Reja: kirish. I bob. O’simliklarga ta’sir qiluvchi omillar


O’simliklarning issiqqa chidamligi



Yüklə 457,41 Kb.
səhifə3/9
tarix21.06.2022
ölçüsü457,41 Kb.
#89851
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Xurshida

O’simliklarning issiqqa chidamligi havo harorati +350S dan ortganda hujayraning tsitoplazmasidagi qovushqoqlikni ko’p hollarda ortishi, kamdan kam kamayishi ro’y berishi orqali kuzatiladi. Bunda tsitoplazmada qovushqoqlikni ortishi bilan undagi harakat sekinlashadi. Yuqori harorat hujayra shirasining kontsentratsiyasini, hujayra devori orqali mochevina (siydikchil) glitserin, eozin va boshqa moddalarning kirishini oshiradi. Natijada osmotik bosim pasayadi. Harorat +350S dan ortishi bilan monosaxaridlarni ko’payishi, kraxmal gidrolizi natijasida osmotik bosim ortadi.
O’simliklar fiziologiyasi nuqtai nazaridan issiqqa chidamlik xususiyati-o’simlikni yuqori harorat, qizib ketishga chidashi hisoblanadi. Bu irsiy tomonidan belgilangan xususiyat. Qishloq xo’jaligida ekib hosil olinadigan ekinlar yuqori haroratga chidamliligi bilan farqlanadi.
O’simliklarni issiqqa, yuqori haroratga chidamliligiga ko’ra uch guruhga bo’linadi:
1. Yuqori haroratga bardoshlilar. Bu guruhga termofil ko’kyashil suvo’tlar ularni qaynoq mineral buloqlarning 75-1000S gacha haroratda ham faoliyatda bo’la oladiganlari mansub.
Termofil mikroorganizmlardagi yuqori haroratga chidamlik, ularda metabolizm jarayonlarini yuqori darajada o’tishi, hujayrasida RNK miqdorining ko’pligi, tsitoplazmasidagi oqsilni yuqori haroratda ham kaogulyatsiyaga uchramasligi bilan ifodalanadi.

2. Issiqqa chidamlilar. Bu guruhga sahrolar, yog’ingarchilik deyarli ro’y bermaydigan hududlarda o’sadigan sukkulent o’simliklar, kaktuslar, semizo’tdoshlar, semizaklar oilalariga mansub o’simliklari mansub. Issiqqa chidamli sukkulentlar, kaktuslarning hujayralaridagi tsitoplazmani qovushqoqlik darajasi yuqoriligi, bog’langan holdagi suvning ko’pligi va moddalar almashinuvi jarayonlarini pastligi bilan ifodalanadi.
3. Issiqqa chidamsizlar. Ular mezofitlar va suv xavzalarining o’simliklari hisoblanadi. Ochiq maydonlarda uchraydigan mezofitlar qisqa muddat 40-47 0S, soya joydagilari 40-42 0S, suvdagi o’simliklar 38-42 0S gacha haroratga chiday oladi. Qishloq xo’jaligimizda, bizning Respublikamizning ekin maydonlarida issiqqa chidamli ekinlar ekilib yuqori hosil olishga erishiladi. Kuzda havo haroratining past kelishi, yog’irgarchilikni me’yoridan ortiq bo’lishi ekinlarimizda donni, chigitni to’la yetilishi imkonini bermaydi.
Er sharining 1/3 qismida yog’ingarchilik miqdori yiliga 250-500 mm oshmaydi va u yerlarda qurg’oqchilik yil bo’yi davom etadi. Bu joylarning yarmida yog’in miqdori o’simlik rivojlanishi uchun namlik yil bo’yi bir miqdorda taqsimlangan bo’lishi lozim. Namlikni taqsimlanishi bir tekis bo’lmagan ayniqsa, yoz faslida namlikni yetishmasligidan qurg’oqchilik sodir bo’ladi. Bizning arid mintaqamizda yog’ingarchilikning miqdori yerdan bug’lanishdan kam bo’ladi. Gumid mintaqada esa yog’ingarchilikning miqdori bug’lanishdan ko’p bo’ladi [Gudvin T., 1986].

Yüklə 457,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə