Reja: Geografik o‘rni va chegaralari



Yüklə 18,47 Kb.
tarix22.01.2023
ölçüsü18,47 Kb.
#98960
MISR ARAB RESPU-WPS Office


MISR ARAB RESPUBLIKASI
Reja:
1.Geografik o‘rni va chegaralari
2.Tabiiy sharoiti va resurslari
3.Tarixi.
4.Davlat tuzumi va siyosiy partiyalari
5.Aholisi va mehnat resurslari
6.Xo‘jalik rivojining asosiy muammolari
7.Sanoati.
8.Qishloq xo‘jaligi.
9.Transporti.
10.Tashqi iqtisodiy aloqalar.
11.O‘zbekiston – Misr munosabatlari.
12.Ichki tavofutlar.
Geografik o‘rni va chegaralari. Misr ikki qit’ada: Afrikaning shimoli-sharqi va Osiyoning janubi-g‘arbida joylashgan davlat. Janubda Sudan, g‘arbda Liviya, shimoli-sharqda Isroil va Falastin bilan chega­radosh. Shimolda O‘rta dengiz, sharqda Qizil dengiz suvlari Misr sohil­larini yuvib turadi. Mamlakatning umumiy maydoni 1001450km². Poytaxti – Qohira shahri. Misrning strategik jihatdan qulay joylashuvi butun Sinay yarimorolini nazorat qilish imkonini beradi. Bundan tashqari dunyoning eng muhim suv yo‘llaridan biri bo‘lgan Suvaysh kanali ham Misr nazorati ostida.

Tabiiy sharoiti va resurslari. Relyefi. Mamlakat maydoning 96%i cho‘llardan iborat. G‘arbda Liviya cho‘li, sharqda Arabiston cho‘li, janubda Nubiya cho‘li yastanib yotadi.

Misr ijtimoiy-iqtisidiy hayotining asosi – Nil vodiysi hisoblanadi. Nil mamlakatdagi yagona daryo bo‘lib, asosiy suv manbaasidir. Nil vodiysida (Misr maydonining - 4-5%i) mamlakatdagi hosildor yerlarning asosiy qismi va aholisining 95%i to‘plangan.
Vodiy mamalakatni ikkita teng bo‘lmagan qismlarga(taxminan ⅓) ajratadi. G‘arbning katta qismida Liviya cho‘li joylashgan. Liviya cho‘li Misrning ⅔qismini egallagan. U dunyodagi eng katta cho‘llardan biri. U asosan qum, toshlardan iborat. Ayniqsa sharqiy qismi palaxsali va qurum toshlar hamda shag‘allar bilan qoplangan, g‘arbiy qismi esa barxan qumlari va dyunalardan tashkil topgan. Ular orasida “Katta qum cho‘li” (qum okeni) muhim o‘rinni egallab, u mamlakat g‘arbidan to Nil daryosi vodiysigacha yetib keladi. Bu yerdan mashhur Siva, Farafra, Dahla vohalari boshlanadi. Bu “qum dengizi” balandligi 150m bo‘lgan dyunalar bilan uchrashadi. Nildan sharqda Arabiston cho‘li joylashgan bo‘lib, toshloqlardan iborat. Arabiston cho‘lining katta qismini uncha baland bo‘lmagan yassi tog‘liklar egallaydi.

Misr hududida sharqdan g‘arbga tomon nishablik ortib boradi. Osiyoga tutashgan Sinay baland va Qizil dengi bo‘yidan reylef Liviya tomon asta-sekin pasayib boradi. Mamlakatning g‘arbiy qismida dengiz sathidan pastda yotuvchi bir qancha cho‘kmalar bor. Sinay yarimoroli osiyo qit’asidan tektonik harakatlar natijasida yorilish tufayli ajralib qolgan. Sinay yarimorolining shimoli cho‘ldan, janubi esa tog‘liklardan iborat. Sinay yarimorolida mamlakatning eng baland nuqtasi – Katerin (2637m) joylashgan. Relyefida eng past joyi – Kattara cho‘kmasi(-133m), maydoni 18 min.km².


Misr foydali qazilmalari ichida nisbatan neft(981mln.t) va gazga (970mld.kub.m) boy Asosiy neft joylashgan rayonlar- Kattara cho‘kmasi( Al-Alamayn, Abu-Garadik va boshqa konlar) va g‘arbda Qizil dengiz suvlari bilan yuvilib turuvchi Sinay yarimorolida ( dengiz shelfidagi konlar- Al-Morgan, Al-Bilayim, Julay, Ramazon va boshqalar).

Iqlimi va ichki suvlari. Misrda cho‘l tropik iqlim, haroratni sutkalik o‘zgarishi katta. Shimoldagi tor sohilbo‘yida nisbatan yumshoq subtropik O‘rta dengiz iqlimi ya’ni uzoq davom etuvchi quruq yoz va qisqa yomg‘irli qish. Asvonda noyabrda kunduzi harorat 40°Cgacha ko‘tariladi, kechasi 3°Cgacha pasayib ketadi, cho‘llarda esa 50°Cgacha ko‘tariladi. Eng issiq oy iyul-sentabr hisoblanadi, yog‘in deyarli bo‘lmaydi. Bahor oylari (aprel-may) issiq va quruq shamollar cho‘l tomondan esadi va 50 kun davomida vaqti-vaqti bilan esadi va “Xamsin” deb ataladi. Bu og‘ir changli bulutlar 6-7km balandlikkacha ko‘tariladi. Havo harorati 40°Cgacha ko‘tarilib, namlik 10%gacha tushib ketadi. Dekabr-mart oylari ancha salqin bo‘ladi. Mamlakat xududining katta qismiga 1yilda 100mm gacha yog‘in tushadi. O‘rta dengiz sohiliga va Nil deltasiga 1yilda 190mm yog‘in tushadi. Qohiraga 34mm, Asvonga 3mm atrofida yog‘in tushadi. Shuning uchu dehqonchilik faqatgina sun’iy sug‘orishga asoslangan. Nil vadiysida va ba’zi vohalarda qishloq xo‘jalik ekinlaridan 1 yilda 2-3 marta hosil olish imkoni bor.


Nil mamlakatning yagona daryosi hisoblanadi. Nilning uzunligi - 6671km, havzasining maydoni- 2,87 mln.km². Nil Sudan hududida Oq va Ko‘k Nilning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Oq Nil daryosi Ruanda hududidan (Kogera), Ko‘k Nil esa Efiopiya hududidan boshlanadi. Nil yiliga 80ming.km³. suv yig‘sa ham, O‘rta dengizga faqat 30ming.km³. suv kelturadi. Bunga sabab Sudan va Misr aholisi Nil suvidan ko‘p foydalansa boshqa qismi issiq natijasida bug‘lanib ketadi.

Tuproqlari – janubda sariq-qo‘ng‘ir cho‘l tuprog‘i, o‘rta qismida bo‘z tuproq, taqir- bo‘z va sho‘rhok tuproqlar, Nil deltasi atrofida botqoq tuproqlar tarqalgan. G‘arbiy qismida ko‘chib yuruvchi qum dyunalari bor. Nil vodiysi va deltasida tuproqlar juda unumdor, bu yerlarda yil bo‘yi hisil olish mumkin.



O‘simlik va hayvonot dunyosi. Misr o‘simlik dunyosiga boy emas. Cho‘llarda o‘simliklar tomariks, cho‘l akatsiyasi, namatak, saksovul yantoqlardan tashkil topgan. Qizil dengiz sohili bo‘yida doimiy yashil butazorlar tarqalgan. Vohalarda, vodiy va nil deltasida madaniy o‘simliklar ustun, asosan paxta va shakarqamish yetishtiriladi. Bu yerlarda hurmo palmasi,dum palmasi, Nil akatsiyasi tarqalgan. Papirus o‘simligi faqat mamlakat janubida qolgan.
Hayvonot dunyosi (qushlardan tashqari) ham boy emas. Cho‘lga hos bo‘lgan hayvonlar - chiyabo‘ri, gepard, antilopa, finik tulkisi, Misr mangusti, yumronqoziqlar, kaltakesaklar, ilonlar, zaharli hashoratlar uchraydi. Nilda timsohlar, gepopatamlar, yirtqich baliq- som, boyat va boshqalar yashaydi. Sohilbo‘yida laylaklar, yovvoyi o‘rdaklar, oq saplyalar, shuningdek pelikanlar, flamingolar, ivolgalar qishlaydi. Qizil dengizda delfin, akula, dengiz tashbaqalari ko‘p. O‘rta dengizda dengiz xo‘rozlari, sakkizoyoqlar, kalmarlar, merlanlar ko‘p.
Tarixi. Misr insoniyat sivilizatsiyasining eng qadimgi o‘choqlaridan biridir. Misr 6000 yillik tarixga ega. M.a.4-ming yillik oxirlarida bugungi Misr hududlarida ikkita davlat – janubda Nekxan va shimolda Buto davlatlari mavjud bo‘lgan. M.a. IV asr 2-yarmida, ya’ni 341-yili Misr forslar tomonidan istilo qilingan. M.a. 332-yilda Aleksandr Makedonskiy forslarni bu yerlardan quvib chiqarib, o‘z hukmronligini o‘rnatdi va m.a. 331-yilda Aleksandriya shahriga asos soldi. Ellin davri Misr tarixida Ptolemey va uning avlodlari hukmronligi yillarida m.a. 31-yilgacha davom etdi. Shundan so‘ng Misr qadimgi Rim imperiyasining istibdodiga tushib qoldi. 395-639-yillarda Misr Vizantiya imperiyasi tarkibida bo‘ldi. VII-VIII asrlarda mamlakatni musulmon arablar bosib oldi. Fotimiylar sulolasi hukmronligi yillarida (969-1171) Misrning siyosiy- iqtisodiy mavqeyi oshdi. Shu davrda Qohira shahri mamlakat poytaxtiga aylandi. Ayubiylar (1171-1250) sulolasidan so‘ng Mamluk sultonlari davrida Misr qudratli davlatga aylandi. 1517-yildan Usmonli Turklar imperiyasi tarkibiga kirdi. 1798-1801-yillarda Napoleon Bonapard bu yerda harbiy harakatlarni amalga oshirdi. Misr 1914-yilgacha Usmonlilar imperiyasining tarkibiy qismi bo‘lib qolgan bo‘lsa-da, amalda 1805-yildan mustaqil edi. 1882-yilda inglizlar Misrni bosib olishdi. Shu davrdan boshlab mamlakatni ingliz konsuli boshqaradi. 1914-yili I jahon urushining boshlanishidan foydalangan Angliya Misrda o‘z hukmronligini o‘rnatdi. 1922-yil Misr o‘zini mustaqil davlat deb e’lon qilgan bo‘lsa-da, harbiy va siyosiy sohalarda ingliz nazorati saqlanib qoldi. Jamol Abdul Nosir boshchiligidagi “Ozod ofitserlar” maxfiy tashkiloti 1952-yil 22-24-iyul kunlari davlat to‘ntarishini amalga oshirdi. Natijada qirol Farrux ag‘darildi. 1953-yil Misr respublika deb e’lon qilindi. Shu yili ingliz qo‘shinlari Misrdan chiqib ketdi. 1956-yil Suvaysh kanali davlat tasarrufiga o‘tkazildi. 1967-yil Misr va Isroil o‘rtasidagi urush harakatlari Misrning mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Ikki davlat o‘rtasidagi nizoga barham berish maqsadida 1979-yil AQSHning Kemp-Devid shaharchasida Misr prezidenti Anvar Saodat AQSH va Isroil bilan Kemp-Devid shartnomasini imzoladi. Bu shartnoma arab davlatlarida norozilik harakatlariga sabab bo‘ldi. 1981-yil Anvar Saodat suiqasd natijasida otib o‘ldirildi. Uning o‘rniga prezidentlik lavozimini Husni Muborak egalladi.
Davlat tuzumi va siyosiy partiyalari. Davlat tuzumi-prezidentlik respublikasi. Davlat boshlig‘i – prezident 6 yillik muddatga umumxalq saylovida saylanadi. Amaldagi prezidenti-Muhammad Husni Muborak (1981-yil 14- oktabrdan). Ijroiya hokimiyat prezident va Bosh ministr boshchiligidagi hukumatga tegishli. Oliy qonun chiqaruvchi organ- Xalq Majlisi (454 deputatdan iborat, 444 tasi saylanadi 10 ta deputat prezident tomonidan tayinlanadi) va Maslahat Kengashidan (264 a’zo 88 ta deputat prezident tomonidan tayinlanadi) tashkil topgan. Amaldagi konstitutsiyasi 1971-yil 11-sentabrda qabul qilingan. Sud tizimiga Oliy Konstitutsiyaviy sud boshchilik qiladi. Milly bayrami 23-iyul (1952-yil), inqilob kuni. Mustaqillik kuni - 28-fevral (1922-yil). Mamlakat 26 ta muhofazalarga bo‘lingan. Ular o‘z navbatida markazlarga, markazlar esa nohiyalarga bo‘lingan. Asosiy siyosiy partiyalari: Milliy Demokratik Partiya, Mehnat Sotsialistik Partiyasi, Milly Taraqqiyot Partiyasi, Al-Umma.
Aholisi va mehnat resurslari. Misr bir millatli mamalakat. Arablar aholining 98%idan ortig‘ini tashkil etadi. Qolgan qismini greklar, nubiylar, armanlar, yevropaliklar (italiyan va fransuzlar) tashkil etadi. Davlat dini - islom sunniy mashabida. Unga 90%dan ortiq aholi e’tiqod qiladi. Mamlakat hayotida islom dini katta ahamiyatga ega. Mamlakat milliy daromadining yarmidan ortig‘i, aholisini 10%ga yaqin qismiga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga Misr boshqa arab mamlakatlaridan arablarni musulmon bo‘lmagan qismini ko‘pligi bilan ajralib turadi. 10%ga yaqin aholisi arab- xristianlar tashkil etadi.

Davlat tili arab tili, oliy tabaqaliklar ingliz, fransuz tillarida so‘zlashishadi.

Mamlakat aholisi yiliga ko‘p bolalilik an’analarini saqlagan holda taxminan 1,2mln.kishiga ko‘paymoqda. Tug‘ilish har ming kishiga 23 kishi to‘gri keladi. O‘lim har ming kishiga 5,23 kishi to‘g‘ri keladi. Aholining o‘rtacha yashash davomiyligi 71,29 yil (erkaklar-67,94; ayollar-73). Mamlakat oldida ish bilan ta’minlash keskin muammo bo‘lib turibdi. Yosh tarkibi: 14yoshgacha bo‘lganlar-33,9%; 15-64 yoshgacha bo‘lganlar - 62,5%; 65 va undan kattalar - 4,2%ni tashkil etadi.
70-yillardan qishloq xo‘jaligida aholini bandlik darajasi pasayib bormoqda. Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligida iqtisodiy faol aholining faqat ⅓ qismi band. Shu bilan birga xizmat ko‘rsatishda bandlik ortib bormoqda. Iqtisodiy faol aholi 21,34 mln kishi, shundan qishloq xo‘jaligida-29%, sanoatda-22%, xizmat ko‘rsatishda-49% aholi band.

O‘rtacha zichlik ko‘rsatkichi Misr uchun ahamiyatsiz, aholi juda notekis joylashgan. Nil vodiysida o‘rtacha zichlik 1km².da 1000 kishidan ortadi, cho‘l rayonlarida esa 1km²da 1kishidan kam to‘gri keladi.

Shahar aholisi 50%dan ortiq. Poytaxt Qohira aglomeratsiyasida Qohiraning o‘zi, Shubra- al-Hayma(shimoliy yo‘ldosh shahar) ,Giza(chap sohil- bo‘yi qismi), Helvon(janubiy sanoat yo‘ldosh shahar) va boshqalarda 11mln.dan ortiq kishi yashaydi( maksimal ko‘rsatkichi 13mln kishigacha yetadi). Poytaxtda shaharliklar muammosi keskin bo‘lib, bir necha o‘nlab km radiusgacha yangi yo‘ldosh-shaharlar tuzish orqali aholini joylash choralari ko‘rilmoqda (Sadat-Siti va boshqalar). Ahamiyati bo‘yicha ikkinchi shahar aglomeratsiyasi (3mln kishidan ortiq) asosiy port shahar-Aleksandriya atrofida shakllangan.
Xo‘jalik rivojining asosiy muammolari. Yuz yillar mabaynida sug‘oriladigan Nil vodiysi va deltasidagi dehqonchilik misrliklarni katta qismi uchun mehnat faoliyatining asosiy manbai hisoblanar edi. XIX asrda Misrning Britaniyani yarim mustamlakasiga aylantirilishi bilan vaziyat o‘zgara boshladi. Inglizlar o‘zining to‘qimachilik fabrikalarini paxta bilan ta’minlash uchun ommaviy paxta ekishni o‘zlashtirishi oziq-ovqat ekin maydonlarini qisqarishiga olib keldi.

XX asrda demografik portlash, dehqonchilikda asta-sekin texnika ta’minotining ortishi va mahsuldorlikni ortishi bilan aholi o‘rtasida agrar muammolarni keltirib chiqardi. Yer maydonlarini bo‘lib berish shunga olib keldiki. Hozirgi vaqtda barcha dehqonchilik xo‘jaliklarini yarmi (3mln atrofida) 3 feddandan kam (1feddan=0,42ga), 96%i esa 5 feddandan kam yerga ega. Qishloq aholisi saharga intilmoqda, biroqshaharlarda iqtisodiy baza yetarli darajada rivojlanmagan. Bir qator yirik sanoat korxonalari Misrda XX asrning ikkinchi yarmida qurilgan.

Nil bo‘yi dehqonchilik yerlari maydoni bo‘yicha Shveysariyadan kichik bo‘lib, aholisi bo‘yicha deyarli o‘n marta ortiq. 90-yillar o‘rtalaridan Misr sug‘oriladigan yerlar maydonini kengaytirish bo‘yicha katta loyihani amalga oshirishga kirishdi. Nilning chap sohiliga parallel bo‘lgan Nosr ko‘lidan Aleksandriyagacha magistral kanal qurish boshlandi. Bu Liviya cho‘lida texnogen vohalar tashkil etish va qishloq xo‘jaligida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish imkonini beradi.
“Ortiqcha aholi” muammosi - zamonaviy Misrning bosh ijtimoiy-iqtisodiy muammosidir. “Ortiqcha aholi”ni minimal yashash darajasini ta’minlash uchun davlat oziq-ovqat mahsulotlarini subsidiyalar bilan ta’minlashga va import qilishga majbur.

“Ortiqcha aholi” muammosini hal qilishning muhim bo‘g‘ini Misrda ishchi kuchini eksport qilish hisoblanadi. 80-yillarda Misrdan tashqarida 4 mln.misrlik ishchilar bo‘lgan (noqonuniy emigrantlar bilan 5 mln gacha), shundan ¾ qismi Fors ko‘rfazi mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Mamlakat aholisining deyarli yarmi dengizorti iqtisodiga qaram. 80-yillarda emigrantlarning valyuta o‘tkazmalari neft va paxta eksporti, hamda Suvaysh kanali xizmatidan tushadigan daromadlardan ortib ketdi.

Mehnat emigratsiyasi “ortiqcha” misrliklarni turmush darajasini qo‘llab-quvvatlashda muhm rol o‘ynaydi. Biroq emigratsiya iqtisodiy rivoj­lanish muammosini hal qila olmadi. Emigratsiyaga “ortiqcha” bo‘l­magan aholi, yosh va ishga yaroqli erkaklar jo‘nar edi. Misr emigratsiya oqimi bilan minglab malakali ishchilardan maxrum bo‘ldi. Bo‘sh ish o‘rinlarini yangi ishsiz fallahlar o‘zining past malakasi hamda savodsizligi bilan band qila olmadi. Malakali misrlik emigrantlar xorijda ancha past malakali ishlarda ishlashadi va mamlakatga oldingi malakasini yoqotgan holda qaytishadi. Bu, shuningdek dehqon- emigrantlarga ham taalluqli bo‘lib, ulardan xorijda qora ishchi sifatida foydalanishadi, ular qytgandan so‘ng qishloq xo‘jaligi ishlariga qiziqishi yo‘qolgan bo‘lar edi.
Hozirgi vaqtda Fors ko‘rfazidagi boy monarxiyalar infratuzilma qurilishida birmuncha katta hajmdagi ishlarning yakunlanishi bilan shu­ningdek Iroqdagi siyosiy vaziyatning notinchligi bilan Misr emigrant­larining “reimport” jarayoni kuzatilmoqda (Iroq Misr ishchi kuchlarini eng yirik importyori edi). So‘nggi besh yil ichida Misr migratsiyasidagi saldo nisbiy bo‘lib, 300 ming kishini tashkil etadi.
Sanoati. 50-yillargacha Misr sanoatida asosan oziq-ovqat, paxta tozalovchi va to‘qimachilik korxonalaridan iborat bo‘lgan. 60-yillardan sobiq Sovet Ittifoqi va boshqa sotsialistik davlatlarning hamkorligida og‘ir sanoat asosi yaratildi. 70-yillardan “ochiq eshiklar siyosati” e’lon qilinib, kichik va o‘rta korxonalarni tashkil etish boshlandi.

Misr sanoat tarmoqlari ichida ishlab chiqilgan mahsulotlar qiymati bo‘yicha neft qazib chiqarish asosiysi hisoblanadi (yiliga 50mln.t.). Shu bilan birga neft qazib chiqarish sanoatida iqtisodning boshqa tarmoqlariga nisbatan bandlik katta emas (bandlik 1%). Misr neft eksportyori hisob­lanadi, biroq qazib chiqariladigan suyuq uglevodorodning katta qismi (⅓dan ½ gacha) mamlakat ichida iste’mol qilinadi. 7ta neftni qayta ishlash zavodlari faoliyat ko‘rsatib ular Qohira va Aleksandriya shaharlari atro­fida, Suvaysh, Tanta, Asyutda joylashgan. Tabiiy gazning yirik zahiralari asosan ichki ehtiyoj uchun foydalaniladi.


Neft- mamlakatning yoqilg‘i-energetika balansining asosi: birlamchi energiya manbalarida ¾ qismi foydalaniladi. Tabiiy gaz hissasi tez o‘smoqda va 15%dan ortdi. Gidroenergiya hissasiga 5%dan kam birlamchi manbalar to‘g‘ri keladi. Elektrenergiya ishlab chiqishda GESning hissasi (SSSR hamkorligida qurilgan Asvon baland to‘g‘oni) deyarli 50%. Biroq mamlakat gidroenergetikasi rivojining foydasi yo‘q va yoqilg‘i ener­getikasi tez sur’[atlar bilan rivojlanmoqda. Ko‘pchilik IESlar uglevodorod yoqil`g‘isida ishlaydi, biroq gaz va neftni tejash maqsadida yirik IES qurilishi rejalashtirilmoqda, u Avstraliyadan import qilinuvchi ko‘mir asosida ishlaydi. Misr noan’anaviy manbaalar, jumladan quyosh energiya­sidan foydalanishga katta qiziqish bildirmoqda.

Neftni qayta ishlash asosida kimyoviy tola, rezinatexnika buyumlari ishlab chiqaruvchi neftkimyo sanoati rivojlanmoqda. Fosforitlarni qayta ishlash asosida (Luqsor yaqinida va Qizil dengiz bo‘yidagi portlar- Safaga va Kusayr konlari) mineral- azot va fosforit o‘g‘itlari ishlab chiqarilmoqda, ularning bir qismi eksport qilinmoqda.

Qora metallurgiya asosida 60-yillarda SSSR bilan hamkorlikda Hilvon metallurgiya kombinati qurildi. Kombinat Asvon rayonida va Bahariya vohasida qazib chiqariluvchi temir rudasidan foydalanadi. Kombinat quv­vatidan to‘liq foydalanilmaydi. Mamalakatda po‘lat quyuvchi yangi tarmoq korxonalari qurilishi va loyihalash ishlari Aleksandriya rayonida va Qohiraga yo‘ldosh navqiron shahar Sadat-Sitida, Asvonda olib boril­moq­da. Rangli metallurgiyada SSSR bilan hamkorlikda qurilgan Nag-Hamadi­dagi alyuminiy zavodi faoliyat yuritadi (Asvon GES gidroenergiyasi va Avstraliya, Gvineya­dan import qilinuvchi hom ashyo asosida ishlaydi). Mashinasozlik korxo­nalari Qohira va Aleksandriya aglomeratsiyalarida, Suvaysh kanali zonasida, Hilvonda joylashgan. Temiryo‘l vagonlari, avtomobillar, traktorlar, kichik kemalar ishlab chiqariladi. Elektrotexnika va elektronika korxonalari ko‘pa­yib bormoqda, ular to‘liq keltirilgan qismlar asosida ishlaydi va ko‘pincha maxsulotning katta qismi eksport qilinadi.
Qurilishlarning avj olishi natijasida mamalakatda qurilish materiallari kamomadi yetishmovchiligi sezilmoqda. 70-yillarda Misrda ishlab chiqa­rilgan sement mamlakat ehtiyojidan ortib qolar edi. 80-yillarga kelib esa mamlakat dunyoda sementning yirik importyoriga aylandi. O‘z ehtiyojini faqat ⅓ qismini qondiradi. Qizil g‘ishtning yetishmasligi jiddiy muam­moga aylandi. Uni ishlab chiqarish uchun g‘isht fabrikantlariga Nil sohi­li bo‘yidagi hosildor yerning yuquri qatlami sotildi, bu esa dehqonchilikka katta zarar keltirdi. Hozirgi vaqtda bu amaliyot taqiqlangan va g‘isht ishlab chiqarish uchun dehqonchilik yerlaridan tashqarida glina qazib olinmoqda.

Misr fabrika-zavod sanoatining qadimiy tarmog‘i - to‘qimachilik. Uning uchun hom ashyo sifatida mamlakatda yetishtiriladigan uzun tolali paxtadan foydalanadi. So‘ngi yillarda import paxta va sintetik toladan foydalanilmoqda. Misr paxtasi dunyo bozorida tola sifatida xaridorgir, gazlamalari esa raqobatbardosh emas. Tarmoq korxonalari Quyi Misrda joylashgan (Al-Mahalla-al-Kubra, Al-Mansur, Damanxur va boshqalar). Dunyodagi boshqa to‘qimachilik rayonlari kabi tarmoq asosiy fondlar eskirganligi muammosiga va modernizatsiya zaruriyatiga duch kelmoqda.


Oziq-ovqat sanoatida shakar (O‘rta va Yuqori Misrda yetishtiriladigan shakarqamish asosida), tamaki (Qohira va Aleksandriya aglomeratsiya­larida, Al-Fayyumda - import qilinuvchi turk va Amerika xom ashyosi asosida), o‘simlik yog‘i (Quyi Misrdagi paxtachilik rayoni asosida) ishlab chiqarish korxonalari ajralib turadi. Oziq-ovqat sanoati korxonalari ichki bozor uchun ishlab, import xom ashyosi asosida faoliyat yuritadi (yar­midan ortig‘i import qilinadi).

Qishloq xo‘jaligi. Nil vodiysi dunyo dehqonchiligining qadimiy o‘cho‘qlaridan biri. Dehqonlar (dehqon- fallahlar) ko‘p sonli ijtimoiy guruhlarni tashkil etadi. 1960-70-yillarda Sovet Ittifoqi bilan hamkorlikda Nilda Asvon shahrida baland to‘gon qurildi va dunyoda suv ombori hajmi bo‘yicha eng kattasidir. Nil oqimini tartibga solish orqali mamlakatda ekin maydonlar deyaeli ⅓ qismga ko‘paydi. Shu bilan birga Asvon gidroenergiya majmuasining qurilishi qishloq xo‘jaligi uchun bir qator salbiy oqibatlarga olib keldi. Nilda mavsumiy to‘lin suvlilikni tugatilishi bilan asrlar davomida tuproqlar uchun asosiy o‘g‘it hisoblangan hosildor ilni Nil keltirmay qo‘ydi.


Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i – dehqonchilikdir. Ekin may­donlari hajmi jihatidan donli va dukkakli osimliklar ustun turadi (2/5). Asosiy oziq-ovqat o‘simligi (aholining ozuqa ratsionini 80%i) – makka­jo‘xori va bug‘doy hamma yerda yetishtiriladi, lekin ular mahalliy ehti­yojni qondirmay­di. Misr dunyoda donli ekinlar tarqalishining markaz­laridan biridir lekin hozirgi vaqtda dunyoda eng yirik don importyorlaridan biri. Sholi mamlakat uchun yangi o‘simlik bo‘lib, deltaning shimoliy qismi va vohalarda yetish­tiriladi. Misrliklarning oziq-ovqat ratsionida dukkak­lilar katta o‘rinni egal­laydi. Ekin maydonlarining 10%i sabzavot ekinlari balan band.

Muhim eksport ekini – paxta ( ekin maydonining 10-20%i). Misr o‘ta uzun tolali paxta yetishtiruvchi yirik davlatlardan biridir, dunyoda sifati bo‘yicha tengi yo‘q. Qiymati jihatidan paxta eng muhim ekindir (barcha qishloq xo‘jalik maxsulotlari qiymatining ¾ qismi).


Chorvachilik ozuqa bazasining nisbatan pastligi tufayli yaxshi rivoj­lanmagan. Qadimda mollardan asosan tortish kuchi sifatida foydalanilgan. Hozirgi vaqtda ozuqa ekinlaridan katta hosil olinishi tufayli bir qator fermalar intensiv sut chorvachiligiga ixtisoslashgan, asosan pishloq ishlab chiqariladi.

Transporti. Mamlakatda yuk tashishning katta qismi avtomobil tran­s­portiga to‘g‘ri keladi. An’anaviy suv transporti katta ahamiyatga ega (Nil va magistral kanallarda yuk tashish). Quvur transporti rivojlanmoqda. Neft quvurlari asosiy ahamiyatga ega bo‘lib Suvayshdagi konlarni neftni qayta ishlovchi va iste’mol qiluvchi – Qohira va Aleksandriya bilan bog‘laydi.

Asosiy dengiz porti – Aleksandriya (mamlakat yuk aylanmasining 2/3 qismi), Port-Said, Suvaysh (Suvaysh kanalidagi tranzit baza; bu port shaharlar erkin sanoat zonasi deb e’lon qilingan).

Misr transport tizimida Suvaysh kanali xalqaro ahmiyatga ega bo‘lgan transport kommunikatsiyasi asosiy o‘rinni egallaydi. U orqali 10-15% dengizdagi xalqaro yuk tashish amalga oshiriladi. Kanal uzunligi- 173km, kengligi- 85m, chuqurligi- 19,5m. Kanalga xizmat qiluvchilar 14,5ming kishi, biroq undan keladigan daromadlar neftdan keladigan daromadlarga teng. Suvaysh kanalining “poytaxti” Ismoiliya shahri hisoblanadi. Shaharda kanal­ning ma’muriy kengashining rezedensiyasi, ilmiy markaz joylashgan.


Tashqi iqtisodiy aloqalar. Dunyo moliya-iqtisodiy tizimida boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan Misr iqtisodida va valyuta tushu­mida tovar mahsulotlari chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan “ko‘rinmas eksport” katta ahmiyatga ega. Gap yuqorida eslab o‘tilgan ishchi kuchi “eksporti”, chet el sayohlari importi, ikki okean xavzasini bog‘lovchi qulay geografik o‘rinda joylashuvidan foydalanish haqida ketmoqda. AQSH va boshqa g‘arb mamlakatlari tomonidan sarmoyalar va turli xil yordamlar berish katta ahamiyatga ega.

Mamlakat eksportida hom neft (40%) va neft mahsulotlari (10%), paxta tolasi (10-15%) asosiy o‘rinni egallaydi. Importda oziq-ovqat, mashinalar va jihozlar tashkil etadi. Asosiy tashqi savdo hamkorlari eksportda – Italiya, importda – AQSH.


O‘zbekiston – Misr munosabatlari. Misr O‘zbekiston Respublika­sining davlat mustaqilligini 1991-yil 26-dekabrda tan olgan. 1992-yilning yanvarida ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. O‘zbe­kiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 1992-yil dekabrda Misrga tashrifi davomida ikki mamlakatning turli sohalardagi hamkorligini kengay­tirish yo‘nalishlari belgilandi va ikkiyoqlama munosabatlarning shrtnomaviy-huquqiy asosi yaratildi. Toshkentdagi Misr elchixonasi 1993-yilning may oyida o‘z faoliyatini boshlagan. O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri­ning 1995-yil dekabrida Misrga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Respublika­sining Misrdagi elchixonasi rasman ochildi. O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi aloqalarda madaniyat, ta’lim, ilm-fan sohalari birmuncha rivojlangani bilan ajralib turadi. 1994-yilning noyabridan Toshkentda Misr fan va ta’lim mar­kazi faoliyat ko‘rsatib, o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi va ilmiy-texnikaviy almashish, sport bo‘yicha va yoshlar o‘rtasidagi aloqalar o‘zaro manfaatli hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi. O‘zbekiston va Misr savdo – iqtisodiy hamkorlik doirasida hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishlari muhim o‘rin tutmoqda. O‘zaro hamkorlikda Misr Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi MDH davlatlari bilan texnikaviy hamkorlik qilishda Misr jamg‘armasi faol ishtirok etmoqda. Hozirda O‘zbekistondan Misrga ip, chorva mahsulotlari, yong‘oq, mevalar, kungaboqar eksport qilinmoqda. Misrdan qilinayotgan importda dori-darmonlar, efir moylari, kimyo mahsu­lotlari va chinni buyumlar tashkil etmoqda. Savdo-iqtisodiy munosabatlar rivojida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ishlab chiqarish, irrigatsiya va ener­getik komplekslar qurish, Misrga traktorlar, kimyoviy o‘g‘itlar, sement va to‘qimacilik mahsulotlarini eksport qilish, kosmetik va farmatsevtik tovarlar ishlab chiqarish, turizm, marketing, banklar o‘rtasidagi munosabatlar va sug‘urta sohalarida hamkorlik qilish istiqbolli va o‘zaro foydali hisoblanadi.
Ichki tafovutlari. Misr geografik,tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy omillarga ko‘ra 4ta rayonga bo‘linadi: Quyi Misr, O‘rta Misr, Yuqori Misr va Suvaysh kanali zonasi.

Quyi Misr Nil deltasini, shuningdek murakkab hududlarni (Qohira va Aleksandriya gubernatorligi) o‘z ichiga oladi. Bu rayonda Misr aholisining 70%i yashaydi. Quyi Misr hududida Misr sanoat korxonalarining ⅔ qismi va mamlakatning 4/5 qismidan ko‘proq qayta ishlovchi sanoat korxonalari joylashgan. Quyi Misrda davlatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida muhim rol o‘ynovchi Misrning eng yirik shaharlari Qohira va Aleksan­driya joylashgan.

Quyi Misrda 90%dan ortiq hamma sholi ekin maydonlari va 75% paxta ekin maydonlari, shuningdek makkajo‘xori, bug‘doy, bog‘ va poliz ekin maydonlarining asosiy qismi joylashgan.

Qohira – Misr poytaxti. Qohira 969-yilda tashkil topgan. Geografik o‘rnining qulayligi tufayli shahar qisqa vaqt ichida Misrning siyosiy bosh­qaruvchi, xo‘jalik va madaniy markaziga aylandi. Poytaxt va shahar atrofida Misr fabrika-zavod korxonalarining yarmidan ortig‘i joylashgan, ularda mamlakatning deyarli 2/5 qism yalpi sanoat mahsuloti ishlab chiqariladi.



Qohira – arab Sharqida yirik informatsiya va madaniy markaz. Bu yerda ko‘p sonli gazeta, jurnallar va kitoblar chop etiladi. Qohira radiosi ko‘pgina Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlariga eshittirishlar beradi, kino sanoati mahsuloti hamma arab mamlakatlariga yuboriladi. Qohira va uning atrofida ko‘plab sayyohlarni o‘ziga jalb etuvchi tarixiy yodgorliklar va muzeylar joylashgan.
Yüklə 18,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə