Reja: Kirish Bilimlarni taqdim etish usullari


Bilimlarni ajratib olish metodlarni tasniflash



Yüklə 102,07 Kb.
səhifə4/7
tarix05.04.2023
ölçüsü102,07 Kb.
#104248
1   2   3   4   5   6   7
mustaqil ish intelektual boshqaruv nazariyasi

3.Bilimlarni ajratib olish metodlarni tasniflash.



1-rasm. Metodlarni tasniflanishi
1-rasmda ko‘rinib turibdiki, tasniflashda asosiy printsip bilim manbaasiga bog‘liq. Kommunikativ uslub bilimlarning jonli manbaasi ekspert bilan, tekstologik uslublar esa xujjat, hisobot, darsliklar maxsus adabiyotlar kabi bilimlar manbaasiga bog‘liq. Yuqori bosqichda bu guruhlarga tasniflanishi ularning qarama-qarshiligi hisobga olinmagan, odatda muhandis bu uslublarning kombinatsiyasidan foydalanadi, masala, avval adabiyotlarni o‘rganadi, keyin ekspert bilan munozaralashadi yoki teskari. O‘z navbatida, kommunikativ metodlarni ikkiga bo‘lish mumkin: faol va nofaol.


Nofaol metod orqali bilimlarni ajratib olishda asosiy rolni ekspert bajaradi, bilimlar bo‘yicha muhandis esa ekspertning real ish jarayonida tadbiq etgan qoida va uslublarini qayd etib boradi yoki ekspert tomonidan kerakli deb baholanganlarnigini yozib oladi.
Faol metodlarda esa aksincha, tashabbus bilimlar bo‘yicha muhandisda bo‘ladi, u ekspert bilan o‘yin, dialog, intervyu kabi turli usullar yordamida muloqotda bo‘ladi. Nofaol metod bir qarashda oddiy tuyular, lekin o‘z navbatida bunday metod bilimlar bo‘yicha muhadisdan ziyraklik, ekspertning bilimlar oqimini aniq tahlil qila olish, bilimlarning kerakli qismlarini aniqlab olish kabi ko‘nikmalarni talab qiladi.
Teskari aloqaning yo‘qligi (bilimlar muhandisi nofaolligi) bu metodlarni samarasini kamaytiradi. Aktiv metodlarni ekspertlar soniga bog‘liq ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin. Agar ularni soni bittadan ortiq bo‘lsa, har bir ekspertga individual yondoshgan holda guruhli munozara metodlari qo‘llaniladi. Bu kabi guruhli metodlar munozara ishtirokchilari faolligini oshiradi va ular bilimlarining ochilmagan qirralarini kashf etishga yordam beradi. O‘z navbatida hozirgi kunda individual metodlar yetakchi bo‘lib qolmoqda.
O‘yinli metodlar hozirda sotsiologiya, iqtisodiyot, menejment, pedagogika sohalarida o‘qituvchilarni, rahbarlarni va boshqa hodimlarni tayyorlashda keng qo‘llanilmoqda. O‘yin - inson o‘zini odatiy ish jarayonidan ko‘ra anchagina erkin his qiladigan faoliyatning va ijodning asosiy shaklidir.
ETni asosini Feygenbaum, S. Osuga, R. Forsaytlar qo‘yishgan. Ekspert tizimi uning qismlari bilan o‘zining uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi:
• Bilimlar bazasi - BB;
• Mantiq chiqarish mashinasi - MChM;
• Ifodalash ichki tizimi - IIT;
• Bilimlar bazasi tahrirlagichi;
• Bilimlarni egallash (o‘rganish) moduli.
ETni qurishdagi eng murakkab masalalardan biri bilimlar bazasi tizimini qurish va uni to‘ldirish hisoblanadi. Bu ikki bosqich o‘zaro yo‘nalishli (bir biriga bog‘liq), ikkinchi bosqichdan birinchi bosqichga o‘tish mumkin, shu bilan birga, ekspertdan olingan bilim boshlangich BBga mos tushmasligi mumkin. U faqat faktlar, tavsiflangan muammolar maydoni, shuningdek, bu faktlarni o‘zaro aloqasidan iborat. Bilimlar bazasi markazida qoidalar joylashadi.
Qoida berilgan aniq holatda nima natija kelib chiqishini aniqlaydi va ikki qismdan iborat bo‘ladi: bajarilishi yoki bajarilmasligi mumkin bo‘lgan shart va agar shart bajarilganda kelib chiqadigan harakatdan iborat. Ekspert tizimida foydalanilgan barcha qoidalar tizim qoidasini ifodalaydi, hatto oddiy tizimlar ham bir necha ming qoidadan tashkil topishi mumkin. Bilimlarning barcha ko‘rinishi predmet maydoni o‘ziga xosligiga bog‘liq va shu yoki boshqa hollarda loyihachining mahorati (bilimlar muhandisi) adekvatlik darajasi bir yoki bir necha semantik modellar yordamida tasvirlash mumkin. Eng keng tarqalgan modellarga mantiqiy, mahsuliy, freymli va semantik tarmoqlar kiradi.

Yüklə 102,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə