Reja: kimyoviy bogʻlanish. Qutbli kovalent bogʻlanish. Metall va ion bogʻlanishlar



Yüklə 110,88 Kb.
səhifə2/4
tarix24.02.2023
ölçüsü110,88 Kb.
#101438
1   2   3   4
kimyoviy bog\'lanish

Na0 +11) 2) 8) 1) – e Na+ +11) 2) 8)
Natriy atomi va natriy ioni
Metallmaslarda tashqi energertik qavatidagi elektronlar yadroga kuchliroq bogʻlanganligi sababli kimyoviy reaksiyalarda elektron biriktirib oladi. Ftor atomining tashqi energetik qavatida 7 ta elektron boʻladi va kimyoviy reaksiyalarda elektron qabul qilib olib tashqi energetik qavatini 8 ta elektron bilan toʻldiradi. Davrlarda kimyoviy elementlarning elektron tortib olishi chapdan oʻngga oʻtgan sari ortib boradi. Bosh guruhchalarda esa aksincha yuqoridan pastga tushgan sari elektron tortib olishi va elektromanfiyligi kamayib boradi. 
Kimyoviy elementlarning nisbiy elektromanfiylik qiymatlariga e’tibor bergan holda kimyoviy birikmalarni quyidagi 3 guruhga boʻlib olishimiz mumkin.

  1. Elektromanfiyligi bir xil boʻlgan elementlardan, ya’ni ayni bir xil element atomlaridan hosil boʻlgan moddalar a) N2, F2, Cl2, J2, O2, H2, Br– oddiy moddalar b) Li, Na, K, Al, Fe, Cu, Zn – metallar.

  2. Elektromanfiyligi bir-biridan biroz farq qiladigan element atomlaridan hosil boʻlgan moddalar – HCl, HBr, HJ, H2O, H2S, NH3, CH4, PCl3.

  3. Elektromanfiyligi bir-biridan keskin farq qiladigan element atomlaridan hosil boʻlgan moddalar NaCl, K2S, BaCl2, CaF2, Li2O, MgO.

Atom tuzilishining elektron nazariyasi atomlarning molekulyar holatigacha birika olishini, yani kimyoviy bogʻ hosil boʻlish mexanizmini va tabiatini tushuntiradi.
Kimyoviy bogʻ – 2 va undan ortiq atomlarning oʻzaro ta’sirlashuvi boʻlib, bunda kimyoviy barqaror 2 yoki koʻp atomli sistemalar vujudga keladi. Kimyoviy bogʻning uzunligi – atom yadrolari orasidagi masofani bildiradi va nm larda oʻlchanadi. Bogʻ energiyasi – bogʻni uzish uchun sarf boʻlgan energiya miqdoridir.
Kimyoviy bogʻlar hosil boʻlishi ekzotermik jarayon, unda energiya ajraladi, bogʻni uzilishida energiya sarf boʻladi, bu endotermik jarayondir. 

Yüklə 110,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə