Reja: Qishloq xo`jalik hayvonlarni kelib chiqishi va evolutsiyasi. Xonakilashtirish jarayonida


Qishloq xo‘jalik hayvonlarining Konstitutsiya



Yüklə 266,62 Kb.
səhifə5/6
tarix13.05.2022
ölçüsü266,62 Kb.
#86956
1   2   3   4   5   6
Qishloq xo`jalik hayvonlarni kelib chiqishini o’rganish usullari.

4. Qishloq xo‘jalik hayvonlarining Konstitutsiya

Konstitutsiya - hayvonlarni tashqi tuzilishi, ularning ichki a’zolari va to‘qimalarining tuzilishi va faoliyatining majmuasidir. Ye.A.Borisenko bo‘yicha hayvonlarni morfofiziologik va bioximik xususiyatlari bo‘lib, irsiyat va tashqi muhit ta’sirida shakllanib, mahsuldorlik va tashqi muhitga javob bilan belgilanadi.( Fenotin = genotip+ muhit). Zootexniyada konstitutsiyaning turli tasniflari ta’rif qilingan, ularning ichida asoslangan va ahamiyatga ega P.N.Kuleshov tomonidan tavsiya qilingan tasnif hisoblanadi. U tananing asosiy qismlari va a’zolarining mahsulot yo‘nalishiga qarab farq qilishni isbotlagan. Sut yo‘nalishidagi qoramollar, sutdor qo‘ylar terisi yupqa, pishiq, egiluvchan; muskullari zich, yog‘i kam; suyagi qattiq va ingichka; sut bezlari yaxshi rivojlangan, ichki a’zolari (ovqat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish) kuchli rivojlangan. Go‘sht yo‘nalishidagi qoramollarda esa terisi yupqa, bo‘sh, yog‘ qatlami qalin, muskullari yaxshi rivojlangan; suyagi ingichka, lekin bo‘sh; ichki a’zolari, ayniqsa ovqat hazm qilish va sut ishlab chiqarish a’zolari kuchli rivojlanmagan.

1.2-rasm. Qo‘y tanasi tuzilish sxYemasi. 1-sut yo‘nalishidagi qo‘y; 2-merenoz; 3-go‘sht yo‘nalishidagi qo‘y.

Jundor qo‘ylar ( shu yo‘nalishdagi qoramollar) terisi kuchli rivojlangan, qalin; zich, o‘rtacha rivojlangan muskullarga; ichki a’zolarning yaxshi rivojlanganligi, chunki bu hayvonlar aksariyat dag‘al oziqalar bilan oziqlanadi; harakatchanligi bilan ajralib turadi. Yuqoridagilarga asoslanib P.N.Kuleshov hayvonlar tuzilishining dag‘alligi (qo‘pol), nozikligi, zichligi yoki bo‘shligiga qarab 4 xil konstitutsiya tipini ajratgan.




Yüklə 266,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə