Reja: Pensiya tizimining mohiyati, tamoyillari va mexanizmlari


Pensiya tizimini isloh qilishning asosiy yo'nalishlari



Yüklə 84,5 Kb.
səhifə3/3
tarix24.01.2023
ölçüsü84,5 Kb.
#99156
1   2   3
Pensiya tizimining mohiyati va uni isloh qilish

Pensiya tizimini isloh qilishning asosiy yo'nalishlari
1991 yili O'zbekistonda tashkil etilgan pensiya jamg'armasi moliyaviy jihaldan qashshoq bo'lgan, chunki uning daromadlari harajatlarini qoplay olmasdi. Lekin, hukumat tomonidan 1997 yilda ko'rilgan chora-tadbirlar yordamida pensiya tizimining moliyaviy holatini barqarorlashtirishga va o'sha paytdagi pensiya to'lovlari bo'yicha qarzlami bartaraf etishga erishildi.
Hozirgi vaqtda budjetdan tashqari pensiya jamg'armasining o'z majburiyatlarini o'tash bo'yicha qarzlari yo'q, biroq ushbu pensiya tizimini moliyaviy jihatdan to'liq ishonchli deyishga hali erta. Bunga sabab kamida 3 oylik pensiya to'lovlari bilan ta'minlab turuvchi zahira jamg'armasining yo'qligi, majburiy pensiya badallari miqdorining nisbatan yuqoril igi, kishilarning bu badallarini to'lashdan qochishi va buning iqtisodiy raqobatbardoshlikka salbiy ta'siridir.
Yuqorida sanab o'tilgan muammolarning ko'pchiligi pensiyalami belgilash va to'lashni boshqaruvchi qonunlaming mukammal emasligi bilan bog'liqdir. Bu eng avvalo, pensiya jamg'armasiga to'lanadigan majburiy badallar miqdori va pensiya miqdorining bir-biriga mos kelmasligida ko'rinadi va ulaming sabablari quyidagilar hisoblanadi:
Birinchidan, JtnSI bo'yicha fuqarolaming pensiya jamg'armasining daromadlar va harajatlar qismlarining tashkil topishidagi ishtiroki bo'yicha tafovut: ayollarga pensiya olish huquqini qo'iga kiritish uchun 20 yil mobaynida pensiya jamg'armasiga badallami o'tkazib turish kifoya bo'lsa, erkaklar uchun bu muddat
25 yilni tashkil etadi. Ayollar 55 yoshdan pensiyaga chiqish huquqiga egalar, erkaklar esa 60 yoshdan. Ayollar o'rtacha 72 yil umr ko'radilar, erkaklar esa 67 yil. Demak, shuni aytish mumkinki, ayollaming pensiya jamg'armasining harajatlar qismidagi ulushi erkaklamikiga qaraganda ikki barobar ko'proq, ammo ulaming daromadlar qismidagi ulushi erkaklamikidan sezilarli darajada kamroqdir.
Ikkinchidan, erkaklar va ayollami pensiya bilan ta'minlashdagi tafovut sababli ulaming pensiya jamg'armasining daromadlar qismidagi ishtirokining har yilgi ko'rsatkichi ham keskin farq qiladi: ayollar uchun bu ko'rsatkich asosiy pensiyaning 2,75 foizini tashkil etsa, erkaklar uchun 2,2 foizini tashkil etadi. Hamma gap shundaki, o'rtacha ish haqining 55 foiziga teng bo'igan asosiy pensiyani ko'iga kiritish uchun ayollar pensiya jamg'armasida 20 yil mobaynida
ishtirok etishlari kerak 55:20·2,75, erkaklar esa 25 yil (55%:25·2,2%).
Uchinchidan, respublikaning qonunlaridan ma'iumki, aholining bir qismiga guruhlari uchun pensiya jamg'armasining daromadlar qismida ishtirok etmaslik huquqi berilgan (masalan, harbiy xizmatchilarga).
To'rtinchidan, qonunlar aholining kO'pgina guruhlariga bir qator imkoniyatlar yaratadi: ish stajini ikki barobar ko'paytirilishi (masalan, harbiylaming I yillik xizmati 2 yil ish staji deb sanaladi), ishchilaming turli sabablarga ko'ra ishlamagan davri ham ish stajiga qO'shilishi (I·guruh nogironni parvarish qilish bilan band bo'lsa, 16 yoshgacha bo'igan nogiron bola, 3 yoshgacha bo'igan bola tarbiyasi bilan shug'ullansa), pensiya jamg'armasiga badal to'lash bilan o'z hissasini qo'shmagan davri ham ish stajiga qo'shilishi (ta'lim olsa, harbiy xizmatda bo'lsa, farzandlariga qarasa), pensiyaga turli qo'shimcha to'lovlaming qo'shib borilishi va h.k
Yüklə 84,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə