Reja: Konchilik korxonalarining mahsulot ishlab chiqarish



Yüklə 17,03 Kb.
tarix10.04.2023
ölçüsü17,03 Kb.
#104999
8 Kon korxonalari elektr ta\'minotida qo\'llaniladigan yangi zamonaviy elektr uskunalar.


Kon korxonalari elektr ta'minotida qo'llaniladigan yangi zamonaviy elektr uskunalar.
REJA:

  1. Konchilik korxonalarining mahsulot ishlab chiqarish

  2. Korxonalari elektr ta'minoti

  3. Elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirish


Jahonda elektr energiya iste’molchilarining soni keskin ortib borishi sababli, elektr energiyasiga bo‘lgan talab tobora oshmoqda. Konchilik korxonalarining mahsulot ishlab chiqarish tannarxidagi elektr energiya xarajatlarining ulushi 30-35% ga yetadi, bu esa elektr energiya isteʼmoli samaradorligini oshirish asosiy vazifalaridan biri sifatida alohida etibor qaratilmoqda. Jahondagi konchilik korxonalari rivojlanishining bugungi holati, energiya resurslaridan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlarining ahamiyatini oshirish bilan xarakterlanadi. Hozirgi vaqtda elektr energiya isteʼmol qilish jarayonining holatini baholash usullari, balanslar bilan tavsiflanuvchi elektr energiya isteʼmoli rejimlari, texnologik jarayonlarning energiya intensivligi bilan ajralib turadigan ko‘plab tog‘- geologik, texnologik, iqlim-meteorologik va boshqa omillar taʼsirini hisobga olmaydi. Konchilik korxonalarida ishlab chiqarish jarayoni texnologik, energetika, ekspulatsion, tashkiliy ishlab chiqarish sharoitlari bilan bog’liq ko’plab omillarning ta’siri tufayli konchilik korxonalarini elektr energiya iste’mol qilish jarayoni tasodifiy xususiyatga ega. Konchilik korxonalarida foydali qazilmalarni qayta ishlashda elektr energiya iste’moli tahlil qilish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi, chunki elektr energiya iste’molining ulushi konchilik korxonalarinida umumiy elektr energiyasi iste’molining 60-70 % ni tashkil etmoqda. Konchilik korxonalari tomonidan elektr energiyasini iste’mol qilish jarayoni quyidagi o’ziga xos xususiyatlarga ega: Ko’p sonli iqlim-meteorologik, tog'-kon geologik, texnologik, ishlab chiqarish va elektr energiya iste’moliga ta’sir qiluvchi boshqa omillar elektr iste’moli rejimlarining tasodifiy xususiyatiga olib keladi;  tog’-kon ishlarining yomonlashuvi tufayli ishlab chiqarish o’sishiga nisbatan elektr energiyasi iste’molining jadal o’sishi, foydali qazilmalardagi foydali komponentning pasayishi va h. k. Elektr energiyasidan oqilona foydalanish, asosan, elektr energiyasini boshqarishning oqilona usullaridan foydalanish asosida konchilik korxonalari texnologik jarayonlarining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak bo'lgan ilmiy va texnik jihatdan asoslangan xarajatlar normalarini joriy etish bilan bog'liq. Elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirish masalalarini hal qilish uchun energiya resurslarini iste'mol qilish modellarini sintez qilish maqsadga muvofiqdir, buning asosida elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini usullari, uslublari va chora-tadbirlarini asoslash va ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Ishlab chiqilgan dasturiy-tahliliy tizimlar tomonidan sintezlangan elektr energiya iste'molining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga oladigan ushbu modellar elektr energiya iste'moli uchun rejalashtirish, tezkor boshqaruv va hisobotlarni takomillashtirish hisobiga energiya resurslarini boshqarish darajasini oshirish uchun asos bo'lishi kerak. Elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirish natijasida elektr energiya sarfini kamaytirish korxonalarga raqobatbardoshlikni oshirish, rentabellikni oshirish, qo'shimcha moliyalashtirish manbalari, ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirish imkonini beradi. Mamlakatimizda Bozor iqtisodiyotining o’sishi borishi sababli, kun sayin ortib borayotgan elektr energiya iste’molini qoplashda ma’lum bir yetishmovchiliklarni keltirib chiqarmoqda, bu esa sanoat korxonalarning energiya samaradorligini oshirish zarurligiga olib keldi, shu jumladan, konchilik sanoati tarkibidagi korxonalarida ham elektr energiya iste’moli samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan ilmiy izlanishlarga extiyoj sezilmoqda. Yurtimizdagi konchilik korxonalari elektr energiya isteʼmolini tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor qaratish kerak: elektr energiya isteʼmol qilish shartlarini, qurilish va ekspluatatsiya xarajatlarini; elektr energiyani tejaydigan qurilmalarni ishlash muddatini; mahsulotning sarflanadigan solishtirma elektr energiya xajmi; elektr energiyasidan samarali foydalanishni; elektr energiya isteʼmolini bashorat qilish va rejalashtirishning aniqligini va boshqalarni yetarlicha aks ettiradigan usullar yordamida hisoblangan elektr yuklamalari Sanoat korxonalaridagi elektr energiya istemoli samaradorligini oshirishning texnologik jihatlari samaradorlikni oshirish, quvvat koeffitsiyentini yaxshilash, foydali ish koeffitsentini oshirish, elektr energiya yo‘qotishlarini kamaytirish va boshqalar bilan bog‘liq texnik masalalar bilan tavsiflanadi . Konchilik korxonalaridagi elektr energiya isteʼmolini hisoblashning zamonaviy usullari ikki yo‘nalishga bo‘linadi. Ulardan biri deterministik tamoyillardan foydalanish asosida elektr yuklamalarini hisoblash usullarini ko‘rib chiqadi. Ikkinchi yo‘nalish matematik statistika va ehtimollik nazariyasi usullariga asoslangan usullarni ko‘rib chiqadi. Birinchi guruhga quyidagilar kiradi: texnologik grafik usuli; talab koeffitsiyenti usuli; ikki nusxadagi formula usuli; qisman yuklamalarining hisoblash usuli; muayyan elektr energiya isteʼmoli usuli . Birinchi guruhga kiritilgan barcha usullarning umumiy kamchiliklari quyidagilardir: past aniqlik, cheklangan dastur doirasi, texnologiya o‘zgarishlariga zaif moslashish, elektr energiya qabul qiluvchilar soni, ish tartibi. Texnologik grafik usuli eng aniq hisoblanadi. Ushbu usulda korxonaning yuklama jadvali oldindan bo‘lishi kerak, bu esa endi qurilayotgan konchilik korxonaning elektr energiya isteʼmolini hisoblashda qo‘llash mumkin emas. Shuning uchun, ushbu usul foydalanish faqat mavjud konchilik korxonalarida qo‘llash mumkin. Matematik nuqtai nazardan hisob-kitoblar uchun eng oddiy usul ikki nusxadagi formula va talab koyeffitsiyenti usuli hisoblanadi. Biroq, bu usullarning aniqligi past va ular maʼlum bir darajada ishlatilishi mumkin. Qisman yuklamalarning interpolatsiya usuli, o‘z navbatida, vazifani maksimal Km koeffitsiyentiga PE quvvat isteʼmolchilarining samarali sonidan bog‘liqligini kamaytirishga imkon beradi, bu esa ish rejimidagi farqlarni hisobga olgan holda ham hisoblashni osonlashtiradi. Ushbu usul bir qator kamchiliklarga ega, ulardan biri elektr energiya isteʼmolchilarini ish tartibi va kuchiga o‘xshash guruhlarga bo‘lish zaruriyati hisoblanadi. Ikkinchi guruhga quyidagilar kiradi: tartibli diagrammalar usuli, statistik, samarali yuklama usuli, yuklama grafikalarining ehtimoliy modellash usuli. Konchilik korxonalarida elektr energiya isteʼmolini hisoblash uchun asos avvalgi davr uchun (soat, smena, oy, yil) elektr energiyasi isteʼmoli haqida maʼlumotdir. Bundan tashqari Boksa-Jenkins, Winer, ortogonal buzilishlar, garmonik tahlil, imitatsion modellashtirish, yuklama grafiklarining ehtimoliy va determinatlashtirilgan modellashtirish va boshqalar kiradi. [5]. Elektr energiya isteʼmolini bashorat qilish uchun tasvirlarni farqlash nazariyasi qo‘llaniladi. Elektr energiya isteʼmoli jarayonining modellarini aniqlashda axborotlar matritsa shaklida, yaʼni maʼlum bir vaqt darajasida elektr energiya isteʼmoli jarayonini tasvirlaydigan vektor tizimi shaklida taqdim etiladi. Tasvirni farqlash usullaridan foydalanish konchilik korxonalarining elektr yuklamalarini shakllantirish bo‘yicha cheklangan maʼlumotlarga ega bo‘lgan elektr energiya isteʼmol rejimlarining samarali modellarini olish imkonini beradi, shuningdek, haqiqiy elektr energiya isteʼmoli rejimini yetarli darajada tavsiflaydi. Vaqtinchalik bashoratlashning ushbu usullari faqat bilvosita korxonaning ishlashining texnologik xususiyatlarini hisobga oladi. [6]. Konchilik korxonalarining elektr energiya isteʼmolining yuqorida ko‘rsatilgan xususiyatlari murakkablikni keltirib chiqaradi va baʼzida determinantli funksiyalar doirasida elektr energiya isteʼmoli modellarini yetarli darajada tasvirlashning imkoni yo‘q. Shu nuqtai nazardan, texnologik omillarning elektr energiya isteʼmoli jarayoniga taʼsirini hisobga olgan holda regressiya modellarini yaratishga imkon beruvchi matematik statistika va bashoratlash usullaridan foydalanish tavsiya etiladi Elektr energiya isteʼmolini tadqiqot jarayonida tajribalar o‘tkazish va matematik modellarni qurishda quyidagi vazifalarni hal qilish zarur:  rejalashtirish va tajribalar o‘tkazish;  tajriba natijalarini statistik qayta ishlash va tahlil qilish;  qaror qabul qilish; O‘rganilayotgan obʼektlar va jarayonlarga qo‘yiladigan talablarga qarab, tajribada olingan maʼlumotlarni statistik qayta ishlash va tahlil qilish uchun regressiyali, kovaratsiyali, dispersiyali, omilli, kombinatorli tahlil usullari va boshqalar qo‘llaniladi. [8]. Chiziqli regressiya tahlili elektr energiya isteʼmoli resurslariga bog‘liq o‘zgaruvchi va qazib olish, qayta ishlash hajmi, rudaning mustahkamligi va boshqalar bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir nechta mustaqil o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi munosabatni ko‘rib chiqadi. Bu bog‘lanish matematik model shaklida taqdim etiladi. Regressiya tenglamasi mustaqil parametrlarga nisbatan chiziqli bo‘lsa, unda chiziqli modelni (chiziqli regressiya tahlilini) ko‘rib chiqish kerak. Eksperimentlardan olingan maʼlumotlarga asoslangan regressiya tahlillari yordamida regressiya tenglamasining nomaʼlum parametrlarini baholash, ushbu parametrlarga oid farazlarni tekshirish, ilgari surilgan modelning adekvatligini tekshirish kerak. Ushbu usul o‘zgaruvchilar va bog‘liq o‘zgaruvchilar qiymatlari o‘rtasidagi mumkin bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish imkonini beradi.
Yüklə 17,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə