Reja: Leksikografiya



Yüklə 26,42 Kb.
tarix31.12.2021
ölçüsü26,42 Kb.
#81866
Reja Leksikografiya


Aim.uz

Leksikografiya
Reja:

  1. Leksikografiya tushunchasi

  2. Lug‘atlarning turlari: qomusiy va filologik lug‘atlar.

  3. Qomusiy lug‘atlar: umumiy va sohaviy lug‘atlar.

  4. Filologik lug‘atlar: umumiy va maxsus lug‘atlar.

  5. Bir tili, ikki tili va ko‘p tili lug‘atlar.

So‘zlarning biror maqsadda to‘planib, tartibga solingan yig‘indisi lug‘at deyiladi. Lug‘at tuzishning nazariy va amaliy tamoyillari haqidagi soha leksikografiya (grekcha lexicon - lug‘at va grapho - yozaman) deyiladi. Lug‘at tuzuvchi mutaxassislar leksikografiar deyiladi. Lug‘at tuzish tamoyillari va metodikasini ishlab chiqish, leksikografiar ishini tashkil qilish, lug‘at tuzish uchun asos bo‘ladigan kartotekalar tuzish, ularni sistemalashtirish va saqlash leksikografiyaning vazifasidir.

Lug‘atlarning so‘zlar va iboralarning qo‘llanishini nazariy tadqiq etishda hamda tilga amaliy o‘rgatishda ahamiyati katta.

Turli turdagi lug‘atlar tuzish umummadaniy ahamiyatga egadir. Lug‘at alfavit tartibida tuzilib, qulay qo‘llanma sifatida xalq ommasiga bilim beradi, madaniy-oqartuv funksiya bajara-di. Shuning uchun ham bu masalaga katta ahamiyat berilmoq-da. Maxsus nashriyotlar, leksikografik muassasalarning tashkil etilganligini shu bilan izohlash mumkin.

Lug‘at turlari, so‘zlik (lug‘atdan izohlanayotgan yoki tarji-ma qilinayotgan so‘z) tarkibi, lug‘aviy maqolalar strakturasi kabi masalalar leksikografik nazariyada asosiy masala hisoblanadi. Lug‘atlar, asosan, ikki turga bo‘linadi: qomusiy (ensiklopedik) va filologik. Qomusiy lug‘atlarda fan, texnika va madani-yatning barcha sohalariga oid tushunchalar izohlanadi. Ularda tabiat hodisalari, ijtimoiy hayotdagi voqealar, mashhur kishilar haqida ma`lumotlar beriladi.

So‘zning o‘zi haqida faqat uning kelib chiqishini ko‘rsatish bilan chegaralaniladi. Shuning uchun bunday lug‘atlar tushuncha lug‘at deb yuritiladi. Odatda, bunday lug‘atlarda rasmlar, karta va sxemalar ham keltiriladi.

Qomusiy lug‘atlarda so‘z va iboralar alfavit tartibida maqolaning sarlavhasi sifatida qo‘yiladi. Qomusiy lug‘atlar maqsad va vazifasiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: umumiy qomusiy (ensiklopedik) lug‘at va biror sohaning (qomusiy) lug‘ati. Umumiy qomusiy lug‘atlarga "Britaniya lug‘ati", "O’zbekiston qomusi" misol bo‘ladi. Biror sohaning qomusiy lug‘atlariga "Adabiyot qomusi". "Pedagogik qomus". "Texnik qomus". "Qishloq xo‘jalik qomusi" kabilar kiradi. Qomusiy lug‘at Sharqda "Qomus", G’arbda esa "Tezaurus" deb ham yuritiladi.

Filologik lug‘atlarda asosiy eqtibor so‘zga yoki so‘z birik-masiga beriladi va ular har tomonlama izohlanadi. Bunday lug‘atlar ham alfavit tartibida tuziladi va izohlanadigan so‘z yoki so‘z birikmasi sarlavha sifatida keltiriladi.

Filologik lug‘atlar ikki xil bo‘ladi: umumiy va maxsus filologik lug‘atlar. Umumiy filologik lug‘atlarda hamma qo‘llaydigan so‘zlarning izohi beriladi. Bular bir tilli, ikki tilli, ko‘p tilli bo‘ladi.

Qo‘yilgan maqsadga ko‘ra bir tilli filologik lug‘atlar bir qan-cha turlarga bo‘linadi. Masalan, izohli lug‘atlar, maxsus lingvistik lug‘atlar: etimologik lug‘at, morfem lug‘at, frazeologik lug‘at, sinonim so‘zlar lug‘ati, orfoyepik lug‘at, chappa lug‘at, atoqli otlar lug‘ati, joy nomlari lug‘ati, mashhur yozuvchilar asarlari lug‘ati kabilar.

Masalan, izohli lug‘atda so‘zlarning barcha leksik ma`nolari keng izohlanadi. Har bir so‘z izohi kichik maqola shaklida beriladi va izohlanayotgan so‘z sarlavha qilib ko‘rsatiladi. Bunga "O’zbek tilining izohli lug‘ati", 5 jildli, "Ingliz tilining Oksford izohli lug‘ati", 17 jildli "Slovar’ sovremennogo russkogo literaturnogo yazg‘ka", S.I.Ojegovning bir jildli "Slovar’ russkogo yazika" kabilar misol bo‘ladi. Olim Usmonov va Renat Doniyorovlarning "Ruscha-internatsional so‘zlar izohli lug‘ati" shular qatoriga kiritiladi.

Sinonim so‘zlar lug‘atida sinonimik qatorga kiruvchi har bir so‘zning ma`no ottenkalari, stilistik funksiyalari bayon qilinadi. Bunga A.Hojiyevning "O’zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati" misol bo‘ladi. etimologik lug‘atlarda so‘zlarning kelib chiqishi, ularning dastlabki shakli va ma`nosi, til taraqqiyoti davomida ularda yuz bergan o‘zgarishlar izohlanadi.

M.Fasmerning "Etimologicheskiy slovar’ russkogo yazg‘ka", e.V. Sevortyanning "Etimologicheskiy slovar’ tyurkskix yazg‘kov", Sh. Rahmatullayevning "O’zbek tilining etimologik lug‘ati" ana shunday lug‘atlardir.

Morfemik lug‘at so‘zlarning qanday morfemalardan tuzil-ganini alfavit tartibida izohlovchi lug‘atdir. Jumladan, mukofotlanmoq so‘zi mukofot (Ian) moq morfemalaridan tuzilgan. (Qarang: A.G’ulomov, A.N.Tixonov, R.Qo‘ng‘urov. O’zbek tili morfem lug‘ati. Toshkent, "O’qituvchi", 1977). Frazeologik lug‘atda tildagi frazeologik birliklarning (iboralarning) semantik va grammatik xususiyatlari misollar yordamida izohlanadi. Unda frazeologik omonimlar, sinonimlar va antonimlarni yonma-yon keltirish bir frazeologik iboraning turli variantlarini berish juda foydalidir. Misol: Ko‘ngli qattiq-qattiq ko‘ngil. Rahm-shafqati yo‘q. Varianti: toshko‘ngil; toshko‘ngilli; tosh-ko‘ngil (ekan)ligi. Sinonimi: tosh yurak-yuragi tosh. Antonimi: ko‘ngl (i) bo‘sh; ko‘ngl(i) yumshoq-yumshoq ko‘ngil. O’xshashi: bag‘ritosh; mehritosh... [Rahmatullayev Sh. O’zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati. Toshkent. "O’qituvchi", 1978, 21-bet].

So‘zlarning qanday harf bilan tugaganiga qarab alfavit tar-tibida tuzilgan lug‘at chappa lug‘at deyiladi. Masalan, a harfi bilan tugagan so‘zlar quyidagicha beriladi: arfa, bola, dona, so‘na, pona, to‘nka, shona kabi. Bunday lug‘at so‘z yasalishi, morfologiya va leksikologiya bo‘yicha olib boriladigan turli ilmiy-tadqiqotlar uchun manba boiishi mumkin.

Bulardan tashqari, chappa lug‘atlar tilning fonetik qonuniyatlarini, sheqriyat sirlari (qofiya bo‘yicha)ni o‘rganishda yordam beradi. (R.Qo‘ng‘urov va A.Tixonovlarning "Obratng‘y slovar’ uzbekskogo yazg‘ka" kitobi).

Izohli lug‘atlar tuzilishiga ko‘ra ikki xil: alfavit tartibidagi lug‘atlar va uya tartibidagi lug‘atlar.

Birinchi turdagi lug‘atlarda so‘zlar alfavit tartibida berilib izohlanadi. Yuqorida ko‘rsatilgan izohli lug‘atlar mana shu tartibda tuzilgan.

Ikkinchi turdagi lug‘atlarda faqat o‘zaklargina alfavit tartibida joylashtiriladi. Yasama so‘zlar esa o‘zak maqolachasining ichida (uyasida) izohlanadi. Bunday lug‘atlar bir uyada keltiril-gan so‘zlarning ma`no va shakl jihatdan boglanishlari haqida ma`lumot beradi. Ikki til doirasidagi tarjima lug‘atlarida bir tildagi so‘z yoki so‘z birikmasi boshqa tilga tarjima qilib beriladi. Bunga ruscha-o‘zbekcha, inglizcha-o‘zbekcha, fransuzcha-o‘zbekcha, nemischa-o‘zbekcha lug‘atlar kiradi. Chet tilini o‘rganuvchilar uchun moijallangan qisqa tarjima lug‘atlari ham mavjud. Ba`zan tarjima lug‘atlari bir necha tillar doirasida bo‘ladi. Masalan, "Slovar’ naiboleye upotrebitel’ng‘x slov angliyskogo, nemetskogo, frantsuzskogo i russkogo yazikov" kabi.

Filologik lug‘atlarga turli sohalarga oid lug‘atlar ham kiradi. Bularda fan, texnika, ishlab chiqarishning ma`lum sohasiga oid so‘z-terminlar izohlanadi. Soha lug‘atlari ichida eng keng tarqalgani terminologik lug‘atlardir. Bunday lug‘atlar bir tilli, ikki tilli, ko‘p tilli bo‘ladi. Bir tilli terminologik lug‘atlarda bir tilning ma`lum sohaga oid terminlari izohlanadi. Bunga O.S.Axmanovaning "Slovar’ lingvisticheskix terminov" (1966) va D.E.Rozental, M.A.Telenkovalarning "Spravochnik lingvisticheskix terminov" (1972) nomli kitoblari, H.Hasanovning "Geografiya terminlari lug‘ati" (1964). H.Homidiy, Sh.Abdullayeva, S.Ibrohimovalarning "Adabiyotshunoslik terminlari lug‘ati" (1967), Olim Usmon tahriri ostida nashr qilin-gan "Ijtimoiy-siyosiy terminlar lug‘ati" (1976) kabilarni kiritish mumkin.

Ikki tilli terminologik lug‘atlarga N.T. Hotamovning "Adabiyotshunoslikdan qisqacha ruscha-o‘zbekcha terminologik lug‘at"i (1969). Sh. Bayburov va N. Takanayevning "Pedagogikadan qisqacha ruscha-o‘zbekcha terminologik lug‘at"i (1963) kabilar kiradi.

Ko‘p tilli terminologik lug‘atlarga A.AAsqarov va H.Zohidovlarning "Lotincha-o‘zbekcha-ruscha normal anatomiya lug‘ati" (1964) ni misol qilib ko‘rsatish mumkin.

Chet so‘zlar lug‘ati ham terminologik lug‘atlarga o‘xshab ketadi. Bunda ham, asosan, chet tillardan o‘zlashgan so‘zlar izohlanadi.

Lug‘atlarning turi yuqoridagilari bilan cheklanmaydi. Tematik, differensial, yangi so‘zlar, qisqartma so‘zlar, chastota, qofiya lug‘atlari ham mavjud. Masalan, tematik lug‘atlarda so‘zlar ma`nolariga ko‘ra gurahlanadi. Bunday lug‘atlar biror fikrni ifodalash uchun eng qulay so‘zlarni topish imkoniyatini beradi. Bunga ingliz tili asosida tuzilgan Roje (Roget) lug‘ati, Muhammad Yoqub Chingi tomonidan tuzilgan "Kelurnoma" nomli (XVIII asr) lug‘atning oxirgi XV bobi misol bo‘ladi.

Xalqning oqsib borayotgan talablarini qondirish maqsadida lug‘atning yangi-yangi turlari yaratilishi tabiiydir.

Hozirgi tilshunoslikda tezauras lug‘at (grekcha thesayros - manba) yoki ideografik lug‘at tuzish masalasi ustida ish olib borilmoqda. Tezauras lug‘at ma`lum so‘z bilan ma`nolari bog‘lanuvchi barcha so‘zlarni qamrab oladi.



Lug‘at - so‘z xazinasi, undan o‘rinli va maqsadga muvofiq foydalanish inson bilimini kengaytirish, lug‘at boyligini oshirishda hamda fikrni to‘g‘ri va ravon ifodalashda muhim omildir.


Aim.uz


Yüklə 26,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə