Reja: I. Jismoniy tarbiya tizimida tamoyillar ierarxiyasi



Yüklə 255,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/16
tarix31.12.2021
ölçüsü255,19 Kb.
#82033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
4-ma'ruza(1)

Ko‘rsatmalilik tamoyili 

Ko„rsatmalilik  tamoyili  o„rgatish  (o„qitish)da  va  tarbiyalashda  ko„rgazmali 

qurollardan  keng  foydalangan  holda  jismoniy  tarbiya  jarayonini  tashkil  etishni 

taqozo  qiladi.  Ko„rsatmalilik  insonning  sezgi  organlarini  bilish  jarayoniga  jalb 

qilishni anglatadi. 

Jismoniy  tarbiya  jarayonida  amaliy  ko„rsatmalilik  ko„rish,  eshitish  va 

harakat shakllarida amalga oshiriladi. 



Ko„rsatmalilikning  ko„rish  shakli  (mo„ljallar,  ko„rgazmali  qurollar,  o„quv 

videofilьmlari va h.k. yordamida harakatlarni yaxlit va qismlarga bo„lib namoyish 

qilish)  asosan  harakatlarning  fazoviy  hamda  fazo-vaqt  tavsiflarini  aniqlab  olishga 

yordam  beradi.  Yangi  harakatlarni  o„rganishning  dastlabki  bosqichida 

ko„rgazmalilikning ko„rish shakli katta ahamiyatga ega.  Shuningdek, harakatlarni 

juda  aniq  tabaqalashtirish  sport-texnik  mahoratni  takomillashtirishda  ham  juda 

qimmatlidir. 

Ko„rsatmalilikning  eshitish  shakli  (turli  xil  tovushli  signallar  ko„rinishida) 

harakat  aktlarining  vaqt  va  ritmik  tavsiflarini  aniqlashda  ustuvor  ahamiyatga  ega. 

U  ko„rish  orqali  ko„satmalilikni  ancha  to„ldiradi,  harakatlarni  o„rgatishning 

yakuniy bosqichida u bilan birgalikda еtakchi ahamiyatga ega bo„ladi. 

E‟tirof etish lozimki, ko„rish tizimi orqali idrok etish uchta darajada kechadi: 

sezish,  idrok  etish  va  tasavvur  qilish;  eshitish  tizimi  orqali  esa  –  faqat  tasavvur 

qilish  darajasida  kechadi.  (B.G.Akanaev,  1957).  Inson  nutq  shaklida  olinadigan 

axborotning  15%  ni,  ko„rish  orqali  esa  25  %  ni  eslab  qoladi.  Agar  axborot 

uzatishning bu ikkala usulidan bir vaqtning o„zida foydalanilsa, u bu axborotning 

65% gacha mazmunini idrok etishi mumkin (N.V.Krasnov, 1977). 

Harakat  shaklidagi  ko„rsatmalilik  jismoniy  tarbiyaga  xos  bo„lgan  shakl 

hisoblanadi.  Uning  ahamiyati  juda  katta,  ayniqsa,  eng  murakkab  harakatlarni 

o„zlashtirishda. Bunda yo„naltirib turuvchi yordam va “harakat bo„ylab olib o„tish” 

eng  еtakchi  metod  sanaladi.  Harakat  shaklidagi  ko„rsatmalilikning  xususiyati 

shundan iboratki, u harakatlarni fazo va vaqtda aniqlab olishdan tashqari, ichki va 

tashqi ta‟sir kuchlari, ayniqsa, inertsiya va reaktiv kuchlar dinamikasida mo„ljal ola 

bilish imkoniyatini ta‟minlaydi. 




Yüklə 255,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə