Reja Markazlashgan mo‘g‘ullar davlatining tashkil topishi. XII asr boshida Xorazm davlatidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat



Yüklə 2,68 Mb.
səhifə2/5
tarix13.12.2023
ölçüsü2,68 Mb.
#148992
1   2   3   4   5

Jaloliddin Manguberdi

  • Mo’g’ul bosqinchiligiga qarshi mardonavor kurash olib borgan xorazm eli qaxramoni. Xorazimshohlar davlating so’ngi xukimdori (1120 - 31).
  • Jaloliddin mo’g’ullarga qarshi 1 – jangi Niso shaxri yaqinida, cho’lda 700 kishilik qo’shinga qarshi bordi. Jangga Jaloliddin 300 jangchisi bilan g’alaba qozongan. Gardez qalasi, Valiyon qalasi, G’azna yaqinidagi Pravon jangida Jaloliddin Mo’g’ullar ustidan g’alaba qozongan.
  • 1221 y 25 noyabrda Sind daryosi boyodagi tengsiz jangda mag’lubyatga uchragan Jaloliddin 4 ming janchisi bilan qurshovni yorib o’tib, daryoning narigi sohiliga suzib o’tgan.
  • Jaloliddin ko’p yillar davomida mo’g’illarga qarshi qahramonona kurash olib borgan.

Chingizxon katta qo‘shin to‘plab Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan o‘zi otlangan. G‘ardiz qal`asi yaqinida Jaloliddin Manguberdi Chingizxon qo‘shinining ilg‘orini tor-mor keltiradi va kuchi ozligi sababli Sind (Hind) daryosi tomon chekinadi. Chingizxon qo‘shini Jaloliddin Manguberdini daryodan o‘tishiga imkon bermay qurshab oladi. 1221-yil 25-noyabrda bo‘lgan tengsiz jangda (Sind daryosi bo‘yidagi jang) mag‘lubiyatga uchragan Jaloliddin Manguberdi 4000 jangchisi bilan Sindning o‘ng sohiliga suzib o‘tib, cho‘l ichkarisiga kirib ketdi (Bu cho‘l hozirda ham cho‘li Jaloliy deb ataladi). Chingizxon Jaloliddin Manguberdining bu jasoratidan hayratda qolib, o‘z o‘g‘illariga qarab: “Ota o‘g‘il mana shunday bo‘lishi lozim!”, degan.
Jaloliddin Manguberdi haqida uning shaxsiy kotibi, tarixchi Nasaviy shunday yozadi: “Jaloliddin qorachadan kelgan, o‘rta bo‘yli, turk lafzli odam edi. Fors tilini ham yaxshi bilardi. Uning botirligiga kelganda shuni aytish kerakki, sulton arslonlar orasidagi eng kuchli sher edi. Bir so‘zli, kek saqlamaydigan, ochiq ko‘ngil, to‘g‘ri odam edi. U jiddiy shaxs edi. Hech qachon kulmasdi. Juda nari borsa jilmayib qo‘yardi. U adolatsizliklarni yomon ko‘rardi. Jaloliddin o‘ta qat`iyatli, nihoyatda irodali, murakkab vaziyatlarda, taqdirning qaltis sinovlarida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydigan favqulodda mard va botir sarkarda edi.

Yüklə 2,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə