Reja: I. Jismoniy tarbiya tizimida tamoyillar ierarxiyasi


Onglilik va faollik tamoyili



Yüklə 255,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/16
tarix31.12.2021
ölçüsü255,19 Kb.
#82033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
4-ma'ruza(1)

Onglilik va faollik tamoyili 

Jismoniy 

tarbiyada 

onglilik 

va 

faollik 


tamoyilining 

vazifasi 

shug„ullanuvchilarda jismoniy tarbiya-sport faoliyatiga chuqur ongli munosabatni, 

barqaror  qiziqish  va  ehtiyojni  shakllantirishdan,  shuningdek,  ularni  optimal 

faollikka undashdan iborat. 

Ko„rib  chiqilayotgan  tamoyilning  amalga  oshirilishi  shug„ullanuvchilarni 

bilimlar  bilan  boyitishga,  har  xil  mashqlar  texnikasini  chuqur  tushunishga, 

jismoniy tarbiya jarayoniga ongli va faol munosabatda bo„lishni tarbiyalashga olib 

kelishi kerak. 

Onglilik  –  bu  insonning  ob‟ektiv  qonuniyatlarni  to„g„ri  tushunish,  ularni 

tahlil  qila  olish  va  shunga  muvofiq  o„z  faoliyatini  amalga  oshirish  qobiliyatidir. 

O„z  faoliyati  natijalarini  oldindan  ko„ra  olish  va  aniq  vazifalarni  oldinga  qo„yish 

onglilikning asosi hisoblanadi. Onglilik o„qishga tarbiyaviy xususiyat bag„ishlaydi 

va ko„p  jihatdan  shaxsning  yuksak  axloqiy-psixologik  hamda kasbiy  sifatlarining 

shakllanishiga yordam beradi. 

Jismoniy  tarbiya  jarayonida,  birinchi navbatda,  umuman  jismoniy  mashqlar 

bilan  shug„ullanishga  ongli  munosabatni  ta‟minlash  lozim.  Shundagina 

shug„ullanuvchilarda ularni yillar davomida mashg„ulotlarga vaqt ajratishga hamda 

ularga  o„z  quvvatlarini  safarbar  qilishga  undovchi  kuchli  hamda  mustahkam 

rag„bat  hosil  qilinadi.  Shug„ullanuvchilarning  tanlagan  jismoniy  tarbiya 

yo„nalishiga  yoki  turiga  bo„lgan  barqaror  va  sog„lom  qiziqishlarini 

rag„batlantiruvchi  xohish-istaklar  hamda  yuksak  maqsadlarni  hosil  qilish  ko„p 

jihatdan jismoniy tarbiya o„qituvchisiga va sport turi bo„yicha murabbiyga bog„liq. 

Jismoniy  tarbiyaning  muvaffaqiyati  uchun,  shuningdek,  o„qituvchi 

tomonidan qo„yilgan har xil vazifalarni hal etish jarayonida shug„ullanuvchilarning 

ongli faoliyati juda muhim. Har bir muayyan talab qo„yish paytida imkoni boricha 




uning  ahamiyatini  shug„ullanuvchilar  ongiga  еtkazish  kerak.  Jismoniy  tarbiya 

o„qituvchisi  pedagogik  mahoratining  eng  muhim  jihatlaridan  biri  har  bir 

topshiriqni  bajarishga  jonli,  sog„lom  qiziqish  uyg„ota  olishdan  iborat.  Jismoniy 

tarbiya  jarayoni  samaradorligi  ko„p  jihatdan  shug„ullanuvchilarning  o„z 

harakatlarini  tahlil  qilishga  hamda  ularni  yaxshilash  yo„llarini  ijodiy  izlashga 

qanchalik  o„rganganliklariga  bog„liq.  Bunga  bajarilayotgan  harakatlarni  kuzatib, 

so„z orqali tahlil qilish metodini qo„llash orqali erishiladi. Shug„ullanuvchilarning 

o„rganilayotgan harakat texnikasini o„zlashtirishlarida ularning ongi katta ahamiyat 

kasb etadi. Harakatlarni egallash va boshqarish jarayonida fikr yuritishga undagan 

holda  o„qituvchi  shu  orqali  harakat  faoliyatlarini  yaxshilash  uchun  aniq  shart-

sharoitlar  yaratadi.  Bu  organizmning  xayoldagi  ishga  reaktsiyalarini  tekshirishga 

qaratilgan  ko„p  sonli  tadqiqotlar  bilan  isbotlangan.  Vazifani  oldindan  o„ylab 

ko„rish o„rgatish samaradorligini aniq oshiradi.  

Psixologiyada bu ideomotor mashq (mashg„ulot) nomini olgan. 

Faollik  –  bu  inson  tomonidan  namoyon  qilinadigan  faoliyat  o„lchovi  yoki 

kattaligi,  uning  ishga  kirishish  darajasidir.  Faollik  o„rgatish  nuqtai  nazaridan 

bilimlar,  ko„nikma  va  malakalarni ongli o„zlashtirish shart- sharoitlari va  natijasi 

sifatida qatnashadi. 

Faoliyat 

nazariyasiga 

binoan 

(S.L.Rubinshteyn, 

L.S.Vigetskiy, 

A.N.Leontьev) inson faolligi ongga bog„liq bo„lgan omil hisoblanadi. Bunda ong 

bilim,  motivatsiya,  ehtiyoj,  qiziqishlar  va  maqsadlar  kabi  kategoriyalar  orqali 

faoliyatni yo„naltiradi va boshqaradi. 

Ushbu tamoyildan quyidagi talablar kelib chiqadi: 

Mashg„ulot  maqsadi  va  vazifalarini  qo„yish  hamda  ularning 



shug„ullanuvchilar tomonidan anglanishi. 

- Pedagogik jarayonda harakatlarni ongli tarzda o„rganish va egallash. 

-  Egallangan  bilim,  ko„nikma  va  malakalarni  amaliyotda  qo„llash  usullari 

hamda imkoniyatlarini anglash. 

-  Jismoniy  kamol  topish  jarayoniga  tashabbuskorlik,  mustaqillik  hamda 

ijodiy faollik bilan munosabatda bo„lishni tarbiyalash. 

O„qituvchi tomonidan  maxsus  metodik usullarning qo„llanilishi onglilik  va 

faollikning  oshishiga  yordam  beradi.  Shug„ullanuvchilar  harakatlarini  nazorat 

qilish  va  baholash,  ularning  diqqatini  harakatlar  bajarilishini  tahlil  qilishga 

yo„naltirish,  mushak  sezgilari  orqali  o„z  harakatlarini  mustaqil  nazorat  qilishga 

o„rgatish,  ko„rgazmali  vositalar  yordamida  topshiriqlarni  namoyish  qilish, 

mashqlar  bajarishga  o„rgatishda  ko„z  va  eshitish  analizatorlaridan  foydalanish, 

o„rganilayotgan harakatlarni xayolda bajarib ko„rish (ideomotor mashq), texnikani 

tahlil qilish bo„yicha suhbat shunday metodik usullarga kiradi. 




Yüklə 255,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə