Reja: I. Kirish. II. Shirkat xo’jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari. III. Fermer xo’jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari. IV. Xulosa. V. Foydalanilgan adabiyotlar. I. Kirish



Yüklə 47,18 Kb.
səhifə1/4
tarix21.02.2022
ölçüsü47,18 Kb.
#83969
  1   2   3   4
Reja I. Kirish. II. Shirkat xo’jaliklari va ularning tashkiliy-



Reja:
I. Kirish.

II. Shirkat xo’jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari.

III. Fermer xo’jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari.

IV.Xulosa.

V. Foydalanilgan adabiyotlar.

I. Kirish

O’zbekiston chorvachiligi ko’p tarmoqlidir. Shu jihatdan mamlakatimizda chorvachilikni rivojlantirishning regionlar va geografik mintaqalararo farqli jihatlari bor. M, qoramollar (va shu jumladan sog’in sigirlar) sug’oriladigan hamda lalmikor zonalarda, qorako’l qo’ylari cho’l yaylovlarida, hisori quylar tog’ yonbag’irlaridagi yaylovlarda, mayin jun beradigan echkilar tog’li zonada, parrandalar donkur rayonlarda yaxshi rivojlantirilgan.

Respublika chorvachiligi qishloq xo’jaligining dehqonchilikdan keyin muhim tarkibiy qismi bo’lib, u aholining kundalik go’sht, sut, yog’, tuxum va boshqa chorvachilik mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Mustahkam ozuqa bazasini yaratish chorvachilikni rivojlantirish va mul chorvachilik mahsulotlari yetishtirishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham respublikadagi mavjud yaylovzorlar holatini yaxshilash (sug’orish), ozuqabop ekinlar maydonini kengaytirish, paxta yem ishlab chiqarishni ko’paytirish ishlariga katta e’tibor beriladi.

Joriy yilning I choragida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini texnik va texnologik yangilashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish davom ettirildi. Yil boshidan buyon 1848,3 gektar maydonda yangi bog‘lar, jumladan, 873,9 gektarda intensiv bog‘lar, 4,7 ming gektar yerda tokzorlar, 48 gektar maydonda 53 issiqxona yaratildi. 3,1 ming gektar maydondagi bog‘lar va 5 ming gektar tokzorlar rekonstruksiya qilindi.

2013-2017-yillarda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturini amalga oshirish doirasida qishloq xo‘jaligi yerlari unumdorligini oshirish maqsadida joriy yilning I choragida 179,5 kilometr kollektor, 4 vertikal drenajli quduq, 102 kuzatuv quduqlari va 5,2 kilometr yopiq gorizontal drenaj tarmog‘ini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari yakunlandi, 1,8 ming kilometr xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichidagi kollektor-drenaj tarmoqlarida ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirildi.

Joriy yil boshidan buyon mamlakatimiz bo‘ylab chorvachilikni rivojlantirishga doir 550 loyiha, parrandachilikni rivojlantirishga doir 262 loyiha, 1,3 ming gektarli sun’iy va 4,6 ming gektarli tabiiy suv havzalarida baliq yetishtirishga doir 345 loyiha, shuningdek, asalarichilik xo‘jaliklarini rivojlantirishga doir 255 loyiha amalga oshirildi.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi unumdorligini oshirishga doir ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning I choragida sabzavot yetishtirish hajmi 10,8 foizga, go‘sht 6 foizga, sut 6,7 foizga, tuxum 13,5 foizga oshdi. Yirik shoxli qoramollar umumiy soni 4 foizga o‘sib, 10,6 million boshni tashkil etdi.

Bugungi kunda fermer xo‘jaligi haqli ravishda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining yetakchi bo‘g‘iniga, uni tashkil etishning asosiy shakliga aylandi. Hozirgi vaqtda fermerlik harakati o‘z tarkibida 66 mingdan ziyod fermer xo‘jaligini birlashtirmoqda. Mamlakatimizdagi jami haydaladigan yerlarning 85 foizdan ortig‘i, yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy qismi aynan fermerlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.




Yüklə 47,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə