Reja: Hissiyot haqida tushuncha



Yüklə 26.06 Kb.
tarix17.09.2017
ölçüsü26.06 Kb.

Aim.uz

Hissiyot

Reja:


1. Hissiyot haqida tushuncha.

2. His - tuyg`ularning vazifasi.

3. Hissiy holatlarning fiziologik asoslari.

4. Insoniy emotsiyalar va hayvonlardagi emotsiyalar.

5. Hissiy holatlarning ifodalanishi.

6. Hislarni kechirish shakllari.

7. Yuksak hislar.

Mavzu yuzasidan tayanch tushunchalar:


Bilishga qiziqish — intellektual hissiyot;

Stenik his — aktivlikning kuchayishi; hayajonlanish;

Ehtiros — iroda bilan bog`liq emotsiyalar, ijobiy yoki salbiy;

Stress — kuchli hayajonlanish, kuchli qo`zg`atuvchi ta`sirida tug`iladi;

Kayfiyat — barqaror emotsional holat;

Hissiyot — tashqi ta`sirlarga ongning munosabat bildirishi; yuksak ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmaganligi;

Empatiya — boshqa kishining hissiy holatlarini tushuna olish hamdard bo`lish qobiliyati;

Emotsiyalar —qo`zg`atuvchiga inson va hayvonlarning reaktsiya bildirishlari, xursandlik, g`amginlik, darg`azablik;

Ambivalentlik — bir vaqtning o`zida qarama - qarshi his - tuyg`ularni ichdan kechirish (quvonch va tashvish, sevgi va nafrat);

Apatiya — toliqish, hastalik yoki boshqa sabablar ta`sirida atrofdagilarga qiziqishning yo`qolishi, befarqlik bilan bog`liq hissiy holat;

Affekt — kuchli, shiddatli, qisqa muddatli hissiy holat;

Depressiya – xatti - harakatlarning tormozlanishi, faollikni kamayishi bilan bog`liq tushkunlik kayfiyati;



Kinoya — muhokama qilinayotgan shaxsni tashqi jihatdan ma`qullab, yashirin, engilgina ustidan kulish;

1. Hissiyot haqida tushuncha


Kishilar idrok qilayotgan (ko`rayotgan, eshitayotgan), bajarayotgan, o`ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo`lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, harakatlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi, yana boshqalari g`azab-nafratimizni uyg`otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo`rquvni his qilamiz, dushman ustidan g`alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish zavq uyg`otadi. Odamlarning o`zi bilayotgan va bajarayotgan narsaga munosabatini boshdan kechirishi his -tuyg`ular (yoki emotsiyalar) deyiladi. His - tuyg`ularning manbai biz idrok qiladigan, ish ko`radigan predmetlar va hodisalarning xususiyatlari vujudga keltiradigan ehtiyojlar, intilishlar, istaklardir. Bizning faoliyatimizni (mehnat, o`qish, o`yin) uning muvaffaqiyati va mag`lubiyatini ham his - tuyg`ular uyg`otadi. Hissiyot voqelikni aks ettirilishidir. Odam ayni bir paytda tirik organizm va jamiyat a`zosi bo`lishi bilan birga, o`z miyasida alohida shaxs sifatida, ayrim ob`ektlar bilan qiladigan ob`ektiv munosabatlarni aks ettiradi. Odam miyasida olamning aks ettirishni ana shunday o`ziga xos tomoni hissiyot sohasi yoki inson shaxsining emotsional tomoni hisoblanadi. Hissiyot - odam miyasida uning real munosabatlarining, ya`ni ehtiyojlar sub`ektining uning uchun ahamiyatli bo`lgan ob`ektlar bilan bo`lgan munosabatlarning aks ettirilishidir. “Hissiyot” tushunchasini faqat tirik mavjudotlar miyasida ularning ehtiyojlarini qondiradigan va qondirishga qarshilik qiladigan ob`ektlarga bo`lgan munosabatlarni aks ettirish haqida gap ketganda qo`llash mumin. Belgilari xuso`san yaqqol namoyon bo`ladigan hissiyotlarning ichdan kechirishdan iborat bo`lgan ruxiy jarayon sodir bo`lishining konkret shaklinigina emotsiya deb ataladi. Masalan, vatanparvarlik, muhabbat, javobgarlik hissini emotsiya deb bo`lmaydi.

2. His - tuyg`ularning vazifasi


Hissiyot odamda sodir bo`layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo`lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi a`zolariga ta`sir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo`zg`ovchilardan ayrimlari aniq bo`lib ajraladi, ba`zilari bir -birlari bilan qo`shilib ketadi va paydo bo`lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada taassurot uyg`otib biror hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni fiziologik jihatdan shunday tushuntirish mumkin, ma`lum qo`zgalishlar, tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik haqidagi yoki notinchlik haqidagi darak beruvchiga aylanadi. Hissiy kechinmalar esa, insonning shaxsiy tajribasi tarkib topadigan shartli reflekslar tizimini mustahkamlanishi sifatida namoyon bo`ladi. Hissiyotni mana shu darak beruvchilik vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomoni deb ataladi. (impressiv-lotincha - taassurot). I.P.Pavlov tirik mavjudotlarning atrofimizdagi muhitga moslashuvida hosil qiladigan yoki buziladigan dinamik stereotiplar orqali biror hissiyotni va emotsional kechinmalarning ijobiy va salbiy sifatlarini tushuntirib beradi. Dinamik stereotip deganda, tashqi taassurotlarning ma`lum tartibda qaytarilishi natijasida hosil qilingan shartli reflekslar nerv bog`lanishlarining barqaror tizimi tushuniladi. Har turli qiyinchiliklar va qarshiliklarga duch kelish natijasida dinamik streotiplarninng “o`zgarishi” salbiy emotsional holatni yuzaga keltiradi. Hissiyot va uni kechirishning turli shakllari faqat darak beruvchilik vazifasini emas, balki boshqaruvchilik funktsiyasini ham bajaradi. emotsiya harakatlarda juda ko`p tana o`zgarishlarida ifodalanadi. Odam organizmidagi bu o`zgarishlar, kechirilayotgan hissiyotning ob`ektiv ko`rsatkichi hisoblanadi. Moslashish xarakteriga oid bo`lgan, ya`ni ovozning o`zgarishi, mimika, imo-ishora, organizmda sodir bo`ladigan jarayonning qayta o`zgarishidan iborat ixtiyorsiz va ongli harakatlar psixologiyada emotsonal harakatlarning ekspressiv tomoni deb ataladi (ekspressiv - ifodalanish).

Odamning o`z hissiyotining ob`ektiga qanday shaxsiy munosabat ifodalangani mazkur holda qanday munosabatda bo`lishi ifodalangani hissiyot mazmunining sifat tomonini tashkil qiladi. Odatda shaxsning hayot faktlariga nisbatan bo`lgan emotsional munosabatlari ikkita sifatga ijobiy va salbiy sifatlarga ajratiladi. Shaxsning o`z hissiyoti ob`ektiga ijobiy va salbiy munosabatlaridan tashqari ikqilanish holatlari va noaniq tushunish munosabatlari ham bo`ladi. Bularni rohatlanish va qanoatlanmaslik hislariga qo`shib bo`lmaydi. Ikki taraflama hissiyotda (ambivalent hissiyotda) rohatlanish va azoblanish qo`shilib va biri ikkinchisiga o`tib ketmaydigan emas, balki bunday birga bo`lish kechirilayotgan hissiyotning zarur xarakterli sifatlaridan birini tashkil qiladi. Masalan: rashk hissida muhabbat va nafrat. Suv ichish va neft hidi. Rohatlanish va yoqimsiz - noxushlik hissi. Sub`ektning hissiyot predmetlariga nisbatan emotsional munosabatlarning to`rtinchi sifati odatda qisqa muddatli hissiy munosabatning noaniqligidir, lekin ba`zan ayrim ularni tushunishiga bo`lgan ob`ektlarga nisbatan ancha vaqtga davom etgan hissiyotlarning ham hissiy munosabatlarining sifati bo`ladi. Odam hayotida yangi narsaga duch keladi, bu narsa ko`pincha uni to`lqinlantirib, idrokida mazkur narsani tevarak - atrofidagi muhitdan ajratib olib, unga nisbatan ajablanish, hayratlanish, havas va qiziqish hissiyotini kechiradi. Bu yangi taassurotlarni dastlabki anglashning hissiy tomonidir.


2. Hissiy holatlarning fiziologik asoslari


Hissiy holatlarni paydo bo`lishiga tashqi olamda yuz beradigan o`zgarishlar sabab bo`ladi. Hissiy holatlar uchun xos bo`lgan fiziologik jarayonlarning asosi murakkab shartsiz va shartli reflekslardir. Ma`lumki, shartli reflekslar tizimi katta miya ustuniga tegishli ko`rish tepachalari va nerv qo`zg`alishlarini miyaning yuqori bo`limlaridan vegetativ asab tizimiga o`tkazib beruvchi boshqa markazlar orqali amalga oshiriladi. Kishining hislarni kechirishi hamma vaqt miya po`sti va po`stlok osti markazlarining birgalikdagi faoliyatlari natijasidir. Atrofda va olamda yuz beradigan o`zgarishlar odam uchun qancha ahamiyat kasb etsa, hissiy kechinmalar shuncha chuqur bo`ladi. Buning natijasida paydo bo`ladigan muvaqqat bog`lanishlar tizimi qayta tuzilishi qo`zg`alish jarayonini yuzaga keltiradi. Bu jarayon katta miya yarim sharlari po`stida tarqalib po`stloq osti markazlarini ham egallab oladi. Katta miya yarim sharlar po`stidan pastda organizm fiziologik faoliyatining turli markazlari; nafas olish, yurak va qon tomirlarini idora qilish, ovqat hazm qilish, ichki sekretsiya bezlarini ishini idora qilish va boshqa markazlar joylashgan. SHuning uchun po`stlok osti markazlarining qo`zg`alishi bir qator ichki a`zolar faoliyatini kuchaytirishga olib keladi. Hissiy holatlar o`zining fiziologik mohiyati jihatidan katta yarim sharlar po`stining va miya po`sti boshqaradigan po`stloq osti markazlarining funktsiyasigina bo`lib qolmay, balki miyaning boshqa qismlari ishni boshqaradigan retikulyar tuzilmaning vazifasidir. Miyaning talamus (ko`rish tepaligi) va gipotalamus (tepacha osti qismi) deb atalgan joyining qadimgi po`stloq osti tuzilishlari bilan yarim sharlar yangi po`stlog`i osti tuzilmalari o`rtasidagi limbik tizimning vazifasidir.

4. Insoniy his - tuyg`ular va hayvonlardagi emotsiyalar


Odam his - tuyg`ulari bilan hayvon hissiyotlari o`rtasida farq juda katta. Odamda juda ko`p miqdorda his - tuyg`ular borki, bunday hissiyotlar hayvonlarda yo`q. SHuningdek, odam va hayvon uchun umumiy bo`lgan g`azablanish, qo`rqish, jinsiy hissiyot, qiziquvchanlik, xursandchilik, g`amginlik emotsiyalari hayvonlarda sifat jihatidan farq qiladi.

Insoniy emotsiyalar “insoniylashtirilgan” ijtimoiy sharoit bilan bog`liq holda namoyon bo`ladi. emotsiyalarning “insoniylashuvi” shunday namoyon bo`ladiki, ichdan kechadigan hissiyotlar mazmuni juda boy va murakkabdir. Odamlar bilan mehnat, siyosat, madaniyat, oilaviy hayot o`rtasida paydo bo`lgan munosabatlarning ko`pligi sof insoniy hissiyotlarning paydo bo`lishiga olib keladi. Ular bolalarga odob bilan javob berishni, suhbatdoshga ochiq ko`ngil bilan jilmayishni, keksalar va nogironlarga hurmat bilan joy bo`shatib berishni o`rgatadi. Odam o`z hissiyotlarini o`zi boshqaradi. Ba`zan kishilar o`z emotsiyalarnni yashirish niyatida qarama - qarshi emotsiyalarni ifodalaydilar. Masalan, qaygurish yoki qattiq og`riq paytida kulimsirash, kulgilar kelgan paytda yuzlarini jiddiy o`ychan holga keltira oladilar. Lekin o`zining imo - ishoralari va mimikalarini boshqara olishga qaraganda nafas olish , qon aylanishi va ovkat hazm qilish tizimidagi o`zgarishlarni ushlab qolish juda qiyin bo`ladi. Odam hayajonlangan paytda bir maromda nafas ola biladi, ko`z yoshlarini ushlab qola oladi, lekin rangini o`zgartirish yoki qizartirishga kodir emas. Ammo emotsiyalarni paydo qiluvchi narsalardan o`zini chalg`itishi mumkin.


5. Hissiy holatlarning ifodalanishi


Hissiy holatlarning ifodalanishi, birinchidan, ifodali harakatlar (yuz ifodasi, qo`l – oyoq harakatlari,) ikkinchidan, organizmdagi turli hodisalarni, ya`ni ichki a`zolar faoliyatining va holatining o`zgarishida, uchinchidan, tabiatda, ya`ni organizm qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o`zgarishlarni, shuning bilan birga modda almashinuvida bo`ladigan o`zgarishlarni o`z tarkibiga oladi. His - tuyg`ularning tashqi ifodasiga yuz ifodasi, imo - ishora, vajohat va qaddi - qomatning o`zgarishi, ayrim tashqi chiqaruv bezlarining faoliyati (yosh, so`lak, ter ajralishi) va ayrim harakatlar xususiyatlaridagi o`zgarishlarni kiritish mumkin. Bunga nutqning fonetik o`zgarishlari, “ovoz mimikasi” va gaplar tartibining sintaksis o`zgarishi, “tutilmasdan gapirish” yoki alohida “silliqlik”hamda “ifodalilik”ning yuzaga kelishi, nihoyat hissiyot o`zining to`la yoki qisman ifodasini topadigan xatti - harakatlarga taalluqlidir. Kishining emotsional kechinmalar vaqtida nutqning tezligi o`zgaradi. Ko`pincha nutqning sintaksis tuzilishi buziladi, tezligi va ohangi o`zgaradi. O`tkazilgan tekshirishlar shuni ko`rsatadiki, g`amginlik va mayuslik hislarini ifodalovchi nutq vaqtida shu nutqning so`zlovchi kishining ovozi beixtiyor pasayib ketadi. Nutqning o`zi susayib qoladi, so`zlayotgan kishining tovushi ham bo`linib - bo`linib chiqadi.

6. Hislarni kechirish shakllari


Hissiy kechinmalar turli hollarda turlicha tezlik bilan paydo bo`ladi. Ba`zan hissiyotlar juda to`satdan, darhol paydo bo`ladi. Masalan, kishi birdan xursand bo`lib ketadi, darhol g`azabga keladi, achchiqlanadi va hokazo. Lekin ba`zan shu hissiyotlarning o`zi daf`atan qo`zg`almaydi, balki asta-sekin tug`ila boshlaydi. SHunday hissiy kechinmalar borki, ularning qay darajada tez paydo bo`lmasligini belgilash qiyin yoki butunlay belgilab bo`lmaydi. emotsional kechinmalarning kuchi turlicha bo`lishi mumkin. Hissiyotning kuchi avvalo yoqimli va yoqimsiz tuyg`ularning naqadar kuchli bo`lishidadir. Hissiyotning kuchi shu hissiyotni shaxsning naqadar ehtiros bilan kechirayotganligi bilan belgilanadi. Hissiyotning qo`zg`alish xususiyatlari paydo bo`lish yo`lini, kuchi va barqarorligi bir qancha sabablarga bog`liqdir. Atrof muhitning holati, shu paytdagi ehtiyojlarning kuchi, shu xislat tuzilishiga sabab bo`lgan hodisalarning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatini anglashi, odamning dunyoqarashi, bu xislat qanday vaziyatda paydo bo`lishi va o`tishi, hamda shaxsning individual xususiyatlariga bog`liqdir. Hislarning ayni vaqtda naqadar tez, kuchli va barqaror bo`lishiga ko`ra, his-tuyg`ularning quyidagi turlari farqlanadi: hissiy ton, emotsiyalar, affekt, jiddiylik holatlari (stress) , kayfiyat va boshqalar. Hissiy ton. Hissiyot ko`pincha faqat hissiy tus sifatidagi ruxiy jarayonning o`ziga xos sifat tomoni tariqasida namoyon bo`ladi. Yoqimli suhbatdosh ekan, kulgili voqea, yoqimsiz hid, zerikarli kitob, ko`ngildagi mashg`ulot, xushchaqchaq sayohat, og`ir ish kabilar. Hissiy ton - sezgi yoki idrok jarayonida shaxsning idrok qilayotgan narsa yoki hodisaga munosabatini ifodalovchi maxsus hissiy buyok, yoqimli yoki yoqimsiz idrok bilan bog`langan hissiyot. Masalan, og`riq va bir qator kuchli qo`zg`ovchilar yaqqol ifodalangan yoqimsiz hissiy ton bilan ajralib turadi. emotsiya - bu qandaydir bir hissiyotning bevosita kechirilishidir. Musiqani sezuvchi kishining kontsertda o`zi yaxshi ko`rgan kuyni yaxshi ijrochi ijrosida tinglab, kechirish, his qilish natijasida rohatlanish, hayratda qolish kabi holatlarni emotsiya deyiladi. Ba`zan odam qo`rquvdan, dahshatdan qotib qoladi, qo`rqquvdan va umidsizlikdan o`zini xavfli ob`ekt tomon otadi. Ba`zan emotsiyalar kishiga kuch beradi. “Tog`ni tolqon” qilishga tayyor bo`ladi. Faol emotsiyalar paytida odam jim tura olmaydi. Affekt tez paydo bo`ladigan, nihoyat darajada kuchli, g`oyat jo`shqinlik bilan o`tadigan qisqa muddatli emotsional holatlardir. Affekt lotincha bo`lib, ruxiy hayajon, ehtiros degan so`zdan olingan. Affektlar ko`pincha to`satdan paydo bo`ladi va ba`zan atigi bir necha minut davom etadi. Affekt holatida kishining ongini tasavvur qilish, fikr qilish qobiliyati torayadi, susayib qoladi. Affektlar vaqtida odamning harakatlari kutilmagan tarzda “portlash”singari birdaniga boshlanib ketadi. Ba`zan affektlar tormozlanish holati tariqasida namoyon bo`ladi va bunday holatda organizm bo`shashib, harakatsiz bo`lib va shalvirab qoladi. Bunday holat ko`pincha odam birdaniga qo`rqqanida, to`satdan quvonganida va shu kabi hollarda “o`zini yo`qotib qo`yish” ko`rinishida namoyon bo`ladi. Har bir kishi o`zida boshlanayotgan affekt holatiga tushmaslik uchun ko`rashmog`i kerak.

Stress - jiddiylik holati. Keskin vaziyat sababli yuzaga keladigan emotsional holatlar stress yoki jiddiylik holati deb ataladi. Jiddiylik - turli jismoniy va aqliy ishlar haddan oshib ketib, havfli vaziyat tug`ilgan paytlarda, zaruriy choralarni tezlik bilan topishga to`g`ri kelganda vujudga keladigan harakatdir. Stress holatining paydo bo`lishi va o`tishining psixologik xususiyatlarini bilish uchuvchilar, kosmonavtlar, elektrostantsiya operatorlari, dispetcherlar, mashinistlar, haydovchilar, sud’yalar, korxona rahbarlari, o`quvchilardan imtixon oladigan pedagoglar va boshqalar uchun ham muhimdir. Ehtiros - muayyan harakatga va muayyan ob`ektga muttasil intilishda kuchli suratda ifodalangan emotsional holatdir. ehtiros ham uzoq davom qiladigan va barqaror bo`lgan hissiy holatdir. ehtiros doimo aniq bir narsaga qaratilgan bo`ladi, masalan, bilimga, ixtirochilikka, musiqaga, mehnatga bo`lgan ehtiros ijobiy ehtiroslarni, mol - dunyoga xirs qo`yish, qimor, qarta, ichqilikka va hokazoga bo`lgan salbiy ehtirosni ajratib ko`rsatish mumkin.

Kayfiyat - odamning nisbatan zaif va o`rtacha kuchga ega bo`lgan, odatda uzoq vaqt davom etadigan ayrim ruxiy jarayonlarga umumiy hissiy tus berib turadigan holat kayfiyat deb ataladi. Pedagogik faoliyatda butun sinf jamoasida sog`lom ishchanlik, vaqti kelganda jiddiyroq, vaqti kelganda quvnoqroq kayfiyat yaratish ta`lim ishi samaradorligining muhim shartidir.

7. Yuksak hislar


Hissiy jarayonlarning har xil shakllari normal odamda alohida yakka holda mavjud bo`lmaydi. YUzlab va minglab kechirilayotgan emotsiyalar, affektlar, kayfiyatlarda aniq yashaydigan umumlashtirilgan hislar yuksak hislar deyiladi. YUksak hislar o`z tarkibiga birmuncha soddaroq turli hislarni oladi. Insoniy faoliyatning qaysi bir turi, yoki qaysi bir sohasi hislarning qaysi birining asosi ekanligiga qarab yuksak hislarning muhim turlari; praksik (amaliy), axloqiy, intellektual, estetik hislarga ajratiladi.

Praksik hislar. Inson amaliy hayotining istalgan sohasi maqsadga muvofiq aqliy faoliyatga shaxsning ularga nisbatan muayyan munosabatda bo`lish sohasiga aylanib qoladi. Bu birinchi navbatda odam biror maqsadni anglabgina qolmay, uni e`tirof etadigan yoki inkor qiladigan, bu maqsadlarga erishish yo`llarini baholaydigan, ta`sir qilish usullari va qurollarini ma`qullaydigan va ma`qullamaydigan, ularning to`g`ri tanlanganligiga shubhalanadigan, nihoyat muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik hissini kechiradigan mehnat faoliyatida kuzatiladi. Mehnat inson hayotining asosi bo`lib, insonning mehnatga bo`lgan hissiy munosabati yuksak hislar orasida muhim o`rinni egallaydi. Axloqiy hislar. Axloqiy hislarda odamning boshqa kishilarga, jamoa va o`zining ijtimoiy burchlariga bo`lgan munosabatlari ifodalanadi. Inson bu hislarni kechirar ekan, ma`lum axloqqa, ya`ni ijtimoiy axloq qoidalari va normalari majmuiga asoslanib, boshqa kishilarning xatti -harakatlariga yoki ruxiy xususiyatlariga hamda o`zining xatti - harakatlariga baho beradi. Shaxsning etakchi axloqiy hislaridan biri bu burch hissidir. Bu his odam yashab va ishlab turgan tor doiradagi jamoa (oila, maktab, ishlab chiqarish korxonasi) manfaatlari nuqtai nazaridan turib harakat qilish lozimligini anglaganda ham kechiriladi. Odam o`zining ijtimoiy burchlari nimalardan iborat ekanligini bilib va tushunibgina qolmay, balki ularni bajarish zarurligini ichdan his qilib qayg`uradi. Kishilar hayoti va faoliyatida o`zaro yordamlashish, hamjihatlik, intilish va manfaatlar birligiga asoslangan o`rtoqlik munosabatlari yuzaga keladi. O`rtoqlik hissining rivojlanishida mehnatga bo`lgan munosabat hal qiluvchi ahamiyatga egadir. O`rtoqlik munosabatlarining yuksak cho`qqisi do`stlik hissida namoyon bo`ladi. Do`stlik hissi o`rtog`iga mehribonlikda, uni ko`rish, u bilan gaplashish, o`z fikr hissiyotlari bilan o`rtoqlashishida namoyon bo`ladi. Haqiqiy do`stlik hissi do`stiga nisbatan yuksak talabchanlik bilan bog`liqdir. Xato va kamchiliklarni tuzatishda ham yordam berish do`stlikka yaqin bo`lgan muhim axloqiy his muhabbat hissidir. Muhabbat jamiyatda nikoh va oilaning axloqiy - psixologik asosi hisoblanadi.



Estetik hislar. Axloqiy hislar ularning taraqqiyoti uchun yakin hisoblangan estetik hisga doimo tayanadi. Odamlar hayotning turli faktlarga va ularning san`atiga aks ettirishiga qandaydir go`zallik yoki xunuklik, fojiali yoki kulgili, olijanob yoki razil, nozik yoki dag`al hodisalar sifatida munosabatda bo`ladilar. Bu hislar tegishli baholarda, estetik didlarda namoyon bo`ladi va o`ziga xos, badiiy lazzatlanish holatida kechiriladi. Aqliy (intellektual) hislar odamning haqqoniy fikrlarga, soxta, ajablanarli, shubhali, tushunarli yoki tushunib bo`lmaydigan, hayratda qoldiradigan fikrlarga bo`lgan munosabatlarda ifodalanadi. Aqliy hislarga dastavval ajablanishni kiritish mumkin. Ajablanish inson bilish faoliyatining ajralmas tomonidir. Ajablangan va qandaydir tushunib bo`lmaydigan hayratda qoldiradigan emotsiyalarga berilib ketgan odam o`zining bilish ehtiyojlarini ondirishga intiladi. Haqiqatni izlash shubhalanish hissi bilan bir vaqtda amalga oshishi mumkin. Bu his odam faol bilish faoliyati orqali hosil qilgan g`oya hamda e`tiqodlarning hayotga tadbiq qilish uchun bo`lgan kurashning qiyin daqiqalarida unga madad bo`ladi.


Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə