Reja: Nutq tovushlarining tasnifi Unli tovushlar va ularning tasnifi haqida ma'lumot. Undosh tovushlar va ularning xususiyatlari. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra undosh tovushlar tasnifi. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra undosh tovushlar tasnifi



Yüklə 232,29 Kb.
səhifə5/11
tarix02.08.2023
ölçüsü232,29 Kb.
#120213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ona tilining vokalizmi va konsonantizmi-fayllar.org

Sirg‘aluvchi undoshlar ikki nutq a’zosining bir-biriga yaqinlashishi va havo oqimining ana shu a’zo orasidan sirg‘alib chiqishi bilan hosil bo‘ladigan undoshlar bo‘lib, ularga v, j (jirafa so‘zidagi), z, y, s, f, x, sh, g‘, h undoshlari kiradi.
Portlovchi – sirg‘aluvchilar undoshlar bir vaqtning o‘zida ham portlash, ham sirg‘alish ro‘y berishi natijasida hosil bo‘ladi. Ularga m, n, ng, l, r undoshlari kiradi. Bunday undoshlar hosil bo‘lish usuliga ko‘ra boshqa undoshlar (portlovchilar, sirg‘aluvchilar)dangina emas, balki o‘zaro ham farq qiladi. Chunonchi, m undoshining hosil bo‘lishida o‘pkadan chiqayotgan havo oqimining bir qismi og‘iz bo‘shlig‘idan lablarning to‘siqligiga uchrab, qisman portlab, havo oqimining qolgan qismi burun bo‘shlig‘idan sirg‘alib, n undoshining hosil bo‘lishida esa til uchi yuqori tishlarga va milkka tegib, qisman portlab, havo oqimining qolgan qismi burun bo‘shlig‘i orqali sirg‘alib chiqadi. Portlovchi-sirg‘aluvchilardan bo‘lmish ng undoshining talaffuzida tilning orqa qismi qattiq tanglayning orqa qismiga tegib, yarim portlash yuz beradi va havo oqimining bir qismi burun bo‘shlig‘idan sirg‘alib chiqadi.

Demak, m, n, ng undoshlari talaffuz qilinganda, havo oqimining bir qismi burun bo‘shlig‘i orqali sirg‘alib chiqqani uchun ular burun undoshlari deb ataladi. L undoshini hosil qilishda til uchi milkka tegadi, ammo havo oqimining milkning ikki yonidan sirg‘alib o‘tishi uning og‘iz bo‘shlig‘idan qisman portlab, qisman sirg‘alib chiqishiga sabab bo‘ladi, shuning uchun u yon tovush deb ataladi; r undoshini hosil qilishda o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi tilning uchiga zarb bilan uriladi va uni titratadi, tilning titrab turishi havo oqimining og‘iz bo‘shlig‘idan yarim portlab, yarim sirg‘alib chiqishiga olib keladi. Shuning uchun u titroq tovush deyiladi. Shu jihatdan portlovchi-sirg‘aluvchi tovushlar uch turga ajratiladi:




a) burun undoshlari: m,n,ng;


Yüklə 232,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə