Reja: I. Jismoniy tarbiya tizimida tamoyillar ierarxiyasi


Jismoniy tarbiya tizimida tamoyillar ierarxiyasi



Yüklə 255,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/16
tarix31.12.2021
ölçüsü255,19 Kb.
#82033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
4-ma'ruza(1)

Jismoniy tarbiya tizimida tamoyillar ierarxiyasi 

Tamoyilning umumiy ta‟rifi rus tili izohli lug„atida biror nazariya, ta‟limot, 

fanning  asosiy  boshlang„ich  qonuni  (qoidasi)  sifatida  tushuntiriladi.  Ta‟lim  va 

tarbiya  tizimida  tamoyil  deganda  “Yo„naltiriluvchi  qoida”,  “Asosiy  qoida”, 

“Ko„rsatma” tushuniladi. Tamoyillarning amaliy ahamiyati  shundan iboratki, ular 

sinovlar  va  xatolar  qilish  yo„lidan  holi  ravishda  belgilangan  maqsadga  aniq 

borishga  imkon  beradi, vazifalarni  hal  etish  negizini  ochadi  hamda  ularni  amalga 

oshirishning asosiy qoidalarini belgilab beradi. 

Ta‟lim  va  tarbiya  tizimining  g„oyaviy  asoslarini  aks  ettiruvchi  tamoyillar 

qatoriga  jamiyatning  tarbiyalash  strategiyasiga  oid  umumiy  ijtimoiy  tamoyillarini 

kiritish  mumkin.  Ular  insonning  maqsadli  har  tomonlama  rivojlanishini  hamda 

tarbiyaning  jamiyat  amaliy  hayoti  bilan  uzviy  bog„liqligini  ta‟minlash  uchun 

ijtimoiy omillardan (madaniyat, tarbiya, ta‟lim) foydalanishni nazarda tutadi. 

Jismoniy  tarbiya  tizimida  bu  tamoyillar  asosiy  yo„naltiruvchi  qoidalar 

hisoblanadi,  ularga  muvofiq  holda  butun  jismoniy  tarbiya  amaliyoti  amalga 

oshiriladi. 




Jismoniy tarbiya tamoyillari jismoniy tarbiya jarayonida tarbiyaning hamma 

tamonlari  (aqliy,  ahloqiy,  estetik,  mehnat,  jismoniy)  birligini  kafolatlaydi.  Eng 

katta  sog„lomlashtiruvchi  samarasi:  sog„liqni  mustahkamlash  va  umumiy  ish 

qobiliyatining  yaxshi  saqlanishini  ta‟minlaydi;  insonni  mehnatga  va  boshqa 

faoliyat  turlariga,  jumladan,  har  tomonlama  harbiy  xizmatga  jismoniy  tayyorlash 

ishidagi jismoniy tarbiyaning asosiy vazifasini aks ettiradi. 

Yuqorida  aytib  o„tilgan  eng  muhim  qoidalar  jismoniy  tarbiyaning  umumiy 

tamoyillarida  aks  etgan  (shaxsni  har  tomonlama  rivojlantirish  tamoyili,  jismoniy 

tarbiyaning  mehnat  va  harbiy  faoliyat  bilan  birligi  tamoyili,  sog„lomlashtirishga 

yo„naltiruvchi tamoyili). 

Ta‟lim va tarbiya tizimida umumiy pedagogik tamoyillar mavjud bo„lib, ular 

o„qitishning (didaktika) asosiy qonuniyatlarini aks ettiradi. Ular jismoniy tarbiyada 

umumiy  metodik  tamoyillar  ko„rinishida  o„zgarib,  metodikaning  qator  universal 

qoidalarini  o„z  ichiga  oladi.  Ularsiz  ta‟lim  va  tarbiya  vazifalarini  yuksak  sifat 

darajasida hal etish mumkin emas. 

Bunday  tamoyillardan  tashqari,  jismoniy  tarbiya  amaliyotida  maxsus 

tamoyillar o„rin olgan bo„lib, ular “Jismoniy  tarbiyaning qator o„ziga xos maxsus 

qonuniyatlarini  belgilab  beruvchi  va  ulardan  kelib  chiquvchi  qoidalar-  uning 

tizimli tuzilishi” tamoyillaridir. (L.P.Matveev, 1991). 

Shunday qilib jismoniy tarbiya tizimida bosh qoidalar sifatida ham umumiy 

ijtimoiy va umumiy  pedagogik hamda umumiy  metodik va maxsus tamoyillardan 

foydalaniladi (10-chizma) 




Yüklə 255,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə