Reja farhod Musajonning hayot va ijodi



Yüklə 103 Kb.
səhifə1/2
tarix21.06.2022
ölçüsü103 Kb.
#89862
  1   2
FARHOD MUSAJON




FARHOD MUSAJON

REJA

1. Farhod Musajonning hayot va ijodi
2. Farhod Musajonning Saboq hikoyasi
3. Farhod Musajon bolalar adabiyoti dramaturgi
FARHOD MUSAJON
Farhod Musajonov 1933 yil dekabrida Toshkent shahrida tug‘ilgan. ToshDUning sharq fakultetini tamomlagan (1956). Birinchi hikoyasi — «Daradagi qishloqda» (1959). Uning «Oftobni quvalab» (1963), «Bo‘sh kelma, Aliqulov!» (1965), «Bir qultum buloq suvi» (1972), «Dushanba, nonushtadan so‘ng» (1974), «Bog‘ ko‘chamni qo‘msayman» (1977), «Qilich va soz» (2000), «Lafz» (2003) kabi qissalari va bir kancha hikoyalari bor. Hozirgacha uning «Bahor nafasi» (1964), «Himmat» (1984), «Bog‘ ko‘cha» (1987) kabi hikoya va qissalardan iborat 30 ga yakin to‘plami nashr etilgan. Bundan tashqari u dramaturgiya sohasida ham samarali ijod qilgan («Oq kabutar», «Talvasa» va boshqalar). SHuningdek, «Jazirama oftob ostidagi uy», «Birovning boshi», «Ko‘zlarim yo‘lingda», «Huvaydo», «So‘nmas ziyo» kabi stsenariylar muallifi hamdir.
«SHuhrat» medali bilan taqdirlangan (2000). 2013 yil 28 may kuni Toshkent shahrida vafot etgan.Alloh rahmat qilgan bo‘lsin.
YOZUVCHI O‘ZI HAQIDA
Men Toshkentda, O‘qchi mahallasida tug‘ilganman, 1933 yil 19 dekabrda.
Bizning hovlimiz yangi tushgan konservatoriya binosining o‘ng qanotida joylashgan edi. Otam Alimuhamedov Musajon davlat arbobi bo‘lgan. 1937 yili «xalq dushmani» sifatida ayblanib qatag‘on qilingan. Onam Bashorat ma’lum muddat «Qizil O‘zbekiston» gazetasida muxbir bo‘lgan. Biroq otam qamoqqa olingandan so‘ng yot unsur sifatida mafkura sohasida ishlashdan chetlatilgan, pirovardida egar-jabduq fabrikasiga oddiy ishchi bo‘lib kirgan.
«Xalq dushmani»ning farzandi bo‘lganim tufayli meni na komsomollar, na kommunistlar o‘z saflariga qabul qilishmagan. YAna bir sababi, ularning safini «bulg‘atgani» o‘zimda ham ishtiyoq yo‘q edi. SHu tufayli marhum otam 1956 yili oqlanganlaridan keyin ham baribir partiyasiga kirmadim.
Maktabni tugallab ilgarigi O‘rta Osiyo, hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetining SHarq fakulteti eron-afg‘on bo‘limiga o‘qishga kirdim. Uni bitirgach, «SHarq yulduzi», «G‘uncha» jurnallari, «O‘zbekiston madaniyati» gazeta tahririyatida, so‘ng O‘zbekiston radiosining adabiyot bo‘limida ishladim. 1967 yili «O‘zbekfilm» kinostudiyasiga taklif etildim. Bir yildan so‘ng meni Moskvaga, ikki yillik ssenaristlar Oliy kursiga o‘qishga jo‘natishdi.
Qaytib kelgach, 1970 yildan to 1999 yilgacha ish joyim kino sohasida bo‘ldi, dastlab kinostudiyada muharrir, so‘ng bosh muharrir, keyinchalik «O‘zbekkino» DAKda boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishladim.
Ijodimni bolalarga hikoya yozishdan boshlaganman. «Daradagi qishloqda» degan birinchi hikoyam 1956 yili «SHarq yulduzi» jurnalida bosilib chiqdi. Birinchi hikoyalar to‘plamim ham shu nomda 1959 yili chop etildi.
SHundan buyon bolalarga 60 dan ziyod hikoya, uchta qissa yozdim, 15 tadan ortiq kitob nashr ettirdim. Ulardan «Orzuga ayb yo‘q», «Bo‘sh kelma, Aliqulov», «Bir qultum buloq suvi» sarlavhali qissalar va turli yillarda yozilgan hikoyalar o‘rin olgan.
Kattalarga yozishni hajviy hikoyalardan boshlaganman. Biroq keyinchalik meni ko‘proq jiddiy mavzular qiziqtira boshladi. SHu sabab qissalar, pesalar, ssenariylar yozishga kirishdim. «Sunbula», «Bog‘ ko‘chamni qo‘msayman», «Soz va qilich» «Kuymagan jonim manim» degan to‘rtta qissa, o‘ndan ortiq pesa, yigirmaga yaqin ssenariylar yaratdim. Ba’zi ssenariylarimni o‘zim rejissyorlik qilib suratga oldim. Xususan, «Ko‘zlarim yo‘lingda», «Sensan sevarim», «Men senga zor», «So‘nmas ziyo» kabi filmlarga o‘zim ssenariy yozib, o‘zim rejissyorlik qilganman. SHuningdek, «Askiya», «Qiziqchi» singari badiiy hamda yigirmadan ziyod hujjatli filmlarning muallifiman.
Katta janrlarga berilib ketib, hech qachon hajviy hikoyalar yoki bolalarga yozishni kanda qilmaganman, o‘qtin-o‘qtin bo‘lsa-da, bolalarga ham hajviy hikoyalar yozib turaman.
CHamalab ko‘rsam, kattalarga yuztacha hikoya bitibman, ular qissalarim bilan birga o‘n oltita to‘plam holida chop etildi. Jami bolalar va kattalarga bag‘ishlangan kitoblarim soni o‘ttizdan oshiq.
Men asarlari ko‘plab xorijiy tillarga tarjima qilingan adiblardan emasman. Nari borsa o‘nga yaqin tilga ag‘darilgandir bitiklarim. Biroq bu hol meni aslo ranjitmaydi. CHunki asarlarim avvalo o‘z xalqimga manzur bo‘lishini istayman.
Zero, o‘z xalqingga manzur bo‘lgan asargina boshqa xalqlarning ham diqqat-e’tiborini tortishi mumkin.
Anchadan beri olti seriyali «Lafz» degan filmimning ssenariysini qissaga aylantirishni niyat qilib yurardim. Hozir shu niyatimni amalga oshirish bilan mashg‘ulman. Bolalar adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissam uchun G‘afur G‘ulom nomidagi mukofotni olganman.
2000 yilda esa hukumatimizga rahmat, «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirladi xizmatlarimni. Eng qadrli va aziz mukofotlarimdan yana biri kitobxonlarimning ilgari xat orqali, endilikda og‘zaki tarzda asarlarim haqida fikr aytib, minnatdorchilik bildirishlari.
Xudo haqqi, bu mukofotga etadigani yo‘q, har holda men uchun»

Yüklə 103 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə