Reja: Kirish Asosiy qism



Yüklə 209,83 Kb.
səhifə1/9
tarix25.05.2022
ölçüsü209,83 Kb.
#87918
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
ismoilova nazokat kurs ishi 3


Mavzu: Marketing tadqiqotlarida muammoni aniqlash.
Reja:
Kirish
Asosiy qism
1. Marketing tadqiqotlarida muammoni aniqlashning ahamiyati.
2. Marketing tadqiqotlarida muammolar va ularning tasnifi.
3. Marketing tadqiqotlarini taqsimlash.
4. Muammoni aniqlashda hisobga olinuvchi muhit omillari.
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

2022 — 2026-YILLARGA MO‘LJALLANGAN YANGI O‘ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI TO‘G‘RISIDA
Mamlakatimizni 2017 — 2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.
Shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rildi.
Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.
So‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi.
Jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida:
1. Keng jamoatchilik muhokamasi natijasida “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Taraqqiyot strategiyasi) va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda — Davlat dasturi) 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin:
inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;
adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;
milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;
mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.
2. Taraqqiyot strategiyasida inson qadrini ulug‘lashga yo‘naltirilgan ijtimoiy himoya siyosati bo‘yicha belgilangan
Har bir marketinga yo‘naltirilgan korxonaning faoliyatini oqilona yuritish, bu uchun aniq va samarali qaror qabul qilish uchun quyidagi bilimlar zarur: bozorning salohiyati, resurs bilan ta’minlanganligi, xaridor talabi, ularning hoxish va istaklari, imkoniyatlari, raqobatdoshlarning niyatlari va harakatlari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish zarur. Bozorni bilish va undagi jarayonlarga baho bera olish tijorat risklarini, qolaversa, noto‘g‘ri qaror qabul qilish natijasidagi yo‘qotish imkoniyatini kamaytiradi.
Marketing tadqiqotlari jarayoni (marketing research process) maqsadga erishish uchun bosib o‘tiladigan bosqichlar majmuasidan iboratdir. Ularda amalda olti turdan iborat bo‘lib: muammoni aniqlash; muammoni hal etishga yondashuvni tanlash; tadqiqot rejasini ishlab chiqish; dala tadqiqotlari yoki ma’lumotlarni to‘plash;
m a’lumotlarni qayta ishlash va tahlil etish;
hisobotni tayyorlash va uning taqdimotidir.
Odatda marketing tadqiqotlari
bosqichlari quyidagilarni qamrab oladi:
I. Muammoni belgilash, tadqiqot budjetini hisob-kitob qilish.
II. Axborot manbalarini tanlab olish
III. Axborot to‘plash va qayta ishlash.
IV. Axborotni tahlili qilish va bashorat qilish.
V. Xulosa va tavsiyalar, marketing tadqiqotlari samaradorligini baholash.
Marketing tadqiqotlari jarayonining rejasi (research desing) – marketing tahlilini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun zarurdir. Marketing tahlili muammosini hal etish, yoki uning uchun zaruriy axborotlarni to‘plash modellarini aniqlashtirish muhim o‘rin tutadi. Shu sababdan marketing rejasi ushbu tadqiqotlarni samarali
o‘tkazish jarayonida o‘ziga xos ahamiyatga ega. O‘z vazifasini samarali va yuqori sifatda bajarishda marketolog birinchi navbatda aniq o‘ylangan marketing tahlil rejasini ishlab chiqish zarur bo‘ladi.
Boshqacha qilib aytganda, marketing tahlilining rejasi zaruriy axborotga ega bo‘lib, marketing tahlili muammosini hal etishda foydalaniladigan metodlar (uslublar)ni aniqlashtiradi.
Marketing tadqiqotlari jarayoni rejasi o‘z tarkibiga quyidagi vazifa yoki komponetlarni kiritadi:
1. Zaruriy axborotlarni aniqlash.
2. Tadqiqot izlanish, deskriptiv yoki sabab-oqibat fazalarini ishlab chiqish.
3. O‘lchash va shkalalashtirish jarayonlarini aniqlashtirish.
4. Anketa (so‘rovnoma)ni shakllantirish yoki axborot to‘plashning boshqa uslubini aniqlash.
5. Tanlash jarayonini aniqlash va uning hajmini belgilash.
6. Ma’lumotlar tahlilini o‘tkazish rejasini ishlab chiqish.


Yüklə 209,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə