Reja: Pensiya tizimining mohiyati, tamoyillari va mexanizmlari



Yüklə 84,5 Kb.
səhifə1/3
tarix24.01.2023
ölçüsü84,5 Kb.
#99156
  1   2   3
Pensiya tizimining mohiyati va uni isloh qilish


Pensiya tizimining mohiyati va uni isloh qilish
Reja:

  1. Pensiya tizimining mohiyati, tamoyillari va mexanizmlari.

  2. Pensiya tizimining asosiy xususiyatlari va tamoyillari.

  3. Pensiya ta’minoti va uning turlari.

  4. Pensiya tizimini isloh qilishning asosiy yo’nalishlari.

  5. Jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimini tashkil etish zarurligi va huquqiy asoslari.

  6. O’zbekiston pensiya jamg’armasining daromadlari shakllanish manbalari va xarajatlari yo’nalishining taxlili.



Pensiya fondi yoki jamg`armalari jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta‟minlash vositasi hisoblanadi. Ijtimoiy barqarorlik esa jamiyat va davlat ijtimoiy muassasalari barqaror faoliyat yuritishi va barcha sohalarda rivojlanishini ta‟minlovchi asosiy ichki omillardan biridir. “Pensiya” iqtisodiy kategoriya sifatida pul mablag`larining maqsadli fondlarini shakllantirish va keksalik, kasallik hamda mehnat qobiliyatini yo`qotganda fonddan foydalanish shakl va usullari yig`indisini o`z ichiga oluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimini aks ettiradi. Mehnatga qobiliyatsizlar va qariyalar muammosi hamma vaqt mavjud bo`lib kelgan. Kishilik jamiyati tarixidan ma‟lumki, mehnatga qobiliyatsizlar himoyasini qishloq oilalari va jamoalar ta‟minlagan, bir qator kasblarda esa ishlab chiqarishdagi bahtsiz hodisa tufayli ishlovchining mehnat qobiliyati yo`qolgan sharoitda korporatsiyalar, cherkovlar ham ishchilarga moddiy yordam ko`rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni ham alohida ta‟kidlash lozimki, pensiya tizimi har bir mamlakatda shu mamlakat aholisini ijtimoiy himoya qilishning muhim komponenti hisoblanadi. Bu tizim faol mehnatga layoqatli aholi qatlami bilan o`zining qarilik yoshiga ko`ra boshqa ishlash salohiyatiga ega bo`lmagan, lekin oldin sug`urta badallarini to`lash orqali pensiya yoshidagilarni qo`llab-quvvatlagan aholi qatlami o`rtasidagi ijtimoiy shartnomaga asoslangan. Ana shunga qarab turib pensiya tizimining quyidagi funksiyalarini aniqlashimiz mumkin: – qarilik vaqtida aholini qashshoqlikdan himoya qilish; – mehnat faoliyatiga yakun yasalgandan so`ng kafolatlangan daromadni taqdim etish; 10 – inflatsiya natijasida aholi turmush darajasining kelgusida pasayishidan ana shu daromadni himoya qilish. Xo`jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolarning majburiy va ixtiyoriy sug`urta badallari, davlatning moliyaviy ishtiroki asosida shakllanuvchi va ma‟lum bir ijtimoiy tavakkalchilikka muvofiq sug`urtalangan aholi qatlamlariga sug`urta to`lovlarini amalga oshirish va ularni ijtimoiy himoyalash uchun mo`ljallangan mustaqil pul jamg`armalariga Pensiya jamg`armasi deyiladi. Ma‟lumki, aholining kam ta‟minlangan qatlamlaridan biri pensionerlardir. Pensiya ta‟minotining ijtimoiy nuqtai nazardan muhimligi uning hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlar fuqarolarining iqtisodiy manfaatlariga bevosita bog‟liqligi bilan belgilanadi. Ijtimoiy kafolatlarni moliyalashtirish va ziddiyatlarni hal qilishda hamda iqtisodiy muammolarni bartaraf etishda Pensiya Fondi muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy yo‟naltirilgan bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, inson manfaatlarini ko‟zlaydi. Butun islohotlar jarayonida rivojlangan mamlakatlarda aholining ijtimoiy muhofazasi va uni qo‟llab-quvvatlash, inson huquqlari va erkinlik-larining qonunchilik hamda huquqiy asoslarini shakllantirish hamda amalga oshirish masalalariga juda katta ahamiyat berildi. Davlat pensiya ta‟minotining moliyaviy muammolari esa ko‟p jihatdan rivojlangan mamlakatlarning Pensiya fondi taraqqiyotiga bog’liq. Mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to„lovlarini va boshqa to’lovlarni tayinlashni, moliyalashtirishni, hisobga olishni va ularning to’lanishi monitoringini olib borishni, ushbu maqsadlarga yo„naltiriladigan maqsadli moliyaviy resurslarni jamlashni, shuningdek tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmatlari faoliyatini tashkil etishni amalga oshirish bo„yicha asosiy vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini belgilaydi.
Pensiya lotincha "penslo" so'zidan olingan bo'lib, "to'lov" ma'nosini anglatadi. Pensiya - qonun tomonidan kafolatlangan va fuqarolami keksaligida, qisman yoki to'liq mehnatga layoqatsizligi, boquvchisini yo'qotganda hamda mehnat faoliyatining muayyan sohasida ma’lum ish stajiga erishgan paytida ta’minlashga qaratilgan pullik to'lovdir.
Pensiyalar iqtisodiy tabiati va maqsadiga ko'ra ijtimoiy sug'urta elementi sifatida ish haqi yoki oilaviy daromaddan mahrum bo'igan hollarda ulaming o'mini qolashga qaratilgan. Pensiyalaming mohiyati muhim nazariy muammo bo'lib, uning u yoki bu tarzda hal qilinishi pensiya qonunchiligi me'yorlarining tabiatini belgilab beradi. Pensiyalami mehnatga layoqatsiz kishilami jamiyal tomonidan boqish yoki qilgan mehnatlari uchun haq lo'lashing o'ziga xos shakli deb baholash mumkin. Pensiyani u yoki bu tarzda sharhlash uning miqdorini differensiyalashga turlicha yondashuvlami keltirib chiqaradi. Birinchi holalda pensiyalar differensiatsiyasi faqat mehnatga layoqatning yo'qotilish darajasiga bog'liq bo'ladi, ikkinchi holatda esa pensionerlaming avvalgi avlodining pensiya ta'minoti harajatlaridagi moliyaviy ishtiroki e'tiborga olinadi.
Pensiya tizimi sug'urta asosida shaklIantiriladigan va aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish hamda konstitutsion huquqlarini amalga oshirish uchun yo'naltiriladigan pul mablag'lari jamg'annasidan foydalanishga asoslanadi. Pensiya tizimiga xizmat qiluvchi pensiya jamg'armasi uchun daromadmanbalarining aniq belgilanganligi, mablag'laming qat'iy maqsadli ishlatilishi,mablag'laming shaklIanishi va ishlatilish muddatlarining mos kelmasligi, mustaqil, budjetdan tashqari moliya-kredit tashkiloti ekanligi hamda ijtimoiy sug'urtaning muhim elementi ekanligi kabi xususiyatlar xosdir
Pensiya jamg'armasining mohiyatini belgilashda uch nuqtai nazardan foydalaniladi, ya'ni uning ijtimoiy Ia'minot uchun mo'ijallangan mablag'lar ekanligi; mustaqil moliya-kredit tashkiloti; ijtimoiy yo'nalishdagi budjetdan tashqari jamg'anna ekanligi e'tirof etiladi. Bu jamg'armaning ijtimoiy sug'urtaning tarkibiy elementi ekanligi e'tibordan chetda qolib kelmoqda. Bu jihat, pensiya jamg'annasini fuqarolar va xo'jalik yurituvchi sub'yektlaming majburiy va Ixtlyoriy sug'urta badallari, davlatning moliyaviy ishtiroki asosida shakllanuvchi va muayyan ijtimoiy xavf-xatarlarga muvofiq sug'urtalangan aholi toifalariga to'lovlami amalga oshirish va ijtimoiy himoyalash uchun mo'ijallangan mustaqil pul jamg'annalari sifatida ta'riflash imkonini beradi.
Pensiya tizimi oldida uchala muhim maqsadlar turadi:

  • fuqarolarni keksalik davrida kambag'allikdan himoyalash;

  • mehnal faoliyalining tugashi bilan pensiyaga chiqish oldidan to'lanadigan ish haqi miqdoriga munosib tarzda belgilangan muayyan miqdordagi kafolangan daromadni ta'minlash;

  • bu daromadni kelajakda turmush darajasining pasayishidan himoyalash.

Pensiya tizimini moliyaviy la'minlash usullari, fond larkibi, xususiy, kasbiy lizimlar va davlatning roli, sug'urta badallari va pensiya lo'lovlarining o'zaro aloqasi pensiya lizimi amal qilishining samaradorlik darajasini belgilovchi muhim
jihatlar hisoblanadi.
Xalqaro hamjarniyat tomonidan qabul qi/ingan pensiya ta'minotining asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi:

  • pensiya sug'urtasining umumiy va majburiy xususiyati;

  • ijtimoiy kafolatlami ro'yobga chiqarishda ommaboplik;

  • pensiya sug'urtasi huquqini ta'minlash;

  • pensiya sug'urtasining majburiy va ixtiyoriy turini birlashtirish;

  • teng huquqlilik va shakllaming xilma-xilligi;

  • pensiya sug'urtasining zarur darajasini ta'minlash;

  • xodimlarga pensiya sug'urtasi darajasiga ta'sir ko'rsatish huquqini berish;

  • turli moliya manbalarini kengjalb qilishda ehtiyojlami amalga oshirish;

  • pensiya sug'urtasi barqarorligining davlat kafolatlarini ta'minlash;

  • sug'urta qilingan shaxs va ish beruvchilar moliyaviy ishtirokining majburiyligi;

  • zarur hollarda davlat subsidiyalarini jalb qilish;

  • sug'urta qilingan shaxslarga turli pensiyalar berishni ta'minlash;

  • jami iqtisodiy faol aholini pensiya sug'urtasida ishtirok etish uchun jalb qilishdan manfaatdorlik;

  • barcha sug'urta qilinganlaming pensiya to'lovlarini moliyalash bo'yicha majburiyatlami va buning natijasida egalik qilinadigan huquq hamda kafolatlami

  • bajarish nuqtai nazaridan tengligi;

  • barcha xodimlar va ulaming oila a'zolari uchun salomatlik yoki daromadni yo'qotishga xavf soladigan kutilmagan holatlarda pensiya sug'urtasining huquqiy va tashkiliy imkoniyatIarini yaratish;

  • pensiya to'lovi uchun mablag' bilan ta'minlashning alohida tartibi, davlat budjetidan mustaqilligi;

  • pensiya to'lash uchun sug'urta qiluvchilar va sug'urta qilinganlar vakillari orqali mablag'dan foydalanishni nazorat qilish.




Yüklə 84,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə