Reja: Kuzatish metodi



Yüklə 314,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü314,94 Kb.
#142328
  1   2
Psixologiyaning tadqiqot metodlari



Psixologiyaning tadqiqot metodlari 
Reja: 
1.Kuzatish metodi. 
2. Eksperiment metodi. 
3. Suhbat va anketa. 
4. Biografik metod. 
5. Faoliyat mahsulini o`rganish metodi. 
6. Ilmiy tadqiqot bosqichlari 


Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. Tashqi dunyodan kirib 
keladigan qo`zg`atuvchilarga ichki yoki tashqi bio-logik organlar javob 
reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim sharlarida vujudga keladigan 
muvaqqat nerv bog`lanishlari psixik hodisalarning fiziologik asoslari hisoblanadi 
va ular tashqi ta`-sirning natijasida hosil bo`ladi. 
Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funksiyasi muvaqqat nerv 
bog`lanishlarining birlashish mexanizmi hamda ana-lizatorlar faoliyati 
mexanizmlari ta`sirida hosil bo`ladi. 
Psixikani tadqiq etish insonning butun ongli faoliyatini -uning ham nazariy, ham 
amaliy hayot faoliyatini o`rganishdir. «Odam-ning ongliligi uning turli-tuman 
faoliyatida, xatti-harakatlarida namoyon bo`ladi. Inson shaxsi har xil shakl va 
mazmunga ega bo`lgan nazariy hamda amaliy faoliyatlarda tarkib topadi. Bunda 
muhit, ir-siy belgilar, ijtimoiy ta`sir asosiy omillar hisoblanadi. 
Inson o`zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, ijtimoiy-siyosiy 
muhit ta`siri ostida bilimlarni o`zlashtira bo-radi, ijtimoiylashadi. Ijtimoiy muhitda 
uning his-tuyg`ulari, xarakteri, qobiliyati, iqtidori, tafakkuri, ehtiyojlari, e`tiqodi, 
uni faollikka da`vat qiluvchi harakat motivlari, istaklari, tilak-lari, xohishlari asta-
sekin o`zgarib boradi. 
Insonning bilish faoliyati rivojlanishi unga o`zini qurshab turgan borliqni yanada 
chuqurroq, to`laroq, aniqroq aks ettirish im-koniyatini yaratadi va u borliqning asl 
mohiyatini, turli yo`sindagi o`zaro bog`lanishlari, murakkab munosabatlari va 
aloqalarni tobora aniqroq yoritadi. Shu bilan birga mazkur jarayonlarda shakllanib 
kelayotgan insonning borliqqa, voqelikka, jismlarga, kishilarga va o`ziga 
munosabati vujudga keladi. 


Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks et-tirishda namoyon 
bo`ladi. Insonning moddiy turmushi, u hayot kechira-yotgan tuzumning moddiy 
asosiga emas, balki uni qurshab olgan odam-larning turmush tarzlari, umuminsoniy 
qiyofalari, dunyoqarashi, maslagi, ijtimoiy voqelikka munosabatlari, intilishlari, 
ijod mahsullari va xatti-harakatlarining majmuasidir. 
Insonning borliqni aks ettirishi faol jarayondir. Insonning rivojlanishi obyektiv 
borliqqa va o`ziga faol ta`sir ko`rsatishida sodir bo`ladi. O`yinni kuzatishi, 
mehnati, o`qishi, adabiy asarni mutolaa qilishi, qiziqishining barqarorlashuvi va 
boshqalar shaxs-ning psixik rivojlanishini ifodalaydi. 
Psixologiyaningan`anaviy, empirik metodlari to hozirgi kun-gacha muvaffaqiyatli 
qo`llanilmoqda. 
Kuzatish metodi. Psixologiya fanida bu metodning obyektiv (tashqi) va subyektiv 
(o`zini o`zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o`zgarishlarni kuzatish 
uchun quyidagilar amalga oshi- 
riladi: 
kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; 
kuzatiladigan obyekt tanlanadi; 
sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniklanadi; 
tadqiqot o`tkazish vaqti rejalashtiriladi; 
kuzatish qancha davom etishi qat`iylashtiriladi; 
kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o`yin, o`qish, mehnat va sportda) amalga 
oshirilishi tavsiya qilinadi; 
kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o`tkazilishi) ta- 
yinlanadi; 


8) 
kuzatilganlarni qayd qilib berish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish 
varaqasi, magnitafon, videomagnitafon, videoapparat, fotoapparat va boshqalar) 
taxt qilinadi. 
Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuyg`ulari, nerv sis-temasiningtashqi 
ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-isho-ralari, sezgirligi, harakatchanligi, 
ishchanligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va hokazolari o`rganiladi. Ammo o`ta 
murakkab ichki psixo-logik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy 
xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni yetishmaydi. Ma-
salan, go`dak bolani kuzatishda uning harakatlari, o`yinchoqlarga mu-nosabati, his-
tuyg`usi, talpinishi, mayli, xohishi aniqlanadi. O`quv-chining darsdagi holatini 
kuzatishda esa diqqatining xususiyati, tashqi qo`zg`atuvchi bilan ta`sirlanishi, 
temperamenti, xatti-haraka-tining sur`ati, emotsional kechinmasining o`zgarishi 
to`g`risida ma`-lumotlar to`plashga imkoniyati tug`iladi. O`spirin yoshlarning sport 
faoliyatini kuzatish orqali ularning irodasi, ishchanligi, his-tuy-g`usiningo`zgarish 
xususiyatlari, g`alabaga intilishi, o`ziningharaka-tini idora qila olishi yuzasidan 
materiallar yig`ish mumkin. Ish-chining dastgoh yonidagi faoliyatini kuzatish 
natijasida uning o`z diqqatini taqsimlashi, qiyin damlarda o`zini tutishi, imo-
ishora-lari, tashqi qo`zg`atuvchidan ta`sirlanish darajasi haqida keng ma`-lumotlar 
yig`iladi. Keksalarning muloqot jarayonini kuzatish ularning xarakteri, nutq 
faoliyati, his-tuyg`usi, ekstravertivligi yoki intravertivligi, qiziquvchanligi va 
ruhiyatining boshqa xususiyat-larini aniqlash demakdir. 
Tashqi kuzatishda ba`zan tafakkur bo`yicha ham ma`lumotlar olish: ish ustidagi 
kayfiyatini, fikrning muayyan obyektga yo`naltirilga-nini, tashqi 
qo`zg`atuvchilarta`siriga berilmaslikni, chehradagi tash-vish va iztirobni, ko`zdagi 
g`ayritabiiylikni, shuningdek, sinchkov-lik, teranlik, termulish kabi ruhiy holatlarni 
kuzatib, tafakkur-ning kechishidagi o`zgarishlarni aniqpash mumkin. Bulardan 
tashqa-ri, qo`lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, hissiyot-ning 
beqarorlashuvi ham inson ruhiyatidagi o`zgarishlar bo`yicha ma`-lumot beradi. 


Psixologiya fanida o`zini o`zi kuzatishdan (introspeksiyadan) ham foydalaniladi. 
Ko`pincha tajribali psixolog yoki malakali mohir o`qituvchi, salohiyatli rahbar 
o`zini o`zi kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, o`z tafakkurini 
kuzatib o`zidagi emotsional o`zgarish haqida, shuningdek, tafakkurning ichki 
mexanizmlari vu-judga kelishi va kechishi to`g`risida ma`lumot oladi. Natijada 
tafakkurning sifati, mazmuni, mohiyati va qay tarzda, qanday tezlik-da, qay 
shaklda ro`y berishini kuzatadi. 
Chet el psixologiyasida o`zini o`zi kuzatishning inson ruhiyati-ni o`rganishdagi 
rolini ifodalovchi ilmiy-amaliy materiallar to`plangan. Introspeksiya yo`nalishining 
yirik namoyandalari o`zla-rini o`zlari kuzatganlar va to`plagan materiallarini tahlil 
qilib, umumiy psixologik qonuniyatlarni yaratishga harakat qilganlar. Lekin inson 
turli vaziyatlarda o`zini bir xil boshqara olmaydi va shuning uchun bu metodning 
ilmiy ahamiyati unchalik katta emas. 
Shunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jihatlari bilan birga zaif 
gomonlari ham mavjud. Shu sababli insonning mu-rakkab psixikasi boshqa 
metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi. 
Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o`rganishda suhbatning maqsadi 
va vazifasi belgilanadi, uning obyekti va subyek-ti tanlanadi, mavzusi, 
o`tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxs-lar, guruh va jamoa bilan o`tkazish 
rejalashtiriladi, o`rganilayotgan narsa bilan uzviy bog`liq savol-javob tartibi 
tayyorlanadi. Suhbat-ning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal 
qilish ja-rayonida inson psixikasidagi o`zgarishlarni o`rganishdir. Suhbat or-qali 
odamlarning tafakkuri, akd-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, tiyrakligi, bilim 
saviyasi, e`tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to`g`ri-sida ma`lumotlar olinadi. 
Suhbat metodining ijobiy jihatlari bilan birga ayrim zaif tomonlari ham mavjud. 
Qaytariq so`zlar, «g`aliz» iboralar, nutqning tezligi, fikrning mavhumligi, 
zerikarligi muvaffaqiyatsizlikka sabab bo`ladi. Shuningdek, savol-javobning bir 
shaklda emasligi sinaluvchida o`ziga xos ishlash uslubi, oshkoralik yetishmasligi, 


iy-manish, uyalish atroflicha ma`lumotlar olishni qiyinlashtiradi va shu sababli 
boshqa metodlarga murojaat qilishga to`g`ri keladi. 
Faoliyat mahsullarini tahlil qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va 
xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsa-dida bu metod umumiy psixologiyada 
keng qo`llaniladi. Bolalar chiz-gan rasmlar, yasagan o`yinchoqlar, modellar, 
yozgan she`rlarni taxlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, 
ba-diiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli yuzasidan materiallar to`plash mumkin. 
Obyekt bilan subyekt o`rtasida muloqot o`rnatish uchun shaxsning psixikasi 
to`g`risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Ijodiy faoliyat 
mahsullariga kundalik, sxema, ixtiro, diagramma, kashfiyot, qurilma, asbob, texnik 
model, moslama, mil-liy kashtachilik, hunarmandchilik, zargarlik buyumlari, 
referat, kurs va malakaviy bitiruv ishlari, magistrlik dissertatsiyasi, ilmiy ma`ruza, 
konspekt, taqriz, tezis, maqola, ko`rsatmali qurollar, loyiha, konsepsiya, san`atkor, 
artist va baxshi ijodiyoti kabilar kiradi. Bular turli yoshdagi, jinsdagi va kasbdagi 
odamlar tomonidan yara-tilgan bo`lishi va shunga ko`ra shakli, mazmuni, sifati, 
originalli-gi, hajmi, ko`rinishi, xususiyati bilan bir-biridan keskin tafovut qilishi 
mumkin. 
Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali bolalar, o`quvchilar, talabalar, 
konstruktorlar, olimlar, hunarmandlar, ish-chilar, dehqonlar psixik xususiyatlari 
to`grisida ma`lumotlar to`plash mumkin. Lekin insondagi psixik o`zgarishlar, 
kamol topish va bu-larning kechishini ifodalovchi materiallar yigish uchun bu 
metod-ningo`zi yetmaydi. Shuninguchun inson psixikasini o`rganish maqsa-dida 
boshqa metodlardan ham foydalanishi ma`qul. 
Test metodi. Test - inglizcha so`z bo`lib, sinash, tekshirish, de-makdir. Shaxsning 
aqpiy o`sishini, mentalitetini, qobiliyatini, iro-daviy sifatlari va boshqa psixik 
xususiyatlarini tekshirishda qo`lla-niladigan qisqa masala, topshiriq, misol, 
jumboq, syujetli rasm yoki shakl test deb ataladi. Test, ayniqsa, odamning qanday 
kasbni egallash mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligi, iste`-dodlilar, 
iqtidorlilar va aqli zaiflarni aniqlashda kishilarni saralashda keng qo`llaniladi. Test 


metodining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga 
va qiziqishiga, yig`ilgan psixologik ma`lumotlarning obyektivligi va ularni il-miy 
taxlil qila bilashga bogliqdir. 
1905 yildan, ya`ni franiuz psixologi A. Bine va uning shogirdi A. Simon insonning 
aqliy o`sish va iste`dod darajalarini o`lchash imkoniyati borligi g`oyasini olg`a 
surganidan keyin psixologiyada test metodi qo`llana boshlandi. 
Chet el psixologlari testlarni shaxsning iste`dod darajasini aniqlash vositasi deb 
bildilar. Biroqtest tekshirilayotgan hodisa-larning psixologik mezoni 
hisoblanmaydi. Ma`lumki, bir muam-moning yechimini izlash turli psixologik 
vositalar bilan amalga oshiriladi. Jahon (AQSH, Yevropa va hokazo) testologlari 
tadqiqot obyektlarini o`zlashtirib turadigan va qobiliyat, tafakkur, bilim ko`nikma 
hamda malakalarni aralash holda o`rganishga intiladilar. Sinash jarayonida 
sinaluvchilarning emotsional holati va salomat-ligiga bog`liqruhiy kechinmalarni 
inobatga olmaydilar. Sobiq It-tifoq psixologlari K.M. Gurevich, V.A. Krutetskiy 
va boshqalar qo`llaydigan testlar tubdan boshqacha prinsip asosida tuzilgan. Ular 
testlarningtafakkur ko`rsatkichi (indikatori) bo`lishi uchun harakat qildilar va 
muayyan yutuqlarga erishdilar. Shuningdek, tafakkur ja-rayonining sifat 
xususiyatlarini bilmay turib, qobiliyatning mo-hiyatini yoritib bo`lmaydi, degan 
qoidaga amal qilgan holda testlar-dan foydalanmoqdalar. Hozirgi davrda nodir 
testlar qatoriga psi-xologlardan Rorshax, Rozensveyg, Kettell, Vartegg, Veksler, 
Meyli, Ayzenk, Anaztazi, Raven va boshqalar ijodining namunalarini ki-ritish 
mumkin. Psixologiyada testlar quyidagi turkumlarga, turlarga ajratilgan holda 
qo`llaniladi. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga: 
Bilim, ko`nikma va malakalarni egallaganlik darajasini aniq-lashga qaratilgan 
diagnostik metodlardan biri maqsadga (yutuqqa) erishuv testlari yoki pedagogik 
testlar deb nomlanadi; bu tur hara-kat testlari (mexanizmlar, materiallar, instrument 
kabilardan foydalanishga mo`ljallangan), yozma testlar (maxsus blankalardagi 
savollardan bitta to`g`risini topishga yoki rasmdan muhim tomonini ajratishga 


yo`naltirilgan), og`zaki testlar (savollar tizimi umumiy ga`lim va kasb ta`limida 
tayyorgarlik darajasini aniklaydi). 
Insonningakl idroki, akl zakovati, aqliy qobiliyati va fikr-lash darajasini o`lchashga 
mo`ljallangan testlar intellekt testlari deyiladi; ular verbal va noverbal shakllarda 
tuzilgan bo`lib, aqliy imkoniyat, uquvchanlik, topqirlik, zehn, farosatlilik, aqliy 
taraq-qiyot darajasini aniqlash uchun xizmat qiladi; test topshiriqlari 
yo`riqnomasida analogiyaga, umumlashtirishga, tushunchalarga, tavsif-lashga 
mantiqiy munosabatni aniqlash talab etiladi. 
Ijodiyot (kreativlik) testlari shaxsning ijodiy qobiliyatla-rini o`rganish va 
baholashga mo`ljallangan bo`ladi; ular ijodkor shaxsning hayotiy tajribasini tahlil 
qilishga va ijodkor shaxsning individual xususiyatlarini (ijodiy tafakkur va uning 
mahsuldor-ligi: egiluvchanligi, tezkorligi topqirligi, originalligi, tanlov-chanligi, 
konstruktivligi va hokazo) o`rganishga yo`naltiriladi. 
Mezonga mo`ljallangan (kriterial oriyentirlangan) testlartek-shiriluvchidan 
egallagan va kasbiy topshiriqlarni bajarish uchun yetarli yoki yetarli emasligini 
aniqlashga mo`ljallangandir. Mezon (kriteriya) sifatida muayyan bilimlar tizimi 
mavjud yoki mavjud emasligi xizmat qiladi. Mezonning yaratilishi uning mantiqiy-
psixologik tuzilishini taxlil qilish asosida quriladi. Bunda me-todika bilan 
mezonning psixologik mutanosibligi, relevantligi oldindan hisobga olinishi lozim. 
Shaxsga oid yoki shaxslilik testlari: shaxsning ustanovkasi, qadriyatlarga 
munosabati, emotsional holatlari, motivatsiyasi, shaxs-lararo munosabatdagi 
sifatlari, xulq-atvorining tipik shakllari va hokazolarni o`rganishga, o`lchashga, 
aniqlashga yordam beradi. Ular shaxsni o`rganish shkalalari, so`rovnomalari va 
bilim jarayonlarini o`lchash, baholash, o`zini o`zi baholashga yo`naltirilgan 
bo`ladi. Shu-ningdek, subyektivlikni aks ettiruvchi tekstlar tizimini ham qam-rab 
oladi. 


Proyektiv testlar (lotincha rgospevglo oldinlab, ilgarilab namoyon etish ma`nosini 
bildiradi): proyeksiya natijalarini psixo-logik talqin qilishga asoslangan shaxsni 
yaxlit o`rganishga qaratil-gan metodlar majmuasi proyektiv testlar deyiladi. 
Psixologik himo-yalanishdan tashqari, favquloddagi vaziyatda individualligini 
o`ziga xos namoyish etish kabilarda mujassamlashadi. Bunday testlar tur-kumi 
assotsiativ (tugallanmagan gaplar yoki hikoya), ekspressiv (psi-xodrama, o`yinlar, 
ishbilarmandlik o`yinlari, sotstrening, erkin mavzuda rasm chizish) turlariga 
ajratiladi. Shaxsning ichki dunyosi mohiyatini subyektning shaxsan o`zi to`laroq 
namoyish etishga xizmat qiladi. 
Shunday qilib, testlar qatoriga yutuqqa (maqsadga) erishish test-lari (ular 
darsliklarda berilgan bilim, malaka darajalarini ba-holashga qaratilgan), intellekt 
testlari (akliy taraqqiyot daraja-sini o`lchashga mo`ljallangan), shaxslilik testlari 
(inson irodasi, emotsiyasi, qiziqishi, motivatsiyasi va hulqini baholashga yo`nalti-
rilgan diagnostik metodlardan iboratdir), shaxs «loyihasi» (pro-yektiv) testlari 
(savollarga bitta aniqjavob berish talab qilinadi, javoblarni tahlil qilib, shaxs 
xususiyatlarining «loyihasi» ishlab chiqiladi), qobiliyat testlari, xotira testlari 
kiradi. 
Endi testga ayrim misollar keltiramiz. 
Ortiqcha so`zni chiqarib tashlang: 
A) Yenisey, Dnepr, Sirdaryo, Amur (javob: Dnepr - u Yevropada joylashgan); 
B) Petrozavodsk, Ijevsk, Siktivkar, Abakan (javob: Abakan - u Osiyoda 
joylashgan). 
Tajriba (eksperiment) metodi. Bu metod turli yoshdagi va kasbdagi odamlar 
(chaqaloq, bola, o`spirin, balog`atga yetgan va qarilar)ning psixikasini chuqurroq, 
aniqroq tadqiq qilish metodlari ichida eng muhimi hisoblanadi. Eksperiment 
metodi yordamida sun`iy tushun-chalarning shakllanishi, nutqning o`sishi, 
favqulodda holatdan chi-qish, muammoli vaziyatni hal qilish jarayonlari, 
shaxsning his-tuy-g`ulari, xarakteri vatipologik xususiyatlari o`rganiladi. Inson psi-


xikasining nozik ichki bog`lanishlari, munosabatlari, murakkab mexanizmlari 
tekshiriladi. Buning uchun eksperiment materialini tekshiruvchi sinchkovlik bilan 
tanlashi, obyekt tarzda har xil holat va vaziyatlarni yaratishi, bunda sinaluvchining 
yoshi, aql-idroki, xa-rakter xususiyati, his-tuyg`usi, qiziqishi va saviyasiga, 
turmush taj-ribasiga, ko`nikma va malakalariga e`tibor berishi lozim. 
Eksperiment metodi o`z navbatida tabiiy va laboratoriya metodla-riga ajratiladi. 
Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni xal qilishda qo`llanadi. Bu 
metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda rus psixologi A.F. Lazurskiy ta`riflagan. 
Tabiiy metoddan foy-dalanishda ishlab chiqarish jamoalari a`zolarining, ilmiy 
muassa-salar xodimlarining, o`qituvchilar, keksaygan kishilarning psixo-logik 
o`zgarishlari, o`zaro munosabatlari, ishchanlik qobiliyatlari, mutaxassislikka 
yarokdiligi muammolarini hal qilish nazarda tu-tiladi. Tabiiy sharoitlarda inson 
psixikasini o`rganishda sina-luvchilar (bog`cha bolalari, maktab o`quvchilari, 
ishchilar, dehqonlar, ziyolilar, biznesmenlar, fermerlar, ilmiy xodimlar va 
hokazolar)-ning o`zlari bexabar bo`lishi, ta`lim jarayonida berilayotgan bilim-lar 
tadqiqot maqsadi muvofiqlashtirilishi, katta yoshdagi odamlar-ga tarbiyaviy ta`sir 
o`tkazish (interaksiya) kundalik mehnat tarzi doirasida amalga oshirilishi, zavod va 
fabrikada esa moddiy mahsu-lot ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga 
qaratilishi lozim. 
Laboratoriya (klinika) metodi ko`pincha individual (goho guruh va jamoa) shaklida 
sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik as-boblar, yo`l-yo`rikdar, 
tavsiyalar, ko`rsatma va ilovalardan foydala-nib olib boriladi. Hozir inson 
psixikasidagi o`zgarishlarni aniq-laydigan asboblar, murakkab elektron hisoblash 
mashinalari (disp-leylar), qurilmalar, moslama va jihozlar mavjud. Ular odamdagi 
psixologik jarayonlar, holatlar, funksiyalar, vujudga kelayotgan yangi sifatlarni 
qayd qilish va o`lchashda qo`llanadi. Ko`pincha detektor-lar, elektron va radio 
o`lchagichlar, sekundomer, refleksometr, xro-norefleksometr, lyuksmetr, 
anomatoskop, taxistoskop, audiometr, esteziometr, elektromnogramma, 
elektroensefalogramma kabilardan foydalaniladi. 


Laboratoriya metodi yordami bilan diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va 
tafakkurning xususiyatlari, emotsional hamda iro-daviy va akdiy zo`riqish singari 
murakkab psixik holatlar tekshi-riladi. Ko`pincha laboratoriya sharoitida kishilar 
(uchuvchi, shofyor, operator, elektronchilar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlar 
(halo-kat, portlash, izdan chiqish, shovqin ko`tarilishi)ning modellari yaratiladi. 
Asboblarning ko`rsatilishi bo`yicha o`zgarishlar, rivoj-lanish dinamikasi, jismoniy 
va aqliy toliqish, emotsional-iroda-viy, asabiy zo`riqish, jiddiylik, tanglik qanday 
sodir bo`layotgani-ni ifodalovchi ma`lumotlar olinadi. 
Tajriba (eksperiment) aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalov-chi) va tekshirish 
(nazorat) qismlariga bo`linadi. Eksperimentning anikdovchi qismida psixik 
xususiyat, jarayon yoki holat, o`yin, meh-nat, o`qish kabi faoliyatlar tadqiq 
qilinadi. Tadqiqot obyektining aynan shu paytdagi holati, imkoniyati aniqlanadi, 
lekin tekshiruvg chi sinaluvchiga subyektiv ta`sir o`tkazmaydi. Shu pallada 
sinaluv-chiga, hatto yo`llovchi savollar ham bermaslik eksperimentning prii-sipi 
hisoblanadi. 
Tarkib toptiruvchi (shakllantiruvchi) eksperimentda (tajribada) sinaluvchilarda 
biror fazilatni shakllantirish, shuningdek, ularga maqsadga muvofiq muayyan 
malaka, yo`l-yo`riq va usulni o`rgatish re-jalashtiriladi. Eksperiment yakka, guruh 
va jamoa tarzida o`tkazi-lishi mumkin. Buning uchun tajriba materialining hajmi, 
ko`lami, qancha vaqtga mo`ljallanganligi, nimalar o`rgatilishi, sinaluvchilarni 
psixologik jihatdan tayyorlash oldindan belgilab qo`yilishi shart. 
Tekshirish yoki nazorat eksperimentida (tajribasida) tarkib top-tiruvchi 
(shakllantiruvchi) bosqichda shakllantirilgan usul, vosita, yo`l-yo`riq, ko`nikma, 
malaka va shaxs fazilatlarining darajasini, barqarorligini aniqlash, ta`sirchanligiga 
ishonch hosil qilish uchun mohiyati har xil mustaqil topshiriqlar beriladi. 
Tekshirish (nazo-rat) tajribasi orqali tarkib toptiruvchi sinaluvchiga mutlaqo 
yordam berishi mumkin emas, aks holda tadqiqot o`tkazish prinsipi buzila-di. 


Aniqlovchi, tarkib toptiruvchi va tekshiruvchi (nazorat) tajriba-larda yig`ilgan 
ma`lumotlar, mikdorlar matematik-statistik metod-lardan foydalangan holda ishlab 
(hisoblab) chiqiladi, shuningdek, mikdoriy tahlil o`tkazishga tayyorgarlik ko`riladi. 
Statistik metod-lar yordamida insonning bilish jarayonlari (sezgi, idrok, tasavvur, 
xotira, tafakkur, xayol) bilan uning individual-tipologik xususi-yatlari o`rtasidagi 
o`zaro bog`likdigi va ta`siri (koppelyaksiyasi) bi-lish jarayonlarining his-tuyg`u 
bilan boshqarilishi, aql-zakovat omillarini tahlil qilish amalga oshiriladi. So`ngra 
miqdorning hamda qo`llanilgan metodikasining ishonchliligi, aniqliligi dara-jasi 
aniqlanadi. Ungacha ham matematik statistikaning sodda me-todlaridan 
foydalanib, ayrim hisoblashlar, masalan, o`rtacha arif-metik qiymat, miqdorlarni 
tartibga solish, medianani hisoblash, kvadrat og`ishni topish va boshqalar amalga 
oshiriladi. 
Hozir injener psixologlar matematiklar bilan hamkorlikda inson psixikasining 
modelini yaratish ustida tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar, shuningdek, mediklar, 
fiziologlar, kibernetik-lar psixikani dasturlashtirishni nihoyasiga yetkazmoqsalar. 
Ishlab chiqarishdagi «sun`iy intellektlar», robotlar, EHMlar ana shu iz-
lanishlarning dastlabki samarasi hisoblanadi. 
Biografiya (tarjimai hol) metodi. Inson psixikasini tadqiq etish uchun uning hayoti, 
faoliyati, ijodiyoti to`g`risidagi og`zaki va yozma ma`lumotlar muhim ahamiyatga 
ega. Bu borada kishilarning tar-jimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari, o`zgalar 
ijodiga ber-gan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o`rin egallaydi. Shu bilan 
birga o`zgalar tomonidan to`plangan garjimai hol haqidagi materiallar: esdaliklar, 
xatlar, rasmlar, tavsiflar, baholar, mag-nitafon ovozlari, fotolavhalar, hujjatli 
filmlar, taqrizlar o`rganilayotgan shaxsni to`laroq tasavvur etishga xizmat qiladi. 
Tarjimai hol ma`lumotlari inson psixikasidagi o`zgarishlarni kuzatishda, 
uningsuhbat va tajriba metodlari bilan o`rganib bo`lmay-digan jihatlarini ochishga 
yordam beradi. Masalan, mazkur ma`lu-motlar orqali ijodiy xayol bilan bog`liq 
jarayonlar: she`riyat, mu-siqa, nafosat, tasviriy san`at, texnik ijodiyotning nozik 
turlari va kashfiyotdagi tafakkurning o`ziga xosligini, shaxsning ma`navi-yat, 


qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste`dod singari fazilatlarini o`rganish mumkin. Inson 
ongining hissasi, namoyon bo`lishi, rivoj-lanishi, o`ziga xos va ijtimoiy 
xususiyatlari atoqli odamlar bil-dirgan mulohazalarda o`z ifodasini topadi. 
Allomalar to`g`risidagi ma`lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining 
ta`rifu-tavsiflari orqali avloddan avlodga o`tadi. 
Biografik ma`lumotlar odamlarning o`zini o`zi tarbiyalashi, na-zorat qilishi, idora 
etishi, o`zining uslubini yaratishi, kamolot cho`qqisiga erishishi jarayonida namuna 
vazifasini o`taydi. 
Yosh psixologiyasida bolalarning tarjimai holi asosidagi ilmiy tadqiqotlar, 
masalan, N.A.Menchinskaya, V.S.Muxina kabi sobiq Ittifoq psixologlarining 
kuzatishlari «Ona kundaligi» nomi bilan mashhurdir. Shunday tadqiqotlar uzoq 
chet el psixologiyasida ham keng tarqalgan. 
Badiiy adabiyotda yaratilgan talay asarlar, masalan, S.Ayniy, Oybek, Abdulla 
Qahhor va boshqa qator adiblarning esdaliklari tarjimai hol shaklida bo`lib, ular 
bilan tanishish natijasida mu-alliflarning his-tuygusi, temperamenti, xarakteri, 
qobiliyati, iste`dodi, qiziqishi, intilishi, dunyoqarashi, e`tiqodi, nafosati, axloq va 
odobi to`g`risida ma`lumotlar olish mumkin. 
Anketa metodi. Umumiy psixologiya fanida keng qo`llaniladigan metodlardan 
biridir. Uningyordamidaturli yoshdagi va kasbdagi odam-larning psixologik 
xususiyatlari, narsa va hodisalarga munosabat-lari o`rganiladi. 
Anketa, odatda, uch xil tuziladi. Ularning birinchi xili angla-shilgan motivlarni 
aniqlashga mo`ljallangan savollarni aniqlashga mo`ljallangan savollardan tuziladi. 
Ikkinchi xilida har bir savol-ning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchi 
xil anketada sinaluvchiga yozilgan to`g`ri javoblarni ballar bilan baholash tavsiya 
etiladi va shkalali anketa deb ataladi. Anketadan turli yoshdagi va kasbdagi 
odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari va qobiliyatlarini, o`ziga, 
tengdoshlariga, hamkasblariga, katta va ki-chiklarga munosabatlarini aniqlash 
maqsadida keng ko`lamda foyda-laniladi. Tarqatilgan anketalar yigishtiriladi va 


elektron hisob-lash mashinalarida hisoblab chiqiladi, atroflicha miqdoriy tahlil 
qilinadi, so`ngra tadqiqotga yakun yasalib, ilmiy va amaliy yo`sinda xulosalar 
chiqariladi. Anketa metodi inson psixikasini o`rganish uchun boy materigsh 
to`plash imkonini beradi. Lekin unda olinadigan ma`lumotlar doimo xolisona 
xususiyatga ega bo`lavermaydi. Bu kam-chilikka yo`l qo`ymaslik uchun anketa 
ichidagi nazorat vazifasini ba-jaruvchi savollarni (kontr savollarni) ishlab chiqish 
maqsadga mu-vofiqdir. O`zini o`zi baholash shkalasini kasb tanlashga yo`nalti-
rishni kasbiy layoqatni aniqlashni, qiziqish va motivatsiyani o`rga-nishda anketa 
metodi qo`llaniladi. 
Sotsiometriya metodi. Bu metod kichik guruh a`zolari o`rtasidagi bevosita 
emotsional munosabatlarni o`rganish va ularningdarajasi-ni o`lchashda 
qo`llaniladi. Unga amerikalik sotsiolog Djon Moreno asos solgan. Mazkur metod 
yordamida muayyan guruhdagi har bir a`zo-ningo`zaro munosabatlarini aniklash 
uchun uning qaysi faoliyatida, kim bilan qatnashishi so`raladi. Olingan 
ma`lumotlar matritsa, gra-fik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor 
ko`rsat-kichlari guruxdagi kishilarning shaxslararo munosabatlari to`g`risi-da 
tasavvur hosil qiladi. Bu ma`lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko`rinishini 
aks ettiradi, xolos. Shuning uchun XX asrning oxirlarida sobiq Ittifoq psixologlari 
Y.L.Kolominskiy (Minsk) va I.P.Volkov (Sankt-Peterburg) tomonidan 
sotsiometriyaning yosh psixologiyasiga (ijtimoiy-pedagogik psixologiya sohasiga) 
moslab o`zgartirilgan turlari, modifikatsiyalari ishlab chiqilgan. Bular shaxslarning 
bir-birini tanlashi motivlarini keng ifodalash im-konini beradi. Ayniqsa, 
sotsiometriyaning Y.L.Kolominskiy ish-lab chiqqan o`zgartirilgan turi bolalar, 
o`quvchilar jamoasidagi shaxs-lararo munosabatlar haqida to`laroq axborot beradi. 
Odatda, o`quvchilardan quyidagi savollarga javob berish talab qilinadi: «Sen 
sayohatga kim bilan borishni xoxlaysan?», «Kim bilan qo`shni bo`lib yashashni 
yoqtirasan?» Har bir savol sotsiometrik mezon (o`lchov) vazifasini bajaradi va 
turmush voqeligidan olingan. Sinaluvchi har bir savolning uchta javobidan bittasini 
«eng ma`qul» deb tanlash lozim. Unga «Avval hammadan ko`ra ko`proq kim bilan 


birga bo`lishni xohlasang, o`shaning familiyasini yoz», «Agar sen is-tagan shaxs 
to`g`ri kelmasa, yana kim bilan birga bo`lishni istasang, shuningfamiliyasini yoz», 
«Aytilgan shartlarga binoan uchinchi shaxs-ning familiyasini yoz», deb uqtirish 
joiz. 
Guruhtabaqalanishni ko`rsatish uchun sotsiogramma to`rtta «maydon»-ga 
ajratiladi. Qizlar doiracha bilan, o`g`il bolalar esa uchburchaklar bilan belgilanadi. 
Doiracha va uchburchaklar soni familiyalar soni-ga to`g`ri, mos keladi. Guruh 
a`zolarining o`zaro munosabatlari doi-racha va uchburchaklar strelkalar bilan 
bog`langanida o`z ifodasini topadi. Eng ko`p munosabatga ega bo`lgan sinaluvchi 
doiraning marka-zidan o`rin oladi. U guruh a`zolarining eng yoqimtoyi 
hisoblanadi, shaxslar bilan aloqa o`rnatmagan sinaluvchi doiraning eng chetidan 
joy oladi. Oraliqdagi «maydon»larga o`rtacha va undan kamroq tan-langan 
tekshiriluvchilar joylashtiriladi. Tekshirishda, birinchi-dan, shaxslararo 
munosabatning darajasi va ko`lami aniklanadi, ikkinchidan, qizlar bilan o`g`il 
bolalar o`rtasidagi ko`rsatkichlar taq-qoslanadi. Ko`rsatkichlarga qarab guruhdagi 
munosabatlar yoki qizlar bilan o`g`il bolalar o`rtasidagi munosabatlar va ularning 
o`ziga xos-ligi, psixologik mexanizmlari haqida xulosa chiqariladi. Shu bilan birga 
nazariy ahamiyatga molik g`oyalar olg`a suriladi, amaliy ko`rsatmalar beriladi, 
tavsiyalar bildiriladi. 
Bu metodda sinaluvchilarga bevosita savollar beriladi va ularga ketma-ket javob 
qaytarish orqali guruh a`zolarining o`zaro tanlash jarayoni vujudga keltiriladi. 
Maktabgacha muassasalar, maktab sinf-lari, mehnat va dam olish lagerlari, oliy 
maktablar, mehnat jamoa-lari va turli tashkilotlarning xususiyatlari, dinamikasi, 
shaxslar-aro ziddiyat (nizo)larning sababi shu metod yordamida o`rganiladi. Turli 
ehtiyoj, motiv, qiziqish, intilish, harakat va hokazolar mu-ayyan tartib va qoidaga 
binoan sistemalashtiriladi, ularning ij-timoiy-psixologik hamda sof psixologik 
ildizlari to`g`risida ma`-lumotlar olinadi. Shu bilan birga guruhdagi shaxslarning 
yaqqol, aniq nuqtai nazari, guruhbozlik, og`machilik, qarama-qarshilik, his-
tuyg`uning zo`riqishi, guruhiy jipslik, moslik, munosabatning mo-tivlari va uning 


qurilishi, jinslar o`rtasidagi muloqotlarning zamini, muomalaning maromi hamda 
sehri mana shu kalit bilan ochi-ladi va barqarorlik xususiyatini kasb etadi. 
Umuman aytganda, sotsiometriya metodidan turli yoshdagi, kasbda-gi, jinsdagi, 
saviyasi har xil kishilar guruxlaridagi psixologik qonuniyatlar, mexanizmlar va 
yendashuvlarni tadqiq etishda unumli foydalansa bo`ladi. 
2. Yaqin va uzoq chet el psixologiyasi fanida inson psixikasini tadqiqot qilish 
metodlarining turlicha klassifikatsiyasi (tasni-fi) berilgan. Umumiy psixologiya 
sohasi bo`yicha xilma xil ilmiy asosga qurilgan nazariyalar mavjud bo`lib, 
ularninghar qaysisi to`kis-lik va nuqsonli tomonlariga ega. Quyida biz rus 
psixologi B.G. Ananyev tavsiya qilgan klassifikatsiyaga asoslangan holda metodlar 
xususiyatini yoritib beramiz. 
B.G. Ananyev psixikani o`rganish metodlarining tashkiliy, em-pirik (amaliy), 
olingan natijalarni qayta ishlash yoki statistik hamda natijalarni sharhyaash deb 
nomlab, ularni to`rtta katta tur-kumga, guruhga ajratgan. Mazkur metodlar guruhi 
o`z navbatida uning maqsadi va vazifasiga binoan yana bir nechta toifa hamda 
turlarga bo`linadi. Navbatdagi fikrda ana shu metodlarning umumiy, xusu-siy va 
o`ziga xos xususiyatlariga hamda qiyosiy tavsifiga to`xtala-miz. 
Tadqiqot metodlarining birinchi guruhi tashkiliy deb nomla-nib, u o`z ichiga 
qiyoslash, longityud (uzluksiz), kompleks (ko`pyoklama) deb ataladigan turlarni 
qamrab oladi. Qiyoslash metodi umumiy psi-xologiya (turli guruxlarni o`zaro 
solishtirish), sotsial psixologiya (katta yoki kichik guruhpar hamda ularning har xil 
toifalarini o`zaro taqqoslash), meditsina psixologiyasi (sog`lom va bemor 
kishilarning psixik xususiyatlarini qiyoslash), sport psixologiyasi (sportchilar 
holati, ularning uquvchanligi va ishchanligini o`zaro chog`ishtirish) kabi fanlarda 
uchumli foydalaniladi. 
Umumiy psixologiya fanida qiyoslash metodi turli yoshdagi odam-larningbilish 
jarayonlari, shaxs xususiyatlari, bilimlarini o`zlash-tirish xossalari, aqliy qobiliyati, 
salohiyati, taraqqiyoti dinami-kasi, shaxs jinsiy tafovutlari va o`ziga xosligi, 


individual-tipo-logik holatlarini o`rganishda tatbiq etiladi. Rus psixologlari 
L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, A.A.Smirnov, B.G.Ananyev, D.B.El-konin, 
P.Y.Galperin singari olimlar va ularning shogirdlari tad-qiqotlarida qiyoslash 
metodidan foydalanilgan. Keyingi yillarda xalq ta`limi va oliy ta`lim tizimida 
hamda ishlab chiqarishda XX asrning 70-yillaridan e`tiboran to hozirgi davrgacha 
«inson omi-li» muammosining muhokamaga qo`yilishi, vaqt taqchilligi, ishchan-
lik imkoniyati, qobiliyati, psixologik moslik masalalarining alo-hida ahamiyat kasb 
etishi mazkur metodni keng qo`lamda qo`llashni taqozo etmoqda. Bundan tashqari, 
tajribada olingan miqdoriy ma`lumotlar ishonchlilik darajasini oshirish uchun ham 
qiyoslash meto-di ishlatiladi. Ayniqsa, sinaluvchilardagi o`zgarishlarni ko`ndalang 
kesim holatda olib qarash, tadqiqot bosqichini kesib, ya`ni vaqtin-cha to`xtatib, 
alohida tahlil qilish ushbu metodga borgan sari diqqat-e`tibor tobora ortib 
borayotganligidan dalolat beradi. Masalan, tajribaning birinchi bosqichining turli 
yoshdagi va jinsdagi odam-larga ta`sirini aniqlash va hokazolar shular 
jumlasidandir. 
Umumiy psixologiyada qiyoslash metodi bilan bir qatorda longi-tyud (uzluksiz) 
metodi ham keng qo`lamda qo`llaniladi. Ushbu metod-ning boshqa metodlardan 
farqli tomoni shundan iboratki, uning yordamida bir yoki bir necha sinaluvchilar 
uzoq muddat, hatto o`n yil-lar davomida (A.Termenning 50 yillik uzluksiz tajribasi 
hozircha rekord hisoblanadi) tekshiriladi. Longityud metodidan AQShlik 
A.Termen, nemis psixologi V.Shtern, fransuz R.Zazzo va Sh.Byuler, rus 
psixologlari N.A.Menchinskaya, A.N.Gvozdev, N.S.Leytis, V.S.Mu-xina va 
boshqalar ko`p davrlardan beri unumli foydalanib keladi-lar. 
Mazkur metod orqali har xil jinsli egizaklar (Hasan-Husan, Fotima-Zuhra) yoki 
aralash jinsli (Hasan-Zuhra, Fotima-Husan) qo`shaloqlar kuzatilgan. Shuninguchun 
bir talay tadqiqotlarning «ona kundaligi» (N.A.Menchinskaya, V.S.Muxina) deb 
nomlanishi bejiz emas. Uzoq muddat davomida muayyan bir shaxsni (kichik 
guruhni) ku-zatish sinaluvchida yangitdan paydo bo`layotgan fazilatlarining ta-
raqqiyotdinamikasi, uningxulq-atvoridagi illatlar (me`yordagi xat-ti-harakatdan 


chetga og`ish) va ularning oldini olish muammolari yuzasidan material yig`ish, 
shuningdek, murakkab psixologik muno-sabatlar, ichki bog`lanishlar, qonuniyatlar, 
mexanizmlar to`g`risida mukammal, ishonchli, barqaror ma`lumotlar to`plash 
imkonini yara-tadi. 
Longityud metodi yordamida subyektiv omillarning o`ziga xosli-gidan tashqari, 
sinaluvchiga obyektiv (tabiiy) shart-sharoitlarning, ijtimoiy psixologik muhitning 
ta`siri ham o`rganiladi. Chunonchi, egizaklarning o`zaro o`xshashligi va ularning 
tafovutlanishi, ta`-sirlanishi, his-tuyg`ularining o`zgarishi, shaxslar o`rtasidagi 
indi-vidual farklar (ishchanligi, temperamenti, oliy nerv faoliyati sis-temasi va 
hokazolar) yuzasidan olingan ma`lumotlar longityud meto-dining sharofati bilan 
ro`yobga chiqadi. 
XX asrning ikkinchi yarmida XXI asrning boshlarida fan va tex-
nikaningtaraqqiyoti psixologiktekshirishlarning ilmiylik dara-jasini yanada 
oshirish uchun (subyektiv omillar ta`sirini kamaytirish maqsadida) kompleks 
programma asosida boshqa fanlar (medi-sina, fizika. fiziologiya, biologiya, 
sotsiologiya, kibernetika, sta-tistika, filosofiya, logika) bilan birgalikda tadqiqot 
ishlarini olib borishni taqozo qilmoqda. Bu voqelik fan olamida integratsiya 
(qo`shilish, uyushish) jarayoni yuz berayotganligi ko`rsatkichi ifodasi-dir. Amaliy 
xususiyatga molik ilmiy-tekshirish ana shu ko`pqirrali (kompleks) yondashishni 
talab etmoqda. Psixologiya sohalari (psixo-fiziologiya, kosmos, tibbiyot 
psixologiyasi, muhandislik yoki avia-sion psixologiya) o`rtasida esa tadqiqot 
obyektiga tizimli yonda-shish prinsipi amalga oshirilmoqda. Ushbu ijtimoiy 
psixologik voqelik sohalar differensiyasidan (ajralishidan) dalolat bermoq-da. 
Kompleks metod yordamida o`rganilayotgan obyektdagi o`zgarishlar turli sohaviy 
nuqgai nazaridan tahlil qilinadi yoki ularga har xil yondashiladi. Masalan, 
shaxsning muayyan bilimlarni egallash xusu-siyati psixologik 
jihatdantekshirilayotgan bo`linsa, kompleks (ko`pyoq-lama) yondashish ta`sirida 
ana shu o`zgartirishning falsafiy, manti-qiy, fiziologik, ijtimoiy, biologik 
xususiyatlari ochib beriladi. Aytaylik, keksayishning biologik omillarini o`rganish 


qari ki-shidagi psixologik, fiziologik, mantiqiy jihatlarining ochilishiga xizmat 
qiladi. 


O`quv uslubiy adabiyotlar ro`yxati: 

Yüklə 314,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə