Reja Pedagogik jamoaning psixologik xususiyatlari



Yüklə 20,04 Kb.
tarix01.04.2023
ölçüsü20,04 Kb.
#103942
PEDAGOGIK JAMOA VA UNING IJTIMOIY Muhammadiyeva Laylo


PEDAGOGIK JAMOA VA UNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.

Reja

1.Pedagogik jamoaning psixologik xususiyatlari.

2.Pedagogik jamoada sog'lom ijtimoiy-psixologik muhit va uning asosiy tushunchalari.

3.Pedagogik jamoada ahillikni hamjihatlikni ta’minlovchi omillar.


4. Pedagogik jarayondagi nizolar va uni oldini olishning
psixologik masalaiari


Pedagogik jamoaning psixologik xususiyatlari.
Psixologlar pedagogik jamoa ruhiy muhitining asosiy xususiyatlari
sifatida quyidagi ko'rsatkichlami ajratib ko‘rsatadi!ar:
• jamoa a ’zolarining o 'z a ro munosabatlaridan, mehnat jarayonidan,
rahbarlikdan qanoatlanganligi;
• qanday kayfiyatning ustunligi;
• rahbar va ular qo‘l ostidagilaming bir-birini o ‘zaro tushunishi;
• jamoani boshqarish va o ‘zini o ‘zi boshqarishda jamoa a ’zolarining
ishtirok etish darajasi;
• uyushqoqlik, ongli intizom, ishning unumdorligi. Bu har qanday
jamoaga, shu jumladan pedagogik jamoaga ham taalluqlidir. T o ‘g‘ri,
bolalar jamoaiarining ruhiy muhiti o ‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Pedagogik jamoaning asosiy beigilari:
• Ichki, ishonchli xotiijamlikning nomoyon boMishi, doimiy
tetiklik, harakat qilishga tayyorlik. Jamoa har bir a ’zosida o ‘z qadrqimmatini
bilish tuyg‘usining mavjudligi, o‘z jamoasi bilan faxrlanish.
• Jamoaning birligi, uning a ’zolarining do‘stona birlashishi. Ichki
munosabatlarda ayrim tarbiyalanuvchilami tanqid qilish va jazolash
mumkin, lekin bunday ta ’sir k o ‘rsatishning maxsus shakllaridan
tashqarida har bir tarbiyalanuvchiga tegishli baho berish, uni begonalar
oldida himoya qilish, unga hech qanday ozor etkazmaslik.
• Jamoa barcha a ’zolarining himoyalanganligi. Har bir tarbiyalanuvchi,
u qanchalik zaif, kuchsiz b o ‘lmasin, o ‘zining yakkaligi
yoki himoyasizligini his etmasligi kerak.
• Jamoa barcha a’zolarining oqilona va foydali faolligi.
• Harakatlarda va so'zlarda o ‘zini tuta bilish.
Pedagogik jamoada boshqaruv etikasi va pedagog fazilatlari o‘qituvchi va o‘quvchilarda sog’lom ruhiyat, o‘qishga qiziqish, kasbga muhabbat va kelajakka ishonch hosil qilish yetakchi ahamiyatga ega.
Pedagogik jamoaning shaxsga ta ’siri samaradorligi shaxsning
jamoadagi kayfiyati bilan belgilanadi. Bunga quyidagilar kiradi: shaxsning
faoliyat, o‘zaro munosabatlar, rahbarlikdan qoniqish, shaxsning
mazkur jamoadagi himoyalanganligi, uning ichki xotiijamligi. Bulaming
hammasi hissiy behbudlik atamasi bilan ta’riflanadi va u bola shaxsi
rivojlanishining uni hayotidagi ilk bosqichlaridanoq majburiy sharti
hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, ruhiy muhitning m ohiyati shundan
ib o ra tk i, jamoada tarkib to p g a n o ‘zaro m u n o s a b a tla r jam o a
a ’zolarining qadriyatlari, axloq normalari va manfaatlari bilan belgilanadigan
alohida hissiy-ruhiy tusga ega bo‘ladi. Har bir shaxs faolligi
darajasi jamoaning shaxsga ta ’siri singari shaxs ushbu jamoada hissiy
behbudlikni qanchalik boshidan kechirishi bilan belagilanadi.

Demak, har bir shaxs kamolotining va butun jamoaning yuqori



ish ch an lik qobiliyatini rag‘batlantiruvchi ruhiy muhitni tashkil
etayotganda, guruh a ’zolari orasidagi o‘zaro munosabatlarni va unda
hukmron bo'lgan qadriyatlami tartibga solishdan boshlash kerak.
Pedagogik jamoada o ‘zaro manosabatlaming rasmiy va norasmiy
tuzilishlari ajratilib ko‘rsatiladi. Bu erda har ikki tuzilish shaxs jamoada
egallashi mumkin bo‘lgan nuqtai nazardangina qarab chiqiladi.
Munosabatlarning rasmiy tuzilmasi — bu tashqaridan, jamiyat
tomonidan berilgan va ushbu jamoa faoliyat ko‘rsatishi zarur bo‘lgan
holatlar (pozisiya) sistemasidir.
Norasmiy shaxslararo munosabatlar sistemasida holatlar har bir
o ‘quvchining o ‘ziga xosligi va ushbu sinfning xususiyatlari bilan
belgilanadi.
Boshlang‘ich o‘quv maskanidayoq bolalaming sin f jamoasida
muayyan, ulami jalb ctuvchi holat (pozisiya)ni, ya’ni etakchi, eng
yaxshi o ‘quvchi, eng yaxshi sportchi va hokazo holatlami egallashga
intilish kuzatiladi.
Ijtimoiy holat ikki o ‘lchov: shaxsning ijtimoiy xulq-atvori va
atrofdagilaming ijtimoiy umidi bilan xarakterlanadi.
Ijtimoiy xulq-atvor — bu real xatti-harakatlar bo‘lib, ular tufayli
odam o ‘zini istalgan rolda qaror toptiradi.
Ijtimoiy umidlar — bu atrofdagilaming ushbu odam holatiga
munosabatidir. Agar kimdir o ‘zini mazkur holatda qaror toptirgan
b o ‘lsa, atrofdagilar uni bu holatga „boglab qo‘ygandek“ boladilar.
0 ‘quvchilar yuqori sinfga o ‘tgani sayin o‘z ijtimoiy holatlarini odatda
bilibgina qolmasdan, shu bilan birga ko‘pincha ulami o ‘zgartirishga
ham intiladilar. To‘g‘ri, tarkib topgan ijtimoiy umidlar bunga xalaqit
beradi.
Ijtimoiy umidlar barqaror bolganligi uchun o ‘smir vaqtini o ‘tkazib
yuborgan holatni o'quvchining o ‘zi o ‘zgartirishi qiyin bo'ladi,
bu erda pedagogning yordami kerak.
Pedagogik jamoa ichki holatlari orasida peshqadam, etakchining
ho lati alohida o ‘rin turadi. Bu guruh oldida turgan vazifalarning
muvaffaqiyatli bajarilishi bilan bogliqdir.
Aynan peshqadamlar

jamoaning normalari va qadriyatlarini belgilaydi. Peshqadam o ‘z holatining
obro‘ligi bilan o ‘z fikrini o ‘tkazish uchun katta imkoniyatlarga
ega. Bolalar peshqadam o‘quvchilarga ishonganlari uchun ham ularga
taqlid qiladilar. Jamoadagi psixologik muhit k o ‘p jihatdan kim
peshqadamligiga b ogliq bo’lamaydi.
Yüklə 20,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə