Reja: Mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish



Yüklə 111,76 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix25.03.2023
ölçüsü111,76 Kb.
#103151
11 mavzu



Mavzu: Bolalar tarbiya jamoasi va yagona 
pedagogik jarayonning asosiy shakli 
Reja: 
1.Mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish 
ta’lim va kadrlar tayyorlash milliy modelining 
asosiy maqsadi. 
2 .Axloqiy tarbiyani tashkil etish.
3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijtimoiy-axloqiy 
me’yorlar mazmunidan xabardor etish, 
axloqiy me’yorlar, axloqiy ong va 
madaniyatni shakllantirish 
4. Aqliy tarbiya, tafakkurni shakllantirish, 
dunyoqarashni rivojlantirish.
5.Jismoniy tarbiya. Jismoniy jihatdan to‘g‘ri 
rivojlanish. 


 Bolalar tarbiya jamoasi va yagona pedagogik 
jarayoning asosiy shakli. Jamoada mustaqil 
faoliyatning yuzaga kelishida jamoa 
faoliyatining roli beqiyosdir. Ammo jamoa 
faolining jamoa a’zolari orasida hurmat 
qozona olishi, namuna bo‘lishi o‘z burchini aniq 
va puxta bajarishi hamda o‘z mavqelarini 
suiste’mol qilmasliklari juda muhimdir. Bu 
o‘rinda A.S.Makarenkoning jamoa faoliga 
nisbatan «jamoa vijdoni» deya bergan ta’rifini 
eslab o‘tish joizdir. Jamoa faoli birmuncha 
imtiyozlar (huquqlar)ga ega bo‘lsada, ayni 
paytda uning o‘ziga ham oshirilgan talablarning 
qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir. Jamoaning 
rivojlanishi bu bosqichda to‘xtab qolishi mumkin 


emas, chunki faoliyat ko‘rsatayotgan kuch 
jamoaning bir qismigina holos. Jamoaning 
rivojlanishi ushbu bosqichda to‘xtatib qolinsa, 
jamoa faolini guruhning boshqa a’zolari bilan 
qarama-qarshi qo‘yish havfi tug‘ilishi mumkin. 
Bu bosqichda jamoaning barcha a’zolarining faol 
faoliyatga o‘tishi zarur sanaladi. Jamoa-
kishilarning shunday muayyan guruhi bo‘lib, u 
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy 
maqsadni amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan 
faoliyatni tashkil etadi. Ushbu guruh a’zolari 
o‘zaro birlik, a’zolarning munosabatlar 
jarayonidagi tengligi asosida unga rahbarlik qilish 
va bir-biriga bo‘ysunishi, shuningdek, jamoa 
oldidagi javobgarligi asosida muayyan faoliyatni 


olib boradilar.XI asrdayoq Abu Ali ibn Sino 
o’zining «Tadbiri manozil» nomli ilmiy asarining 
maxsus «Amuzish va parvarishi modrasas 
farzand» («Bolalarni maktabda o’qitish va 
tarbiyalash») bo’limida o’quvchilarga jamoali 
o’qitish haqida quyidagi tavsiyalarni beradi: 
1.Agarda o’quvchilar birgalikda o’qisalar, ular 
zerikmaydilar, fanni o’rganishga qiziqish 
kuchayadi; ularda bir-birlaridan ortda 
qolmaslik uchun o’zaro musobaqalashish istagi 
rivojlanadi, ular bolaning o’qishi yaxshilanishiga 
yordam beradi; 2.O’zaro suhbatlarda 
o’quvchilar kitobdan o’qish yoki kattalardan 
eshitgan qiziqarli ma`lumotlarni bir-birlariga 
aytib beradilar va bolalar birgalikda, 


yig`ilganlarida bir-birilari bilan do’stlashadilar 
va bir-birlarini hurmat qiladilar; 3. Ular 
faqatgina musobaqalashmaydilar, balki bir-
birlariga o’quv materiallarini 80 o’zlashtirishda 
yordam beradilar; bu bilan bolalar 
mag`rurlanadilar, bir-birlaridan yaxshi 
odatlarni o’rganadilar6. Jamoa va uni 
shakllantirish pedagogik faoliyatining maqsadi 
hisoblanadi. Ayn ko‘rsatgich, uni shakllantirish 
vositasi bo‘lib, uning yordamida jamoaning 
barcha yoki har bir a’zosini tarbiyalar yaxshi 
samaralar beradi.Jamoaning yetakchi tarbiyaviy 
vazifasi shaxsni har tomonlama tarbiyalash, 
unda ijobiy sifatlarni hosil qilish. Mustahkam 
xayotiy jarayonni qaror topshirishdan iboratdir. 


Umumiy o‘rta ta’lim va boshqa ta’lim 
muassasalarida jamoani shakllantirish 
ma’suliyatli vazifa sanaladi.Jamoani tashkil 
etganda o‘quvchilar muhitida mavjud haqiqiy 
guruhlarni to’plab, bir-biriga va o‘zaro 
do‘stlashadigan bolalarni birlashtirish zarur. 
Jamoa so‘zi lotincha «Kollektivus» so‘zining 
tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi 
majlis, birlashma, guruh ma’nolarini anglatadi 
va jamoa bu kishilardan iborat guruh 
demakdir. Zamonaviy talqinda «Jamoa» 
tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. 
Birinchidan, jamoa deganda kishilarning istalgan 
tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan: ishlab 
chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, xo‘jalik 


jamoasi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa 
deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh 
tushuniladi. O‘quvchi (tarbiyalanuvchi)larning 
birlashmasi o‘ziga xos muhim belgilarga egadir. 
Quyida jamoa va uning xususiyatlari 
(belgilari) borasida so‘z yuritamiz. Jamoa va 
jamoa orqali tarbiyalash – tarbiya tizimida 
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tamoyillardan 
biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning 
yetakchi rol o‘ynash to‘g‘risidagi fikrlar 
pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq 
bildirgan. Jamoada uning a’zolari o‘rtasidagi 
munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, 
bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda 
rivojlanishini ta’minlaydi. Lekin har qanday 


guruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. 
Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur 
belgilar jamoani kishilarning yotarli darajada 
uyushgan har qanday guruhdan ajratib 
turadi. Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi 
hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va kishilik 
munosabatlarining barcha me’yorlari o‘z 
ifodasini topadi. Jamoa jamiyatdagi mavjud 
munosabatlar tizimida namoyon bo‘lar ekan, 
jamoa va ijtimoiy jamiyat maqsadi, intilishida 
o‘zaro birlik, uzviy maqsadga muvofiq tashkil 
etiladi. Shu bois jamoa hayoining bir (yagona) 
maqsadga qaratilganligi va ijtimoiy-g‘oyaviy 
yo‘nalganligi uning yetakchi belgisi sanaladi. Har 
bir jamoa boshqa bir jamoalar bilan uzviy 


bog‘liq bo‘ladi. Uning har bir a’zosi jamiyat 
ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida o‘z 
jamoasi bilan birgalikda ishtirok etadi. Jamoani 
tushunish, uni his etish hamda shaxsni 
shakllantirishdagi o‘rni va rolini to‘g‘ri baholay 
olish umumiy va xususiy (shaxsiy) maqsadning 
qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatning birligini namoyon 
etadi hamda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Har bir 
jamoa o‘z-o‘zini boshqarish organiga ega va 
umummilliy jamoaning uzviy qismi sanaladi. 
Shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish 
xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan 
bog‘lanadi. Ijtimoiy jamiyatning ehtiyojini 
qondirishga yo‘naltirilgan birgalikdagi faoliyat 
jamoaning navbatdagi muhim xususiyatidir. 


Jamoa faoliyatning ijtimoiy-g‘oyaviy yo‘nalishi 
ham jamoaning faoliyati mazmunida o‘z aksini 
topishi muhim ahamiyatga egadir.Jamoa 
xususiyatini aniqlashda kishilar guruhining 
yagona ijtimoiy tizimini o‘rnata olishdagi usuli, 
ya’ni jamoani tashkil qilish usuli ham muhim 
hisoblanadi. Pedagogik jihatdan maqsadga 
muvofiq tashkil etilgan jamoa faoliyati natijasida 
jamoa a’zolari o‘rtasida ishchanlik, bir-biri 
uchun g‘amxo‘rlik, o‘zaro yordam, jamoa 
manfaati uchun javobgarlik hissi qaror 
topadi.Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi 
uchun ma’suliyat hissini uyg‘ota borib, jamoa 
a’zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, jamoa 
mansublik hissini paydo bo‘lishiga ko‘maklashadi, 


jamoaga bilan munosabatda bo‘lish ehtiyojini 
oshiradi. Jamoa a’zolari orasida yaqinlik, hissiy 
birlik (bir-birini yoqtirish) yuzaga keladi. Ushbu 
munosabat ko‘pincha pedagogik ta’sir ko‘rsatish 
uchun qo‘l keladi. Ruhiy va hissiy jamoa 
a’zolarining birgalikdagi faoliyatini mazmuniga 
ular orasidagi hosil bo‘lgan ishchanlik 
faoliyatining xarakteriga bevosita bog‘liqdir. 
6Rahimov S.R. Abu Ali ibn Sinoning psixologik-
pedagogik qarashlari. — Toshkcnt, O’qituvchi, 
2004, - 103-bet. 81 Jamoaning rasmiy 
(ishchanlik) va norasmiy (hissiy) tuzilishini bir-
biridan farqlash lozim. Jamoaning rasmiy 
tuzilishi deganda jamoa faoliyatining turli 
ko‘rinishlarini amalga oshirish uchun zarur 


bo‘ladigan tashkiliy jihatlari ko‘zda tutiladi. 
Mazkur tuzilma bir tomondan jamoa a’zolari 
qo‘shilgan ishchanlik munosabatlarini ifoda etsa, 
ikkinchi tomondan rahbarlik vazifasini bajaruvchi 
tarbiyachilar hamda jamoa a’zolari 
o‘rtasidagi mavjud boshqarish munosabatlari 
mazmunini ifoda etadi. Norasmiy tuzilma 
jamoaning barcha a’zolari o‘rtasidagi 
shaxslararo ma’naviy psihologik 
munosabatlarining umumiy tizimi va 
mikroguruhni tashkil qiluvchi ayrim a’zolar 
o‘rtasidagi tanlash munosabatlari mazmunini 
ifodalaydi. Jamoaning har bir a’zosi mavjud 
munosabatlar tizimida u yoki bu o‘rinni 
egallaydi. Tarbiyalanuvchi shaxsning jamoadagi 


o‘rni uning shakllanish jarayoniga ta’sir 
ko‘rsatadi. Maktab yoki sinfdagi rasmiy va 
norasmiy tuzilmalar bir-biriga muvofiq 
bo‘lganda, jamoaning rasmiy yetakchilari 
norasmiy munosabatlar tizimida ko‘zga 
ko‘ringan o‘rinni egallagan holdagina u 
chinakam jamoa bo‘la oladi.

Yüklə 111,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə