Reja: Kirish Asosiy qism


Marketing tadqiqotlarida muammolarni aniqlashning muhimligi



Yüklə 209,83 Kb.
səhifə8/9
tarix25.05.2022
ölçüsü209,83 Kb.
#87918
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ismoilova nazokat kurs ishi 3

Marketing tadqiqotlarida muammolarni aniqlashning muhimligi
har qanday korxona faoliyatida muammolar mavjud bo‘ladi. Marketing tadqiqotlarida ushbu muammolarni aniqlamasdan uning
faoliyatini strategik rejalashtirib ham, uning samaradorligini oshirish masalalarini ham mukammal ishlab chiqishi qiyin kechadi. Shu jihatdan muammolarni aniqlab olish albatta kerak. Bu esa o‘z navbatida, mazkur masalaga statistik tahlil usullarini qo‘llashni taqozo qiladi. Shu tariqa marketing jarayonlaridagi muammolarni bartaraf qilish imkoniyati tug‘iladi va mos ravishda ularni hal qilish bo‘yicha aniq choratadbirlar ishlab chiqiladi. Xullas, marketing tadqiqotlarida muammolarni aniqlashning muhimligi juda ko‘p yechimlarni hal qilish orqali korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish va raqobatbardoshligini mustahkamlash yo‘llarini aniq
belgilashga asos bo‘ladi.

Tadiqot muammolarini aniqlash bilan bog‘liq masalalar.
Marketing tadqiqotlarini muammosini paydo bo‘lish manbaasini tushunish uchun, korxonaning o‘zi va qaysi tarmoqda faoliyat yuritayotgani bilan tanishish kerak. Tadqiqot muammolarini aniqlash bilan bog‘liq masalalarga, avvalom bor, unga ta’sir ko‘rsatuvchi muhit omillariga murojaat qilamiz ularga quyidagilar kiradi


Muammoni aniqlashda hisobga olinuvchi muhit omillari
Ushbu rasmda muammoni aniqlashdagi hisobga olinuvchi muhit omillari va ularning ketma – ketligi tasvirlangan, ya’ni korxona va tarmoqning oldingi holati va kelajak istiqboli haqidagi ahborot; korxonaning resurslari va cheklanishi; qaror qabul qiluvchi shaxsning maqsadlari; xaridorlar xatti – harakati; iqtisodiy va qonuniy muhit; korxona hodimlarining marketing va texnologik ko‘nikmalaridan iborat.
Muammoga ta’sir ko‘rsatuvchi muhit omillari (environmental context of the problem)–Marketing tadqiqotlari muammosini aniqlashga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar (oldingi va kelajak axborotlari, firmaning resurslari va chegaralari, qaror qabul qiluvchining maqsadi, xaridorlar hatti – harakati, huquq va iqtisodiy muhit, firma personalining marketing va texnologik ko‘nikmalari) haqida gap ketadi.
Qarorlar qabul qilinishi ma’lum maqsadga erishish uchun xizmat qiladi.
Boshqaruv muammosini ifodalash ikki turdagi maqsadlarni aniq tasavvur etish bilan bog‘liq: tashkilot maqsadi va qaror qabul qilayotgan rahbarning shaxsiy manfaati.
Ushbu ikkita maqsadni birlashtirish muhim, ammo juda og‘ir kechadi. Uning sababi jamoa va shaxs manfaatlari o‘rtasidagi mavjud ziddiyatlardir.
Maqsadlar (objectives) - qaror qabul qilayotgan tashkilot yoki shaxsning qarorlaridan samarali marketing tadqiqotlarini o‘tkazishda foydalanish ko‘zda tutiladi.
Marketing tadqiqotlarining maqsadi ham samarali boshqaruv qarorini qabul qilishga kerakli axborot bazasini yaratishdan iborat. Ammo, bu jarayonda korxona va menejerlarning maqsadlarini muvofiqlashtirishda marketologning ham mahorati va tajribasi muhim rol o‘ynaydi.
Marketing muammosining asosida iste’molchilarning xatti- xarakati, ularning iqtisodiy salohiyati, ehtiyoji va talablari tashqi muhit omillaridagi o‘rni beqiyosdir.
Xaridorlar hatti – harakati (buyer behavior)– tashqi muhitning asosiy omili hisoblanib, iste’molchilarning individual xislatlarini ifodalaydi.
Marketing muammolarini manbasini aniqlashtirishda korxonaning u yoki bu xarakatiga iste’molchining munosabatini o‘rganish muhim o‘rin egallaydi. Xaridorlar hatti – harakatini o‘rganish marketing muammosining mohiyatini ochishga olib kelish mumkin.
Iste’molchilarning hatti – harakatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni shuni ko‘rsatmoqdaki, ular tarkibiga asosan quyidagilar kiritilishi mumkin:
• Xaridorlar miqdori va geografik joylashuvi;
• Demografik va psixologik tavsiflar;
• Iste’mol qilinayotgan mahsulotlar tavsiflari;
• Reklama va sotuvga xaridorlar munosabati;
• Narxga bo‘lgan munosabat;
• Magazinlarga o‘rganish holati;
• Iste’molchilarning tanlash erkinligi.
Har bir davlatda o‘zining qonunlari, me’yoriy xujjatlari, davlat siyosati barcha tashkilot va aholi hayotiga ta’sir ko‘rsatadi va muvofiqlashtirib turadi. Qonunlar ichida savdo markalari royalti, savdo kelishuvi, soliq va tariflar bilan munosabatlarni
muvofiqlashtiruvchi huquq normalari muhim o‘rin egallaydi. Davlatda qabul qilingan qonunlar marketing tadqiqotlarini o‘tkazishga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rstaadi hamda marketing tadqiqotlari muammolarini ifodalashda asosiy omil hisoblanadi.
Qonun muhiti (legal environment) – tashkilotning faoliyatini tashkil etishni muvofiqlashtiruvchi siyosat va me’yorlar.
Qonun muhitidan tashqari tashqi muhitning tarkibiga kiruvchi asosiy
komponent tariqasida iqtisodiy muhitning ahamiyati katta.
Iqtisodiy muhit (economic environment) – daromad, narx, to‘plangan zahira, kredit shartlari, umumiy iqtisodiy holat bilan ifodalanadi.
Iqtisodiy muhit omillari xaridorlarning sotib olish salohiyati, umumiy (yalpi) daromad, tovarlar assortimenti, narxlar va boshqa iqtisodiy tomonlarni inobatga oladi. Masalan, iste’molchi va korxonaning kredit olish imkoniyati iqtisodiyotning umumiy holatiga uzviy ravishda bog‘liqdir. Davlat iqtisodiy barqarorligini o‘sishi, aholiga kredit berish imkoniyati oshishiga zamin yaratadi.
Marketing tadqiqotlarini samarali o‘tkazish uchun muammoni aniq va to‘g‘ri belgilanishi lozim. Marketing tadqiqotlarining muammosini aniqlanishi barcha faoliyatni to‘g‘ri yuritilishiga, loyihani amalga oshirilishiga asos bo‘lib hisoblanadi.
Tibbiyot sohasida kasalni olish yoki uni davolashda tashxis qo‘yish qanchalik muhim o‘rin tutsa, marketing tadqiqotlarida uning muammosini aniqlanishi shunday ro‘l o‘ynaydi. Agar muammo noto‘g‘ri tushunilsa yoki aniqlansa unda vaqt va mablag‘ samarasiz foydalanishga olib kelishi mumkin.
Marketing tadqiqotlari muammosini aniqlash (problem definition) marketing tadqiqotlari muammosining umumiy va uning alohida qismlari bo‘yicha aniqlashdan iborat. Muammoni aniqlash vazifasini bajarish uchun qaror qabul qilayotgan shaxslar, tarmoq va boshqa ekspertlar bilan suhbat o‘tkazish, ikkilamchi ma’lumotlarni tahlil
etish, ma’lum sifatli tadqiqotlar o‘tkazish marketing tadqiqotlarida muhim ahamiyatga ega. Bu vazifani bajarish uchun, marketolog tomonidan tashqi muhit omillarini tahlil qilgan holda, muammoni paydo bo‘lish holatlari yoritiladi.
Boshqacha qilib aytganda, marketolog tomonidan har bir omilning ta’sirini ko‘ra bilishi orqali boshqaruv qarorini qanday qabul qilinishi yondashuvi ishlab chiqiladi.
Buning uchun qaror qabul qiluvchi boshqa shaxslar bilan vazifalarni muhokama qilinishi, tarmoq ekspertlaridan interv’yu olinishi hamda ikkilamchi ma’lumotlarni taxlil qilishi zarurdir
Oldin eslatib o‘tkanimizdek, marketolog boshqaruv qarorini qabul qilish va qanday maqsad ko‘zlayotganini aniq bilishi kerak bo‘lsa, menejerlar tomonidan marketing tadqiqotlarini o‘tkazishning to‘g‘ri yo‘nalishlarini belgilab berilishini tasavvur qilishi lozim. Marketing tadqiqotlarining natijalari va ularning samaradorligi korxonalarda menejer, marketolog va boshqa mutaxassislarning hamkorlikdagi
faoliyatiga bog‘liqdir.
Marketing tadqiqoti muammosi va maqsadlarini aniqlash yalpi tadqiqotda eng muhim va ma’suliyatli bosqich hisoblanadi. Qo‘pgina hollarda tadqiqot maqsadi uni vujudga keltirgan muammo bilan bir xil deb qaraladi. Aslida esa, mavjud muammoni hal etish maqsadga erishish imkonini beradi, deb qaralishi lozim.
Muammoni aniq belgilash, bu tadqiqotni to‘g‘ri tashkil etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Muammoning mantiqan to‘g‘ri, sodda va maqsad sari yo‘naltirilganligiga alohida e’tibor bermoq lozim.
Aks holda, noto‘g‘ri ifodalangan muammo tadqiqotni maqsad sari yo’naltirilmaslikka, vazifalarni aniq belgilay olmaslikka, yuqori ortiqcha harajatga olib keladi.
Ushbu muammolar turkumi aniq belgilangan, lekin ularni hal etish tayinli ketma-ketlikni va kelgusi intilishlar uchun zaruriy ma’lumotlarni to‘plash zaruratini yaratadi. Jumladan, ilk tashkil etilgan sayoxat yo‘nalishlari davridayoq sayohatchilar to‘g‘risida imkoni boricha ko‘proq ma’lumot olish, ularni tilak va istaklarini o‘rganish zarur bo‘ladi.
Xulosa.
Marketing tadqiqotlari - bu muayyan qaror qabul qilishning maqsadga muvofiqligini aniqlash yoki mavjud vaziyatga qarab ishingizni to'g'rilash uchun bozor kon'yunkturasini har tomonlama o'rganish. Ushbu jarayon davomida ma'lumotlarni to'plash va tahlil qilish, keyin esa ma'lum xulosalar chiqarish kerak.
Har qanday marketing tadqiqotining birinchi bosqichi uning muammosini aniqlashdir. Uni aniqlashda marketolog tadqiqot maqsadini, tegishli ma'lumotni, qanday ma'lumotlar zarurligini va qaror qabul qilishda undan qanday foydalanishni hisobga olishi kerak. Muammoni aniqlash qaror qabul qiluvchilar (top-menejerlar) bilan muhokama qilish, biznes sohasidagi mutaxassislar bilan suhbatlar, ikkilamchi ma'lumotlarni tahlil qilish va, ehtimol, fokus-guruhlar kabi ba'zi sifatli tadqiqotlarni o'z ichiga oladi. Muammo aniq aniqlangandan so'ng, siz marketing tadqiqoti rejasini ishlab chiqishingiz va uni o'tkazishni boshlashingiz mumkin.


Yüklə 209,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə