Reja: I kirish II asosiy qism



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə8/13
tarix18.02.2022
ölçüsü2,19 Mb.
#83845
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
15 Eman (Quercus) turkumidagi turlar sistematikasi, biologik – ekologik xususiyatlari va ko‘kalamzorlashtirishdagi ahamiyati.

104-rasm. Yozgi eman


  1. gullagan bahorgi novdasi, 2-mevali va bargli novdasi, 3-changchi kuchalani bir qismi, 4-changchisi, 5-urug‘chi guli, 6-kurtakli novdasi,

Yozgi yoki oddiy eman (Quercus robur L.- Q.pedunculata Ehrh.) balandligi 35-40 m, diametri 1-1,5 m ga etadigan daraxt. Tanasi to‘g‘ri o‘sadi, shox-shabbasi qalin. Uning piramidasimon, sharsimon, majnuntolsimon shox-shabbali shakllari bor. Barglari oddiy tuzilgan, spiral shaklda, kuzda to‘kilib ketadi. Barg plastinkasi teskari tuxumsimon, patsimon bo‘lakli, bo‘laklari yumaloq uchi to‘mtoq. Emanning barcha turlari bir uyli ayrim jinsli o‘simliklardir. Eman barg yozish bilan bir vaqtda gullaydi. Shamol vositasida changlanadi. Oddiy emanning ildizi baquvvat o‘q ildiz bo‘lib, erga 10-12 m ga yaqin kirib boradi.


Shamolga chidamli, 500-600 yil yashaydi. Sovuqqa ham chidamli daraxt, yorug‘sevar va har xil tuproqda o‘sa oladi, lekin nam tuproq uning o‘sishi uchun eng qulay sharoitdir. Yog‘ochi to‘q jigar rangda, o‘zakli, yuqori sifatli. U duradgorlikda, mebel yasashda, faner ishlashda hamda vagonsozlik va kemasozlikda ishlatiladi. Undan eshik, parket, oyna romlari ham yasaladi. Yog‘ochi suvda va nam erda chirimaydi. Oddiy eman MDH ning Evropa qismida, Кavkazda va Qrimda ko‘p uchraydi. O‘rmon zonasida ham o‘sadi. Dasht zonasida ko‘p ekiladi. O‘zbekistonga eng muvaffaqiyatli introduksiya qilingan yaproq bargli daraxt turi hisoblanadi. Shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish uchun, o‘rmon meliorasiya maqsadlarida ko‘plab ekiladi.




Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə