Reja: Kirish Asosiy qism


Marketing tadqiqotlarini taqsimlash



Yüklə 209,83 Kb.
səhifə6/9
tarix25.05.2022
ölçüsü209,83 Kb.
#87918
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ismoilova nazokat kurs ishi 3

Marketing tadqiqotlarini taqsimlash
Marketing tadqiqotlari muammolarini tovar (xizmat)lar iste’molchilari bo‘yicha tasniflashda odamlarning yoshi bo‘yicha tovar (xizmat)ni yetkazib berish masalasiga ham e’tiborni qaratish lozim. Chunki, bir xil o‘lchamdagi kostyum yoshiga qarab turli fasonda, ko‘rinishda tikilishi mumkin. Qaysi rangdaligi ham odamlarning yoshiga qarab tanlash lozimligini taqozo qiladi.
Shunday qilib, marketing tadqiqotlari muammolarini tovar (xizmat)lar
iste’molchilari bo‘yicha tasniflash ham ko‘rsatdiki, ushbu guruhning o‘zida ham juda katta muammolar mavjud ekan. Shu tufayli ushbu masalada to‘g‘ri xulosalarni chiqarish, to‘plangan axborotlarni tizimga keltirish uchun matematik, statistik va iqtisodiy tahlil usullaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Marketing tadqiqotlari muammosini aniqlash (problem definition) marketing tadqiqotlari muammosining umumiy va uning alohida qismlari bo‘yicha aniqlashdan iborat. 4.5 – rasmda ushbu jarayonni olib borish chizmasi keltirilgan bo‘lib, unda muammoni aniqlash vazifasini bajarish uchun qaror qabul qilayotgan shaxslar,
tarmoq va boshqa ekspertlar bilan suhbat o‘tkazish, ikkilamchi ma’lumotlarni tahlil etish, ma’lum sifatli tadqiqotlar o‘tkazishdan iboratligi berilgan. Oldin eslatib o‘tkanimizdek, marketolog boshqaruv qarorini qabul qilish va qanday maqsad ko‘zlayotganini aniq bilishi kerak bo‘lsa, menejerlar tomonidmarketing tadqiqotlarini har bir elementidan kutilayotgan natija qiziqtiradi.
Bu vazifani bajarish uchun, marketolog tomonidan tashqi muhit omillarini tahlil qilgan holda, muammoni paydo bo‘lish holatlari yoritiladi. Boshqacha qilib aytganda, marketolog tomonidan har bir omilning ta’sirini ko‘ra bilishi orqali
boshqaruv qarorini qanday qabul qilinishi yondashuvi ishlab chiqiladi.
Buning uchun qaror qabul qiluvchi boshqa shaxslar bilan vazifalarni
muhokama qilinishi, tarmoq ekspertlaridan interv’yu olinishi hamda ikkilamchi ma’lumotlarnitahlil qilish zarurdir.


Yüklə 209,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə