Reja: Kimyoviy va dori moddalar bilan zaharlanish sabablari


Hashorotlarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy moddalar bilan zaharlanishning oldini olish



Yüklə 56,17 Kb.
səhifə5/8
tarix22.03.2024
ölçüsü56,17 Kb.
#180764
1   2   3   4   5   6   7   8
Kimyoviy va dori moddalar bilan zaharlanish

Hashorotlarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy moddalar bilan zaharlanishning oldini olish:
1.Yuqorida ko`rsatilgan kimyoviy zaharli moddalar o`zining qutisida germetik yopilgan holda, etiketkasi yopishtirilgan holda maxsus joyda (bolalarni qo`li yetmaydigan joyda) saqlanishi kerak.
2.Bu zaharli moddalarni o`zini idishidan boshqa idishga, shishaga quyish man etiladi.
3.Bu moddalarni boshqa idishlarda eritib, suv qo`shib ishlatish mumkin emas.
4.Bu moddalar bilan xonani dezinfeksiya qilishdan avval hamma buyumlarni, idishlarni, ovqat moddalarni, sabzavotlarni tashqariga chiqarish kerak.
5.Zaharli moddani purkatuvchi odam og`iz-burniga 4 qavatli dokali niqob tutishi, ko`ziga ko`zoynak taqishi kerak.
6.Xonaga dori sepib bo`lingach deraza-eshiklarni ochib, xonaning havosi yangilanishi kerak.
7.Dezinfeksiya tugatilgach kimyoviy modda o`zini qutisida germetik yopilib bolalarning bo`yi yetmaydigan joyga joylashtirilishi kerak.
8.Bu moddani ishlatgan odam ish tugagach kiyimlarini almashtirishi, yuz-qo`lini sovunlab yuvishi lozim.
Quyidagilarni esda saqlash lozim: 1.Kechqurun uyqu oldidan yuqoridagi kimyoviy moddalarni ishlatish mumkin emas.
2.Oilada epilepsiya (tirishish), bronxial astma, yurak-qon tomir, nafas a`zolari kasalliklari, nerv-psixik kasalliklar bilan xastalanganlar bo`lsa, xlorofos va boshqalari qo`llanishi man etiladi.
Oilada ishlatiladigan sirka bilan zaharlanish.
Bu modda oilada ishlatib turiladi. Ammo, ehtiyotsizlik bilan ichib qo`yilsa lablar, og`iz shilliq qavati, til, tomoq, qizilo`ngach, hatto me`da va ichakda kimyoviy kuyish holati yuzaga kelishi mumkin.
Kuyish ko`p joyni egallasa shok holati yuzaga keladi.
Belgilari. Bemor qo`zg`aladi, notinchlanadi, arterial qon bosimi ko`tariladi, bir oz o`tgach bemor tinchlanib, tormozlanish holati yuzaga keladi, arterial bosim normadan pasayadi, sovuq ter bosadi, qon qusadi.
Ayrim hollarda bemor qusgan paytda qusuq moddasiga aralashgan sirka tomoqdan nafas yo`liga o`tib ketishi mumkin.Bunday holatda bemorni ovozi bitib qoladi, yo`taladi, nafasi qiyinlashadi, bo`g`iladi, lablari, yuzlari, bo`yni, barmoqlari, qo`llari ko`karadi, chunki nafas yo`li qisilib qolgani uchun bemor nafas ololmaydi.
Sirka bilan zaharlanishning og`ir turida sirka qonga so`rilib, eritrotsitlarni parchalaydi (gemoliz). Buyraklar zararlanib, siydikda qon paydo bo`lishi, siydikning rangi qizaradi. Bemorning ahvoli juda og`ir bo`ladi.Bunday bemorlar tirik qolgan taqdirda ham kuygan qizilo`ngach va me`da chandiqlar natijasida torayib ovqat hazm qilish jarayoni juda og`ir kechadi, nogironga aylanadi, operatsiya qilishga to`g`ri keladi.

Yüklə 56,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə