Reja: Hosil qiluvchi to`qima



Yüklə 28,41 Kb.
səhifə1/5
tarix21.05.2022
ölçüsü28,41 Kb.
#87593
  1   2   3   4   5
Hosil qiluvchi


Hosil qiluvchi, o’tkazuvchi va mexanik to’qimalar
Reja:
1. Hosil qiluvchi to`qima
2. Birlamchi meristema
3. Ikkilamchi meristema
4. Hujayraning ko`payishi
5. Kariokinez bo`linish
6. Reduksion bo`linish
7. Mexanik to`qima, ularning vazifasi
8. O`tkazuvchi to`qima, ularning vazifasi

Qoplovchi to`qima.


Qoplovchi to`qima kelib chiqishi jihatdan 2 xil bo`ladi.
1. Birlamchi qoplovchi to`qima - epidermis
2. Ikkilamchi qoplovchi to`qima - periblema.
Epidermis dermatogendan hosil bo`ladi. Ikkilam-chi qoplovchi to`qima esa fellogen hosil bo`ladi.
Bir pallali o`simliklarning hamma organlari, ikki pallali o`simliklarning barglari va yosh novdalari epidermis bilan qoplangan, qolgan organlari esa ikkilamchi qoplovchi to`qima bilan qoplangan.
Epidermis
Epidermis bir - biri bilan zich joylashgan tirik parenxima hujayralardan tashkil topgan. Epidermis hujayralarida hujayra oralig`i bo`lmaydi. Bir pallali o`simliklarda epidermis hujayra po`sti to`g`ri chiziqli, ikki pallali o`simliklarda esa egri - bugri bo`ladi.
Epidermis hujayralari odatda rangsiz bo`ladi. Ba`zi bir o`simliklarning epidermisida, masalan, qirqquloq o`simligida shuningdek soya va salqin yerda yashaydigan o`simliklarning epidermisida xlorofil donachalari bo`ladi. Ba`zi bir o`simliklarning epidermisida antotsian deb atalgan pigment bo`ladi. Masalan, begoniya, tardeskansiya deb atalgan o`simliklarning ranggi qizil va binafsha bo`ladi. Epidermis hujayralarning tashqi qisman, yon po`sti qalinlashgan bo`ladi. Tashqi po`sti kutin moddasi bilan sug`orilgan. Kutin moddadan epidermisning ustida kutikula qavati hosil bo`ladi. Kutikula o`zidan suvni va havoni o`tkazmaydi. Shuning uchun epidermis o`simliklarning ko`p suv bug`latishdan va qurg`oqchilikdan saqlaydi. Ba`zan epidermisda suv to`planadi. Ba`zi o`simliklarning ustida mum izlari ham bo`ladi. Masalan, olxo`rining mevasida, chinnigulning mevasida, karam bargida. Mum izlari qalinligi 0,1 mm gacha bo`lishi mumkin. Janubiy Amerikadagi, Voskovaya palma deb atalgan o`simlikda mum izlari 5 mm qalinlikda bo`ladi. Mum murakkab tuzilgan efir bo`lib, 1000 temperaturada eriydi. Mum ham kutikulaga o`xshash vazifasini bajarib turadi. Epidermisda teshikchalar bo`ladi. Bu teshikchalarni ustitsa deb yuritiladi. Epidermis bilan qoplangan o`simlik organlari ustitsa yordamida suvlarni bug`latib turadi. Gaz almashish protsessi ham ustitsalar yordamida bo`ladi. Ustitsalar doimo ochilib ham yopilib turadi. Ustitsalarning ochilib ham yopilib turishi sharoitga bog`liq bo`ladi. Ustitsalarning ikki tomonida berkituvchi (kamrovchi - zamыkayushiye kletki) hujayra bor. Bu hujayra xlorofil donachalari bo`ladi.
Xlorofil donachalarida fotosintez protsessi bo`lib, shakar to`planadi. Shakarlarga to`yingan hujayra o`ziga suvni tortadi. Natijada bu hujayra TURGOR xolati ro`y beradi. Ana shu vaqtda ustitsalarning teshigi ochiladi. Aksincha xolatda ya`ni fotosintez protsessi to`xtagan vaqtda ustitsalarning hujayralari so`liydi, ya`ni plazmoliz ro`y beradi.
Bu xolatda esa ustitsalarning teshiklari yopiladi. Demak ustitsalar ham ochilib, ham yopilib turadi. Ustitsalarning tagida xavo turadigan bo`shliq joyi bor. Demak mana shu ustitsalar orqali o`simliklar nafas olib, oziqlanib, va ortiqcha suvlarni parlantirib turadi. O`simliklarda xavo ustitsalardan tashqari suv chiqarib turadigan ustitsalar ham bo`ladi. Bu ustitsalar gidatoda lar deb ataladi. Gidatodalar hamma vaqt ochiq bo`ladi. Chunki uning hujayralari hamma vaqt turgor xolatda turadi. Suvni chiqarib turishi gutatsiya deb ataladi. (gutta tomchi). Gidatodalar barglarning yer ustki organlarida bo`ladi. Masalan, poya, barg va boshqalar. O`simlik ildizida ustitsalar bo`lmaydi. Ustitsalar o`simliklarning yashash sharoitiga qarab bargning pastki epidermisi 1 kv mm satxda 100-300 tagacha ustitsalar bo`lishi mumkin. Kungaboqar bargining 1 kv, mm satxida 200 tagacha ustitsa bor.

Turli o`simliklar epidermasi.


A-xlorofitum(bir pallalilar vakili),
Б-plyum(ikki pallalilar vakili),
B-yorongul, Г-tut.
1-qamrovchi hujayra, 2-og`izcha teshigi
Og`izchaning tuzilishi.
A-ustidan ko`rinishi, Б-yonidan ko`rinishi: 1-qamrovchi hujayra, 2-og`izcha teshigi, 3-yon hujayra, 4-"nafas" bo`shlig`i, 5-epiderma hujayrasi, 6-kutikula, 7-xlorofill donachasi.
Og`izchalarning turlari.
1-anomotsit, 2-diatsit(qirqquloq va gulli o`simliklarda), 3-paratsit (dala qirqbo`g`imi va gulli o`simliklarda), 4-anizotsit(gulli o`simliklarda), 5-tetratsit(bir pallali o`simliklarda), 6-enseklotsit(ochiq turdagi va gulli o`simliklarda).
Epidermadagi tukchalar.
A-kartoshkadagi oddiy tukcha, Б-olmadagi tukcha, B-quyonquyruqdagi shoxlangan tukcha, Г-iydadagi yulduzsimon tukcha, Д-tamakidagi bezli, ko`p hujayrali, boshchali tukcha, E-chayon o`t o`simligidan kuydiruvchi tukchaning hosil bo`lishi: 1-dastlabki, 2-rivojlanayotgan, 3-etilgan.
Epidermisdan har xil tuklar o`sib chiqadi. (valoski, trixoma) Tuklar havoning harakatini susaytiradi, shuning natijasida o`simliklar suvni kam bug`latadi. Shuningdek tuklar o`simliklar issiqdan va sovuqdan saqlab turadi. Ba`zan tuklar boshqa vazifalarni ham bajarib turadi. Masalan, labguldoshlar oilasiga kiruvchi o`simliklardan bezli tuklar efir moylarini ishlab chiqaradi.
Qichitqi, chayono`t (krapiva) deb atalgan o`simliklarning tuklari zaxarli bo`ladi.
Chayon o`t o`simligi bargining tashqi ko`rinishi.
A-bargning yuqori epidermiyasi, Б-bargning pastki epidermiyasi, B-yo`g`on tomir o`tgan joyidan olingan qismi.
1-boshchali tuklar; 2-retortasimon tuklar; 3-achituvchi tuk; 4-sistolitlar; 5-tomir o`tgan qismidagi suv naylar; 6-druzlar
Shu bilan bu tuklar o`simlikni muhofaza qiladi. Ba`zi bir o`simliklarda tuklar tikanga aylanib ketgan bo`ladi. Masalan, yantoq, chaqir tikanak va boshqalar. Jiyda daraxti bargidagi tuklar yulduzsimon shaklda bo`ladi. Bu tuklar ko`p hujayrali, o`siq bo`ladi. Shuning uchun ham jiyda bargi oqish bo`lib ko`rinadi. Ildiz tuklari orqali oziq moddalarni suvda erigan xolda shimadi. Ildiz tuklari tirik bo`ladi. Ular qisqa umrli efemerdir. 10-20 kungacha yashaydi. Shuning uchun ham ularning soni nixoyat darajada ko`p bo`ladi. Tuklar ildizning shimuvchi satxini kengaytirib turadi.

Yüklə 28,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə