Reja: Qishloq xo`jalik hayvonlarni kelib chiqishi va evolutsiyasi. Xonakilashtirish jarayonida



Yüklə 266,62 Kb.
səhifə2/6
tarix13.05.2022
ölçüsü266,62 Kb.
#86956
1   2   3   4   5   6
Qishloq xo`jalik hayvonlarni kelib chiqishini o’rganish usullari.

2. Xonakilashtirish jarayonida

Xonakilashtirish jarayonida ro‘y bergan o‘zgarishlarning sababi quyidagilar hisoblanadi: 1. Harakatlanishning chegaralanishi. Hayvonlarning erkinlikni yo‘qotishi (chegaralangan joyda saqlash) organizmdagi o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan, muskullar ishi susayganligi uchun ko‘proq yog‘ to‘planadi, skelet bo‘shashdi, yurak, o‘pka va boshqa a’zolar faoliyatining pasayishiga sabab bo‘ldi. 2. Oziqlantirish sharoitining o‘zgarishi. Oziqlantirish me’yori va xilining hayvon talablariga to‘liq javob berishi ularning mo‘tanosib rivojlanishi va yuqori mahsuldorligiga sabab bo‘ldi. 3. Hayvonlarni odamlar o‘z himoyasiga olishi, ularning bo‘shashishiga, tabiiy tanlash ta’sirining yo‘qolishiga olib keldi. 4. Insonlar hayvonlarni tanlash natijasida o‘zi uchun kerakli hayvonlarga erishdi. 13 5. Hayvonlarni bir jug‘rofiy hududdan boshqa hududga, bir qit’adan ikkinchi qit’aga olib o‘tilishi ularning evolutsion jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 6. Hayvonlarni favqulotda turli tur, zot, xillarini chatishtirish ularning shakllanishiga sabab bo‘ldi. 7. Oxirgi XIX asr oxiri va XX asrda hayvonlarni ongli tanlash va juftlash, yosh hayvonlarni maqsadli o‘stirish ularning shakllanishida asosiy o‘rin tutadi. Hayvonlar evolutsion jarayonida inson harakatlantiruvchi kuch bo‘lib maydonga tushgan. Yer yuzidagi 1500 mingdan ortiq turdagi mavjudotdan inson faqat qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishga faqat 60 turinigina jalb qila oldi xolos, shularga ipak qurti, asalari va karp balig‘i ham kiradi. Xonakilashtirilgan hayvonlar ikki tipga mansub: A) Xordalilar tipi, umurtqalilar kenja tipi; sut Yemizuvchilar, qushlar va baliqlar sinfi, sut Yemizuvchilar sinfidan. Jufttuyoqlilar turkumiga (qoramol, qo‘tos, gayal, banteng, buyvol, shimol bug‘isi, echki, tuya, lama, qo‘y va cho‘chqa); Yirtqichlar turkumi (it, mushuk); kYemiruvchilar otryadi (quyonlar); qushlar sinfidan (tovuq, tovus, tustovuq, sesarka, kurka). Suvda suzuvchi parrandalar turkumidan (o‘rdak va g‘oz). Kaptardoshlar turkumidan (kaptar). B) Bug‘inoyoqlilar tipi, hashoratlar sinfi, pardaqanotlilar turkimi (asalari); tangacha qanotlilar turkumi (ipak qurti). Tabiatda hali foydalanilmagan hayvonot olami vakillari mavjud, shu boisdan xonakilshtirish jarayoni tugallangan deyish qiyin. Bu jarayon ba’zi mo‘ynali hayvonlar, bug‘ular, loslar, tuyaqushlar, bedonalar va boshqalarda davom etmoqda.




Yüklə 266,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə