К ashtan bargli eman (Quercus castaneifolia C.A.M.) yirik daraxt bo‘lib, balandligi 25 m ga yaqin. Barglari cho‘ziq, oval shaklda bo‘lib, urug‘dan ko‘payadi. Bu eman Кaspiy dengizining janubida va Shimoliy Eronda tarqalgan. Tog‘larda dengiz sathidan 1800 m gacha ko‘tariladi.
Ukrainaning va Shimoliy Кavkazning dasht va o‘rmon-dasht zonalarida madaniy holda ekilgan. Bu erlarda
sovuqqa chidaydi. U nihoyatda xushmanzara daraxt bo‘lganligidan joylarni ko‘kalamzorlashtirish uchun tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: |