Reja: Mathcad imkoniyatlari va uning interfeysi Matematik ifodalarni qurish va hisoblash



Yüklə 287,31 Kb.
səhifə1/6
tarix03.05.2023
ölçüsü287,31 Kb.
#108165
  1   2   3   4   5   6
IXLOS

961-19 GURUH TALABASI NURMETOV IXLOSBEK MAVZU:MATEMATIK HISOBLASHLAR UCHUN DASTURIY VOSITALAR

REJA:

1. Mathcad imkoniyatlari va uning interfeysi 

2. Matematik ifodalarni qurish va hisoblash. 

3. Hisoblashlar uchun dasturiy vositalar

Mathcad imkoniyatlari va uning interfeysi 

Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish uchun butun bir birlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni taqdim etadi. Bu tizimlar ichida Mathcad oddiy, etarlicha qayta ishlangan va tekshirilgan matematik hisoblashlartizimidir.Umuman olganda Mathcad bu kompyuter matematikasining zamonaviy sonli usullarini qo’llashning unikal kollekцiyasidir. U o’z ichiga yillar ichidagi matematikaning rivojlanish natijasida yig’ilgan tajribalar, qoidalar va matematik hisoblash usullarini olgan. Mathcad paketi muхandislik hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita bo’lib, u professional matematiklar uchun mo’ljallangan. Uning yordamida o’zgaruvchi va o’zgarmas parametrli algebraik va differensial tenglamalarni echish, funksiyalarni tahlil qilish va ularning ekstremumini izlash, topilgan echimlarni tahlil qilish uchun jadvallar va grafiklar qurish mumkin. Mathcad murakkab masalalarni echish uchun o’z dasturlash tiliga ham ega.

Mathcad interfeysi Windowsning barcha dasturlari intefeysiga o’хshash. Mathcad ishga tushurilgandan so’ng uning oynasida bosh menyu va uchta panel vositasi chiqadi: Standart (Standart), Formatting (Formatlash) va Math (Matematika). Mathcad ishga tushganda avtomatik ravishda uning ishchi hujjat fayli Untitled 1 nom bilan ochiladi va unga Workshet (Ish varag’i) deyiladi. Standart (Standart) vositalar paneli bir necha fayllar bilan ishlash uchun buyruqlar to’plamini o’z ichiga oladi. Formatting (Formatlash) formula va matnlarni formatlash bo’yicha bir necha buyruqlarni o’z ichiga oladi. Math (Matematika) matematik vositalarini o’z ichiga olgan bo’lib, ular yordamida simvollar va operatorlarni hujjat fayli oynasiga joylashtirish uchun qo’llaniladi.


Yüklə 287,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə