Reja: Fe’l so’z turkumi haqida ma’lumot



Yüklə 30,14 Kb.
tarix15.04.2023
ölçüsü30,14 Kb.
#105779
Fe\'l so\'z turkumi


Mavzu: Fe’l so’z turkumi.

Reja:

1. Fe’l so’z turkumi haqida ma’lumot.
2.Fe’lning tasniflovchi grammatik kategoriyalari.
3.Fe’l zamonlari.

O’zbek tili grammatikasida so’z turkumlari 3ta guruhga ajratiladi. Bular mustaqil so’z turkumlari, yordamchi so’z turkumlari, alohida olingan so’z turkumlari.Fe’l so’z turkumi shulardan mustaqil so’z turkumlariga kiradi.Predmetning ish- harakatini ifodalaydigan mustaqil so’zlar fe’l so’z turkumi hisoblanadi. Masalan:Dars boshlandi, hashar bo’lib o’tdi .Bu yerda boshlandi , bo’lib o’tdi so’zlari fe’l so’z turkumiga oid va gapd a kesim vazifasida kelgan.Fe’l holat, belgining yuzaga kelishi, o’zgarish kabi jarayonlarini ham harakat sifatida ifodalaydi. Holat ifodalash boshqa so'zturkumiga ham xos. Biroq fe'lda u bir tusdan boshqasiga o'tish tarzida. Masalan, Daraxtlar yam-yashil gapida sifat-kesim (yam-yashil) turg'un holatni ifodalamoqda. Daraxtlar ko 'kardi gapida esa holat jarayon sifatida, bir tusdan ikkinchisiga o'tish tarzida yuz bermoqda. O'zbek tilidagi fe'lIar leksik-grammatik xususiyatiga ko'ra ikki asosiy guruhga ega:


a) mustaqil fe'l;
b) nomustaqil fe’l.
MustaqiI fe'lga quyidagi xususiyat xos:1) lug'aviy ma'no asosidagi harakatni ifodalaydi va shu boisdan gapda biror bo'lak vazifasida keladi;2) biror so'zni boshqarib (kitobni o'qidi) yoki biror so'z tomonidan boshqarilib (o 'qilgan kitob) keladi;. 3) harakatning obyektga munosabatiga ko'ra ikkiga bo'linadi:
a) o'timli fe'l;
b) o'timsiz fe'l
O'timli fe'l bildirilgan harakat obyekt tushunchasi bilan bog'lanadi va bunda obyektni ifodalovchi birlik tushum kelishigidagi so'z bo'ladi: Ol, o’qi boshqar.O'timsiz fe'Ibunday xususiyatga ega bo'Imaydi: yig’la, uxla, sevin. Fe’l orqali ifodalangan ish – harakat va holat bilan shaxs orasidagi munosabat turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, yozdim, keldi kabi fe’llar o’zida ishlovchi shaxsni ko’rsatib turibdi. Agar qaror qilindi, mashq bajarildi desak, ish –harakatning o’zida habar bor lekin uni bajaruvchi shaxsni mazkur fe’llar anglatmaydi. Ish-harakatning bajaruvchisibilan predmeti orasidagi yoki bir necha bajaruvchi subyejktlar orasidagi munosabatlarning ifodalanishi fe’l nisbati deyiladi. Masalan, Rayxona ko’ylak sotib oldi; gapida sotib oldi-harakatning bajaruvchisi Rayxona bo’lib, u ega orqali harakatning predmeti, ko’ylak esa vositasiz to’ldiruvchi orqali ifodalangan. Nomustaqil fe'l mohiyat e'tibori bilan uchga bo'linadi:
a) yordamchi fe'l;
b) ko'makchi fe'l;
d) to'liqsiz fe'l.
Yordamchi fe'l yangi lug'aviy birlik hosil qiladi - so'z yasaydi, ko'makchi fe'l harakat tarzi shaklining bir qismi bo'lib, fe'llug'aviy ma'nosini nutqqa xoslaydi - modifikatsiya qiladi, to'liqsiz fe'l esa fe'l va fe'l bo'lmagan so'zning zamonini ko'rsatadi. Fe'llar anglatgan qator ma'nolariga ko ra turli mazmuniy guruhlarga bo'linadi. Bulardan xarakterlilarini ko'rib o'tamiz.
Harakat fe'li jonli va jonsiz predmetga xos harakatni ifodalaydi. Ular yurish, ta'sir etish, zarb bcrish kabi ko'rinishda bo'lishi mumkin. Qo'l, oyoq, yuz, og'iz, gavda bilan bog'liq harakatda harakatlanuvchi obyekt yaqqol ko'rinib turadi. Oyoq bilan bog'liq harakatni ifodalovchi fe'l: yugurmoq, sakramoq, yo'rg'alamoq, gandiraklamoq, tentiramo], tepkilamoq, tepmoq, tisaerilmoq; qo'l bilan bog'liq harakatni ifodalovchi fe'l: urmoq, solmoq, trnamoq, uqalamoq, qitiqlamoq , changallamoq, chapak chalmoq ; Yuz, gavda, og'iz, lab, quloq, burun va h. bilan bog'liq harakat ham mavjud.
Holat fe’llari. Inson tabiatiga xos jismoniy va ruhiy holat turli xususiyatga ega. Holatni to'rtga bo'lish mumkin:
a) ichki holat (ruhiy kechinmalar bilan bog'liq):tubanlashmoq, yod olish, unitish;
b) tashqi holat (ichki holatning namoyon bo'lishi bilan
bog'liq): g’azablanmoq, xursand bo’lmoq, xafa bo’lmoq;
d) jismoniy holat (inson tanasi bilan bog'liq: zaiflashmoq , holsizlanmoq, kuymoq;
e) ijtimoiy holat ( jamiyat bilan bog'liq):boyimoq, ko’tarilmoq, urilmoq.
Natijali faoliyat fe'llar tizimi yasamoq, qurmoq, bunyod etmoq, arralamoq, parchalamoq,sayqal bermoq, randalamoq, sindirmoq kabi birliklarni o'z ichiga oladi.
Tafakkur fe'llari sirasiga insonning fikrlash qobiliyati bilan bog'liq o 'ylamoq, fikrlamoq, xayol surmoq, tafakkur qilmoq, o 'yga botmoq, ko 'z oldiga keltirmoq, bir qarorga kelmoq, xulosaga kelmoq kabilar kiradi.
Munosabat fe'lIari qatori erkalamoq, yaxshi ko’rmoq, rahmi kelmoq, yon bosmoq, maftun bo’lmoq, beti qursin, xudo olsin, baloga giriftor bo’lsin kabi fe’llar misol bo’ladi.
Fe'lning tasnitlovcbi kategoriyalari baqida umumiy ma'lumot. Fe'lning tasniflovchi kategoriyalari faqat shu turkumga xos grammatik shakllar sistemasi. Ular nisbat, o'zgalovchi, harakattarzi, bo'lishli-bo'lishsizlik kategoriyalari. Fe'l kesimlik yoki nokesimlik vazifasida bo'lishidan qat'i nazar, ushbu shakldan birida bo'lishi shart. Ular fe'l leksemaning lug'aviy ma'nosini modifikatsiya qilish vazifasini bajaradi. Tasniflovchi shakllar orasida nisbat fe'l leksemani modifikatsiya qilish darajasi jihatidan boshqalaridan ustuvor. Shu boisdan nisbat fe'lni boshqa so'z turkumidan ajratib turuvchi asosiy morfologik belgi. O'zgalovchi, nisbatdan farqli o'laroq, fe'lning nokesimlik vazifasi uchun xoslangan. O'zgalovchi kategoriyasining umumlashgan grammatik ma'nosi - fe'lni kesim vazifasidan tashqarida boshqa, ya'ni hokim so'z bilan bog'lash vazifasini bajarishi.
Tarz ma'nosi fe'lda ifodalanishi ham, ifodalanmasligi ham mumkin. Masalan, (0 'qidi) fe'lida u nol darajada bo'lsa, (0 'qib chiqdli) so'zshaklida namoyon bo'lgan. Bo'lishli-bo'lishsizlik shakli haqida ham shunday fikrni aytish mumkin. Biroq bo'lishlibo'lishsizlik shakli bilan kesimlik kategoriyasining tarkibiy qismi bo'lgan tasdiq-inkor kategoriyasini farqlash lozim. Tasdiq-inkor kesim vazifasida keluvchi barcha so'z uchun xos bo'lsa, bo'lishlibo'lishsizlik kesimdan boshqa vazifadagi fe'lning barchasi uchun xos bo'lgan grammatik hodisa. Boshqacha aytganda, bo'lishlibo'lishsizlik fe'lning nokesimlik, tasdiq-inkor esa barcha mustaqil so'zning kesimlik shaklidan biri. Quyida ularning har biri alohida-alohida ko'rib o'tiladi.
Nisbat kategoriyasi
Nisbat kategoriyasi haqida umumiy tushuncha. Nisbat kategoriyasi harakatning subyekt (bajaruvchi)ga munosabatini ifodalaydi. Bu munosabat maxsus grammatik shakl bilan yuzaga chiqadi. Masalan, Shoir she'r yozdi gapida ega bevosita ishharakatning bajaruvchisi bo'lib, bajaruvchi va harakat munosabati nol shaklli aniq nisbat bilan ifodalangan; 0 'qituvchi bolaga kitobni o 'qitdi gapida harakatning bevosita va bilvosita bajaruvchisi (o'qituvchi bilvosita, bola esa bevosita bajamvchi) farqlangan.
Dovul chalindi gapida harakat bajaruvchisi noaniq, majhul. Demak, nisbati o'zgarishi bilan fe'lning bajaruvchisida ham o'zgarish yuz beradi. Nisbat kategoriyasi fe'lning bo'sh subyekt valentligini to'ldirib, muayyanlashtirib uni nutqqa moslaydi.
Hozirgi o'zbek tilida fe'l nisbatining beshta ko'rinishi ajratiladi:
aniq nisbat,
0 'zlik nisbati,
orttirma nisbat,
birgalik nisbati,
majhu nisbat.
Aniq nisbat. Bu nisbatda subyektga munosabat nol shakl orqali Ifodalanadi. bildi , ko’rdi, so’radi , aytdi, qaytdi kabi. Su nisbatdagi fe'l o'timli (oldl) yoki o'timsiz (uxladl) bo'lishi mumkin.
O'zlik nisbati. Ayrim holda grammatik shakl o'zlik nisbatiniki bo'lsa-da, bu shakl harakatning bajaruvchiga qaytishini, bajaruvchi ham harakat obyekti ekanini bildirmaydi: Bir mahal G'ulomjon tuynukdan erinib chiqayotgan tutunga qarab so'zlandi. (M.lsm.) Soing uzun doinglik ortiga 0 ifib, ko'rinmay ketdi. (P.Qod.) Yigit ko 'zini yashirishga joy topolmay qiynaldi. (S.Ahm.) Davlafbekovning tUg'ilgan qishlogii Bodomzor bu yerdan o 'n bir chaqirim pastda. (p.Qod.) O'zlik nisbati shakli o'timli fe'lni o'timsiz fe'lga aylantiradi.
O'zlik nisbati shakli har qanday o'timli fe'ldan ham yasalavermaydi. Masalan, o’qi, (hayda), (kes) , (ek) , (min), (tik) , (sug'or) kabi fe'ldan o'zlik nisbati hosH qilinmaydi. Shuningdek, orttirma nisbatdagi o'timli fe'ldan ham o'zlik nisbati hasil qilinmaydi.
Semantikasida ma'noviy siljish ro'y berayotgan o'zlik nisbati shakliga ega fe'lIar bu nisbatdan xoli qaralishi lozim: Yuzlari emizlikdan tirsillagan Arabboy kerilgan bir holda so'radi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, o'zlik nisbatida harakat subyekti «subyekt-obyekt» qiyofasiga kirib, avvalgi obyekt yo'qoladi. Qiyoslang: Halim kiyimini kiydi - Halim kiyindi.
Birinchi gapda Halim subyekt, kiyim obyekt, ikkinchi gapda obyekt yo'q, Halim esa «subyekt-obyekt»dir.
Orttirma nisbat. Orttirma nisbat shakli quyidagilar:
[-dir (-tir)]: (chizdir), (yondir), (urintir);
[-gaz (-giZ,- g'az, -g'iZ, -kaz, -kiz, -qaz, -qiz)]: (ko'rgaz),
(kirgiz), (turg'iz), (yutqiz), (0 'tqaz), (ketkiz), (yurg'az);
[-(I)t]: (0 'qit) , (ish/at), (fugat), (bosh/at), (yurit), (kirit);
[-iz]: (oqiz), (tomiz), (emiz);
[ -ir]: (bitir), (uch ir), (pishir), (qoch ir), (ochir), (shoshir),
(oshir), (botir), (qotir);
[-ar]: (chiqar), (qaytar);
[-Orttirma nisbat shakli fe'lga birdan ortiq qo'shilishi mumkin.
Bunda avvalgi bevosita subyekt biIvosita subyektga aylanib ketaverndi: Ha/bn to'ladi. Halim ukasiga to'latdi. Halim ukasiga to 'lattirdi. lumla g'alizligi kelib chiqmasligi uchun keyingi gapdagi bevosita subyekt tushirib qoldiriIgan.
Orttirma nisbat shaklli fe'l semantikasida ma'noviy siljish ro'y be rib , unga xos morfema ajralmaydigan holga kelib qolishi ham mumkin: [tuzatmoq] [surishtirmoq], [solishtirmoq], [yaratmoq], [uyg(on], [yupan], [erkalatmoq], [(dalil,misol) keltirmoq] tipidagi fe'l ham shular jumlasidan. Orttirma nisbat shakli o'timsiz fe'lni o'timliga aylantiradi.
Majhul nisbat. Majhul nisbat [-i)] va [-i)n] shakllari yordamida hosil qilinadi: (yuvildi), (tozalandi), (aytildi), (gapirildi), (olindi) kabi. Bu nisbatli fe'l «subyektsizlashadi», aniqrog'i, obyekt ustuvorlashib, ega vazifasiga o'tadi, mantiqiy obyekt grammatik ega maqomini oladi: Bu yerda chetan bilan o'ralgan mol qo (rasi bor edi. (P.Qod.) Boboxo Ja domla ishdan bo'shatildi. (P.Tur.)
O'zlik va majhul nisbat omonimik munosabatda. Masalan, (osildi), (tashlandi), (to’kildi) fe'llarining o'zlik yoki majhul nisbatda ekanligi qurshovda ma'lum bo'ladi.
Birgalik nisbati. Birgalik nisbat shaklida «birgalik yordamlashishl!) va «birgalik-ko'plik» oraliq grammatik ma'nosi farqlanadi. «Birgalik-ko'plik» ma'nosi uchun fe'llarning o'timli-o'timsizligi ahamiyatsiz: Kattalar o (sha yerda. Arz qil, yordam berishadi, yo (l-yo (riq ko'rsatishadi. (P.Tur.) «Birgalik-yordamiashish» ma'nosi voqeianishi uchun esa shakl o'timli fe'llarni tanlaydi: Bola dadasiga yer haydashdi, ekin ekishdi.
Zamon kategoriyasi
1Voqelikning nutq momentiga munosabatiga qarab uch xiI zamon farqlanadi:
a) nutq momentigacha bo'lgan voqelik - 0 'tgan zamOh;
b) nutq momentidagi voqelik - hoZirgi zamon;
d) nutq momentidan keyin bo'ladigan voqelik - ke/asi zamon.
Shu boisdan zamon UGMsining uchta xususiy ko'rinishi farqlanadi:
1) o’tgan zamon;
2) hozirgi zamon;
3) kelasi zamon.
Ularni ifodalovchi shakllar ham shunga muvofiq uch guruhga ajratiladi. O'tgan zamon. Hozirgi o'zbek tilida o'tgan zamon fe'li bir necha shakl yordamida ifodalanadi:
[-dll (o'qidim, o'qiding, o'qidi);
[-gan] (o'qiganman, o'qigansan, o'qigan);
[-(i)b-] (o'qibman, o'qibsan, o'qibdi);
(-edi/ekan/emish] (yozgan edim, ishlayotgan edi, ish lagan eding, ishlar edilar, ishlamoqchi edim).
Mazkur shakllarni qabul qilgan fe'l turli ma'no ifodalaydi.
Bu zamon ma'nosi:
[ -yap]; [-yotlb]; [-yotir]; r-moqda] affikslari bilan ifodalanadi.
Shakllar orasidagi farq sof uslubiy asosda. Aniqrog'i, [-yap-] umumuslubiy va keng iste'molliligi, [-yotib-] va [-yotir] dialektal va poetik xususiyati bilan, [-moqda] shakli kitobiy uslubga xosligi hilan xarakterlanadi. Ularda zamonni ifodalashda farq sezilmaydi.
Qiyoslang: (0 'qiyapman), (0 'qiyotirman), (0 'qiyotibman), (0 'qimoqdaman). [Yot], [tur], Lyur], [0 'tlr] birliklari ko'makchi fe'l vazifasida kelib, hozirgi zamon shaklining analitik ko'rinishini hosil qiladi: Hali dushmanlarimiz tinchigani yo 'q, hushyorliknl qo '!dan berding, kallangga solaman deb poylab turibdi. ««Kelasi zamon. Mavjud darsliklarda grammatik illuziya natijasida kelasi zamonning ikki ko'rinishi farqlanadi:
a) kelasi zamon anlqlik shakli; Kelasi zamon fe'lining [ekan], [emish] to'liqsiz fe'li bilan yasalgan eshitilganlik, keyin bilganlik rna'nosini ifodalovchi shakli gumon ma'nosini ifodalamasligi ta'kidlanadi: (ishlar ekan), (kelar ekan); (ishlar emish), (kelar em ish) kabi. Bunda to'liqsiz fe'I1arda zamon ma·nosi yo'q. Zamon shaklning [-ar] qisrni orqali ifodalanadi.
Umuman olganda, to'liqsiz fe'Ilar fe'ldan boshqa so'zlar kesirn vazifasida kelganda ularga zamon va modal ma'nolarni birgalikda beradi. Fe'lIarni shakIlantirganda esa sintetik-analitik shaklning affiks qismi zamon ifodalab, to'liqsiz fe'l zimmasiga modal munosabat ifodalashgina yuklatiladi. Qiyoslang: ishchi ekan - ishchi bo'lgan ekan, o'qigan em ish. Keyingi ikki misolda [-gan] shakli zamon, to'Jiqsiz fe'lIar modal rnunosabat ifodalagan.
Kelasi zamon shakllari kesimning payt valentligini kelasi zamon ma'noli hol vazifasidagi sO'zshakllar bilan to'ldiradi: ertaga, kelasi yil, kelajakda kabi.
b) kelasl zamon gumon shakli.tayyorman» degandek ko'pchib yotibdi.

FE’L — SO‘Z ÒURKUMI


368- mashq. Matnni o‘qing. Ajratilgan so‘zlarga so‘roq bering va ularni ko‘chiring. Qavs ichida har birining so‘rog‘ini yozing. Ota etik, ona etik va bola etik poygakda ahil yashashardi. Bir kuni bola etik yig‘ladi:
— Hamma yog‘im og‘riyapti. Beshafqat bola men bilan suv kechdi. Katta-kichik toshlarni tepdi.
Ota etik bilan ona etik bola etikka achinishdi. O‘yinqaroq bola bemor etikchani yana qiynayverdi.Qish kunlarining birida bola etikning jag‘i yirtildi.
Yomon bolaning tuzalmasligini bilib, etiklar uy egalaridan qochishdi... (Zulfiya Mo‘minovadan)
Ertakni o‘zingiz davom ettiring
Yashashardi- nima qilishardi?
Yig’ladi-nima qildi?
Og’riyapti- nima qilyapti?
Kechdi-nima qildi?
Tepdi-nima qildi?
Achinishdi- nima qilishdi?
Yirtildi-nima qildi?
Qochishdi-nima qildi?
369- mashq. Matnni o‘qing. So‘roqlar yordamida
fe’llarni toping. Ular kimning harakatini bildirgan?
Kechqurun Mannon akamning oldiga bordim.
Uyimizning buzilishini aytdim.
— Sen xafa bo‘lma, hammamizning uyimiz buziladi. Bu yerga kattakon teatr quriladi, — dedi Mannon akam...
Uyimiz buzildi. Biz boshqa yoqqa, Mannon akam boshqa yoqqa ko‘chib ketdi. Bir kuni akam menga surati bor bir kitob berdi. Bir mahal menga tanish odamning suratini ko‘rib qoldim. Suratning tagiga teatrning bosh rejissori Mannon Uyg‘urning nomi yozilgandi.
O‘sha kuni men yo‘qotgan odamimni topdim.
(Aziz Abdurazzoqdan)
Fe’llarni ko‘chirib yozing.
Bordim,aytdim, buziladi, quriladi, dedi, buzildi, ko’chib ketdi, berdi, ko’rib qoldim, yozilgandi, topdim.Harakat bildirgan so’zlar gapda kesim bo’lib keladi va ularning tagiga 2ta uzun to’g’ri chiziq chiziladi.
372- mashq. She’rni ifodali o‘qing va ko‘chiring.
SINFXONA ILÒIMOSI
Yorug‘ berar derazam,
Oynalari sinmasin.
Ozoda turay har dam,
Chang va to‘zon inmasin.
O‘z partangda o‘tir jim,
Pichoq bilan o‘ymagin.
Menda olasan ilm,
Buni yaxshi o‘ylagin. (Rustam Dolimov)
Fe’llarning tagiga chizing. Harakatning bajarilmaganini bildiradigan qo‘shimchaning tagiga to‘lqinli chiziq chizing. Ozoda, jim so‘zlariga ma’nodosh so‘zlar toping. Ularni she’rda almashtirib qo‘llash mumkinmi?
375- mashq. O‘qing. Fe’llarni aniqlab, zamoniga ko‘ra guruhlab yozing.
Hovliga chiqdik. Yo‘lakda bir chumchuq bolasi og‘zini kappa-kappa ochmoqda. Bir oyog‘i singan. Bahodir ikkimiz chumchuq bolasining singan oyog‘iga qog‘oz o‘radik va ið bilan bog‘ladik. Botinka qutichasiga solib, uy tokchasiga qo‘ydik. Bahodir pashsha tutib berdi. Bahrom non uvog‘i bilan boqdi. Qushcha uy ichida aylanib uchadigan bo‘ldi. Ba’zan ona chumchuqning ovozini eshitib chirqillaydi. Uni onasi sog‘inib yig‘layapti, deb uchirib yubordik. (Malik Murodovdan) Fe’l zamonlarini ifodalovchi qo‘shimchalar tagiga to‘lqinli chiziq chizing.
O’tgan zamon fe’llari:chiqdik, singan,o’radik, bog’ladik, qo’ydik, tutib berdi, boqdi, uchirib yubordik. Hozirgi zamon fe’llari:ochmoqda, yig’layapti.
Yüklə 30,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə