Reja: I. Jismoniy tarbiya tizimida tamoyillar ierarxiyasi


Rivojlantiruvchi-mashqlantiruvchi ta’sirlarni asta-sekin oshirib borish



Yüklə 255,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/16
tarix31.12.2021
ölçüsü255,19 Kb.
#82033
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
4-ma'ruza(1)

Rivojlantiruvchi-mashqlantiruvchi ta’sirlarni asta-sekin oshirib borish 

tamoyili 

Ushbu tamoyil  shug„ullanuvchilarda vazifalarni mukammallashtirish hamda 

yuklamalarni  oshirish  hisobiga  harakat  va  u  bilan  bog„liq  bo„lgan  psixik 

faoliyatlarni  namoyon  qilishga  bo„lgan  talablarni  muntazam  ravishda  oshirib 

borish zaruriyatini belgilab beradi. 

Inson organizmining funktsional faoliyatiga qo„yiladigan talablar muntazam 

ravishda  oshirib  borilsagina,  jismoniy  sifatlar  yuqoriga  o„sib  boradi.  Kuch, 

chidamlilik  va  boshqa  jismoniy  sifatlarning  rivojlanishi  mexanizmlari  asosida 

organizmning  jismoniy  yuklamalarga  javoban  funktsional  moslashishga  xos 

o„zgarishlari  yotadi.  Optimal  yuklamani  tanlab  olish  juda  muhimdir,  ya‟ni 

organizmning  moslashish  reaktsiyalarini  keltirib  chiqaruvchi  minimal  yuklama 

shiddatini  bilish  lozim.  Bundan  shiddatliroq  ta‟sir  o„ta  zo„riqishga  yoki,  talablar 

keskinlashsa,  organizmning  me‟yordagi  faoliyatining  tuzilishiga  olib  keladi. 

Aniqlanishicha,  masalan,  endi  shug„ullanayotgan  sportchilarda  o„rtacha  katta  va 

kattaga  yaqin  og„irliklar  bilan  mashq  bajarganda  ham  kuch  o„sadi.  Ushbu  holda 

katta yuklama ko„tarishga tayyor bo„lmagan tizimlar va organlarning (yurak-tomir 

tizimi,  tayanch-bo„g„im  apparati)  o„ta  zo„riqishi  oldini  olish  maqsadida  kattaga 

yaqin  va  katta  yuklamalarni  qo„llashdan  ma‟no  yo„q.  Aytish  lozimki,  yuqori 

yuklama  turli  organlar  tizimlariga  turlicha  ta‟sir  ko„rsatadi.  Ulardan  ba‟zi  birlari 

yuqori yuklamaga nisbatan oson va tez bardosh bera oladi, boshqalari  – aksincha. 

Bunda  funktsional  o„zgarishlar  tezroq,  morfologik  o„zgarishlar  sekinroq  kechadi. 



Jismoniy  yuklamalarni  oshirish  dinamikasi  organizmdagi  ayrim  tizimlarning 

geteroxron tarzda moslashish darajasi va xususiyatiga mos bo„lishi kerak. 

Harakatlarni  takomillashtirish  uchun  o„qitish  jarayonida  nafaqat  texnik 

usullarning 

detallarini 

muntazam 

takomillashtirib 

borish, 


balki 

shug„ullanuvchilarning  jismoniy  (kuch,  tezkorlik,  egiluvchanlik  va  h.k.) 

imkoniyatlarining  o„sib  borishi  sababli  harakat  texnikasini  ham  asta-sekin 

o„zgartirib borish xosdir. 

Harakat  malakalarini  takomillashtirish  asosida  malakalarni  amalga  oshirish 

shartlari, har safar o„zgarib turadigan talablarga mos turli xil funktsional tizimlarni 

hosil  qilish  jarayoni  yotadi.  Demak,  bu  tizimlarni  hosil  qilishning  asosiy  sharti  – 

o„rganilgan  harakatlarni  oshirish  bo„yicha  talablar  va  vazifalarni  muntazam 

o„zgartirib  borish  hamda  murakkablashtirishdir.  Ko„rsatib  o„tilgan  yo„l  bilan 

harakat malakalarini muvaffaqiyatli va uzoq vaqt takomillashtirish ularning asosini 

mustahkamlab  borish  orqali  amalga  oshiriladi.  Bu  еrda  biz  takomillashtirish 

maqsadlarining  o„zgaruvchanligi,  harakat  malakasidan  foydalanishda  uning 

ishonchliligini  ta‟minlash  uchun  erishilgan  darajaning  barqarorligi  kabi  dialektik 

qarama-qarshiliklar  birligi  bilan  to„qnashamiz.  O„qituvchining  bunday  mahorati 

qarama-qarshilikni to„g„ri hal eta olishidadir.

 

Shunday  qilib,  rivojlantiruvchi-mashqlantiruvchi  ta‟sirlarni  asta-sekin 

oshirib  borish  tamoyili  topshiriqlarni  qiyinlashtirib  borish  bilan  ularni 

ko„paytirishni  hamda  rejali  yangilab  borishni,  organizmning  funktsional 

imkoniyatlari  o„sib  borgani  sayin  yuklamalar  hajmi  va  shiddatini  oshirishni 

nazarda tutadi. 




Yüklə 255,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə