Reja: Kurash turlari asoslarini o‘rgatish uslubiyati



Yüklə 64,42 Kb.
tarix20.05.2022
ölçüsü64,42 Kb.
#87415
5-mavzu Kurash


Mavzu: Kurash turlari texnikasi va taktikasining asoslarini o‘rgatish uslubiyati


Reja:

  1. Kurash turlari asoslarini o‘rgatish uslubiyati

  2. Kurash texnikasi va qoidalarini o‘rgatish

  3. O‘quvchilarda umuminsoniy qadriyatlarimizni rivojlantirish.

Maqsadi: Kurash turlari asoslarini o‘rgatish uslubiyati


Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarni har tamonlama yetuk barkamol inson qilib tarbiyalash
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilar o‘rtasida dustona vaziyatni shakllantirish.
Riojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarda umuminsoniy qadriyatlarimizni rivojlantirish.
Keraklili jixozlar: kurash tushagi, chuchela
Mashg‘ulot uslubi: Ko‘rsatmali, amaliy,musobaqa.
Mashg‘ulot o‘tish joyi: Kurash zali
Tashkiliy ko‘rsatma: Shug‘ullanuvchilarni ikkiga bo‘lib, o‘zini-straxovka qilib yiqlish usularni amaliy ko‘rsatib berish va nazariy tushuntirish.
Birinchi topshiriq – Kurash turlari asoslarini o‘rgatish
Holatni bajarish davomiyligi – 1-2 minut.
Uslubiy ko‘rsatma – Himoyalanish xar-bir tashlashda raqibni muxofaza qilish:
Ikkinchi topshiriq – Kurash texnikasi va qoidalarini o‘rgatish
Holatni bajarish davomiyligi – 15-20 minut.
Uslubiy ko‘rsatma – Ko‘prik holatida turib bosh atrofida aylantirish.
Uchinchi topshiriq – Raqibni muvozanatdan chiqarib tashlash usuli.
Holatni bajarish davomiyligi – 5-6 minut.
Uslubiy ko‘rsatma –To‘ldirma to‘plar bilan mashq bajarish.
To‘rtinchi topshiriq – O‘tirgan holda usul, bajaish vaqt asosida.
Holatni bajarish davomiyligi – 5-6 minut.
Uslubiy ko‘rsatma – Raqibiga tomon burilib qo‘llar bilan tiralish.
Beshinchi topshiriq – Raqibini kutarib tashlashda yeklish usuli.
Holatni bajarish davomiyligi – 15-20 minut.
Uslubiy ko‘rsatma – Raqibiga tomon burilib raqibining chap tomonga tashlash.
Oltinchi topshiriq – 2-chi usul "chapga tashlash" holati.
Holatni bajarish davomiyligi – 15-20 minut.
Uslubiy ko‘rsatma – Qarshilik bilan (nakat )ga ishlash.
Mashg‘ulot o‘tkazadigan joyga va sportchilarga qo‘yiladigan asosiy gigiyenik talablar
Tibbiyot kuriklarini tashkil qilish, jismoniy mashqlarning organizmga ta’siri haqida gigiyena va kun tartibiga rioya qilish haqida o‘tkaziladigan shifokor suhbatlari, uzini-o‘zi nazorat qilish murabbiy uchun ham sportchi uchun ham majburiydir. Yakkama-yakka olishuvda kurashda, mashq qilishning boshlang‘ich qismida mayib bo‘lishning sababi asabiy sozlanishdagi kamchiliklari badan qizdirishni yomon o‘tkazilganligidir. Mashq qilish oxirida mayib bo‘lish umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikning yetarli darajada emasligi tufayli yuz beradigan murabbiy alohida e’tibori yakuniy bosqichdagi maxsus tayyorgarlik salmog‘i qaratilgan bo‘ladi.Usul bajarish texnikasining buzilishi shuni buzgani ham, uning raqibini ham mayib bo‘lishiga olib keladi. Buni kurashchining mashq qilish (juft bo‘lib olishuv) mashg‘ulotlari, tanlab olish vaqtlaridagi va ma’suliyatli musobaqalar vaqtidagi ruxiy emosional holati bilan tushuntirish mumkin. Mayib bo‘lishni oldini olish uchun birinchi navbatda sherikni sinchiklab tanlash kerak. Eng muhimi esa kurashchilarni ehtiyotkorlikka va o‘z-o‘zini saqlashga o‘rgatishdir. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki shifokor kurigidan vaqti-vaqti bilan o‘tib turish sportda uchrab turadigan har qanday salbiy oqibatlarning oldini olish uchun zarurdir. Bundan tashqari kurashchilar mashg‘ulot vaqtida ham, musobaqalarda ham ozoda bo‘lishlari tirnoqlari olingan bo‘lishi, sochlari kalta qilib olinishi, kurash ishtoni ichidan suvda suzganda kiyadigan kalta ishton yoki maxsus ishton kiyishi shart. Kurash zaliga amaliy o‘quv mashg‘ulotlari uchun jixozlangan maxsus bino biriladi. Unga 11-11 diametrli iki kurash gilami sig‘a oladigan bo‘lishi lozim. Bunday zalda bir yo‘la 16-20 kishi shug‘ullanishi mumkin. Ixtisoslashgan kurash zalining sathi 24x 12 m, balandligi 4-5m bo‘lishi kerak. Poldan 2-3 m balandligicha devorlarni moyli buyoqda bo‘yaladi. Pol taxtadan, derazalari keng ikki qavatli bo‘lishi shart. Zalni ikta, uchta ventiliyatorlar yordamida shamollatirib to‘rish lozim. Zaldagi xarorat 15-20 darajada bo‘lishi kerak. Kurash tushiladigan gilamlarni har bir guruppa shug‘ullannishdan keyin nam latta bilan artish tavsiya qilinadi. Sport invertarlarni saqlash uchun zalda omborxona keyim-bosh uchun ilgaklar, o‘qituvchilar xonasi, dush xona, bug‘ xona, masashxona, xojatxona va boshqa yordamchi xonalar bilan jixozlanishi kerak. Zalda albatda aptechka va boshqa dorilar yorliqi bo‘lishi kerak. Zalga kirishdan oldin oyoq keyimlarni tozalab artish kerak. Shug‘ullanuvchi keyinlarini o‘z shikafchasiga ilib, nam lattaga oyog‘ini artib kerish lozim. Kurashchi albatda kurash keyimlarini haftada bir marotaba yuvishlari shart. Ichki keyimlarini har ikki kunda almashtirish lozim. Kurashchi o‘zi bilan kurash mashg‘ulotiga sovun, sochiq, taroq va boshqa narsalarni olib borish kerak.
Xar bir texnik tayyorgarlik boskichining asosiy vazifalari kuyidagilardan
iborat:
1. Kurash texnikasi asosini tashkil etadigan xarakat malakalarining yukori
barkarorligi xamda okilona variantivligiga erishish, musobaka sharoitlarida ularning samaradorligini oshirish.
2. Xarakat malakalarini kisman kayta kurish, musobaka faoliyati talablarini xisobga olgan xolda usullarning ayrim kismlarini takomillashtirish.
Birinchi vazifani xal etish uchun tashki vaziyatni murakkablashtirish uslubi, organizmning turli xolatlarida mashklarni bajarish uslubi ko`llaniladi. Ikkinchi vazifani xal etish uchun - texnik xarakatlarni bajarish sharoitlarini yengillashtirish uslubi, birga (sopryajennыy) ta`sir ko`rsatish uslubi ko`llaniladi.
Texnik usullarni bajarishda tashki vaziyatni murak- kablashtirish uslubi kuyidagi bir kator usullarda amalga oshiriladi:
Shartli rakib karshiligining uslubiy usuli sportchiga texnik xarakatni bajarish tuzilmasi va maromini takomillashtirishga, barkarorlik va natijalilikka tezrok erishishga yordam beradi.
Kiyin dastlabki xolatlar va tayyorgarlik xarakatlarining uslubiy usuli. Masalan, egilab tashlashni takomillashtirshda ushlab olish joyi va Kurashchilar o`rtasidagi masofani o`zgartirish lozim.
Usullarni bajarish uchun joyni cheklash uslubi malakani takomillashtirishda mo`ljallangan shartlarini murakablashtirishga yordam beradi. Kurashda, kichraytirilgan o`lchamdagi gilamlar ko`llaniladi.
Texnik xarakatlarning bajarilishini kiynlashtiruvchi sportchi organizmining turli xolatlarida mashklarni bajarish uslubi xam turli xildagi usullarda amalga oshiriladi:
Xarakatni ancha tolikkan xolda bajarishning uslubiy usuli. Bu xolda katta xajm va shiddatdagi jismoniy nagruzkadan keyin sportchiga texnikani rivojlantirishga karatilgan mashklar taklif kilinadi.
Nazorat o`kuv-trenirovka bellashuvlari o`tkazilgandan so`ng katta emotsional zo`rikish xolatida xarakatrlarni bajarishning uslubiy usuli.
Vakti-vakti bilan ko`rishni ta`kiklash yoki cheklashishning uslubiy usuli xarakatlanish malakasining retseptorli-analizatorli tarkibiga tanlab ta`sir ko`rsatishga yordam beradi.
Musobaka vaziyatida ayrim usullar yoki xarakatlarni majburan bajarish usuli malakani takomillashtirish jarayonida Kurashchi faolligini ragbatlantiradi. O`kuv-trenirovka bellashuvlarida Kurashchi ximoyaning texnik usullari, yoki aksincha, xujum usullariga ko`prok dikkatni to`plashga ko`rsatma oladi.
Texnik xarakatlarni bajarish shartlarini yengillashtirish uslubi bir kator uslubiy usullardan iborat:
1. Xarakat elementini ajratish uslubiy usuli. Masalan, erkin Kurashda - beldan yukori kismdan ushlab olishni amalga oshirish.
2. Mushak zo`rikishini pasaytirish uslubiy usuli Kurashchiga xarakatlanish malakasidagi ayrim xarakatlarga yanada anik tuzatishlarni kiritishga yordam beradi. Texnik xarakatlarni takomillashtirish uchun Kurashchiga ancha yengil vazn toifasidagi rakib tanlanadi.
3. Tezkor axborot uslubiy usuli zarur xarakat kengligi, maromi, sura`tini tez egallab olishga yordam beradi, bajariladigan xarakatni anglash jarayonini faollashtiradi.
Texnik xarakat to`grisidagi tezkor axborot uchun videokamera va videomagnitofondan foydalanish kulaydir.
Birga ta`sir ko`rsatish uslubi sport trenirovkasida o`zaro birgalikda jismoniy sifatlarni rivojlantirish va xarakat malakalarini takomillashtirishga asoslangan uslubiy usullar yordamida amalga oshiriladi. Bu xolda usullarni takomillashtirishda Kurashchiga ancha ogir vazn toifasidagi rakib tanlanadi.
Taktik tayyorgarlik maksadi va vazifalari
Kurash taktikasi - bu musobakalarda eng yaxshi natijaga erishish uchun yuzaga kelgan muayyan sharoitlarda texnik, jismoniy va irodaviy imkoniyatlardan maksadga muvofik xolda foydalanishdir. Taktik tayyorgarlik sportchilarda taktika soxasidagi zarur bilimlarni egallash, sport Kurashini to`gri olib borishda ma`lum malaka xamda bilimlarni shakllantirish, shuningdek taktik maxoratni takomillashtirishga karatilgan.
Taktik tayyorgarlikning asosiy maksadi sportchida musobakada galabaga erishish yoki yukorirok natijani ko`rsatish maksadida sport bellashuvini to`gri tashkil kilish xamda olib borish kobiliyatini tarbiyalashdan iborat. Sport taktikasini egallash jarayonida bir kator xususiy vazifalar xal kilinadi. Sportchi:
- musobaka vaziyatini shunday kabul kilishi va taxlil kilishi lozimki, ushbu vaziyatdan kelib chikadigan taktik vazifalarni tushuna bilishi xamda kiska vakt ichida uni xayolan va xarakat bilan xal etishi zarur;
- musobakada o`z kuchidan shunday foydalanishi kerakki, rakib ustidan galaba kozonish maksadida, uni oxirigacha safarbar kila olishi lozim;
- to`satdan o`zgarib kolgan vaziyatlarda bellashuv rejasini mustakil o`zgartira olishi kerak.
Taktik tayyorgarlikning asosiy vazifalari:
- taktik bilimlarga ega bo`lish;
- taktik ko`nikmalarni egallash;
- taktik malakalarga ega bo`lish.
Taktika vositalariga kat`iy belgilangan xarakat tuzilmasi va ularni namoyon kilish uchun zarur jismoniy sifatlar darajasi bilan ifodalanadigan sportchilar xarakatlari kiradi.
Kurashda taktika uchta asosiy bo`limlardan tashkil topadi:
- xujum xarakatlarini tayyorlash taktikasi;
- bellashuvni tuzish taktikasi;
- musobakalarda katnashish taktikasi.





Kurashda musobaka faoliyatining taxlili xujumning ikkita turini aniklab berdi: oddiy, kachonki xujum darxol asosiy usuldan so`ng boshlanadi, va murakkab, kachonki Kurashchi ikkita yoki uchta turli xil xarakatlarni ko`llaydi (birinchisi keyingi xarakatlar bilan xujum kilish uchun kulay dinamik vaziyatni yaratadi). Ularning ikkalasi to`xtovsiz, bir butun xarakat sifatida bajariladi (N.M.Galkovskiy, 1971).
Yüklə 64,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə