Reja: I. Jismoniy tarbiya tizimida tamoyillar ierarxiyasi


Jismoniy tarbiya yo‘nalishlarining yoshga mosligi tamoyili



Yüklə 255,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/16
tarix31.12.2021
ölçüsü255,19 Kb.
#82033
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
4-ma'ruza(1)

Jismoniy tarbiya yo‘nalishlarining yoshga mosligi tamoyili 

Bu  tamoyil  jismoniy  tarbiya  yo„nalishini  inson  organizmining  yoshga  xos 

(maktabgacha,  kichik,  o„rta,  katta)  jismoniy  rivojlanishiga,  ya‟ni  ontogenezning 

o„zgarib turuvchi davrlariga mos ravishda izchil o„zgartirish majburiyatini qo„yadi. 

Jismoniy  tarbiya  jarayoni  yoshga  xos  еtilish  davrigacha  shug„ullanuvchilar 

organizmiga  umumiy    jismoniy  ta‟sir  qilishni  nazarda  tutishi  kerak.  Bu  harakat 

ko„nikmalari va malakalarining keng doirasini shakllantirishda va har tomonlama 

jismoniy  rivojlanishda  o„z  ifodasini  topadi.  Maktab  davrida  bu  tamoyil  jismoniy 

sifatlarni  tarbiyalashda  insonning  u  yoki  bu  jismoniy  sifatlari  rivojlanishi  uchun 



eng qulay imkoniyatlar paydo bo„ladigan sezgi zonalarini e‟tiborga olishni taqozo 

etadi. 


O„smirlik va birinchi еtuklik yoshi (taxminan 35 yoshgacha) organizmning 

funktsional  imkoniyatlarini  to„liq  ro„yobga  chiqarish  uchun  qulay  imkoniyatlarni 

ochib  beradi.  Ko„pchilik  uchun  jismoniy  tarbiya  yo„nalishi  uzaytirilgan  umumiy 

jismoniy  tayyorgarlik  shaklida  bo„ladi.  O„smirlik  yoshi  uchun  sport  bilan  faol 

shug„ullanish hamda uning asosida yuksak natijalarga erishish xosdir. 

Ikkinchi  еtuklik  yoshida  funktsional  imkoniyatlarning  barqarorlashuvi 

davrida  jismoniy  tarbiya  yo„nalishi  erishilgan  yaxshi  ish  qobiliyatini,  erishilgan 

jismoniy tayyorgarlik darajasini saqlab turish sifatida qatnashadi. 

Ancha  kechroq  davrlarda  (ayollar  -  55  yoshdan,  erkaklar  -  60  yoshdan) 

jismoniy  tarbiya  turli  xil  salbiy  omillarning  inson  sog„lig„iga  ta‟sir  qilishiga 

qarshilik  ko„rsatishga  yordam  beradi.  Jismoniy  mashqlar  bilan  shug„ullanish 

jismoniy tarbiya-sog„lomlashtirish xususiyatiga ega bo„ladi. 

Umuman  aytish  mumkinki,  jismoniy  tarbiya  yo„nalishlarining  yoshga 

mosligi  tamoyili  jismoniy  mashqlar  bilan  ko„p  yillik  shug„ullanishlar  jarayonida 

jismoniy tarbiyadan foydalanishda eng asosiysi hisoblanadi. 

Ko„rib  chiqilgan  tamoyillar  yaxlit  jismoniy  tarbiya  jarayonining  turli  xil 

qonuniyatlari  va  tomonlarini  aks  ettiradi.  Ular  bir-birini  to„ldiruvchi  va  o„zaro 

bog„langan  printsipial  metodik  qoidalar  yig„indisini  emas,  balki  birligini  tashkil 

etadi.  Biron-bir  tamoyildan  chekinish  jismoniy  tarbiyaning  butun  murakkab 

jarayoni  buzilishiga  va  o„qituvchi  hamda  o„quvchining  katta  mehnati  deyarli 

samarasiz bo„lib qolishiga olib kelishi mumkin. 

 

 



Yüklə 255,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə