Nikoh-oila munosabatlari. Manu qonunlaridagi me’yorlar oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga ham qaratilgan. Ota xotini va farzandlari ustidan to‘la hukmron bo‘lgan. Nikoh mulkiy bitim hisoblangan. Uning natijasida xotin sotib olingan va erning mulkiga aylangan. Erkaklar 24 yoshdan ayollar 8 yoshdan nikohga kirishi mumkinligi belgilangan. Ayollar mustaqil bo‘lishga layoqatli emas, deb qaralgan. Ayollar o‘z erlarini yomon bo‘lsa ham xudo deb hisoblashi qattiq talab qilingan. Er bir nechta xotin olishi va ajrashishi mumkin bo‘lgan. Ayollarga esa bu taqiqlangan.
Meros barcha o‘g‘illar o‘rtasida teng taqsimlangan. Qizlar merosdan chetlashtirilgan, aka-ukalar o‘z ulushlaridan ¼ qismini ularga sep-sidirg‘a sifatida ajratishi lozim bo‘lgan. Vasiyat bo‘yicha me’yorlar belgilanmagan.
Qadimgi hind jinoyat huquqida ibtidoiy jamoa tuzumiga xos ordaliya, jamoaviy javobgarlik saqlangan. Talion prinsipi qo‘llanilmagan. Jinoyatlar subyektiv tomoni, ijtimoiy xavfliligi va takroriy sodir etilishiga qarab turlarga ajratilgan. Jinoyatlar orasida davlatga, shaxsga, mulkka va oilaga qarshi jinoyatlarga alohida e’tibor berilib, ularga og‘ir jazo tayinlangan.
Huquq, din va axloqning chambarchas bog‘liqligi natijasida jinoyat va gunoh o‘rtasida aniq farq bo‘lmagan. Jazo tayinlashda ishtirokchilik va varnaga mansublik inobatga olingan. Zaruriy mudofaa holatida jinoyat sodir etilsa, oqibatidan qat’i nazar javobgarlik belgilanmagan. Yuqori varnaga mansub kishi aybdor bo‘lsa, odatda, jarima jazosi tayinlangan.
Davlatga qarshi jinoyatlarga – o‘z mamlakatini yoki qishlog‘ini qattiq ovoz chiqarib so‘kkanlik uchun eng yuqori jarima belgilangan.
Manu qonunlari shaxsga qarshi har qanday zo‘rlikni qoralagan. Quyi varnadagi shaxs yuqori varna vakilining sog‘lig‘iga ziyon yetkazsa, shu a’zosi kastratsiya qilingan. O‘lim kelib chiqsa, u ham qatl etilgan.
Adabiyotlar rо`yxati:
Boboyev X.B. va Odilqoriyev X. T. Umumiy tahriri ostida. “Davlat va huquq nazariyasi”. “Iqtisodiyot va huquq dunyosi”, 2000. 34-bet.
“O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy huquqi”. Mualliflar jamoasi. Toshkent, “Moliya”, 2002. 72-73 bet.
Odilqoriyev X.T. va G‘oyibnazarov Sh.G‘. hammuallifligida. “Siyosiy madaniyat”. Toshkent, IIV Akademiyasi nashryoti, 2004 42-43 bet.
Odiqoriyev X.T. Konstitutsiya va fuqorolik jamiyati. – T., 2002. 75-bet.
Saidov A. va Tojixonov U. hammuallifligida. “Islom Karimov Konstitutsiya to‘g‘risida”. Toshkent, “Akademiya”, 2001. 52-bet.
Sharifxodjayev M. Formirovaniye otkritogo grajdanskogo obshestva v Uzbe kistane. – T., 2002 101-bet
Rukavishnikov V. O.Politicheskiy kulturi i sotsialniye izmeneniya. Mujdunarodniye otnosheniye. – M., 1998..82-bet.
Ochilov B. E. Konstitutsiya Respubliki Uzbekistan i Vseobshaya deklaratsiya prav cheloveka kak osnova zashiti prav lichnosti // Pravo. 2001. - №3.
Dostları ilə paylaş: |