Reja: Mo’g’ul davlatining tashkil topishi



Yüklə 90 Kb.
tarix24.05.2023
ölçüsü90 Kb.
#112718
Mo’g’ul davlatining tashkil topishi Chig‘atoy ulusining tashkil


Mavzu: Mo’g’ullar istilosi davrida O’rta Osiyo hududining ma’muriy bo’linishi.

Reja:
Mo’g’ul davlatining tashkil topishi


Chig‘atoy ulusining tashkil topishi va uning ijtimoiy-siyosiy tuzumi
Chingizxon « Yasog‘i » – asosiy huquq manbai

1.Mo’g’ul davlatining tashkil topishi. XIII-asrning 1-yarmida Chingizxon va uning vorislarining istilochilik urushlari natijasida barpo etilgan davlat. Chingizxon 1155/1161-yilda tug‘ilgan bo‘lib, otasining ismi Yesugay bahodir, onasining ismi esa O‘lun bo‘lgan. Asli ismi Temuchin bo‘lgan. Manbalarda keltirilishicha, Temuchin o‘ng qo‘li yumilgan holda kaftida qon bilan tug‘ilgan. Bu xabarni u yer yuzida hukmdor bo‘lishi, butun dunyo podsholari uning oyoqlari ostida bo‘lishini bashorat qilishgan. 1205/6-yilda poytaxt Qoraqurumda imperator deb saylanish arafasida u mo‘g‘ul-tatar xonlarining ulug‘ xoni – qooni, Chingizxon nomini oldi. Unga Chingizxon nomini, mo‘g‘ul dashtlarida yuradigan Tib Tangrisi bergan. Mazkur qurultoy paytida Temuchinni minglab xos soqchilari qo‘riqlayotgan joyga qanday o‘tib borganligini hech kim bilmaydi. U Temuchinni ko‘rib, kecha menga Xudodan sado keldi. Biz yer yuziga yangi hukmdorni tanladik. Butun dunyo podsholarini unga bo‘ysundirdik, unga Chingizxon deb nom qo‘ydik, deydi. Bu nom Temuchinning o‘ziga ham yoqadi, ayonlar esa uni «Chingizxon» deb tan oladi. XII asrning oxirlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda quyi bosqichlarda turgan mo‘g‘ul qavm-qabilalarida qudratli mo‘g‘ul davlatini barpo qilish uchun o‘zaro kurash olib borilgan. Hokimiyat uchun janglarda Temuchin g‘alaba qozonadi va XII asr so‘ngida ko‘plab turkiy elatlardan iborat kuchli mo‘g‘ul davlatiga asos soladi. U ko‘chmanchi mo‘g‘ullarning odatlarini asos qilib, kuchli va markazlashgan davlat tuzadi. XIII asr boshlariga kelib qo‘shni davlatlarni bosib olishga kirishiladi. Jumladan, bu davr oralig‘ida Sibir, Sharqiy Turkiston va Xitoy yerlari egallanadi. 1218-yilga kelib Temuchin davlati hududiy tuzilishi bo‘yicha 60 ta tumandan iborat bo‘lgan. 1219-yil fevralda O‘trorga mo‘g‘ullar qo‘shinining kirib kelishi bilan O‘rta Osiyo hududida hukmronlik qilayotgan Xorazmshohlar davlatiga yurish boshlanadi. 1221-yilda butun O‘rta Osiyoda mo‘g‘ullar hukmronligi o‘rnatiladi. Chingizxon hokimiyatni mustahkamlash yoʻlida bir qancha islohotlar oʻtkazgan. Jumladan, ming oilani bir maʼmuriy birlikka boʻlishga asoslangan va harbiy tus berilgan yangi maʼmuriy tuzum joriy etilgan.


Unga koʻra, Chingizxonga tobe boʻlganlar jami 95 ta "ming oila" birligiga boʻlib chiqilgan va bularning har biriga urush davrida Chingizxonga sadoqat bilan xizmat koʻrsatgan kishilar boshliq qilib tayinlangan. Lekin amalda ayrim mingliklar bir necha ming oiladan iborat ham boʻlgan. Min-gliklarni tashkil etishda imkon boricha bir toifadagi qardosh avlodlarni va qabilalarni bir-biridan ajratmaslikka eʼtibor berilgan. Mazkur "ming oila"lar, oʻz navbatida, gʻarbiy "oʻng qanot" va sharqiy "soʻl qanot", markaziy va togʻliklar kabi 4 qismga boʻlingan. har bir ming oila yuzlikka va oʻnlikka boʻlingan. Aholini roʻyxatga olish ishlari amalga oshirilgan. 15 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan erkaklar harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan. Qoʻshinda qattiq tartib oʻrnatilgan, qonun buzarlar uchun qattiq jazo, qonun ustuvorligini himoya qilganlarga esa hurmat bildirilib, mukofot belgilangan. Savdo yoʻllari, avvalambor Buyuk ipak yoʻlining xavfsizligini taʼminlab, undan toʻla foydalanishga eʼtibor berilgan. Bu tadbirlar Chingizxon hokimiyatini mustahkamlashda ijobiy samara bergan. Chingizxon moʻgʻullardan koʻp sonli yaxshi qurollangan, qattiq intizomga asoslangan va uyushgan qoʻshin tuzadi. XIII-asr muallifi Juvayniyning yozishicha, osoyishtalik davrida chorvachilik bilan mashgʻul boʻlgan barcha moʻgʻul aholisi muqoraba eʼlon qilinishi bilan tezda oʻn, yuz, ming , oʻn ming jangchi — tuman boʻlinmalaridan iborat muntazam qoʻshinga aylantirilardi. Har bir jangchi harbiy yurish vaqtida oʻziga zarur boʻladigan qurol-yarogʻ, turli an-jomlar va ot-ulovlarini oldindan tayyorlab qoʻyishga majbur boʻlgan. Qoʻshin yuzboshi, mingboshi, tumanboshilar tomonidan boshqarilgan. Tuman boʻlinmalariga, odatda, shahzodalar qoʻmondonlik qilgan. Asosiy qoʻshindan tashqari, Chingizxon ixtiyorida harbiy zodagonlardan tuzilgan maxsus gvardiya ("keshik") ham tashkil etiladi. Bu gvardiya faqat favqulodsa sodir boʻladigan xavf-xatarga qarshi tashlanardi. Davlat maʼmuriyatini markazlashtirish maqsadida Chingizxon Qoraqurum qalʼasini oʻz imperiyasining poytaxtiga aylantiradi. Xatsavodga mutlaqo ega boʻlmagan, madaniyati ni-hoyatda tuban moʻgʻullar davlat boshqaruv ishlarida uygʻurlardan hamda musulmon savdogarlaridan foydalandilar.
Chingizxon va noʻyonlarining maslahatchilari, mirzolari va baʼzi bir mulk maʼmurlari, asosan, uygʻurlardan boʻlgan. Sharqiy uygʻurlar xoni Idiqut (Saodatbek) xonning yaqin doʻsti va maslahatchisi edi. Tashatun ismli uygʻur esa davlat muhrdori lavozimini hamda shahzodalarni xatsavodga oʻrgatuvchi ustod vazifasini bajargan. Chingizxon tarqoq jangari moʻgʻul urugʻlarini birlashtirgach, tajo-vuzkorliksiyosatini yurgizdi (qarang Moʻgʻullar istilosi). Zabt etilgan oʻlka va viloyatlarni Chingizxon 1224-yilda oʻgʻillari va nabiralariga taqsimlab berdi. Jan. Sibir, Dashti Qipchoq, Volga boʻyi, Xorazm va Darbandgacha boʻlgan oʻlka Chingizxonning toʻngʻich oʻgʻli Joʻjiga (uning vafotidan keyin esa, nabirasi Botuga meros boʻlgan) topshirildi, Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Mo-varounnahrga uning 2-oʻgʻli Chigʻatoy ega boʻldi. Chingizxon oʻz vatani Moʻgʻulistonni, shuningdek, Xitoyni 3-oʻgʻli va vorisi Oʻqtoyga berdi. Kenja oʻgʻli Tulugʻa esa Xuroson, Eron va Hindiston tegdi. Shunday qilib, moʻgʻullar bosib olingan viloyatlarni uluslarga taqsimlab boshqarishga kirishadi. Chingizxonning nabirasi Munke hukmronligi davrida (1251—59) Moʻgʻullar davlati tarkibiga Moʻgʻuliston, Shim. Xitoy, Koreya, tangutlarning Si-Sya podsholigi, Markaziy va Oʻrta Osiyo, Zakavkazye, Eron, Afgʻoniston va Rus yerlarining aksariyati kirgan. Biroq, Moʻgʻullar davlatida ichki birlik yoʻq edi, u turli tillarda soʻzlashuvchi koʻplab xalqlarni zoʻrlik bilan birlashtirgan edi, bu xalqlar turli ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot bosqichida boʻlib, ularning koʻpchiligi taraqqiyot darajasiga koʻra moʻgʻullardan ancha ustun edilar. Munke oʻlimidan soʻng Moʻgʻullar davlati parchalanib keta boshlagan. XIV-asrning 2-yarmida Eron, Zakavkaz va Oʻrta Osiyoda moʻgʻullar hukmronligi tugatilgan. XIV-asrning soʻnggi choragida Moʻgʻullar davlati barham topgan. XV-asrda Esenxon (1440—55 yillarda xonlik qilgan) va Dayanxon (1479—1543-yillarda xonlik qilgan) kabi hukmdorlar birlashib Moʻgʻullar davlatini tiklashga harakat qildilar. Ammo bu harakatlar natija bermadi. Dayanxonning oʻlimidan keyin mamlakat Jan. Mongoliya va Shim. Mongoliyaga boʻlinib ketdi. Shim. Mongoliya ham, oʻz navbatida, Gʻarbiy va Sharqiy qismlarga ajraldi. XVI-asrda Mongoliyaning 3 qismida jami 200 hokimlik (knyazlik) mavjud edi
2.Chig‘atoy ulusining tashkil topishi va uning ijtimoiy-siyosiy tuzumi. Chingizxon vafotidan keyin xonlar xoni, ya’ni qoon O‘qtoy bo‘lgan. Ulug‘ xonning poytaxti – Qoraqurum shahri hisoblangan. Ulus egalari o‘z uluslarida xon unvoni ostida raiyatni boshqarganlar. Viloyat beklarini lavozimga tayinlagan va lavozimidan ozod etgan (Masalan, Movarounnahrda Kesh, Buxoro, Shosh, Badaxshon, Xo‘jand bekliklari). Oliy sud hokimiyatini amalga oshirib, nizoli masalalarni hal qilganlar. Odatda, mamlakatdagi uluslar salohiyati unda yashovchi o‘troq aholi soni, ko‘chmanchi ovullar miqdori, ko‘chib yurish uchun zarur bo‘lgan hudud va yig‘ilishi mumkin bo‘lgan askarlardan iborat holda belgilangan.
O‘troq aholi yashovchi madaniy o‘lkalar ulus tarkibiga kirsa-da, dastlabki davrlarda xoqon tomonidan boshqarilgan. Xon-imperator bu yerlarni alohida tayinlangan gubernatorlar orqali boshqargan. Shahzodalar bu yerlardan tushadigan soliqlar daromadidan foydalanishi mumkin. Lekin o‘zlari mustaqil tarzda soliq yig‘a olmagan. Movarounnahr, Sharqiy Turkiston, Yettisuv o‘lkalari va Xorazmning janubiy hududlari Chig‘atoyxon (1227–1241-y.) ulusiga qarashli bo‘lib, ulus poytaxti Beshbaliq shahri hisoblanadi. Bu suloladan 32 xon hukmdorlik qilgan. Ulus XIV asrning 40-yillariga qadar mavjud edi. XIV asr o‘rtalariga kelib, Chig‘atoy ulusi 15 ga yaqin yerlar mulklarga bo‘linadi. Jaloyir va boshqa qabilalarning ko‘chib ketishi, bosh kent Turkistonga ko‘chirilishi, mo‘g‘ullarning islom dinini qabul qilishlari bilan Chig‘atoy ulusi ikkiga bo‘linib ketadi. Boshqacha aytganda, shimoliy-sharqiy qismda Yettisuv va Qoshg‘ardagi mo‘g‘ullar o‘z mustaqilligini e’lon qilishlari tufayli Yettisuv va Sharqiy Turkistondan iborat Mo‘g‘uliston davlati (hokimlik) paydo bo‘ldi. Bu vaqtda Movarounnahr Amir Xusayn tomonidan idora etiladi. Jo‘ji ulusiga kirgan turkiy xalqlarning ko‘pchiligi O‘zbekxon davridan boshlab «o‘zbeklar», Chig‘atoy ulusi tarkibidagi turkiy xalqlar esa «chig‘atoylar» deb atala boshlanadi. Mo‘g‘ullar davlatining maslahat organi bo‘lgan qurultoy qisqa muddat ichida alohida ulus bo‘yicha ham chaqirilib turilgan. Jumladan, 1240–1241-yillarda Ug‘adayxon Katta qurultoy chaqirgan. Unda akalari, o‘g‘illari, qarindoshlari ishtirok etib, Yaso qonunlari yana bir bor e’lon qiladi.
1269-yilda Qurultoy chaqirilib, unda Turkistonning og‘ir iqtisodiy ahvoli muhokama etilib, Chingizxon vorislarining o‘zboshimchaligi va o‘zaro janjallariga qarshi qaror qabul qilgan. Xususan, har bir shahzoda shartnomaga ko‘ra o‘ziga tegishli minglik (hazora) bilan hamda Samarqand va Buxorodagi hunarmandchilik ustaxonalari bilan qanoatlanishi lozimligi haqida qaror chiqarilib, qo‘shinlarni shaharlarga va ekin yerlariga yaqin kelishlari taqiqlanadi. Chig‘atoy ulusida 1235, 1251-yillarda ikki marta aholi ro‘yxati o‘tkazilib, hatto hunarmandlar ham mo‘g‘ul feodallariga, oilalar hazora, ya’ni mingliklarga biriktirilgan. Minglik deganda, daromad keltiruvchi soliq to‘lovchi aholi tushunilgan. Chig‘atoy ulusida Ug‘odoyxon davrida soliq islohoti o‘tkazilgan. Unga ko‘ra dehqonlardan hosilning 10 foizini (kalon, xiroj), chorvadorlardan 1 foiz (natura, qopchur), podadan 1 ta ikki yashar qo‘y (shulen), 1000 ta otdan 1 ta biya yillik soliq sifatida olinishi belgilangan. Keyinchalik Munkaxon soliqlarini pul bilan belgilaydi. Har kishidan 11 dinorgacha «tuz», «jon va kumush solig‘i» soliq olishni joriy etgan. Bundan tashqari, qator natura to‘lov va maxsus o‘lponlar joriy etilgan. Xususan, hunarmand molning 1/30, savdogarlar 1/40 miqdorida soliq to‘lagan. Movarounnahr mo‘g‘ullar istilosidan keyin Chig‘atoy ulusiga kirsada, Chingizxon vafoti (1227-y.)ga qadar barcha uluslar qatori dastlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ulug‘xon tomonidan boshqarilgan. Keyinchalik, Chingizxon vafotidan so‘ng Ug‘adoyxon Chig‘atoy ulusida hokimiyatni boshqaradi. Bu davrda (1227–1241-y.) Chingizxonning ilgarigi elchisi bo‘lgan mahalliy savdogar Mahmud Yalavoch(keyin Pekin hokimi), so‘ngra uning o‘g‘li Ma’sudbek (1238–1289-y.) mo‘g‘ul davlati nomidan Movarounnahr va Qoshg‘arni noib-ijarador sifatida idora qilishadi. Ular Movarounnahrdan olinadigan o‘lpon va soliqlarni o‘zlari to‘lab boshqarganlar. Bu davrda davlatning markazi Xo‘jand (Sirdaryo)ga ko‘chirilgan. Ularga hoqon nomidan raiyatni boshqarish va soliqlarni yig‘ish huquqi berilgan. Mo‘g‘ul bosqoqlari ixtiyoridagi ko‘p sonli jangchilar ham ular ixtiyoriga biriktirilgan. Shu asnoda ular 70 yildan ortiq davrda Movarounnahrni mo‘g‘ullar nomidan boshqarganlar.
Harbiy hokimiyat, aholini ro‘yxatdan o‘tkazish, soliq yig‘ish ishlari esa doruxachi va tamg‘ach, deb ataluvchi mo‘g‘ul amaldorlari qo‘lida bo‘lgan. Ma’sudbek (1238–1289-y.) 1271-yilda pul islohoti o‘tkazadi. Unga ko‘ra Movarounnahrning ko‘pgina shaharlarida bir og‘irlik sifatiga ega bo‘lgan kumush tangalar zarb etiladi. Shuningdek, u mahalliy yurt vakili sifatida savdoni rivojlantiradi, mo‘g‘ullarning soliq va to‘lovlariga oid o‘zboshimchaligiga chek qo‘yadi. Islom dini va musulmon ruhoniylarining mavqei oshadi hamda aholining o‘troqlashishi kuchayadi. Chig‘atoy sulolasidan bo‘lgan Duvaxon davrida bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, Farg‘onada Andijon, Xorazmda Yangi shahar (Urganch) shaharlari quriladi. Chig‘atoyxon avlodidan Duvaxonning o‘g‘li Kebekxon (1318–1326/1334-y.) esa poytaxtni ko‘chirib, Qarshi shahriga asos soldi. Shuningdek, Kebekxon Chig‘atoy ulusida pul va ma’muriy-hududiy islohotlarni ham o‘tkazdi. Uning pul islohotiga ko‘ra yangi tangalar – «kapaka» zarb etilib, katta va kichik kumush tanga – tilla dinor va dirhamlar joriy bo‘ladi. Kebekxonning ma’muriy islohoti asosida ulusni aholisi 40–50 ming kishidan iborat ma’muriy-hududiy birlik – tumanlarga bo‘lish yotadi. Bundan maqsad davlatni markazlashtirish, bekliklarning o‘zboshimchaligini tugatish edi. Shuning uchun ilgarigi bekliklar tugatilib, tumanlar tashkil qilingan (Samarqandda 7 ta, Farg‘onada 9 ta). Endi tuman boshliqlari xonning amirlari bo‘lib qoladi. Shahar hokimlari tuman boshliqlarining noiblari hisoblanadi. Tumanboshi bir vaqtning o‘zida ham hokim va umumiy sud ishlarini ko‘ruvchi bo‘lgan. Davlatda oliy sud – hoqon hisoblangan. U eng og‘ir jinoyatlarni ko‘rib chiqqan va hal etgan. Joylarda sudlov ishlarini yorg‘uchilar olib borgan. Qo‘shin tizimli bo‘linmalarga bo‘lingan. O‘n jangchiga bitta boshliq, ya’ni o‘nboshi, o‘nta o‘nboshiga bitta yuzboshi, mingboshi va tumanboshilar ta’sis etilgan. Qo‘shin tarkibida bir qancha maxsus lavozimlar joriy etilgan. Jumladan, yurtchi – mansabdor shaxs bo‘lib, uning asosiy vazifasi xon va qo‘shinning yozgi va qishki ko‘chish qarorgohini oldindan belgilash, xon, amaldorlar va harbiylar o‘tovini maxsus qoida asosida joylashtirishdan iborat bo‘lgan.
Bu qonun-qoidalarga ko‘ra xon o‘tovining o‘ng tomonida hokimlar, amirlar, qo‘shin boshliqlarining o‘tovlari joylashgan. Chap tarafida esa vazirlar, to‘ralar, Qurultoy a’zolarining o‘tovlari joylashgan. Devonxona kotiblari, qozilar va muhim diniy amaldorlar xon o‘tovining qarshisiga joylashgan. Odatda o‘tovlar aholi yashaydigan hudud va ekin maydonlaridan uzoqda joylashtiradi. Qo‘shinda joriy etilgan bo‘larg‘uvchining asosiy vazifasi o‘rdadan qo‘zg‘algan paytda o‘tovlarda odamlar, buyumlar, qoramol, qullar va anjomlar qolgan yoki qolmaganligini nazorat qilish, esdan chiqarilgan narsalarni egasiga qaytarish edi. Tevachi, ya’ni tuyakash bo‘lgan. Bakovul qo‘shinga maosh berish, qo‘lga kiritilgan o‘ljaga muhr qo‘yish, o‘ljani saqlash va taqsimlash bilan shug‘ullangan. Torg‘uvchi esa qo‘shin muhrini saqlovchi hamda harbiy mansabdorlar orasida yuzaga keluvchi nizolarni hal qiluvchi qozi vazifasini bajargan. Yasovullarning vazifasi harbiy amaldorlarning marosim, ko‘rik, ov va o‘rdadan chiqish paytlarida egallashlari lozim bo‘lgan joylarni ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan.

3.Chingizxon «Yasog‘i» – asosiy huquq manbai. O‘rta Osiyoda mo‘g‘ullar hukmronligi davrida huquqning asosiy manbalari qatorida Chingizxon yusunlari bilan birga o‘troq aholi yashaydigan hududlarda shariat qonunlari, ko‘chmanchi aholi hududida odat huquqi normalari amal qilgan. Ulkan davlat tuzgan Chingizxon bu davlatning ichki mustahkamligini ta’minlab turishda qonunlarning ahamiyati katta ekanligini tushungan, bu holat uning bitiklarida o‘z aksini topgan. 1206-yilda Yoso qonuni qabul qilindi. Bu huquqiy qoidalar to‘plami shaxsan Chingizxon tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan. Chingizxonning aytishicha, uning davriga qadar o‘g‘rilik, vahshiylik, talonchiliklar, tartibsizliklar, xiyonat va jirkanch illatlar oddiy bir hol bo‘lgan. Farzandlar ota-onalariga itoat etmas, yoshlar kattalarga quloq solmas, erlar xotinlariga ishonmas, xotinlar erlariga bo‘ysunmas, qaynona kelinni va kelin qaynonani hurmat qilmasdi, boylar kamabag‘allarga yordam bermas edi. Chingizxon bu ishlardan nafratlanadi, o‘zi bosh bo‘lgan mamlakatda qattiq tartib intizom o‘rnatishni maqsad qiladi. Shu boisdan ham «Yaso» qonunida bunday tartib intizomning huquqiy qoidalari ishlab chiqilgan. Unda mulkiy tengsizlik ko‘zga tashlanib, hukmron tabaqa tarhonlarga katta imtiyozlar berilgan. Ko‘chmanchi yoki yarim ko‘chmanchi aholi o‘rtasida tuman va uluslarda ayniqsa, aholi o‘z urf-odatlari, qabila urug‘chilik an’analariga qat’iy amal qilib kelganlar. Shu boisdan ham Chingizxon Yaso qonunlari xususiyatlarini o‘zida singdirgan. Odat huquqi mazkur yerlarda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, xususan harbiy hizmatni o‘tash, sha’nusharaf, izzat-nafs, chorvani o‘g‘irlash, kelin o‘g‘irlash, qalin to‘lash, qarindoshlarni o‘ldirganlik uchun qasd olish kabi nizolarni muhokama qilish va hal etishda taomilga asoslangan holda qo‘llanilgan. Yasoni tuzishdan maqsad markazlashgan mo‘g‘ul davlatini tuzishdan iborat edi. Unda davlat huquqi, harbiy qurilish, davlat boshqaruvi, beklar, noyonlar va amaldorlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatga oid qoidalar, jinoyat, fuqarolik, sud yuritish, jazo va uning turlariga, oila-nikoh va mulkka tegishli me’yorlar to‘planib metall taxtalarga o‘yilib yozilgan va har safar yangi xonni saylash vaqtida e’lon qilingan.


Yasoning 33 parchasi hamda Chingizxonning davlat boshqaruvi, harbiy ishlar, jinoyat va jazoga oid 27 nutqi – biliklari, parchalar tarzida bizgacha yetib kelgan. Har bir yangi saylangan xon birinchi navbatda o‘zi «Yaso»ga qat’iy rioya qilish to‘g‘risida qasam ichishi lozim bo‘lgan. Xalqqa «Yaso»ga xiyonat qilgan xonni taxtdan ag‘darish va uni umrbod qamoq jazosiga solish huquqi beriladi. Yusunlarda osmon va yerni yaratuvchi, hayot va o‘lim, boylik yoki kambag‘allik beruvchi, ibodatlarimizni qabul qiladigan yoki qilmaydigan yagona xudoni tan olish haqida qoida mavjud. Unga ko‘ra islom dini boshliqlari qalandarlar, qorilar, darveshlar, so‘filar, yuvg‘uvchilar, zohidlar, gadolar, qozilar, tabiblar soliq to‘lash, og‘ir ishlardan va jamoat ishlaridan ozod qilinadilar. Urushlar davrida ayollarning gunohi afv etish lozimligi belgilandi. O‘g‘rilarga nisbatan qattiq jazo tartiblari joriy qilingan. Agar o‘g‘ri chorvani o‘g‘irlasa, u chorva haqqini to‘qqiz barobar to‘lashi lozim. To‘lash imkoniyati bo‘lmasa, o‘g‘rining farzandlari asoratga solinishi, farzandlari va mablag‘lari bo‘lmagan taqdirda esa u o‘lim jazosiga mahkum etilardi. «Yaso»da mo‘g‘ullar ongiga urush olib borishning yalpi qirg‘in uslubini singdirish faxrli ish ekanligi alohida ta’kidlanadi. Umuman olganda, o‘lim jazosi mo‘g‘ul harbiy-feodal davlati tuzumini mustahkamlashning birdan-bir samarali vositasi hisoblangan. Jumladan, fohishalar, poraxo‘rlar, yolg‘onchilar, suv va olovni haqoratlaganlar uchun hamda sutni yerga to‘kkanlik uchun o‘lim jazosi belgilangan. Ayniqsa, qo‘shinni mustahkamlash va unda tartib intizomni yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘lim jazosi keng qo‘llanilgan. Xonning buyrug‘ini bajarmaslik eng oliy gunoh hisoblangan. Xon buyruqlari uning ixtiyoridagi amaldorlar tomonidan bevosita tumanbegilarga va qabila boshliqlariga yetkazilgan. Boshliqlarga o‘zga boshliqqa tobe jangchilarni qabul qilish qat’iyan taqiqlangan. Belgilangan joyga qo‘yilgan har bir boshliq boshqalar yordamga muhtoj bo‘lgan taqdirda ham ruxsatsiz o‘z joyidan keta olmas, o‘z navbatida boshqalar ham undan yordam kutishga haqlari yo‘q edi. Bu qonunni buzish o‘lim bilan jazolangan. Maxsus buyruqsiz dushmanni talon-toroj qilish ham o‘lim bilan jazolangan. U yoki bu mamlakatga urush ochish va qo‘shin tortib borish masalasini faqat qurultoy hal qilar edi.
Yaso ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun harbiylar tomonidan, ayniqsa, harbiy amaliyotlar davrida taqiqlangan 36 xil harakatdan 13 tasiga o‘lim jazosi berish belgilangan. Jumladan, boshliqqa itoatsizlik, belgilangan joyga qo‘yilgan boshliqning o‘z o‘rnini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketishi, o‘z boshlig‘ining buyrug‘ini bajarmaslik, jang vaqtida qochish, kelishmay turib chekinish, sotqinlik va xoinlik, qochoq qulni egasiga qaytarmaganlik hamda asirga olingan kishiga asirga oluvchining ijozatsiz yordam berish kabi jinoyatlarga bir jazo – o‘lim jazosi berilgan. Bulardan tashqari, ayg‘oqchilar, soxta guvohlik beruvchilar, jodugarlar, axloqsizlar, tabiatni ifloslantiruvchilar, vazifasidan foydalanib pora oluvchilar, fohishalar va unga dalolatchilarga nisbatan ham o‘lim jazosi tayinlangan.Mol-mulkka qarshi qaratilgan jinoyatlardan mayda o‘g‘rilik uchun o‘g‘irlangan narsaning uch baravari (ba’zi hollarda 9 baravari) miqdorida jarima undirish, agar uni to‘lay olmasa, 7–700 martagacha qamchi bilan urish, ko‘p miqdordagi o‘g‘rilik uchun esa o‘lim jazosi belgilangan. Mo‘g‘ullarning jinoiy jazo siyosatida amal qilgan din – buddaviylik huquqiy mafkurasining ta’siri sezilib turadi. Masalan, yolg‘on ko‘rsatma berganlik, suv va o‘t (yaylov)ni ifloslantirganlik hamda muqaddas ichimlik hisoblangan sutni yerga to‘kkanlik uchun qatl etish jazosi tayinlangan. Yaso qoidalariga ulug‘ xonlari, ayniqsa, Chig‘atoyxon qattiq amal qilgan. Ba’zi hollarda ularning o‘zlari ham bu qoidalarning benuqson bajarilishi uchun buyruqlar chiqarganlar. Yaso qonunlar Mo‘g‘ullar hukmronligi tarkibida bo‘lgan barcha hududlarda, jumladan Oltin Urda doirasida ham qo‘llanilgan. Ammo o‘zbekxon davrida mo‘g‘ullar yoppasiga islom dinini qabul qilib, o‘zlari turklashib ketganlar. O‘sha davrdagi o‘zbek tili – turk-chig‘atoy tili Oltin O‘rda adabiy muhitda, shuningdek, davlat ishlarini yuritishda ham shakllana borgan. Binobarin, mazkur xonlikda Yaso qonunlaridan ko‘ra shariat huquqi asosiy huquq manbaiga aylangan. Sud tizimi borasida shuni aytish mumkinki, Oltin O‘rda yoki bu davrda Chig‘atoy ulusining tarkibiga kirgan hozirgi O‘zbekiston hududida sud ishlarining tashkil qilinishi masalalariga doir manbalar yoki maxsus bir asar hozirgi kunga qadar ma’lum emas.
Dastlabki vaqtlarda, ya’ni jamiyatning yuqori tabaqasi musulmon dinini qabul qilmagan va mo‘g‘ullar hokimiyati musulmonlashmagan davrlarda mo‘g‘ullarga taalluqli ishlarda sud yuritish Yasoga asoslangan. XIV asrning 30-yillarida Oltin O‘rdaning eng madaniy o‘lkasi – Xorazmning poytaxti Urganchga borgan arab sayyohi Ibn Batutta o‘z esdaliklarida Oltin O‘rdaning Xorazmdagi noibi Qutlug‘ Temurxonning qabul marosimida bo‘lib sud masalalari xususida quyidagilarni yozib qoldirgan: «Bu amirning adolatlaridan biri shuki, har kuni qozi uning qabulxonasiga keladi va o‘ziga ajratilgan kursiga o‘tiradi, uning bilan birga faqihlar va kotiblar keladilar. Qozining ro‘parasiga amaldorlardan biri o‘tiradi, uning qabulida org‘uchi (yorg‘uchi) deb ataladigan sakkizta amir va turk shayxlari ham ishtirok etadilar. Odamlar ularning huzuriga sudlashish uchun keladilar. Diniy ishlarga taalluqli janjallarni qozi hal qiladi, boshqa ishlarga shu amirlar yechim topadilar. Ularning qarorlari aniq va adolatlidir». Professor Z. Muqimovning fikri mazkur shahodatlarni dalolatlaydi, ya’ni quyidagi xulosalarni ilgari suradi: sud ishlari markazda bevosita xon noibining huzurida, uning nazorat ostida olib borilgan; diniy ishlar shariat huquqi asosida yorg‘uvchilar (sudyalar) tomonidan hal etilgan; sudyalar – yorg‘uchilar nufuzli, e’tiborli zodagonlardan tayinlanganlar; sud funksiyasi kundalik ish bo‘lgan. XIV asrlarga kelib, Yaso asta-sekinlik bilan o‘z o‘rnini uzil-kesil shariat normalariga bo‘shatib bera boshlagan Shuni alohida qayd qilmoq lozimki, Chingizxon vafotidan keyin mo‘g‘ul davlati uluslar mulki tarzida yashadi. Keyinchalik o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, boshqird, totar va boshqa xalqlar tarkibiga kirgan turk urug‘ va qabilalari bu davlatning tayanch kuchlariga aylandi. Zero, Yaso qonunlari O‘zbekiston davlatchiligi va huquqi tarixida o‘z ta’sirini qoldirdi. Zotan, o‘zbek davlatchiligi va huquqining keyingi taraqqiyot bosqichlarida sezilarli iz qoldirdi, ayniqsa bu, odat huquqining ko‘p jihatlarida namoyon bo‘ldi va ko‘chmanchi aholi o‘rtasida keng tarqalib uzoq vaqt amal qilib keldi.


Mo‘g‘ullarning O‘rta Osiyoni bosib olishi bilan bu yerda davlat va huquq, armiya bilan bog‘liq masalalarda ham mo‘g‘ullar davri ma’lum darajada iz qoldirdi. Jumladan, bu hududdagi davlatlar hayotiga qurultoylar o‘tkazish, mahalliy-ma’muriy bo‘linish, soliq birliklarini aniqlash, tumanlarning joriy etilishi, hujjat evaziga ma’lum shahar, qishloq va tumanlarni suyurg‘ol (hadya) qilib berish, ba’zi bir jinoyat (o‘g‘rilik, talonchilik, bosqinchilik) uchun Yaso qonunlariga binoan og‘ir jazo tayinlash, armiya ta’minoti va tuzilishi, tartibi kabi davlat boshqaruvi unsurlari kirib kelib o‘zbek xonliklari davrida ham ma’lum darajada amalda bo‘ldi. Ularning ko‘plari qadimgi turkiy xalqlardan olingan bo‘lsa-da, Turkistonga bosqinchilar orqali joriy bo‘lgan islohotlar sifatida baholanishi mumkin. Chig‘atoy ulusining ikkinchi qismi Mo‘g‘ulistonga kelsak, uning aholisi turkiy va turkiylashgan mo‘g‘ul qabilalaridan iborat bo‘lib, ular Tug‘luq Temurxon davridan, xususan, u xonlikka ko‘tarilgan davrdan (1347–1348-y.) e’tiboran islom dinini qabul qila boshladilar. Shu munosabat bilan Chingizxon yasosidan ko‘ra shariat huquqi ular orasida keng yoyila boshladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, Movarounnahrdagi mo‘g‘ullargina emas, balki Mo‘g‘uliston yoki «Jete»da ham mo‘g‘ullar turklashib, islom dinini qabul qildilar va shariat huquqini XV asrning birinchi yarmidayoq huquqning asosiy manbai sifatida tan oldilar. Chig’atoy ulusida ham Chingizxon barpo etgan mo’g’ullar davlatidek mehnatkash omma nafaqat mo’g’ul bosqoqlari, dorug’alari, balki mahalliy zodagonlar va oqsuyaklar tomonidan ham ezilgan. Dehqonlar, hunarmandlar, kosiblar, chorvadorlar ilgaridan mavjud bo’lgan soliqlardan tashqari mo’g’ullar joriy qilgan yangi soliq va o’lponlarni to’lashga majbur edi. Oxir-oqibat Chig’atoy ulusining qishloq va shaharlarida mo’g’ullarga va yerlik zodagonlarga nisbatan noroziliklar kuchaygan, qo’zg’olonlar bo’lib o’tgan. Chig’atoy vafotidan so’ng mangu qoon va Botuxon Chig’atoy ulusini mulk sifatida tugatib, uni tuli va Jo’ji vorislari o’rtasida taqsimlashga kelishib olishgan. 1251 yil imperiya poytaxti Qoraqurumda bo’lib o’tgan qurultoyda mangu qoon etib saylangach, Chig’atoy xonzodalarning ko’pchiligi O’ktoy qoon avlodlari qatori qatl qilingan. Chig’atoy ulusini mangu qoon va Botuxon bo’lishib olganlar. Movarounnahr Botuxonga qaram bo’lib qolgan. 13-asrning 60-yillarida Chig’atoyning 6-farzandi Baydarning o’g’li Olg’u (1261-65) chig’atoylar hokimiyatini qayta tiklashga erishadi. Olg’u vafot etgach, uning vorislari — Muborakshoh va Baroqxon mahalliy aholi bilan yaqinroq munosabatda bo’lish maqsadida musulmon dinini qabul qilganlar. 1266 yil Chig’atoy ulusi xoni qarorgohi Yettisuvdan Movarounnahrga — Ohangaronga ko’chiriladi. Baroqxon hukmronligi vaqtida Xaydu ko’rsatmasiga muvofiq Mas’udbek tomonidan Buxoro qayta tiklanadi. Farg’ona vodiysida yangi shahar — Andijonga asos solinadi. Kebakxon (1318-26) davrida qarorgoh Qashqadaryoga ko’chiriladi, qadimgi Nasaf yaqinida qarshi shahri barpo etiladi. Ulus Erondagi kabi ma’muriy birliklar hamda soliq undiriluvchi tumanlarga (Farg’ona va Qashqarda — o’rchin) taqsimlanadi, yagona pul birligi — kebakiyga o’tiladi. Ammo mo’g’ul mulklarini birlashtirish va markazlashtirish maqsadida o’tkazilgan ma’muriy va moliyaviy islohotlar siyosiy tarqoqlikka barham berishga qodir emas edi. 14-asr o’rtalarida Chig’atoy ulusi Movarounnahr va Mo’g’ulistonta bo’linib ketgan. 1370 yil Movarounnahrda Amir Temur saltanatining o’rnatilishi chig’atoiylar hokimiyatiga barham berdi Mo‘g‘ul davlat ko‘pchilik tarixchilar tomonidan boshqa ko‘chmanchi davlatlar o‘rtasida nafaqat o‘z maydonining kattaligi va uzoq hukm surganligi bilan ham ajralib turishi ta’kidlanadi. Taniqli rus turkshunosi V. V. Radlov bu fikrni quyidagi tarzda ishonarli qilib tushuntiradi: mo‘g‘ul davlatiga o‘troq xalqlarning ko‘plab nufuzli davlatlari birlashgan edi, shuning uchun ham u bir paytlar o‘zi yaratgan alohida bo‘g‘inlarga emas, balki bir necha madaniy davlatlarga bo‘linib ketdi. (Xitoy, O‘rta Osiyo, Fors va b.)
Chig‘atoy yurtiga amalda uning o‘limidan so‘ng Xorazm, g‘arbiy Turkiston va Afg‘onistonni o‘z hukmronligi ostida mustahkamlagan nevarasi Hulagu tomonidan asos solingan edi. Chig‘atoy avlodidan birinchi bo‘lib Muborakshoh (664-1266) ochiqchasiga islomni qabul qildi. Biroq 690-1291 yilda hokimiyat tepasiga kelgan Duva va uning avlodlari ashaddiy majusiylardan edi. Ularning er-suvlari esa asosan sharqda, Tyanshanning ikki tomonida joylashgan edi. Oradan 20 yillar o‘tgach, ya’ni 1309 yili Movarounnahrga birinchi bo‘lib Kyobekxon (Ko‘pekxon) qaytdi va Nahshab (Qarshi) da o‘zi uchun saroy barpo ettirdi.
Mo‘g‘ullarning Xorazmshohlar davlatiga bosqinining mahalliy manbalarda o‘rganilishi. XIII asr oxiri XIV asr boshlarida chingiziylar saroyida yashagan yirik tarixchi olim va siyosiy arbob Rashididdinning hayoti va ijodi mo‘g‘ullarning Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlaridagi hukmronligi davri bilan bog‘liqdir. Fazlulloh Abul-Hayr Rashididdin Hamadoniy 1240-1247 yillar orasida Hamadonda unchalik mashhur bo‘lmagan tabib olim oilasida dunyoga kelgan. U Abakaxon hukmdorligi (1265-1282) davrida davlat xizmatiga kiradi va G‘ozonxon (1295-1296) hukmdorligi davrida saroy tabibi vazifasini egallaydi.
Mo‘g‘ul istilochilari davri manbalarga qanchalik boy bo‘lmasin «Jome’ attavorix» va «Yozishmalar» ular orasida o‘ziga xos alohida markaziy o‘rin egallaydi. Rashididdinda tabiblik, botanik, tarixchi, ilohiyotchi, shoir, davlat arbobi va siyosatchining xislatlari mujassamlashgan edi. G‘ozonxonning topshirig‘ini bajarib, u tarixchi sifatida «Yilnomalar majmuasi»ni yaratdi. «Yozishmalar»da esa Rashididdin qiyofasida buyuk vazirni ko‘ramiz, bu yarim shaxsiy, yarim rasmiy yozishmalar o‘zi-o‘ziga guvohlik berib turibdiki, bu maktublardan o‘sha davr rasmiy tarafdan topilmaydigan ma’lumotlarni topamiz. Shu bilan birga bu ikki asar bir-biri bilan tutash, ko‘p tomonlama bir-birini to‘ldiradi.
Rashididdin ma’rifatli kishi bo‘lib, ko‘p tillarni o‘rgangan, adabiyot va she’riyat nafosatini tushunar, tarixiy asarlarni yaxshi bilardi, tibbiyot, handasa va falakiyot ilmlaridan yaxshi xabardor edi. U ayniqsa ilohiyot ilmi bilimdoni sifatida mashhur edi, Fazlulloh 1298 yili vazir etib tayinlanadi. U Xulagiy davlatining boshqa vazirlaridan farqli o‘laroq, kuchli markaziy hokimiyatning zaruriyatini chuqur his qilgan hukmdor sifatida aniq siyosiy yo‘nalishda ish olib bordi,
Rashididdin 19 yil hokimiyat tepasida bo‘lib, o‘z sinfining tub an’analariga sodiq qoldi. U feodal jamiyatning markazlashgan davlat hokimiyati uchun izchil kurashdi. Ammo, afsuski, umrini fojiali tugatdi. «Markazlashtirish siyosati» jamiyatning feodal ravnaqi yo‘nalishida eski vaqtlardagidek tayanch topa olmadi.
Hukmdor madadidan mahrum bo‘lgan Rashididdin 1317 yili iste’fo berdi, bir yildan so‘ng esa dushmanlari uyushtirgan fitna qurboni bo‘ldi. U sulton Uljaytuni zaharlashda ayblanib, o‘g‘li, sulton soqiysi Ibrohim bilan 1318 yilning 18 iyulida qiynab o‘ldirishga, mol-mulki musodara qilinishga hukm etiladi. Tabrizda ular qurgan, asosan hunarmandlar, muqovachilar, xattotlik va yozuv qurollari yasovchi ustalar yashaydigan Rashidiy mahallasi buzib tashlanadi.
Ammo tasodifgina uni qatl etilishdan saqlab qoldi, Rashididdin 10 yil o‘tgach oqlandi, oilasiga mol-mulkining bir qismini qaytarishdi. O‘g‘li G‘iyosiddin vazir bo‘ldi va otasining siyosiy yo‘lini davom ettirishga urinib ko‘rdi. Rashididdin esa Xulagu naslidan bo‘lgan Qozonxonning bo‘yrug‘i va taqdir taqozosi bilan tarixchiga aylandi. Keyinchalik «shunday asarlar yaratdiki, bu asarlar uning nomini asrlar osha saqlab qoldi.
«Jome’ at-tavorix» bugungi kunda haqli ravishda ko‘p mamlakatlarda uzoq hukmronlik qilgan ko‘chmanchi mo‘g‘ullarning maishiy hayoti va ijtimoiysiyosiy tarixi bo‘yicha eng kuchli manbalardan biri hisoblanadi. Forscha manbalar ichida bunga teng asar yo‘q. «Jome’-at-tavorix» da boy ma’lumotlar asosida mo‘g‘ullarning ko‘chmanchi turmushi, marosimlari, urf-odati va fe’li, ma’naviyati, qonunlari haqida yorqin hikoya qilinadi. Rashididdinning bu shoh asarida o‘troq xalqlar hayoti, xo‘jalik iqtisodiy turmushi, ko‘chmanchi va o‘troq turmush tarzlari o‘rtasidagi ziddiyatlar ham o‘z ifodasini topgan. «Jome’-attavorix»da ko‘chmanchi feodallar hukmronligi ostida qolgan, «asosan o‘troq aholili ko‘p mamlakatlarning iqtisodiy, xo‘jalik va siyosiy tarixiga oid ancha mufassal ma`lumotlar keltiriladi

Adabiyotlar rо`yxati:


Boboyev X.B. va Odilqoriyev X. T. Umumiy tahriri ostida. “Davlat va huquq nazariyasi”. “Iqtisodiyot va huquq dunyosi”, 2000. 34-bet.


“O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy huquqi”. Mualliflar jamoasi. Toshkent, “Moliya”, 2002. 72-73 bet.
Odilqoriyev X.T. va G‘oyibnazarov Sh.G‘. hammuallifligida. “Siyosiy madaniyat”. Toshkent, IIV Akademiyasi nashryoti, 2004 42-43 bet.
Odiqoriyev X.T. Konstitutsiya va fuqorolik jamiyati. – T., 2002. 75-bet.
Saidov A. va Tojixonov U. hammuallifligida. “Islom Karimov Konstitutsiya to‘g‘risida”. Toshkent, “Akademiya”, 2001. 52-bet.
Sharifxodjayev M. Formirovaniye otkritogo grajdanskogo obshestva v Uzbe kistane. – T., 2002 101-bet
Rukavishnikov V. O.Politicheskiy kulturi i sotsialniye izmeneniya. Mujdunarodniye otnosheniye. – M., 1998..82-bet.
Yüklə 90 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə