Reja: kirish xo'jalik subyektlarida buxgalteriya hisobi va tahlilni tashkil etish va uning oldiga qo'yiladigan vazifalar



Yüklə 457,71 Kb.
səhifə1/12
tarix16.06.2022
ölçüsü457,71 Kb.
#89594
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Reja kirish xo\'jalik subyektlarida buxgalteriya hisobi va tahli


REJA:
KIRISH
1. Xo'jalik subyektlarida buxgalteriya hisobi va tahlilni tashkil etish
va uning oldiga qo'yiladigan vazifalar

2. Pul mablag`lari va hisob-kitoblar hisobi
3. Materiallar, inventarlar va xo'jalik jihozlari hisobi
4. Mehnat va ish haqi.
5. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi
6. Xarajatlar turkumlanishi va mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxini kalkulyatsiya qilish hamda hisobda aks ettirish
7. Tayyor mahsulot (ish, xizmat)lar va ularning sotilishini hisobga olish
8. Xususiy kapital va moliyaviy natijalar hisobi.
9. Moliyaviy hisobot.
10. Korxonaning moliyaviy holati tahlili

XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI.

KIRISH.
O‘zbekistonning mustaqil yuksalishi mobaynida qilingan ishlarni sarhisob qiladigan bo‘lsak, ulkan yutuqlar qo‘lga kiritilganligining guvohi bo‘lamiz. Shuningdek, «Buxgalteriya hisobi» sohasida ham keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi buxgalterlari va auditorlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan buxgalteriya hisobinining tamoyillarini rivojlantirish maqsadida bir qator ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinishi, ular bo‘yicha xalqaro talablarga javob beradigan standartlar va boshqa me’yoriy hujjatlar yaratilishi va mavjudlari xalqaro standartlarlarga moslashtirilishi, vatanimizning jahon iqtisodiyotiga integrallashuvida katta ahamiyat kasb etadi.
Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z harakat doirasida va uning ta’sirida rivojlanishi, qayta tashkil etilishi yoki bankrot bo‘lishi mumkin. Hozirgi kunda tashkil etilgan korxona yoki firma qatorida o‘z faoliyatini to‘xtatayotganlari ham uchrab turibdi. Bunga asosiy sabab raqobatdir. Raqobat – o‘zgaruvchanlikni, harakatchanlikni va yangilikni talab qiladi. Raqobatga bardosh berolmagan korxonalar o‘rnini boshqa shunday korxonalar band qilishadi.
Hozirgi kunda buxgalteriya hisobi ishlarini tashkil qilishga qo‘yilgan
eng asosiy talab – bu, uning kam xarajatli va sodda bo‘lishidir. Korxonada
hisob ishlari ana shunday tashkil etilgandagina, buxgalteriya hisobi yuqori
samaraga hamda yaxshi natijalarga erishish mumkin. Buning uchun eng
avvalo, har bir korxonaning o‘ziga xos tarmoq xususiyatlarini va boshqa
jihatlarini chuqur o‘rganish lozim.
Hozirgi xo‘jalik yuritish sharoitida ishlab chiqarish korxonalarining bosh vazifasi turmush farovonligini yanada ko‘tarish, ijtimoiy ishlab chiqarish, ijtimoiy o‘sib borish, xalq xo‘jaligini jadal rivojlantirish yo‘li bilan mehnat unumdorligini oshirish, milliy daromadni o‘stirishdan iborat. Mehnat va ish haqini hisoblash, hisob ishlarining aniq va tezkor ma’lumotlar talab qiluvchi eng muhim va qiyin sohalaridan biridir. Unda xodimlar sonini o‘zgartirish, ish vaqtining sarflanishi, ish haqi fondi, korxonaning har bir xodimi bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi.


Yüklə 457,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə