Reja: Kasblarni shaxs diqqatiga qo’yadigan talablari



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə1/12
tarix02.03.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#84268
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
malika


Mavzu: Shaxsning bilish faoliyati

Reja:


1. Kasblarni shaxs diqqatiga qo’yadigan talablari.

2. Idrok va kasbga yo’llash, idrok xususiyatlari. Appertsepsiya. Kasbni shaxs idrokiga qo’yadigan talablari.

3. Kasbiy maslahatda xotira qonuniyatlarini hisobga olish.

Inson ongi bir qarashda yaxlit narsa, aslida u ayrim alohida jarayonlardan iborat. SHuning uchun ham atrof-muhitni, o‘zimizni bilishimizga imkon beruvchi ongni o‘rganish uchun uni alohida psixik jarayonlarga bo‘lib o‘rgana boshlaganlar. Bu jarayonlar - sezgilar, idrok, xotira, diqqat, tafakkur, nutq va boshqalardir. Bu jarayonlar shu qadar bir-birlari bilan bog‘liqki, birini ikkinchisiz tasavvur qilishning o‘zi qiyin. Masalan, ko‘rib idrok qilib turgan narsangizni fikrlamay ko‘ringchi, uning mohiyatini bilasizmi? Diqqat bilan ko‘rgan yoki o‘qigan tekstingizni eslab qolasiz. Yoki biror narsa to‘g‘risida fikrlash uchun bizga bir vaqtda ham ilgarigi idrok obrazlari, ham eslab qolish mahoratimiz, ham ichki nutqimiz, irodamiz va diqqat kerak bo‘ladi. Hattoki, tasodifan qo‘limizga kirib ketgan zirapchaga bergan reaksiyamiz ham emotsiyalardan tashqari, o‘sha narsaning bu erda qanday paydo bo‘lganligi kabi qator tafakkur jarayonlarini keltirib chiqaradi.

Murakkab kompyuter texnika rivojlangan zamonda odamning o‘z psixik jarayonlariga qiziqishi yanada ortdi. Endi ma’lumotlarni qabul qilish (an’anaviy idrok deb ataluvchi jarayon), ularni qayta ishlash (tafakkur) va uni saqlash (xotira) haqida ko‘p gapiradigan bo‘lib qoldik. Lekin bu insondagi tabiiy jonli jarayonlar ahamiyati va tarbiyasi masalasini yanada yuqori ko‘tardi. Psixologiya sohasida eksperimental ishlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi aslida inson psixikasi kompyuterdan ko‘ra murakkabligi va odam anglagan ma’lumotlaridan ko‘prok narsalarni idrok qilib, qabul qilishini isbotladi. Masalan, maxsus asboblar yordamida aslida odam ko‘rmayotgan, his qilmayotgan juda kuchsiz signallar ham fiziologik reaksiyalarni keltirib chiqarayotganligi qayd etildi. Masalan, shu narsa aniqlanganki, odam kino ko‘rayotganda bir sekundda 24 kadrni idrok qiladi va biror tasvir ko‘z o‘ngida gavdalanadi. Psixologlar shunday eksperiment qilishdi: kunlarning birida o‘ziga xos tasvir namoyon etildi. 24 ta kadr o‘rniga 25 kadr berib, o‘sha 25-kadrda «Koka - qola iching» degan yozuv berildi. Tabiiy, oddiy idrok bu bitta kadrni ilg‘amaydi. Lekin kinoteatr bufetida ushbu ichimlikni ichish kadrdan keyin 18 foizga oshgan.

Demak, aslida ong bu ma’lumotni qabul qilgan, lekin real anglash, oydinlashuv ro‘y bermagan ekan. Analogik holat xotiramizda ham tez-tez ro‘y beradi. Kimnidir uchratib qolamiz va qaerda ko‘rgan ekanman deb o‘ylanamiz. Hech eslolmaysiz, lekin yuzi, ko‘zi va boshqa sifatlari tanishday. Buni ham shunday izohlash lozimki, odam ko‘rgan-kechirganlari aslida miyada saqlanadi, biz ong sohasiga ayrimlarinigina




  1. Yüklə 0,81 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə