Reja: Kirish Asosiy qism


Marketing muammolarini tasniflash belgilari



Yüklə 209,83 Kb.
səhifə3/9
tarix25.05.2022
ölçüsü209,83 Kb.
#87918
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ismoilova nazokat kurs ishi 3

Marketing muammolarini tasniflash belgilari
Ushbu rasmda keltirilgan marketing muammolarining tasnifini uning har bir guruhi bo‘yicha qarab chiqish maqsadga muvofiq. Chunki ular bir-biri bilan uzviy bog‘liq muammolardir. Birini hal qilib ikkinchisi e’tibordan chetda qolsa kutilgan natijani bermaydi. Shu tufayli hamisha barcha mavjud muammolarni aniqlash bilan birga ularni hal qilish yo‘llarini ham aniqlashni taqozo qiladi. Shuni alohida qayd qilish kerakki, muammolar ko‘rinib turmaydi. Ular ko‘rinmasada o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Masalan, mahsulot (xizmat) sotilmayapti, sotilsa ham o‘sish sur’ati kamayib bormoqda. Bu albatta ma’lum muammolarning ta’sirida sodir bo‘ladi, ammo ular, ta’kidlanganidek ko‘rinib turmaydi. Shu tufayli har bir muammoni aniqlash muhim ahamiyatga ega. Buning uchun ushbu to‘rtta yo‘nalishdagi muammolarnining har birini tasniflashni taqozo qiladi. Quyida har bir guruh muammolarning tavsifiga alohida to‘xtalishni lozim, deb topdik.


Marketing tadqiqotlarida muammolar va ularning tasnifi
1. Tovar (xizmat)larni ishlab chiqarish joyi bo‘yicha muammolar tasnifi.
Ushbu guruh muammolar ikkita yo‘nalishda sodir bo‘ladi. Birinchisi, ishlab chiqarish jarayonini marketing tamoyili asosida boshqarish bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, bevosita tashqi omillarga (xaridorlar didi va imkoniyatlarining o‘zgarishi, raqobat maydoniga yangi raqobatchilarning kirib kelishi, innovatsiyaning korxonalarga bir xil darajada joriy qilinmayotganligi kabilar) bog‘liq bo‘ladi. Ushbu muammolarni yaxlitholda qaraydigan bo‘lsak, bular o‘z navbatida bir qancha guruhlarga bo‘linadi. Ushbu guruhlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- mahalliy ishlab chiqaruvchilar bo‘yicha marketing tadqiqotlari muammolari;
- chet mamlakatlarda ishlab chiqaruvchilar bo‘yicha marketing tadqiqotlari
muammolari;
- mahalliy va chet mamlakatladagi ishlab chiqaruvchilar bo‘yicha marketing
tadqiqotlari muammolari. Bularni quyidagi rasmda ifodalash mumkin

Tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish joyi bòyicha muammolarni tasnifi












Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bòyicha

Mahalliy va chet mamlakatlarda ishlab chiqaruvchilar bòyicha

Chet mamlakatlarda ishlab chiqaruvchilar bòyicha


Yüklə 209,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə