Non topilar yo’lingda.
O’zbek xalq maqoli.
I.Kirish.
Kundalik hayotimizda
kim bilan muloqot qilsak, yoki tanishishni istasak, har
doim bizni, ’’U kim bo’lib ishlaydi?” degan savol qiziqtiradi. Yoki, biror
inson
bizda havas uyg’otsa, uning kasbi nima ekanligi qiziq tuyuladi. Har
qanday shaxs
hayotining xotirjamligi va moddiy farovonligining asosi uning kasbidir. Kasb
ma’lum darajada
tayyorgarlikni talab etadigan , davlatning qonun hujjatlarida
taqiqlanmagan, bajaruvchiga iqtisodiy foyda keltirish imkoniyati mavjud bo’lgan
alohida faoliyat turidir. Dunyoda ko’plab kasblar
mavjud va hayotimizda
barchamiz uchun juda muhim bo’lgan jihatdan bu shubhasiz kasb tanlashdir. Kasb
tanlash katta hayot yo’lidagi eng muhim qadamdir. Inson hayotda o’zini baxtli his
etishi uchun albatta, atrofida
mehribon, sevimli insonlar bo’lishidan tashqari, o’z
qiziqishi bilan amalga oshiradigan kasb-hunarga ham ega bo’lishi zarur. Ba’zi
yoshlar ko’p yillar orzu qilib yurgan mutaxassislik uchun oliy ta’lim muassasiga
hujjat topshirish damlari yaqinlashganda, “Men kelajakda
shu sohaning
mutaxassisi bo’la olamanmi, bunga mening bilimim va iqtidorim yetadimi?’’- deb
o’ylanib qoladilar. Ayrimlar o’zlarining ko’p yillik orzularidan ham voz kechib,
hozirgi kunda dolzarb ahamiyatli o’rin tutayotgan sohaga qiziqib, kutilmaganda
o’z fikrlarini o’zgartiradilar. Asosiysi, biz yoshlar to’g’ri yo’lni tanlashimiz, o’z
oldimizga juda katta mas’uliyatli vazifa ekanligini yaxshi bilishimiz
va faqatgina
qiziqishlarimiz yuqori bo’lgan kasb sirlarini egallashga intilishimiz zarur.