Reja: Hosil qiluvchi to`qima



Yüklə 28,41 Kb.
səhifə4/5
tarix21.05.2022
ölçüsü28,41 Kb.
#87593
1   2   3   4   5
Hosil qiluvchi

O`tkazuvchi to`qima.
O`tkazuvchi to`qimalar ham o`simlik organlarida ma`lum bir vazifani bajaradi, ya`ni o`tkazish vazifasini bajaradi.
O`tkazuvchi to`qimalar suv va suvda erigan moddalarni o`simlik tanasi bo`ylab bir organdan ikkinchi organga o`tkazib turadi. O`simliklarda asosan 2 xil moddalar xarakat qilib turadi.
1. Ildiz tuklari yordamida tuproqdan shimib olingan suv va suvda erigan holdagi mineral moddalar.
2. O`simlik organlarida hosil bo`ladigan organik moddalar ya`ni, uglevodlar, aminokislotalar va boshqalarning suvdagi eritmasi.
O`tkazuvchi to`qima kelib chiqish jixatidan 2 xil bo`ladi.
1.Birlamchi o`tkazuvchi to`qima.
2.Ikkilamchi o`tkazuvchi to`qima.
Birlamchi o`tkazuvchi to`qima meristemadagi prokambiy-dan, ikkilamchi o`tkazuvchi to`qima kambiydan xosil bo`ladi. Bir pallali o`simliklarning o`tkazuvchi to`qimasi birlamchi va ikkilamchi bo`ladi. Bir pallali o`simliklarda kambiy bo`lmaydi. Kambiy o`simliklar tanasining eniga o`stirib turadi. O`tkazuvchi to`qimalar bajaradigan vazifasiga qarab 2ga bo`linadi:
1. Ksilema.(yog`ochlik)
2.Floema.(lub)
Ksilema orqali yerdan ildiz tuklari shimib olgan suv va suvda erigan xoldagi mineral moddalar poyaga va so`ngra bargga o`tib turadi. Floema orqali bargdan fotosintez protsessi natijasida tayyorlangan organik moddalar poyaga va ildizga o`tib turadi. Ksilemani yuqoriga ko`taruvchi oqim,(vosxodyashiy tok). Floemani esa tushuruvchi oqim (nizxodyashiy tok) deyiladi. Ksilema va floema maxsus elementlardan tashkil topgan.
Ksilemaning elementlari.
1.Traxeidlarning uchlari qiyshiq, o`tkir,boshi berk,cho`ziq xujayralardir. Traxeidlarning xujayra po`sti lignin moddasi bilan sug`orilib yog`ochlangan. Shuning uchun ham traxeidlar o`lik xujayralardan iborat. Traxeidlar odatda bo`yi 1-4 mm ga teng. Masalan, choyda traxeidning bo`yining uzunligi 4 mm, shoyi gulda 1 sm, qarag`ayda 44 mm. Traxeidlarning xujayra po`stida teshiklar bor.Teshiklar 2 xil bo`ladi.
1.Chokli, murakkab teshik.
2.Choksiz, oddiy teshik.
Shu teshiklar orqali suv va suvda erigan mineral moddalar boshqa xujayralarga o`tib turadi.
Ksilema elementlari va naycha turlari.
1-Yog`ochlik parenxima, 2-Nuqtali nay, 3-xalqasimon nay,
4-narvonsimon nay, 5-spiralsimon nay.
Traxeidlar 2 xil vazifani bajaradi.
1. Suv va suvda erigan mineral moddalarni pastdan yuqoriga o`tkazish. 2. O`simlik organlariga kattalik berib turadi.
Suv naylari. Suv naylari ham traxeidlarga o`xshash yerdan ildiz tuklari shimib olgan suv va suvda erigan moddalarni pastdan yuqoriga o`tkazib turadi. Bundan tashqari o`simlik tanasiga qattiqlik beradi.Chunki suv naylarining po`sti lignin moddasi bilan sug`orilib yog`ochlangan. Shuning uchun ham suv naylari o`lik bo`ladi. Suv naylari bir necha xil shakllarda uchraydi. Xalqasimon, burmasimon, narvonsimon, to`rsimon, nuqtasimon.
Traxeidlar bilan suv naylarining taraqqiy etish tarixini rus olimi Yatsenko,Xmelnitskiy va Rottertlar tekshirib chiqganlar. Bu olimlarning ko`rsatishicha avval traxeidlar, so`ngra suv naylari paydo bo`ladi.
Biz o`simliklarning taraqqiy etish tarixidan bilamizki, avval ochiq urug`li o`simliklar, so`ngra yopiq urug`li o`simliklar kelib chiqqan. Ochiq urug`li o`simliklarga archa, qarag`aylar kiradi. Mana shu archa va qarag`aylarda traxeidlar bor,suv naylari esa bularda uchramaydi. Yopiq urug`li o`simliklarda, olma, o`rik, yong`oq va xokazolarda suv naylari xamda traxeidlar bor. Demak ochiq urug`li o`simliklarda faqat traxeidlar, yopiq urug`li o`simliklarda esa traxeidlar xamda suv naylari uchraydi. Suv naylari ham bir vaqtning o`zida paydo bo`lgan emas. Avvalo xalqasimon, buramasimon, narvonsimon suv naylari, keyinroq esa to`rsimon va nuqtasimon suv naylari vujudga kelgan. Shuning uchun ham suv naylari 2 ga bo`linadi.
1. Birlamchi suv naylari.
2. Ikkilamchi suv naylari.
Birlamchi suv naylariga xalqasimon, narvonsimon, buramasimon suv naylari kiradi. Ikkilamchiga esa nuqtasimon va to`rsimon suv naylari kiradi. Ikkilamchi suv naylari kambiydan xosil bo`ladi. Shuning uchun ham bir pallali o`simliklarda xamda bargda nuqtasimon suv naylari uchramaydi.
Suv naylarining po`stida oddiy va xoshiyali teshikchalar bor. Ana shu teshikchalar orqali boshqa xujayralarga suv va suvda erigan mineral moddalar o`tib turadi. Suv naylaring uzunligi asosan 10sm-1m gacha bo`ladi. Ba`zan 5 metrgacha xatto 9 m gacha ham bo`ladi. Masalan akatsiya daraxtida 1m, dub daraxtida 2m,liana o`simliklarida 9 m gacha bo`ladi. Qishda suv naylari tolalar bilan berkilib qoladi. Shuning uchun ham qishda yuqoriga ko`tarilish oqim to`xtatiladi. Baxorda tolalar erib ketib suv naylarining yo`llari ochiladi.

Ksilemaning parenximasi. Ksilemaning parenximasi tirik xujayradan iborat, bo`lib odatda unga oziq moddalar to`planadi.


Ksilemaning tolasi- libriform. Libriform mexanik to`qimaga kiradi. Libriformning xujayra po`sti qalin, yog`ochlangan, qattiq bo`ladi.
Asosiy vazifasi o`simlikka qattiqlik berib turish.
Floema elementlari.
Floema elementlari.
A-Uzunasiga kesimi, Б-ko`ndalangiga kesimi.
1-shakllanayotgan elaksimon nay, 2-4-elaksimon nay va teshiklaridagi qadoq tana,
3-elaksimon nay teshiklari, 5- yo`ldosh hujayra, 6-kambiy, 7-floema parenximasi.
Floema quydagi elementlardan tashkil topgan:
1. Elaksimon nay.
2. Yo`ldosh xujayra.
3. Floemaning parenximasi.
4. Floemaning tolasi-stereid.
Elaksimon nay. Elaksimon nay tirik bo`ladi. Xujayra po`s-ti yupqa selyullozadan tashkil topgan. Bir xujayraning ikkinchi bir xujayra bilan ulangan joyida elakning ko`ziga o`xshash mayda teshikchalar bor. Shuning uchun ham elaksimon naylar deb yuritiladi. Yana teshikchalar orqali bir xujayradan ikkinchi bir xujayraga organik moddalar o`tib turadi. Elaksimon naylar xujayrasida protoplazma, yadro, leykoplastlar, har xil oziqli moddalar bor. Oziqli moddalardan ko`proq karbon suvlari uchraydi. Elaksimon nayning asosiy vazifasi bargda fotosintez protsessi natijasida tayyorlangan organik moddalarni yuqoridan pastga ya`ni, poya va ildizga yetkazib berish. Bir pallali o`simliklarda elaksimon nay o`z vazifasini bir necha yil o`tab turadi,ikki pallali o`simliklarda esa bir yil ba`zan ikki yilda o`z vazifasini tugatadi. Teshikchalar tolalar bilan berkilib qoladi. Bizga ma`lumki ikki pallali o`simliklarda kambiy bo`lib u o`zidan yuqoriga floema va pastga ksilema elementlarini ishlab chiqaradi.
Yo`ldosh xujayralar. Ko`pchilik o`simliklarning elaksi-mon nayi yonida yo`ldosh xujayra joylashgan. Elaksimon nayga nisbatan yo`ldosh xujayra kichik bo`ladi. Yo`ldosh xujayra tirik bo`lib unda o`simiklarni o`stiradigan Ausin kabi bezlar bor.
Floemaning parenximasi. Floemaning parenximasi po`sti selyullozadan tashkil topgan. Floemaning parenximasida zapas oziq moddalar to`planadi.
Floemaning tolasi-stereid. Floemaning tolasi-stereidning xujayra po`sti yog`ochlangan yoki yog`ochlanmagan bo`ladi. Floema tolasi juda ham mustaxkam, sinmaydigan, elastik bo`lib o`simlikka qattiqlik berib turadi.
Shunday qilib biz ksilema va floema elementlarini ko`rib chiqdik.
Yog`ochlangan o`simliklarda floema po`stloq qismiga joylashgan. YOg`ochlik qismi ksilema xisoblanadi. O`tli o`simliklarning poyasida, ildizida,bargning tomir o`tgan qismida floema bilan ksilema birlashib o`tkazuvchi to`qima bog`lamlari tashkil etadi. O`tkazuvchi to`qima bog`lamlari asosan 4 tipda tuzilgan.
1.Kolloterial.
2.Bikolloterial.
3.Konsentrik.
4.Radial.
Kolloterial bog`lamda ksilemaning faqat bir tomoniga floema joylashgan. Masalan, makkajo`xori poyasida ko`rish mumkin.
Bikolloterial bog`lamda floema ksilemaning har ikkala tomoniga joylashgan, ya`ni pastki va yuqori tomoniga floema joylashgan bo`ladi.
Masalan, oshqovoq poyasida ko`rish mumkin.
Konsentrik bog`lamda markazda ksilema bo`lib uning atrofida floema joylashgan. Masalan, qirqquloq va gulsafsar o`simliklarining yer ostki poyasida ko`rish mumkin.
Radial bog`lamda floema bilan ksilema radiusi bo`yicha galma-gal joylashgan.
O`tkazuvchi to`qima bog`lamlari ochiq yoki yopiq bo`lishi mumkin.
Agarda ksilema bilan floema o`rtasida kambiy bo`lsa ochiq o`tkazuvchi bog`lam deyiladi.Chunki kambiy o`zidan yuqoriga floema elementlarini, pastga esa ksilema elemenlarini chiqazib turadi. Floema bilan ksilema o`rtasida kambiy bo`lmasa o`tkazuvchi to`qima bog`lamlari yopiq deyiladi.
Bir pallali o`simliklarda o`tkazuvchi to`qima bog`lamlari kollaterial tipda tuzilgan. Bir pallali o`simliklarda o`tkazuvchi to`qima bog`lamlari yopiq, ikki pallali o`simliklarda esa ochiq bo`ladi.
Makkajo`xori poyasidagi,o`tkazuvchi to`qima bog`lamining ko`ndalang kesimi.
1- parenxima hujayra, 2-sklerenxima, 3-elaksimon nay, 4-yoldosh hujayra,
5-yog`ochlik parenxima, 6-to`rsimon nay, 7-spiral nay, 8-xalqali nay,
9-bo`shliq.
Ochiq bekkolloteralbog`lamning ko`ndalang kesimi.
1-sklerenxima, 2-tashqi floema, 3-kambiy, 4-ksilema,
5-asosiy parenxima, 6-ichki floema.
Adabiyotlar:



Yüklə 28,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə