivalent sxemasi; 1) 
elektrodlar; 2) epidermis – terning tashqi qatlami; 3, 4) tananing ichki to’qimalar 
Tok kuchlanishi oshishi bilan tanani qarshiligi kamayib boradi. 


Natijada terini yorib o’tadi. Tokni kuchi yoki, o’tish muddati oshishi bilan teri qizib boradi 
va tutash joylari terlashiga olib keladi. Shu ham terini elektr qarshiligini kamaytiradi. 
Ichki organlarni qarshiligi asosan tok kuchlanishiga bog’liq va 300-600 om bo’ladi. 
Inson tanasini umumiy qarshiligi ham tokni kuchlanishiga bog’liq, 
lekin chiziqli emas, kuchlanishni ko’payishi bilan umumiy qarshiligi kamayadi va 300 V 
kuchlanishida ichki organlarni qarshiligiga yaqinlashadi. 
Zh= Rh 2 

1

(2

fCh Rh ) 
Rh = 2RH + Rh - inson tanasini aktiv qarshiligi, Om; CH ≈ 0,5 - inson tanasining 
zichligi, Ф; f - tok chastotasi, Gz 
Inson tanasini qarshiligi tokni kuchlanishiga bog’liqi 
1, 2) o’zgaruvchan tokni, 50 gs; 3 ,4) o’zgarmas tok 
Shunday qilib inson tanasini elektr tokiga ko’rsatayotgan qarshiligi bir tekis va mo’tadil 
emas. Shu qarshiliklar bilan hisob-kitob qilish o’ziga hos qiyinchiliklarga duch keladi. 
Hisob-kitobni onsonlashtirish niyatida amaliyotda yetarli aniqlik darajasida inson tanasini 
qarshiligini 
Rh = 
1000 
Om 
ga 
teng 
deb 
qabul 
qilingan. 
3. Insonni elektr tokidan shikastlanishining asosiy omillari 
Elektr shok elektr tok ta’siriga ko’rsatgan tanani og’ir nervreflektori reaksiyasi. Shu 
holatida qon aylanishi, nafas olishi, asab tizimi va boshqa tizimlarni buzilishiga olib 
keladi. Shu daqiqadan so’ng tanani to’lqinlanishi fazasi boshlanadi: arteriya bosimi 
ko’payadi, o’g’rig’iga reaksiya hosil bo’ladi, va hakazo. Shundan keyin esa tormoz fazasi 
boshlanadi: nerv tizimi bo’shashadi, arterial bosimi kamayadi, nafas olishi susayadi va 
depressiya holati boshlanadi. Shok holati bir necha minutdan bir sutkagacha davom 
etishi mumkin. Shundan keyin odam asta-sekin sog’ayib ketadi, yoki biologok o’limi 
holatiga o’tib ketadi. 
Insonni elektr tokidan shikastlanishining asosiy omillariga: tokning turi, inson tanasidan 
o’tayotgan tokni davom etish muddati, tokni o’tgan yo’li, tokni chastotasiga, insonni 
shaxsiy hususiyatlarga bog’liq. 
a) Inson tanasidan o’tayotgan tokning turi. 
Tokni kuchini insonga turli ta’sir ko’rsatadi. Ko’rsatgan ta’siriga qarab quyidagi tok 
qiymatlariga ajratiladi: 
-Tokni sezish chegarasi. O’zgaruvchan tokni 50 gs va miqdori 0.1- 
1.5 mA, o’zgarmas tokni miqdori 5-7 mA. Shu holatda inson qo’l panjalari titraydi va 
issiqlikni sezadi; 
-Qo’yib yuboradigan tok. O’zgaruvchan tokni miqdori 8-10 mA, o’zgarmas tok uchun 20-
25 mA. Shu holatda inson og’riq sezadi badani qiziydi. 
-Ushlab qoladigan tok. O’zgaruvchan tokni miqdori 10-15 mA, o’zgarmas tok uchun 50-
80 mA. Shu holatida qo’l mushaklari keskin qisqariladi, shok holati kuzatiladi, nafas olish 
qiyinlashadi, va inson o’zini tanasini boshqarib ololmaydi. 
-Fibrilyasion tok. O’zgaruvchan tok miqdori 100 mA, o’zgarmas tok uchun 300mA. Shu 
holatda insonni yurak mushaklari tartibsiz qisqariladi, ishlash tartibi buziladi, natijada 
qon aylanish tizimi ishdan chiqadi. 
b)Inson tanasidan o’tayotgan tokni davom etish muddati. 
Inson tanasidan o’tayotgan tokni davom etish muddati ham katta ta’sir ko’rsatadi, 
qanchali tok vaqti ko’p bo’lsa, shunchalik havfi oshaveradi. Shu holatda insonni yurak 
mushaklari tartibsiz qisqariladi, ishlash tartibi buziladi, natijada qon aylanish tizimi 
ishdan chiqadi. 
T fazasi yurakning eng xavfli fazasi hisoblanadi. Tok yurakdan o’tayotgan vaqtda 
yurakning fibrilyasiyasi kuzatilinadi, unung davomiyligi 0,2 sek teng. 
Tokni yurak T kardiosikl fazasi vaqtida o’tish havfi 


а) sog’ odamning elektrokardiogrammasi; б) o’tayotgan tok miqdorini vaqtga bog’liqligi 
d)Inson tanasidan tokni o’tgan yo’li. 
Inson tanasidan tokni o’tgan yo’li ham katta ahamiyatga ega. Agar elektr tok muhim 
organlaridan yurak, o’pka, miyalaridan o’tgan bo’lsa o’ta xavfli, boshqa yo’llardan o’tgan 
bo’lsa, hatari kamroq bo’ladi. 
Inson tanasidan o’tayotgan tok eng ko’p uchraydigan yo’llari aniqlangan. Tez uchrab 
turadigan yo’l o’n qo’l-oyoqlar, undan keyin, qo’lqo’l va chap qo’l-oyoqlar. 
c) Inson tanasidan o’tgan tokning chastotasi . 
O’zgaruvchan tok xatarligi tokni chastotasiga bog’liq. Tadqiqotlar bilan aniqlanganki, 
tokni chastotasi 10 gs dan- 500 gs gacha birdek xavfli. 500 gs dan oshgan sari 
fibrilyasion tok miqdori oshib boradi, va chastotasi 1000 gs dan oshgandan keyin 
yahshigina havsizligi kamayadi. 
O’zgarmas tok xatarligi kamroq va fibrilyasion tok miqdori 3-4 barobar yuqoriroq, 
chastotasi 50 gs li o’zgaruvchan tokga nisbatan. Lekin o’zgarmas tok ta’sirida inson 
o’tkir o’g’riqlarni sezadi. O’zgarmas tokni xatarligini, o’zgaruvchan tokga nisbatan, faqat 
tok kuchlanishi 400 V gacha haqiqat desa bo’ladi. O’zgarmas tok kuchlanishi 400-600 V 
oralig’ida va 50 gs li o’zgaruvchan tikni xatarligi tahminan bir xil. 
O’zgarmas tokni kuchlanishi 600 V dan oshgan sari inson uchun xatarliroq bo’lib boradi. 
Buni fiziologik jarayonlari ta’siri bilan tushuntiriladi. Demak, insonga elektr tokni ta’siri 
turli va har xil faktlar bilan chambarchas bog’liq. Inson tanasidan tokni o’tkazuvchanligi 
fizikaviy biokimyoviy va biofizikaviy jarayonlaridan bog’liq, shu uchun elektr tokiga inson 
tanasini qarshiligi bir tekis emas. 
e) Elektr jarohatni insonni shaxsiy hususiyatiga bo’g’liqligi. 
Elektr jarohatni og’irligi insonni shaxsiy hususiyatlarga ham bo’g’liq. Misol uchun “ushlab 
qoladigan” tokni miqdori ayrim tanaga “sezish chegarasi” ayrimlarga “qo’yib 
yuboradigan” chegarasi bo’lishi mumkin. Bundan tashqari inson tanasini o’g’irligiga va 
uning baqvatligiga ham bo’g’liq. Shuni aytish kerakki ayollar uchun tokni miqdori 
tahminan 1,5 barobar pastroq, erkaklarga nisbatan. Tokni ta’sirini darajasi insonni asab 
tizimi va organizmning holatiga ham bog’liq. Agar inson asablangan, dipressiya yoki 
kasal (ayniqsa teri kasalligi, yurak tomir tizimi, asab tizimi va hakazo) yoki mast holatida 
bo’lsa tokni havfi yanada oshadi. 
“Diqqat faktori” ham, katta ahamiyatga ega. Agar inson elektr tokni “urishiga”, “tayyor” 
bo’lsa, ta’siri kamayadi, agar “urishi” kutilmagan bo’lsa havfi keskin oshadi. 
4.Elektr toki ta’siriga tushib qolishdan himoya usullari 
Elektr tokidan sikastlanishning asosiy sabablari.Elektr qurilmalarini ishlatish xavfligini 
taxlili inson tanasidan o’tayotgan tokni meyorida, turli holatida kuchlanish ostida qolishi 
va turli tarmoqdagi turli factor va parametrlarini ulanib qolishi ta’sirini baholashiga 
keltiradi. 

Yüklə 195,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə