Reja: Pensiya tizimining mohiyati, tamoyillari va mexanizmlari


Pensiya ta'minoti va uning turlari



Yüklə 84,5 Kb.
səhifə2/3
tarix24.01.2023
ölçüsü84,5 Kb.
#99156
1   2   3
Pensiya tizimining mohiyati va uni isloh qilish

2. Pensiya ta'minoti va uning turlari
O'zbekiston Respublikasining "Fuqarolaming davlat pensiya ta'minoti to'g'risida"gi qonuniga ko'ra, pensiyaning quyidagi uch turi mavjud:
- yoshga doir pensiya;
- nogironlik pensiyasi;
- boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi.
Yoshga doir pensiya olish huquqiga erkaklar 60 yoshga to'iganda va ish stajlari kamida 25 yil bo'igan taqdirda, ayollar 55 yoshga to'iganda va ish stajlari kamida 20 yil bo'igan taqdirda ega bo'ladilar.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro'yxatlarga muvofiq fuqarolaming ayrim toifalari imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega bo'ladilar. Chunonchi:

  • yoshidan qat'iy nazar pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlaming I-sonli ro'yxati (kon sanoatidagi yetakchi kasb egalari, bevosita yerosti va ochiq kon ishlarida to'liq ish kuni davomida band bo'igan xodimlar. uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlaming xizmat muddati - erkaklarda 20 yil. ayollarda 15 yil bo'iganda);

  • umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish 224 huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko'rsatkichlarning 2-sonli ro’yxati (yerosti ishlarida, mehnat sharoiti o'ta zararli va o'ta og'ir ishlarda to'liq ish kuni davomida band bo'igan xodimlar, sirklar va konsert tashkilotlari artistlarining ayrim toifalari ijodiy ishdagi staji kami 20 yil bo'igan taqdirda);

  • umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazi falar va ko'rsatkichlarning 3-sonli ro`yxati (urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, qishloq xo'jaligi xodimlarining ayrim toifalari, aviatsiya muhandis texniklari tarkibining xodimlari, shahar yo'lovchilar tashish transporti haydovchilari, besh va undan ortiq farzand tuqqan hamda ulami sakkiz yoshgacha tarbiyalagan ayoUar, ekologiya falokati mintaqasida ishlagan fuqarolar, ijtimoiy ta'minot tizimining qariyalar, nogironlar va yolg'iz fuqarolarga xizmat ko'rsatishda bevosita band bo'igan xodimlar).

Shular bilan birga, belgilangan yoshni 15 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga pipofizar minilik kasaliga chalinganlar (liliputlar) va gavda tuzilishida mutanosiblik buzilgan pakanalar - erkaklarga ish staji kamida 20 yil bo'iganda, ayollarga 15 yil bo'iganda ega bo'ladilar.



Yüklə 84,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə